Uy-joy huquqi



Download 10,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/65
Sana01.04.2022
Hajmi10,37 Mb.
#523213
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   65
Bog'liq
Uy-joy huquqi (N.Imomov) (1)

— koopeTativga 
kirish, 
(pay) badallarining 
va 
boshqa badallarning
miqdorini belgilaydi;
— kooperativ faoliyatining rejalarini va ularning ijrosiga doir 
hisobotlarni tasdiqlaydi;
— foyda (daromad)ni taqsimlash tartibini, kooperativ fondlari 
va rezervlarining turlari, miqdori hamda ulardan foydalanish 
yo‘nalishlarini belgilaydi;
2 0 7
www.ziyouz.com kutubxonasi


— kooperativni qayta tashkil etish va iming faoliyatini to'xtatish. 
uning xo‘jalik uyushmalariga kirishi va ulardan chiqishi masalalarini 
hal qiladi.
Mazkur masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish kooperativ 
umumiy yig'ilishining mutlaq ixtiyorida bo‘ladi. Kooperativ ustaviga 
yoki umumiy yig'ilishning qaroriga muvofiq kooperativ faoliyatining 
boshqa tashkiliy. xo'jalik va ijtimoiy masalalari ham koopcrativning 
mutlaq ixtiyoriga berilishi mumkin.
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativi boshqaruvi (raisi)ning 
statusi kooperaliv ustavi bilan belgilanadi. Taftish komissiyasi 
(taftishchi) Uy-joy qurish va uy-joy kooperativining moliyaviy va 
xo'jalik faoliyatini tekshiradi va u um um iy yig‘ilish oldida 
hisnbdordir. Kocperativ a'zolarining umumiy yig'ilishi kooperativ 
(boshqaruv)ning moliya-xo'jalik faoliyatini tekshirish uchun 
belgilangan tartibda auditorni yoki audilorlik tashkilotini jalh etishga 
haqlidir
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativini tugatish yoki qaytadan 
tashkil etish (qo'shib yuborish. birlashtirish, bo'lish, ajratish, 
o'zgartirish) amaldagi qonun hujjatlariga asosan amalga oshiriladi.
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari FKning 44-moddasida 
nazarda tutiigan belgilangan tartibga muvofiq davlat ro‘yxatidan 
o‘tgan paytdan boshlab yuridik shaxs hisoblanadi. Uning davlat 
ro‘yxatidan o'tkazish masalalariga UJKning 98-moddasida batafsil 
to'xtalib o'tilgan.
Ko‘p holatlarda mablag'ning kamligi yoki yetarli emasligi, 
fuqarolarning ko‘p qavatli uylarda yashashi uy-joy qurish va uni 
ta'mirlash borasida muammolarni keltirib chiqaradi. Bu muam- 
molarni bartaraf etish uchun esa kapitallarning birlashlirish va 
uni aynan ushbu ehtiyojni qondirishga yo‘naltirish lozim. Fuqa- 
rolar o'zlarining qay ko'rinishda bo‘iishidan qat'i nazar uy-joy 
sharoitlarini yaxshilash uchun uy-joy qurish yoki uy-joy koope- 
rativlariga kirish huquqiga egadirlar
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlari davlat ro‘yxatidan 
o ‘tgandan keyin kirish badalini hamda turarjoyning qurilish yoki 
xarid qiymatiga nisbatan ustavda yoxud shartnomada belgilangan 
o ‘z pay-badallari qismini to'lagan muassis-fuqarolar shu koopera- 
tivlaming a'zosi deb tan olinadi.
2 0 8
www.ziyouz.com kutubxonasi


Kooperativ boshqaruv organining qaroriga binoan belgilangan 
miqdordagi kirisM hamda pay badallarini toMagan h'uqarolar faoliyat 
ko'rsatayotgan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining a’zosi 
boMishlari mumkin. 

Garchi qonunchilikda a ’zo boMishi mumkin bo‘lgan fuqaroning 
yoshi aniq belgilanmagan bo‘lsa-da, uning mulkiy huquqlarini 
amalga oshirishdagi huquq va muomala layoqati e'tiborga olinadi. 
FKning 22-moddasiga asosan fuqaroning o ‘z harakatlari bilan 
fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o ‘zi 
uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ulami bajarish 
layoqati (muomala layoqati) u voyaga yetgach, ya’ni o‘n sakkiz 
yoshga to‘lgach toMa hajmda vujudga keladi. «Nodavlat notijorat 
tashkilotlari to‘g‘risida»gi qonunning 18-moddasiga asosan agar 
qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo'lmasa, o ‘n 
sakkiz yoshga to'lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik 
shaxslar nodavlat notijorat tashkilotining muassislari, qatnashchilari 
(a’zolari) bo'lishi mumkin.
«Kooperatsiyalar to‘g'risida»gi qonunning 6-moddasida esa 16 
yoshga toMgan. kooperativning maqsad va vazifalarini amalga 
oshirishda ishtirok etish istagini bildirgan va bunga qodir bo'lgan 
har bir jismoniy shaxs, basharti, 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlarida o ‘zga hol nazarda tutilmagan bolsa, kooperativ a ’zosi 
bo'lishi mumkinligi belgilangan. IJmumiy qoidadan kelib chiqadigan 
bo ‘lsak, t o ‘la muom ala layoqatiga ega bo'lgan shaxs uy-joy 
kooperativi a ’zosi boMishi mumkin.
Kooperativning a'zosi mehnat shartnomasi bo'yicha bir nechta 
ishlab chiqarish koopcrativida ishlashi yoki ayni bir vaqlning o ‘zida 
uy-joy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish bilan shu- 
g ‘ullanuvchi bir necha kooperativning a'zosi boMishga haqli. 
Kooperativga kirish yoki unda mehnai shartnomasi (kontrakt, 
bitim) b o'yicha ishlash uchun asosiy ish joyidagi korxona 
mulkdorining, m a’muriyat (boshqamv idorasi)ning roziligi talab 
qilinmaydi.
A'zolik munosabatlaridan kelib chiqqan nizoli ishlar kooperativ 
ustavida belgilangan tarfibda kooperativ boshqaruv idoralari 
tomonidan, 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan 
hollarda esa sud tomonidan hal etiladi. Kooperativ a'zosi ustavda
209
www.ziyouz.com kutubxonasi


nazarda tulilgan hollarda kooperativning umumiy yig'ilishi qaroriga 
binoan kooperativdan chiqarilishi mumkin. Kooperativ a'zoligidan 
chiqarilganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari kooperativ a'zolarining 
umumiy yig'ilishi qabul qilgan ustav asosida faoliyat ko'rsatadi. 
Kooperativi ustavida quyidagi ma’lumotlnr bo‘lishi kerak: koope- 
rativ a'zolari qo£shadigan pay badallarining miqdori. kooperativ 
a'zolari pay badallarining tarkibi va ularning qo'shish tartibi, 
badalni qo ‘shish majburiyatini buzganlik uchun javobgarlik, 
kooperativni boshqarish organlarining tarkibi va vakolatlari. ular 
tomonidan qarorlar qabul qilish lartibi, shu jurrladan qarorlar 
bir ovozdan yoki ovozning ko'pchiligi bilan qabul qilinadigan 
masalalar va shuningdek kooperativ ko'rgan zararlarni kooperativ 
a'zolari tomonidan lo'lash tartibi to'g risidagi masalalari ko‘r- 
satiladi.
Turli xil nizolar. manfaatlar to'qnashuvi yoki «sansolar»1ikka 
yo'l qo'ymaslik uchun bitta uyda ikkita uy-joy qurish yoki uy- 
joy kooperativlarining tuzilishiga yo'l qo'yilmasligi belgilangan. 
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari faoliyal muddati cheklan- 
magan holda tuziladi. Lekin ayrim hollarda kooperativ a'zolari 
umumiy yig'ilishi qarori bilan ustavga kooperativ muayyan 
maqsadga erishish yoki aniq muddatli faoliyatni olih borishi va 
shu maqsadda erishishi yoki muddati tugashi bilan kooperativ 
tugatilishi haqida hnnd kiritib qo'vilishi ham mumkin. Bu holatda 
kooperativga nisbatan «faoliyat muddali cheklanmagan» iborasini 
qo'llab bo'lmaydi.
Uy-joy qurish va uy-joy kooperalivlari mahalliy davlat 
hokimiyati organlarida ro'yxatdan o ‘tishi kerak. Uy-joy qurish va 
uy-joy kooperativlarini ro'yxatdnn o'tkazish uchun quyidagilar 
taqdim etiladi:
— uy-joy qurish va uy-joy kooperativini davlat ro'yxatidan 
o'tkazishni so'rab yozilgan ariza;
— umumiy (ta'sis) yig‘ilishning bayonnomasi;
— uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativjning uslavi;
— qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.
Umumiy (ta'sis) yig‘ilishning bayonnomasida uy-joy qurish
va uy-joy kooperativini tashkil etish to g'risidagi, uning ustavini
2 1 0
www.ziyouz.com kutubxonasi


tasdiqlash haqidagi, boshqamv organlarini shakllantirish to'g‘risidagi 
ma'lum otlar albatla mavjud bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, 
ro'yxatga olganlik uchun yig‘im toManganligi to‘g‘risidagi bank 
to‘lov hujjati ham arizaga ilova qilinadi.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining individual nomi 
bo‘lib, unga doir mutlaq huquq kooperativ davlat ro'yxatidan 
o ‘tkazilgan vaqtda yuzaga keladi. Kooperativ to'liq nomi bilan 
birga qisqartirilgan nomiga ham ega bo'lishi mumkin. Uy-joy 
qurish yoki uy-joy kooperativining nomida faoliyatining asosiy 
maqsadi ko ‘rsatilishi, shuningdek «kooperativ« so‘zi boMishi 
kerak.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini ro‘yxatga olish uchun 
taqdim etilgan hujjatlar belgilangan muddatda ko‘rib chiqiladi. 
Ro'yxatdan o ‘tkazuvchi organ hujjatlarni o'rganib chiqib, uy-joy 
qurish yoki uy-joy koopcrativini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risida 
qaror qabul qiladi.
Agar huijatlarda kamchiliklar mavjud boMsa, laqdim etilgan 
hujjatlarni qonun hujjatlari talablariga muvofiqlashtirish muddati 
to'g'risida qaror qabul qilib uni qaytaradi.
Ayrim hollarda noqonuniy maqsadda birlashish, yoki qonun 
talablariga zid faoliyat olib borish kabi maqsadlarni olgan holda 
hujjatlar taqdim etilsa, uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining 
tuzish tartibi va shartlari buzilgan. uning ustavi qonun hujjatlari 
talablariga muvofiq kelmagan holdagina uy-joy qurish yoki uy- 
joy kooperativini ro‘yxatdan o ‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror 
qabul qiladi.
Lekin umumiy asosda uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi 
tuzilishi maqsadga muvofiq emas degan vajlarbilan uni ro'yxatdan 
oMkazishni rad etishga yo‘1 qo'yilmaydi.
Agar ro'yxatdan oMkazishni rad etish huquqni buzish deb 
hisoblansa 3 0 .0 8 .1 995-yilgi « F u q a ro la m in g h u q u q lari va 
erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan 
sudga shikoyat qilish to ‘grisida»gi va 06.05.1994-yilgi «Fuqa- 
rolarning murojaatlari t o ‘grisida»gi 0 ‘zbekislon Respublikasi 
qonunlari va boshqa qonun hujjatlariga asosan ro'yxatdan 
oMkazuvchi organning qarori ustidan sud tartibida shikoyat 
qilinishi mumkin.
211
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 10,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish