17-MAVZU: SRIBNI AMALGA OSHIRISH QATNASHCHILARI SALOHIYATINI OSHIRISH 17.1. SRIBni amalga oshirish qatnashchilari salohiyatini oshirish 17.2. Salohiyatni oshirish Suv resurslarini boshqarish va rejalashtirish jarayonida quyidagi masalalar SRIB qatnashchilari salohiyatini ishirishga tegishlidir:
Qaysi harakatdan boshlab SRIBga yondashuv hisoblanadi?
Taklif etilgan suv xo’jaligi islohotlari muhimligi haqida benifitsiarlar xabardor qilinganmi?
To’g’ri siyosiy qarorlar qabul qila olishi uchun vazirlik va boshqa siyosiy mansabdorlar mos ravishda xabardor qilinganmi?
Suvga egalik va undan foydalanishda erkak va ayollar o’rtasida haqiqatdan ham kata farq mavjudmi?
Benefitsiarlarning jarayondagi ishtirokini ta’minlash uchun Ishchi guruhi barcha muammolar bilan tanishdimi, malakali mutahassislarga egami?
Suv resurslarini boshqarish strategiyasining qanday variantlari mavjud va maqbul variant qanday tanlanadi?
Suv uchun nega to’lov qilish lozim?
SRIB rejalarini amalga oshirish uchun bilim darajalari yetarlimi?
Keltirilgan ma’lumotlar rejalashtirish siklining turli bosqichlarida har xil toifadagi jarayon ishtirokchilari uchun kerak bo’lib, ularning ma’lum bir vazifani bajarishga o’z hissalari qo’shishlarini belgilasa, o’z navbatida maqbul ma’luotlarning yetishmasligi reja sifatiga va uning muvaffaqiyatli bajarilish imkoniyatiga ta’sir ko’rsatadi.
Rejalashtirish jarayonida salohiyatni oshirish ehtiyojlarini ko’zda tutish, ammo ish bajarilishi davomida ularni kuzatib, aniqlik kiritish choralarini ko’rish lozim. Yetarli salohiyatni yaratishdagi hatolik odatda loyihaning barbod bo’lishiga olib keladi.
Har bir component ish rejasiga binoan “Mazkur rejada ishtirok etuvchi mutahassislar vazifani samarali bajarish uchun yetarli bilimga egami?”degan savolga javob topish bilan malakali mutahassislar salohiyatini aniqlash mumkin. Agar “yo’q” degan javob olinsa, ularning tushunchasini, malakasini yoki omilkorligini oshirish bo’yicha zaruriy tadbirlar amalga oshiriladi. Dastlab vakolatli hodimlar bilim darajasi va ishchi guruh a’zolarining malakasini oshirish lozim. Salohiyatni oshirishga ehtiyoj rejani amalga oshirish jarayoni mobaynida o’zgarib boradi va turli sohalarning professional tahlilini talab qiladi.
17.1 Salohiyatni oshirish Salohiyatni oshirish shaxslar va barcha darajadagi tashkilotlar yana ham kengroq masalalarni hal qilishlari uchun ularning saviyasi, mahorati va qobilyatini kengaytirish hamda ulardan foydalanishga qaratilgan say-harakatlar yig’indisidir.
Salohiyat ikki darajada: SRIB dasturini rejalashtirish va ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo’lishda hamda ekspluatatsiya imkoniyatlaridan foydalanishda asqotadi.
SRIB davlat sektorida qarorlar qabul qiluvchi, suv xo’jaligi rahbarlari va mutahassislari, muntazam organlar hodimlari kasbiy ko’nikmalarini rivojlantirish va masalalar mohiyatini chuqurroq anglash hamda fuqarolik jamiyati vakillik guruhlari salohiyatini oshirish uchun belgilangan tadbir va vositalarni o’zida mujassam etgan.
G’oyalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etgan barcha suv jarayoni ishtirokchilarining institutsionalsalohiyatini, tushuncha va ma’lumotlarni oshirish SRIB faoliyatida asosiy o’rin tutadi. Bu oddiy vazifa emas, chunki suv boshqaruvini takomillashtirishdagi ananaviy muammolar amaliyotchilar tomonidan muhandislik-moliyaviy-texnik muammosi sifatida e’tirof etilgan va etilmoqda.
Hozirgi vaqtda, sekinlik bilan bo’lsada, mazkurmuammolarning nafaqat muhandislik, balki institutsional muammo ekanligi haqidagi tushuncha ham ortib bormoqda.
Institutsional tarkibini yaratish va salohiyatini oshirish hamda manfaatdor shaxslarning bilim va tushunchalarini kengaytirish uchun seminarlar, treninglar, ko’rgazmalar, konfertsiyalar o’tkazish; risola,buklet, byuletenlar tayyorlash, chop etish va tarqatish; posterlar, stendlar va x.k.larni tayyorlash kabi kognitiv (bilish) usullardan foydalaniladi.
Manfaatdor shaxslarga SRIB asoslaridan ta’lim berish uchun dastlab o’qituvchilarning o’zini tayyorlash lozim. SRIB asoslarini egallagan mutaxassislar juda chegaralangan. Keyinchalik suv tashkiloti xodimlari, suv iste’molchilari va boshqa manfaatdor shaxslar orasidan trenerlarni tayyorlash muhim ahamiyatga ega.
Inson omili imkoniyatlariga qo’shimcha ravishda markaziy omil hisoblanadigan qator moddiy jihozlarga egalik ham salohiyat darajasini belgilaydi, misol uchu:
Monitoring uchun uskunalar.
Kompyuter.
Loyiha ishtirokchilarining nazorat uchastkalariga tashrifini ta’minlaydigan transport vositalari.
Salohiyatni oshirish ehtiyoji har xil pog’onalarda amalga oshiriladi:
Fuqarolik jamiyatida.
Barcha viloyat (davlat va xususiy suv tashkilotlari) suvchi – mutaxassislari uchun.
Maxalliy va markaziy hokimyat organlarida, suv xo’jaligi tashkilotlari va nazorat organlarida.
Nazorat savollari: 1. SRIB qatnashchilarining salohiyatini oshirish tartibi qanday?
2. SRIB ni rejalashtirish siklini tushintiring?
3. Salohiyatni oshirishga ehtiyoj qanday o‘zgaradi?
4. Salohiyat necha xil darajada boradi?