O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari hamda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarini yanada isloh qilish va rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 24-yanvardagi PQ-2738-son
qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek harbiy xizmatchilarni turar joy bilan ta’minlash tizimiga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berishning yangi tizimini joriy etish va mudofaaga ajratilayotgan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari hamda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-iyuldagi 169-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 6-7-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri K.R.
Berdiyev, O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Djurayev, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Azizov hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.
ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 11-avgust,
619-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari hamda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob.
Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari hamda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi,
Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda
vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati (keyingi o‘rinlarda tegishli idoralar deb ataladi) tizimlarida kontrakt bo‘yicha kamida 5 kalendar yil xizmat qilgan
va yangidan kontrakt tuzgan, turar joy bilan ta’minlanmagan yoki turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq davlat hisobiga turar joy bilan ta’minlanish yoki turar joy sharoitlarini yaxshilash huquqiga ega bo‘lgan, haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarga (keyingi o‘rinlarda harbiy xizmatchilar deb ataladi) joriy etiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: