2. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-iyuldagi 169-son qarori O‘zbekiston Respublikasi qt, 2005-y



Download 42,17 Kb.
bet3/3
Sana06.03.2022
Hajmi42,17 Kb.
#485065
1   2   3
Bog'liq
619 11.08.2017

o‘zgartirish
Nizomning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Harbiy xizmatchilarga pul kompensatsiyasi to‘lash turar joy ijaraga olingan (ijarada turgan) kundan boshlab harbiy xizmatni o‘tash joyiga kelgandan keyin amalga oshiriladi.
Pul kompensatsiyasi to‘lash:
harbiy xizmatchiga belgilangan tartibda turar joy maydoni berilgan kundan boshlab (shu jumladan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan uy-joy maydonining oldi-sotdi dalolatnomalari asosida);
harbiy xizmatchi qismning shaxsiy tarkibi ro‘yxatidan chiqarilgan kundan boshlab;
harbiy xizmatchiga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal o‘tkazilgan kundan boshlab to‘liq 12 oy o‘tgandan keyin;
harbiy xizmatchi tomonidan yakka tartibda turar joy qurish uchun yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimi tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab to‘liq 24 oy o‘tgandan keyin to‘xtatiladi.
Harbiy xizmatchiga turar joy maydoni berilgan, turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal o‘tkazilgan, harbiy xizmatchi tomonidan yakka tartibda turar joy qurish uchun yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimi tomonidan qaror qabul qilingan taqdirda harbiy qismning uy-joy komissiyasi harbiy qismning moliya organiga pul kompensatsiyasini to‘lashni to‘xtatish uchun asos hisoblangan hujjatning nusxasini taqdim etadi.
Ota-onalari, eri (xotini)ning ota-onalari uy-joy maydonida birga yashayotgan harbiy xizmatchilarga pul kompensatsiyasi to‘lanmaydi”.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 31-iyuldagi 163-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 7-son, 39-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini moliyalashtirishning resurs bazasini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 25-maydagi 151-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 20-21-son, 209-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 31-iyuldagi 163-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2012-yil 31-maydagi 153-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 38-modda).


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 33-son, 853-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)

Download 42,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish