Uy-joy huquqi


Turarjny arendasi shartnomasining o ‘zgarishi



Download 10,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/65
Sana01.04.2022
Hajmi10,37 Mb.
#523213
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65
Bog'liq
Uy-joy huquqi (N.Imomov) (1)

6.3. Turarjny arendasi shartnomasining o ‘zgarishi
yoki bekor qilinishi asoslari
Turatjoy arendasi shartnomasi, agar shartnomada yoki qonunda 
boshqacha tartib nazarda lulilgan bo'lmasa, taraflar kelishuvi 
bo'yicha o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Shartnoma 
sh artlari bir tara fn in g aybi bilan b u zilg an d a, shun in g d ek
shartnomada ynki qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda 
turarjoy arendasi shartnomasi ikkinchi tarafning lalabiga binoan 
sud qaroriga ko'ra o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. 

Turarjoy arendasi shartnomasi quyidagi holatlarda o'zgartirilishi 
yoki bekor qilinishi mumkin.
1. Agar taraflar o ‘rtasidagi shartnomada yoki qonunda boshqa- 
cha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, shartnoma taraflarining 
kelishuvi bilan.
2. Shartnoma shartlari bir tarafning aybi bilan buzilganda 
sudning qarori bilan.
201
www.ziyouz.com kutubxonasi


3. Shartnomada yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda 
turaijoy arendasi shartnomasi ikkinchi tarafning talabiga binoan 
sudning qarori bilan.
4. Qonunda nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
Arenda haqini arendaga oluvchi tomonidan shartnomada 
belgilangan muddatni o'tkazib ketma-kct ikki martadan ortiq to‘la- 
maganligi uchun sud tartibida bekor qilinishiga olib kelishi 
mumkin. Agar arendaga oluvchi zimmasidagi ushbu majburiyatni 
o ‘z vaqtida bajarmaydigan bo ‘lsa, shartnoma bekor qilinishi 
mumkin. Shartnomaning bekor bo'lishi haqida gapirganda yana 
shuni ta’kidlash kerakki, turarjoy arendasi muddatli shartnomadir. 
Shu nuqtayi nazardan qaraganda shartnomaning muddati tugashi 
bilan taraflardan birining talabi bilan ham shartnoma bekor bo‘lishi 
mumkin.
Turaijoy arendasining qancha muddatga amal qilishi haqida 
taraflar shannomada o ‘zaro kclishuvga erishishlari shart. Fuqarolik 
kodeksining 6 12-moddasiga koTa, uy-joyni ijaraga berish 
sharlnomasi besh yildan ortiq bolm agan muddalga tuzilishi, agar 
shartnomada muddat koTsatilgan boimasa, u besh yilga tuzilgan 
deb hisoblanishi nazarda tutilgan.
Yuqorida aytib oiganimizdek. turaijoy arendasi shartnomasi 
taraflar o ‘rtasida belgilangan muddatning tugashi bilan bekor 
b o iishi mumkin. Taraflardan birining talabi bilan shartnoma 
muddatidan oldin ham bekor qilinishi mumkin.
Turarjoy arendasi shartnomasining muddatidan oldin bekor 
qilinishi unga muvofiq ravishda tuzilgan ikkilamchi arenda sharl- 
nomasining ham bekorbo‘lishiga olib keladi. Shuningdek, birlamchi 
arenda shartnomasining taraflar o'rtasida belgilangan muddati 
tugashi bilar u asosida tuzilgan ikkilamchi ijara shartnomasi ham 
bekor qilinishi mumkin. Chunki, ikkilamchi arenda shartnomasi 
haqidagi qoidalarda uning muddati birlamchi arenda shartno- 
masining muddalidan ortiq bo'lishi mumkin emasligi nazarda 
tutilgan edi.
Agar turarjoy arendasi shartnomasi haqiqiy emas deb topilsa, 
unga muvofiq tuzilgan ikkilamchi arenda shartnomasi ham 
haqiqiy emas deb topiladi. Turarjoy arendasini haqiqiy emas deb 
topishda Fuqarolik kodeksining 113—128-moddalarida nazarda
202
www.ziyouz.com kutubxonasi


tutilgan bitimlarni haqiqiy emas deh topishga oid qoidnlar 
qo'llaniladi.
Har doim ham shartnoma muddatiningtugashi bilan shartnoma 
bekor boMavermaydi. Muddat tugnshi bilan shartnomani bckor 
qilish uchun taraflnrdan birining talabi boMishi zarur. Agar turaijoy 
arertdasi shartnomasining muddati tugagan boMsn-yu, arendaga 
oluvchi turatjoydan foydnlanishni davom ettirsa, taraflar shartno- 
mani tugatish haqida bir-birlariga nisbatan hech qanday c'tiroz 
bildirmasalar, sbarlnoma avval belgilangan shartlar asosida qayta 
tuzilgan deb hisoblanadi.
Turatjoy arendasi shartnomasini qayta tiklangnn deb topish 
uchun quyidagi shartlarning mavjudiigi talab qilinadi:
1. Shartnomada belgilangan nuiddntning tugaganligi.
2. Garchi shartnomaning muddati tugagan bo Isa ham arendaga 
oluvchi lurarjoydan amalda foydalanishni davom etlirayotganiigi.
3. Arendaga bcruvchi shartnoma mudciati o'tgunga qadar bunga 
hech qanday e'tiroz bildirmaganligi.
4 Shartnomn taraflari o'rtasida hoshqacha tartib nazarda 
tutilmaganligi.
Yuqorida berilgan shartlardan barchasi bir vaqtning o ‘zida 
taraflar o'rtasida tuzilgan luratjoy arendasi shartnomasida mavjud 
boMsa. ushbu shartnomani xuddi o ‘sha shartlar asosida qayla 
tuzilgan deb hisobiash mumkin.
Turajjoy arendasi yuzasidan o ‘z zimmasiga olgan majburiyatni 
lozim darajada bajargan arendaga oluvchi lurarjoy arcndasi 
shartnomasini qayta tiklash masalasida boshqa shaxslarga nisbatan 
imtiyozli huquqqa cga boMadi.
Imtiyozli huquqqa dastlabki shartnomada o ‘z zimmasidagi 
majburiyalni lozim darajada bajargan arendaga oluvchi ishlirok 
etishi mumkin.
Fuqarolik kodeksining 553-moddasida imtiyozli huquq haqida 
quyidagi qoida nazardn tutilgan:
Agarda qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda 
tutilgan boMmasa, o ‘z majburiyatlarini lozim darajada bajargan 
ijaraga oluvchi shartnom a muddati tugaganidan keyin yangi 
muddalga mulk ijarasi shartnomasini tuzishda sharoitlar teng 
boMgan hollarda boshqa shaxslarga nisbatan imtiyozli huquqqa
2 0 3
www.ziyouz.com kutubxonasi


ega bo'ladi. Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchini mulk ijarasi 
shartnomasida belgilangan muddalda, agar shartnomada bunday 
jmiddat belgilangan boMmasa, shartnomaning amal qilishi tamom 
boMguncha oqilona muddatda bunday shartnomani tuzish istagi 
haqida yozma ravishda ogohlantirishi lozim. Mulk ijarasi shart- 
nomasini yangi muddatga tuzishda shartnoma shartlari taraflarning 
kelishuvi asosida o ‘zgartirilishi mumkin. Agar ijaraga beruvchi 
ijaraga oiuvchi bilan yangi muddatga shartnoma luzishni rad etsa- 
yu, ammii u bilan tuzilgan shartnoma muddati tugaganidan keyin 
bir yil ichida boshqa shaxs bilan mulk ijarasi shartnomasini tuzsa. 
ijaraga oluvchi o ‘z xohishiga ko‘ra yo tuzilgan shartnoma bo'yicha 
Iniquq va majburiyatlar o‘ziga oMkazilishini va o‘zi bilan shartno- 
mani yangilashni rad etish oqibatida o'ziga yetkazilgan zararning 
toManishini yoki faqat zaraming o‘zi toManishini sud orqali talab 
qilishga haqli.

Download 10,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish