Ushbu sxema uchta bosqichdan tashkil topgan: Birinchi bosqichda ma’lumotlar to‘planadi. Unda ma’lumotlarning umumiy tavsifi keltiriladi, ma’lum shartlar asosida saralanadi va dastlabki qayta ishlov berish amalga oshiriladi. Natija model uchun kirish qiymat vazifasini bajaradi. Ikkinchi bosqichda sun’iy intellekt modeli tanlanadi va sozlanadi. Mavjud modellar tahlillanadi va ular asosida mos model hosil qilinadi. Uchinchi bosqichda tanlangan, sinovdan o‘tkazilgan va ma’lum qiymatlarga ega model amaliyotga joriy etiladi. Model o‘rnatilgandan so‘ng sozlanmalar asosida unga vazifalar (filtrlar) o‘rnatiladi. Onlayn ta’limda sun’iy intellekt usullarini qo‘llash natijasida, ta’lim oluvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi ortib boradi. Bu esa, unga bo‘lgan yondashuvni to‘g‘ri shakllantirishga ko‘mak beradi. Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash natijasida talim beruvchining qo‘shimcha yuklamalardan va ortiqcha e’tibordan ozod etadi. Uning yordamida tinglovchining harakatlari to‘liqligicha nazorat qilinadi va doimiy ravishda tekshirib boriladi. Qoidalardan chetlashgan holatlar bazada yozib boriladi va yakunda xulosa beradi. Sun’iy intellekt usullarini nafaqat onlayn ta’limda, shuningdek, masofaviy ta’limda ham qo‘llash yuqori natija beradi. Sotib olingan kurslardan boshqalarning foydalanilishi oldi olinadi. Ya’ni ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchining yuz tasviri va boshqa shu kabi ma’lumotlari yozib olinadi hamda kursdan foydalanishda tekshiriladi. Yuqorida keltirilgan imkoniyatlar yordamida onlayn ta’lim imkoniyatlari va samaradorligini oshirishga erishiladi. O‘QUV JARAYONIDA MASOFAVIY TA’LIM VOSITALARINI QO‘LLASHNING DASTURIY VOSITALAR Nazarov F.M. (Samarqand davlat universiteti) Usmonov E. (Samarqand davlat universiteti) Do‘sanov R. (SamDU O‘zbekiston-Finlandiya Instituti) Finlandiya ta’lim tizimi asosida o‘quv jarayonini shakllantirish metodikasi ta’lim tizimini rivojlanishiga olib keladi. O‘quv jarayoni sifatini oshirish uchun masofaviy o‘qitish metodikasini takomillashtirish bugungi kunda dolzarb hisoblanadi. Masofaviy o‘qitish - eng yaxshi an’anaviy va innovatsion metodlar, o‘qitish vositalari va formalarini o‘z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi ta’lim singari axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta’lim formasidir. Masofaviy o‘qish - bu yangi axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya texnologiyalari va texnik vositalariga asoslangan ta’lim tizimidir. U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida o‘quv shart- sharoitlari va o‘qituvchi bilan muloqotni ta’minlab berib, o‘quvchidan ko‘proq mustaqil ravishda shug’ullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda o‘qish jarayoni ta’lim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda bo‘lishiga bog’liq emas. Masofaviy ta’lim - masofadan turib 495