Uy-joy huquqi


IVIaxsus uylar va ulardan foydalanish



Download 10,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/65
Sana01.04.2022
Hajmi10,37 Mb.
#523213
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65
Bog'liq
Uy-joy huquqi (N.Imomov) (1)

5.3. IVIaxsus uylar va ulardan foydalanish
«Maxsus uylar»ning ayrim obyektlari hozirgi qonunchilikning 
amalga kirgunga qadar uy-joy fondi tarkibiga kirmas edi. Misol 
uchun nogironlar uchun maxsus internat uylari. Maxsus uylar 
ayrim toifadagi fuqarolar uchun Uy-joy kodeksi va boshqa 
qonunlarda belgilangan tartib va shartlarda yashash uchun mo‘!jal- 
iangan uylar kiradi Mazkur moddada belgilanganidek, maxsus 
uylar jumlasiga quyidagilar kiradi:
— yotoqxonalar;
— vaqtinchalik uy-joy fondi uylari;
— nogironlar, faxriylar, yolg'iz qariyalar uchun internat-uylar;
— bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar
«lntemat» so‘zi lotincha so'zdan olingan bo‘lib (internus ichki),
maktab va ayrim o ‘quv yurtlari qoshida o'quvchilar uchun, shu- 
ningdek, ota-onasiz qolgan bolalar (mehribonlik uylari, intemat 
uylari), 1- va 2-guruh urush hamda mehnat nogironlari, faxriylar 
uyi. O'zbekistonda internatlar 1919-yildan boshlab tashkil etilgan 
( 0 ‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi).
Bolalar uyi — mehribonlik uylari deb ham atashadi. Mehri- 
bonlik uylari yetim va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy 
vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalar uchun davlat tomonidan 
ochilgan ta'lim-tarbiya muassasasi hisoblanadi. Yetim yoki qonuniy 
vasiylar qaramog‘ida boMmagan bolalar, ota-onalari sud hukmi 
hilan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-onalari voz 
kechgan bolalar uchun tashkil qilingan. Mehribonlik uylarida 3 
yoshdan 16 yoshgacha boMgan sogMom bolalar yashashi va 
tarbiyalanishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi. ToMiq davlat 
ta'm inotida boMib. 3—7 yoshli bolalar uchun bolalar bog'chasi
IK6
www.ziyouz.com kutubxonasi


tartibida, 7—16 yoshli bolalar uchun umumiy o'rta ta'lim maktabi 
tartibida ishlaydi.
Yotoqxona — maxsus uy-joy bo‘lib, uzoq muddatga m o‘ljal- 
lanmagan yashash maskani hisohlanadi. Yotoqxona mavsumiy yoki 
vaqtinchalik ishlovchi shaxslar, talabalnr. o'quvchilar, mehnat 
shartnomasi asosida ishlovchi shaxslarva boshqalarga m o‘ljal1angan 
turaijov. Yotoqxonada yashovchi shaxslaming huquqlarini himoya 
qilish maqsadida mazkur kodeksda faqatgina mazkur maqsad uchun 
maxsus qurilgan yoxud qayla ta'm irlangan uylar berilishi mus- 
tahkamlangan. Ko‘p kvartirali uylar yoki ularning bir qavati yotoq- 
xona uchun berilmaydi. Buning sababi ushbu uyda yashovchi 
fuqarolarga noqulayliklarni kellirib chiqarmaslikdir. Yotoqxonadan 
joy berilishidan avval xonalar unda yashovchilar uchun sanitariya- 
gigiyena talablariga javob berishi, yashash uchun shart-sharoitlar 
bo'lishi kerak.
Uy-joy Kodeksining 42-moddasida uy-joy rtiaydonining ijtimoiy 
normasi belgilangan bo'lib, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va 
aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turarjoylar fuqarolarga 
uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq beriladi.
U y-joy m aydonining ijtim oiy norm asi Q o raq alp o g 'isto n
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimliklari tomonidan bir kishi hisobiga o ‘n olti kvadrat metrdan 
kam boMmagan umumiy maydon hajm ida, kreslo-aravachada 
harakatlanadigan nogironlar uchun esa — yigirma uch kvadrat 
metrdan kam boMmagan hajmda belgilanadi.
Er-xotindan tashqari turli jinsga mansub shaxslar bir xonaga 
yoki bir xonali kvartiraga joylashtirilishiga yo ‘l qo'ym aslik 
maqsadida munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli 
kommunal uy-joy fondidan uy-joy maydonining ijtimoiy norma- 
sidan ortiqcha turarjoy berilishi mumkin.
Bunday maxsus uylarda yotoqxonalardan lashqari o ‘quv, 
m adaniy va tashviqot tadbirlarini oMkazish uchun xonalar va 
boshqa maishiy xizmat xonalari bo'lishi shart. Yotoqxonalari 
mavjud bo‘lgan korxona, tashkilot, o‘quv muassasalari yotoqxonani 
ta'm irlash, uning holati va o'rnatilgan tartib, yashovchilar o'rtasida 
o'rnatilgan tarbiyaviy ishlar uchun m as'ul bo'lib hisoblanadi 
Fuqarolarning istiqomat qilishlari, shug‘ullanishlari va dam olishlari
187
www.ziyouz.com kutubxonasi


uchiin zarur bo'lgan mebel. boshqa u y -ro ‘zg‘or asboblari va 
madaniy-maishiy buyumlar bilan ta’minlashlari majbur
Yotoqxonadan joy berish (o‘qish yoxud ish muddatiga qarab) 
tartibi mazkur yotoqxonani boshqaruvchi korxona, tashkilot yoki 
muassasaning qaroriga muvofiq uning tom onidan beriladigan 
maxsus order bilan joy ajraliladi.
Yotoqxonada yashovchiiar egallab turgan joylaridan foyda- 
lanishda huquqlaridan to'liq foydalana olmaydilar (xonani bo'lib 
berishni talab qilish, joyni almashtirish, boshqa oila a'zolarini 
kirilish. ijaraga berish va b.) Biroq boshqa jihatdan qo'shimcha 
vakolatlarga ega, misol uchun mebeldan foydalanishda, uy-ro‘zg‘or 
buyum laridan, m adaniy-m aishiy buyum lardan foydalanishda. 
Y otoqxonalar nafaqat yakka fuqarolar uchun, balki oilaviy 
yotoqxonalar ham mavjudki, unda oila a'zolari ham yashashlari 
mumkin bo'ladi.
Mavsumiy ish, o'qish yoki mehnat shartnom asi tugaganda 
boshqa joy taqdim etmasdan yotoqxonadan chiqarib yuboriladi.
Vaqtinchalik uy-joy fondi tegishli uy-joy fondining mulkdori 
yoki u vakolat bergan organning qarori bilan tashkil qilinadi. Ushbu 
fonddagi uy-joylar fuqarolarning turarjoylari kapital remont yoki 
ta'm irlanishi, rekonstruksiya munosabati bilan boshqa vaqlinchalik 
yashash u ch u n m o 'ljallan g an b o 'lish i kerak. T abiiyki. bu 
turaijoylar sanitariya. yong‘inga qarshi va texnik talablarga javob 
berishi lozim. Qisqa qilib aytganda, yashash uchun barcha sharoitlar 
mavjud bo'lishi kerak.
Kapital ta ’mirlash jarayonida tabiiyki, yashash sharoiti yo‘qolib 
vaqtinchalik turarjoyga ehtiyoj tug'iladi. Turarjoyning mulkdori 
va vaqtincha yashovchi o ‘rtasida m uayyan m uddatga ijara 
shartnom asi tuzilib, vaqtincha yashovchi um um iy qoidalarga 
muvofiq turarjoydan foydalanadi.
Vaqtinchalik uy-joy fondidan turaijoylar fuqarolarga turaijoyi 
kapital ta ’mirlanishi lozim boMgan. lekin unda yashab turgan 
fuqarolarni ko ‘chirm asdan ta'm irlashning im koni bo'lm agan 
turaijoyning ijaraga beruvchisi tomonidan beriladi.
Nogironlar, faxriylar va yolg'iz qariyalar uchun internat-uyJari, 
bolalar uylari davlat to m o n id an ijtim oiy him oya organlari 
tomonidan tuziladi va taqdim etiladi. Mazkur uylar bunday maxsus
188
www.ziyouz.com kutubxonasi


uylarda yashashga m uhtoj boMgan fuqarolarga m o ‘ljal!angan. 
U shbu maxsus uylar qatoriga, shuningdek, ijtim oiy him oya 
organlari tizimiga kiruvchi turaijoylar ham kiradi. ljtimoiy himoya 
organlariga qarashli uylar va boshqa maxsus maqsadli uylar muhtoj 
shaxslarga ushbu oigan ta'sischilarining qaroriga muvofiq beriladi.
Maxsus uylardan foydalanishni tugatish, uylami taqdim etish 
sabablari y o 'q o lish i bilan am alga o sh irilad i (m isol u c h u n
qarindoshlarinikiga doimiy yashash uchun ko'chib ketishi va h.k ). 
Davlat yoki ijtimoiy fonddagi uylarni ijara asosida egallab turilgan 
maxsus nogironlik uylari bo'shagan taqdirda, bo‘shagan joylar 
o ‘rnini yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj b o ‘lgan no- 
gironlar birinchi navbatda egallaydilar. Bunday nogironlar toifasiga 
mutasaddi idoralarga murojaat etib, navbatda turgan shaxslar 
kiradi.
Maxsus turarjoylardan ko‘chirish mazkur kodeks va boshqa 
qonun hujjatlari asosida va tartibda amalga oshiriladi. Yuqorida 
ta'kidlab o'tilganidek, maxsus turarjoylar qatoriga yntoqxonalar, 
vaqtinchalik yashash uchun mo‘ljallangan uy-joylar, nogironlar, 
faxriylar, yolg‘iz qariyalar uchun internat uylar, bolalar uylari va 
boshqalar kiradi.
Ushhu maxsus turarjoylardan ko'chirish turli sabablar va 
omillarga asosan amalga oshiriladi. Masalan, mehnat shartnn- 
masining tugashi yoki xizmat safarining tugashi bilan xizmat 
turarjoyini bo‘shatib herishlari kerak bo'ladi Shuningdek, yotoqxn- 
nalardan o'qishni tugatishi yoki ta'tilga chiqqan paytda boshqa 
joy taqdim etmasdan ko‘chiriladi. Qariyalar uyidan yoki mehri- 
bonlik uylaridan qarindoshinikiga butunlay yashash uchun ketgan 
taqdirda yoxud yangi oila farzandlikka olgan taqdirda bolaga boshqa * 
joy taqdim etmagan holda ko'chiraladi.
Boshqa turarjoy bergan holda xizmat turarjoylaridan quyidagilar 
ko‘chiriladilar:
— 1 va II guruh nogironlari;
— 1941 —1945-yillardagi urush faxriylari va baynalmilalchi jang- 
chilar;
— harbiy xizmatni o‘tayotganida halok bo'lgan yoki bedarak 
yo'qolgan harbiy xizmatchiiarning oilalari;
— nogiron farzandlari bolgan oilalar;
189
www.ziyouz.com kutubxonasi


— tarbiyachi-ota-onalar. oilaviy bolalar uyi tugatilgan taqdirda;
— xizmat turaijoyi bergan tashkilotlarda kamida o‘n yil ishlagan 
(xizmat qilgan) shaxslar;
— egallab turgan lavozimi munosabati bilan turatjoy berilgan 
bo‘lib, lavozimidan bo‘shagan, lekin turarjoyni bergan korxona, 
muassasa, tashkilot bilan m ehnat m unosabatlarini uzmagan 
shaxslar;
— xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o'zgarishi 
yoxud korxona, muassasa, tashkilot tugatilishi munosabati bilan 
mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslar;
— o ‘zi ishlagan korxona, muassasa, lashkilotdan pensiyaga 
chiqqan xodimlar;
— xizmal turarjoyi berilgan shaxs vafot etganda uning oila 
a'zolari;
— voyaga yetmagan farzandlari bilan birga yashayotgan yolg'iz 
shaxslar.
Ushbu toifadagi fuqarolarga yashash uchun barcha sharoitlari 
bo'lgan hamda ushbu aholi punkti chegarasi doirasida boMgan 
turaijoy beriladi.
V aq tin ch alik uy -jo y fo n d i tu ra rjo y la rid a n ham ushbu 
turaijoyga ko‘chib o'tishga sabab bo‘lgan omillar bartaraf etilganda: 
kapital ta ’mirlash tugaganligi, boshqa turarjoy berilganligi yoki 
olinganligi tufayli ko'chiriladi. Shuningdek ushbu Kodeksda va 
o'zga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar bo'yicha 
ham amalga oshiriladi.

Download 10,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish