Uy-joy huquqi


Turaijoy hujjati (order). Turaijoy hujjati (orderi)ni haqiqiy



Download 10,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/65
Sana01.04.2022
Hajmi10,37 Mb.
#523213
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   65
Bog'liq
Uy-joy huquqi (N.Imomov) (1)

4.3. Turaijoy hujjati (order). Turaijoy hujjati (orderi)ni haqiqiy
cmas deb c ’tirof etish asoslari va tartibi
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommuna! 
uy-joy fondining uylaridan turarjoy olish belgilangan tartibda 
beriladigan hujjatga asosan amalga oshiriladi. Bunday hujjat uy- 
joy huquqida order, deb ataladi. 
M unitsipal, idoraviy uy-joy 
fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridan 
turaijoy berish to ‘g‘risidagi qaror asosida mahalliy davlat hokimiyati 
organi fuqaroga berilgan turarjoyga ko'chib kirish uchun asos 
boMadigan yagona namunadagi hujjat (order) beradi.
Hujjat (order) faqat bo‘sh turgan alohida turaijoyga, yangi 
qurilgan uylarda esa, davlat komissiyasining uyni foydalanishga 
qabul qilish to ‘g‘risidagi dalolatnomasi tasdiqlanganidan keyingina 
tuman, shahar (shahar tarkibiga kiruvchi tum an) hokimi qarori 
bilan berilishi mumkin.
Order shakli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan belgilanadi.
Xizmat turaijoyiga ko‘chib kirishga dalolatnoma joylardagi davlat 
hokimiyati organining qaroriga muvofiq holda turaijoylarni hisobga 
olish va taqsimlash bo'lim i tom onidan yoki joylardagi davlat 
hokimiyati organi tomonidan tayinlanadigan maxsus tayinlangan 
mansabdor shaxs tomonidan beriladi. Order faqatgina bo'sh turgan 
xizmat turarjoylargagina beriladi.
Dalolatnoma bevosita xizmat turarjoyi berilayotgan fuqaroga 
yoki istisrio hollarda (kasallik, xizmat safari), belgilangan tartibda 
tasdiqlangan ishonchnom a bo‘yicha boshqa shaxsga berilishi 
mumkin.
Dalolatnomani olish paytida yashovchi oila a'zolarining shaxsini 
tasdiqlovchi hujjat (tug'ilganlik haqrdagi guvohnoma) va uning 
o'rnini bosuvchi boshqa hujjatlar taqdim etilishi kerak.
138
www.ziyouz.com kutubxonasi


Xizmat turarjoyiga dalolatnoma berish oilaning haqiqiy tarkibi 
turarjoy berish to ‘g ‘risidagi qarorda ko'rsatilgan tarkibga mos 
kelmagan taqdirda mazkur joylardagi davlat hokimiyati organining 
qarori bilan to ‘xtatilishi mumkin.
Agar egallab turgan lavozimi xizmat turaijoylariga ko'chib o‘tish 
huquqiga ega boMgan fuqarolar ro‘yxatida bo‘lmasa. ularga xi?mat 
turaijoyiga ko'chib o ‘tish uchun dalolatnoma berilmaydi.
UJKning 46-moddasi 1-qismiga ko‘ra, fuqarolar tom onidan 
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojlik to'g'risida haqiqatga 
to ‘g‘ri kelmaydigan maMumotlartaqdim etilganda, boshqa fuqarolar 
yoki yuridik shaxslarning hujjat (order)da ko‘rsaiilgan turaijoyga 
bo‘!gan huquqlari buzilganda, turaijoy berish lo ‘g‘risidagi masalani 
hal etishda mansabdor, shaxslar tomonidan g‘ayriqonuniy hara- 
katlar qilinganda, shuningdek. luraijoy berish tartibi va shartlarining 
boshqacha buzilishlari sodir etilgan hollarda munitsipal, idoraviy 
uy-joy fondi va aniq m aqsadli kom m unal uy-joy fondining 
uylaridagi turarjoyga berilgan hujjat (order) sud tarlibida haqiqiy 
emas deb topilishi mumkin. Mazkur moddada bclgilangan, orderni 
haqiqiy emas deb topish asoslarining barchasi umumiy m a'noda 
orderni berish jarayonidagi qonun buzilishi holatlari bilan 
bog'liqdir.
Orderni haqiqiy emas deb topish asoslarini quyidagilarga ajratish 
mumkin:
— fuqarolar tom onidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga m uh- 
tojlik to'g'Tisida haqiqatga to ‘g‘ri kelmaydigan m alum otlarning 
taqdim etilishi;
— boshqa fuqarolar yoki yuridik shaxslarning hujjat (order)da 
ko‘rsa!i)gan lurarjoyga bolgan huquqlarining buzilishi;
— turarjoy berish to ‘g‘risidagi masalani hal etishda mansabdor, 
shaxslar tom onidan g‘ayriqonuniy harakatlarning sodir etilishi;
— turaijoy berish tartibi va shartlarining boshqacha buzilishlari 
sodir etilishi.
Mazkur holatlar turaijoy hujjati (order) olish yoki berishdan 
manfaatdor bo‘lgan shaxslarning order olish yoki berish bilan 
bog‘liq munosabatlarda qonun hujjatlarida belgilangan talablaming 
har qanday ko'rinishda buzilishi natijasida vujudga keladi va ordemi 
haqiqiy emas deb topish uchun asos boMadi.
139
www.ziyouz.com kutubxonasi


O rderni haqiqiy em as deb topish uchun asosiar mavjud 
bo‘lganda, sud orderni haqiqjy emas deb topish to‘g‘risida hal 
qiluvchi qarorini chiqaradi.
Uy-joy kodeksi orderni haqiqiy emas deb topish to ‘g‘risida 
sudga murojaat qilishga nisbatan muayyan muddatni belgilaydi. 
Bu muddat fuqarolik huquqidagi umumiy da'vo muddatiga mos 
ravishda uch yil qilib belgilangan.
Mazkur muddat davomida manfaatdor shaxslar (munitsipal, 
idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommuna) uy-joy fondi 
uylarini boshqaruvchi tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining tegishli bo‘limlari. huquqi buzilgan fuqarolar va shu 
kabilar) orderni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida sudga murojaat 
qilishmasa, orderni haqiqiy emas deb topishni talab qilish huquqini 
yo'qotishadi.
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal 
uy-joy fondining turaijoyiga berilgan hujjat, (order) haqiqiy emas 
deb topilgan holda g‘ayriqonuniy harakatlari oqibatida hujjatni 
(orderni) oigan shaxslar ularga boshqa turarjoy berm asdan 
ko‘chiriladi. Agar hujjat (order)da ko'rsatilgan fuqarolar ilgari davlat 
uy-joy fondining uyidagi turaijoydan foydalanib kelgan bo'lsalar, 
ularga ilgari egallab turgan turarjoyi qaytarilishi yoki boshqa 
turaijoy berilishi kerak.
Agar hujjal (order) boshqa asoslarga ko‘ra haqiqiy emas deb 
topilsa. hujjat (order)da ko'rsatilgan fuqarolar ularga boshqa 
turarjoy yoki ilgari o ‘zlari egallab turgan turarjoy berilgan holda 
ko‘chiriladilar.

Download 10,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish