Uy-joy huquqi


Turaijoy mulkdori oila a'zolarining, ijaraga va



Download 10,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/65
Sana01.04.2022
Hajmi10,37 Mb.
#523213
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65
Bog'liq
Uy-joy huquqi (N.Imomov) (1)

3.5. Turaijoy mulkdori oila a'zolarining, ijaraga va
arendaga oluvchilarning turarjoydan foydalanishi
Uy-joy huquqida turarjoy m ulkdori va u bilan birga shu 
turarjoyda yashaydigan oila a'zolari yoxud ijaraga va arendaga 
oluvchilaming turaijoydan foydalanish bo'yicha huquqlari o'ziga 
xos tarzda belgilangan. Bunday huquqlar turaijoyning tayinlanish 
maqsadlaridan kelib chiqadi va mulkdorining oila a'zolariga, ijaraga 
va arendaga oluvchilarga bir qator imkoniyatlami taqdim etadi. 
U, kvartira mulkdorining oila a’zolari, shuningdek, u bilan doimiy 
yashayotgan fuqarolar. agar ularni ko‘chirib kelgan paylda yozma 
ravishda boshqa hol qayd etilgan bo‘lmasa, uydagi, kvartiradagi 
xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga haqlidirlar (UJKning 
32-moddasi 1-qismi).
Uy mulkdorining oila a'zolari, shuningdek, mulkdor bilan 
birga doimiy yashayotgan fuqarolarning turaijoydan foydalanishga 
d o ir huquqlari ular k o 'ch ib kelgan paytda yozm a ravishda 
belgilanishi lozim, aks holda ular ham turaijoydan mulkdor kabi 
foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Oila a'zolari, mulkdor 
bilan doimiy yashayotgan fuqarolar ko'chib kelganda turaijoydan 
foydalanish qoidalari belgilangan bo‘lsa, ular turaijoydan ana shu
1 1 3
www.ziyouz.com kutubxonasi


qoidaga muvofiq foydalanishlari lozim. Ular m ulkdor bergan 
turarjoyga o'zlarining voyaga yetmagan farzandlarini ko'chirib 
kiritishga haqlidirlar, oilaning boshqa a'zolarini esa, uy, kvartira 
mulkdorining roziligi bilangina ko‘chirib kiritishlari mumkin.
Bu shaxslar uy, kvartiraning. mulkdori bilan oilaviy muno- 
sabatlarni tugatgan taqdirda ham ularda turatjoydan foydalanish 
huquqi saqlanib qoladi. Masalan, er-xotin ajrashganidan so‘ng 
ham xotin turaijoydan foydalanish huquqini saqlab qoladi va uni 
mazkur turarjoydan chiqarib yuborishga hech kim haqli bo‘lmaydi. 
Albatta, bunda uy, kvartiraning mulkdori bilan uning sobiq oila 
a'zolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar o'rtasida 
turarjoydan foydalanish tartibi taraflar kelishuvi bilan belgilab 
qo‘yilish mumkin.
Uy-joy huquqida turarjoy mulkdorining oila a'zolari tarkibi 
va doirasini belgilab olish muhim ahamiyatga ega. Chunki. oila 
a'zolari turarjoydan m ulkdor kabi foydtdanish huquqign ega 
hisoblanadi. UJKning 32-moddasi 2-qismiga binoan, turarjoy 
mulkdorining oila a'zolari deb u bilan doimiy birga yashayotgan 
xotini (eri) va ularning farzandlari tan olinadi. Er-xotinning ota- 
onasi, shuningdek m ulkdor bilan doimiy yashayotgan oilali 
farzandlari, agar ilgari bu huquqqa ega boMmagan bo'lsalar, faqat 
o ‘zaro kelishuvga binoan mulkdorning oila a’zosi deb tan olinishlari 
mumkin
Shu bilan birga, mehnatga layoqatsiz boqimandalar (doimiy 
tirikchilik manbaiga ega boMmagan shaxslar voyaga yelmagan 
bolalar. voyaga yetgan bolalar, voyaga yetgan nogironlar, 55 
yoshdan oshgan ayollar, 60 yoshda oshgan erkaklar), shuningdek 
m ulkdor bilan doimiy birga yashayotgan fuqarolar, agar ular 
mulkdor bilan umumiy xo‘jalik vuritayotgan (umumiy yagona 
ro‘zg'or — ovqatianishi, tomorqada ishlash. o ‘z moddiy mnblag'lari, 
sa'y-harakatlari bilan umumiy ehtiyojlarini ta'm inlashda ishtirok 
etish. o ‘z 'ta la b la rin i q an o atlan tirish , b ir-b irlari t o ‘g ‘risida 
g‘amxo‘rlik qilish va h.k.) bolsalar va uning turarjoyda doimiy 
yashashga ro'yxat (propiska)dan o‘tgan bo'lsalar, uning oila a'zosi 
deb topilishlari mumkin (masalan, sud tomonidan).
Mulkdor bilan birga yashayotgan yaqin qarindoshining voyaga 
yetmagan bolasi uning oila a'zosi deb hisobiangan hollarda ulaming
114
www.ziyouz.com kutubxonasi


lurarjoyga nisbatan huqnqlarining himoyasi ham uy-joy huquqida 
e'tibordan chetda qoldirilmagan.
Bunda m ulkdorning voyaga yetmagan oila a'zolari yashayot- 
gan turarjoyni, ularning ota-onasi bo'lm agan taqdirda, vasiylik 
va hom iylik organining roziligi bilan boshqa shaxsga berish 
m um kin.
Bunda birinchi galda voyaga yetmagan boialar manfaatlarini 
ta'm inlash talab etiladi
Xususiylashtirilgan kvartira yoki uy m ulkdorining voyaga 
yetmagan oila a'zolari va uy-joyning xususiylashtirilishiga rozilik 
bergan shaxslar (ular uy-joy xususiylashtirilayotgan vaqtda doimiy 
istiqomat qilishga ro‘yxalda bo‘lsaJar) ham ularning umumiy mulki 
bo‘lmish xususiylashtirilgan kvartira yoki uyga nisbatan qonunda 
belgilangan tartibda teng huquqlarga ega b o ia d ila r va teng 
m ajburiyatlarni bajaradilar (garchi xususiylashtirilgan uy-joy 
mulkdor nomiga rasmiylashtirilgan b oisa ham). Bunday uy-joydan 
foydalanish FK ning umumiy mulkdan foydalanish qoidalari asosida 
amalga oshiriladi.
X ususiylashtirilgan kvartira yoki uyni har qanday tarzda 
begonalashtirish (sotish, ayiriboshlash, hadya qilish), ijaraga be- 
rish uchun kvartira yoki uy mulkdorining voyaga yetgan a'zolari 
va kvartira yoki uyning xususiylashtirishiga rozilik bergan shaxslar 
(sherik mulkdor)ar)ning roziligi olinishi kerak. Ushbu tartibga 
rioya qilmasdan tuzilgan shartnoma va bitimlar haqiqiy hisob- 
lanmaydi.
Yuqoridagi holatlarda xususiylashtirilgan uy-joy mulkdorining 
voyaga yetmagan oila a'zolari manfaatlarini ulaming ota-onasi, 
ular bo‘lmagan taqdirda esa vasiylik va homiylik otgani himoya 
qiladi. Demak, yuqoridagi harakatlarini sodir etishda ularning 
roziligi (yozma shaklda) olinishi kerak.
Xususiylashtirilgan kvartira yoki uyda turaijoy mulkdorlari 
birgalikda yashay olmaydigan holda (turaijoy torligi yoxud ruhiy- 
psixologik jihatdan chiqisha olmaslik yoxud bir xonada turii jinsdagi 
kishilarni birga yashashga majburligi), sudning qaroriga binoan 
mulkdorlardan biri ko'chirilib, boshqasining zimmasiga kvartira 
yoki uyning tegishli qismi uchun ko'chirilgan mulkdorga sud ishni 
ko'rib chiqqan kundagi bozor bahosida pulini to'lash yoki umumiy
115
www.ziyouz.com kutubxonasi


mulkdagi ulushga mos keladigan boshqa turaijoyni sotib olib berish 
majburiyati yuklanishi mumkin.
Uy yoki kvartiraning mulkdori, uning oila a'zolari, u bilan 
doimiy yashayolgan fuqarolar va sobiq oila a'zolari o'rtasida 
turarjoydan foydalariish hamda qilingan xarajatlar (kommunal 
toMovlar, soliqlar toMash va h.k.) dagi ulush miqdori haqidagi 
nizolar tegishli taraflardan birining da'vosiga ko'ra sud tartibida 
hal etiladi.
Fuqarolarga tegishli turarjoy ijaraga yoki arendaga berilganda 
ijaraga, arendaga oluvchilaming turarjoydan foydalanishga bn'lgan 
huquqlarini ham uy-joy huquqi normalari bilan tartibga solinadi. 
Ushbu shaxslar o ‘rtasidagi ijara yoki arenda sharlnomasi, mazkur 
sh artn o m alard an kelib chiqadigan huquq va m ajburiyatlar 
fuqarolik huquqi normalari bilan belgilansa, shartnoma asosida 
turaijoydan foydalanishga boMgan munosabatlarni UJKning 33- 
moddasida belgilangan bo*Iib, unga muvofiq fuqaroga inulk 
huquqi asosida tegishli bo'lgan uydan, kvartiradan turarjoyni 
ijaraga, arendaga oluvchi o ‘zi ijaraga, arendaga olgan xonaga uy, 
kvartira mulkdorining roziligidan q at’i nazar, voyaga yetmagan 
farzandlarini, agar u alohida xonani egallayotgan bo'lsa va ijaraga 
yoki arendaga berish shartnom asida boshqacha tartib nazarda 
tutilgan bo'lm asa. shuningdek eri (xotini) va mehnatga qobiliya- 
tsiz voyaga yetgan farzandlari ham da ota-onasini ko'chirib 
kiritish huquqiga ega. Fuqaroga mutk huquqi asosida tegishli 
bo'lgan uy, kvartiradagi turarjoyni ijaraga, arendaga oluvchi 
bilan birga yashayotgan oila a'zolari ijaraga yoki arendaga berish 
shartnom asidan kelih chiqadigan huquq va m ajhuriyatlarga 
ijaraga, arendaga oluvchining o ‘zi bilan teng ravishda ega 
boMadilar.
Yuqoridagi toifalarga mansub bo'lm agan boshqa fuqarolar 
(masalan, ijaraga oluvchining bobosi-buvisi, xolasi-tog'asi, jiyani 
va b o shqa q a rin d o s h -u ru g 'la ri va b o s h q a la rn i) faqat uy 
mulkdorining roziligi bilangina ko'chirib kiritishi mumkin.
Ijaraga, arendaga oluvchi tomonidan o'z oila a'zosi sifatida 
ko'chirib kiritilgan ushbu fuqarolar, agar ko'chirib kiritishda ijaraga 
bemvchi, ijaraga oluvchi va ko'chirib kiritilayotgan shaxs o'rtasida 
boshqacha kelishuv bo'lmasa, (ya'ni, uni uydan foylanish huquqlari
116
www.ziyouz.com kutubxonasi


cheklab qo‘yilmagan. zimmasiga qo‘shimcha. alohida majburiyatlar 
yuklatilmagan bo'lsa) ijaraga, arendaga oluvchi hamda uning 
boshqa oila a'zolari bilan turaijoydan foylanishda teng huquqqa 
ega boMadilar.
FKning 608-moddasiga ko‘ra, uy-joyni ijaraga oluvchidan 
tashqari uning oila a’zo!ari boshqa fuqarolarni oila a'zosi sifatida 
uy-joyni ijaraga olish shartnomasiga kiritishni talab qilishga haqli 
(masalan, ijaraga beruvchi o ‘g‘!ining xotini (eri) yoxud farzandlari 
xuddi shunday asosga ko‘ra yangi oila a'zosi sifatida uy-joydan 
foydalanish huquqini olishi mumkin).
Ijaraga, arendaga oluvchi ijaraga, arendaga beruvchi (m ulk- 
dorjn in g roziligi bilan egallab turgan joyini alm ashtirishga 
haqlidir. Uy-joylarni alm ashtirishni FKning 30-bobida belgilab 
qo'vilgan ayriboshlash shartnom asi bilan chalkashtirm aslik 
lozim.
U y -jo y lar s h a rtn o m a si sh artn o m av iy m u n o sa b a tla rid a
almashtirish orqali o'zlari xohlagan hududda o ‘zlari uchun qulay 
va maqbul uy-joylardan ijara asosida foydalanish imkoniyatlariga 
ega bo‘ladilar.
M asalan, Sirg'ali tu m an id a ikki xonali kvartirani uning 
mulkdori bo ‘lgan fuqarodan ijaraga olgan shaxs Y unusobod 
tu m a n id a n xuddi sh u n d ay ikki xonali kvartirani m ulk d o r 
fuqarodan ijaraga olgan shaxs bilan kelishgan holda (ijaraga 
beaivchilar roziligi bilan) almashtirishi mumkin. Bu holda har 
ikkala ijara shartnomasi shartlari o ‘zgarmagan holda faqal ijaraga 
oluvchilar o'zgaradi.
Almashtirishda ijaraga beruvchi yozma rozilik berishi lozim. 
Agar ijaraga beruvchi fuqaro (jism oniy shaxs) b o 'lsa va u 
alm ash tirish bo yicha taklifni rad etsa, rad javobi ustidan 
nizolashishga (shikoyat qilish) yo‘l qo'yilmaydi. Agar ijaraga oluvchi 
yuridik shaxs b o ‘lsa (uning xususiy mulkka yoxud ommaviy 
mulkka manSubligidan qat’i nazar) ushbu rad javobi ustidan sudga 
shikoyat qilishi mumkin.
Agar sud ijaraga beruvchi yuridik shaxsni almashtirishni rad 
etish t o ‘g‘risida javobini noqonuniy va asossiz deb topsa, 
• almashtirishni majburiy tartibda amalga oshirishi to ‘g‘risida hal 
qiluv qarori chiqarishi mumkin.
117
www.ziyouz.com kutubxonasi


Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan luraijoyni 
ijaraga berish, arerdaga berish haqi taraflar kelishuviga binoan 
shartnomada belgilab qo'yiladi.
Yuridik shaxslar o ‘zlariga mulk huquqi asosida tegishli bo'Igan 
turarjoyni ijaraga, arendaga berish shartnom asi bo'yicha haq 
belgilashda mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari 
belgilagan tariflami qo'llaydilar.
• 
Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan turarjoyni 
ijaraga, arendaga berish haqi fuqaroning daromadlari tarkibiga 
kiradi va soliq organlariga taqdim etiladigan Deklaratsiyada u 
ko‘rsatilishi lozim. Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli boMgan 
turaijoyni ijaraga, arendaga berish haqini lo'lash tartibi, shartlari, 
m u d d atlari, miqdori yozma sh artn o m ad a ko ‘rsatilishi yoki 
shartnoma tarkibiy qismi bo'lgan bayonnomada (shartnoma ilovasi 
sifatida) belgilab qo'yiladi.
Ijara haqini belgilashda laraflar FKning 544-moddasi (mol- 
mulkdan foydalanganlik uchun haq to'lash) va 611-modda (uy- 
joy uchun toManadigan haq) qoidalariga amal qilishlari lozim. 
FK ning 544-moddasiga asosan ijaraga oluvchi m ol-m ulkdan 
foydalanganlik uchun haqni o ‘z vaqtida to ‘lab turishi shart.
Mol-mulkdan foydalanganlik uchun haqtoMash tartibi, shartlari 
va muddatlari mulk ijarasi shartnomasi bilan belgilanadi.
Bular shartnom ada belgilanmagan hollarda, odatda, xuddi 
shunday mol-mulkni o ‘xshash holatlarda ijaraga berishda qoMla- 
niladigan tartib, shartlar va muddatlar belgilangan deb hisoblanadi.
Mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq ijaraga olingan barcha 
mol-mulk uchun yaxlit holda yoki uning har bir tarkibiy qismi 
uchun alohida-alohida holda quyidagi ko‘rinishlarda belgilanadi:
— vaqti-vaqti bilan yoki bir yoMa toManadigan qat'iy summada 
belgilangan to'lovlar tariqasida;
— ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish natijasujla olingan 
m ahsulot, m evalar yoki d arom adlarning belgilangan ulushi 
tariqasida;
— ijaraga oluvchi lomonidan ko'rsatiladigan maMum xizmallar 
tariqasida;
— ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga beruvchiga shartnomada 
kelishilgan ashyoni mulk qilib yoki ijaraga topshirish tariqasida;
118
www.ziyouz.com kutubxonasi


— ijaraga olingan m ol-m ulkni yaxshilash bo'yicha shart- 
nomada kelishilgan xarajatlarni ija^aga oluvchi zimmasiga yuklash 
tariqasida.

Download 10,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish