Uy-joy huquqi


Fuqarolar va yuridik shaxslarga tcgishli binolar



Download 10,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/65
Sana01.04.2022
Hajmi10,37 Mb.
#523213
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   65
Bog'liq
Uy-joy huquqi (N.Imomov) (1)

3.3. Fuqarolar va yuridik shaxslarga tcgishli binolar,

kvartiralardagi turarjoyni ijaraga herish
M ajum ki, mulk huquqi konstitusiyaviy huquq hisohlanib, 
unga ko‘ra har bir shaxs mulkdor bo'lishga haqlidir Fuqarolik 
qonunchiligiga binoan muik huquqi shaxsning o ‘ziga qarashli mol- 
mulkiga o‘z xohishi bilan va o ‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilishi, 
undan foydalanishi va uni tasarruf etishi. shuningdek o'zining 
mulk huquqini. kim tomonidan bojm asin, har qanday buzilishni 
hartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Qoida tariqasida, 
mulk huquqining amal qilishi muddatsiz hisoblanadi. Shu ma'noda, 
uy, kvartira mulkdori o‘zi bilan birga yashayotgan voyaga yetgan 
oila a'zolarining roziligi bilan uyni, kvartirani yoxud ularning bir 
qismini o‘zga (uchinchi shaxslarga) fuqarolarga va yuridik shaxs- 
larga ijaraga yoki arendaga berishga haqlidir. Bu yerda uy-joy 
mulkdori bilan birga yashayotgan voyaga etgan oila a'zolarining 
roziligi haqida so'z ketmoqda.
Darhaqiqat, bu holat yuqoridagi hol. ya’ni mulkdorning o ‘z 
mulk huquqim amalga oshirishida qolgan sherik mulkdorlaming 
ham roziligi talab qilinishi bilan izohlanadi. lim um iy qoidaga ko‘ra, 
mamlakatimizda to ja muomala layoqati shaxs voyaga yetgach, 
ya'ni 18 yoshga to jg ach to ‘la hajmda vujudga keladi Bu hol 
muomala layoqati, ya'ni fuqaroning o ‘z harakatlari bilan fuqarolik 
huquqlariga ega b ojish va ularni amalga oshirish, o ‘zi uchun 
fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ulami bajarish layoqati 
hisoblanadi.
UJKda shuningdek, uy, kvartirani yoki ularning bir qismini 
yuridik shaxsning vakolatli organi qaroriga binoan uchinchi 
shaxslarga ijaraga yoki arendaga berishi mumkinligi haqidagi norma 
(UJKning 25-moddasi) ham yotibdi. Qoida lariqasida yuridik shaxs 
o‘zining ta ’sis hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyali maqsadlariga 
muvofiq fuqarolik huquq layoqatiga ega b o jad i Yuridik shaxs 
qonunlarga va ta'sis hujjatlariga muvofiq ish olib boradignn o ‘z
98
www.ziyouz.com kutubxonasi


organlari orqali fuqarolik huquqlariga ega boiadi va o‘z zimmasiga 
fuqarolik burchlarini oladi, Yuridik shaxs balansidagi m ol- 
mulkning, shu jum ladan uy-joyni boshqa fuqarolarga va yuridik 
shaxslarga ijaraga yoki arendaga berish faqat yuridik shaxsning 
vakolatli organi qaroriga binoan amalga oshiriladi. Turli tashkiliy- 
huquqiy shakldagi yuridik shaxslarda vakolatli organlar turlicha 
nomlanadi.
UJKning 25-moddasi 2-qismiga ko‘ra, taraflaming huquq va 
majburiyatlari, ijara yoki arenda shartnomasi tuzilayotgan muddat, 
to‘lov haqi miqdori va boshqa shartlar. agar qonun hujjatlarida 
boshqacha tartib belgilanmagan bo ‘lsa, taraflaming kelishuviga 
binoan belgilanadi
Bundan uy. kvartira mulkdori bilan ijaraga yoki arendaga oluvchi 
o ‘rtasidagi munosabatlar, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib 
belgilanm agan b o 'lsa , sh artn o m a orqali am alga oshirilishi 
anglashiladi.
Zero, bugungi bozor munosabatlariga o'tish sharoitida shart- 
noma taraflarning o ‘zaro huquq va burchlarini vujudga keltirish, 
o'zgartirish yoki bekor qilish sohasidagi eng muhim huquqiy 
qurilma sanaladi. Shartnomaning mazmunini taraflarning huquq 
va majburiyatlari, shartnomaning amal qilish muddati, to ‘lov haqi 
miqdori va taraflarning erk-irodalaridan kelib chiqadigan boshqa 
shartlar tashkil qiladi.
Q onun turarjoy ijarasi yoki arendasi sharlnom asi yozma 
shaklda tuziladi hamda qonun luijjatlarida belgilangan tartibda 
hisobga olinishi (ro'yxatdan o‘tkazilishi) lozimligini belgilaydi. 
Bu hol ushbu shnrtnoma predmeti — uy, kvartiraning ko'chm as 
mulk ekanligi bilan izohlanadi. Fuqarolik qonunchiligiga ko'ra. 
bitimning qonun talab qiladigan shakliga rioya etmaslik qonunda 
to ‘g"ridan-to‘g‘ri ko rsatilgan holdagina uning haqiqiy emasligiga 
sabab bo'ladi.
Xususiy uy-joy fondidagi tu ra rjo y m ulkdori tu ra rjo y n i 
almashtirish huquqiga ham ega. Mulkida uyi, kvartirasi bo'lgan 
fuqarolar barcha voyaga yetgan oila a’zolarining, shu jumladan 
vaqtincha boMmagan oila a'zolarining yozma roziligiga binoan 
o ‘zlari egallab turgan turaijoyni boshqa turaijoy mulkdori yoki 
uy-joy qurish yoxud uy-joy kooperativining a'zosi bilan. shu
99
www.ziyouz.com kutubxonasi


jumladan boshqa aholi punktida yashayotganlar bilan almash- 
tirishga haqlidirlar.
Bunda oilaning voyaga yetmagan a'zolari roziligi ota-onalar 
tom onidan, ular boMmagan taqdirda esa vasiylik va homiylik 
organlari tomonidan tasdiqlnnadi.
Mulkida uyi. kvartirasi b o ‘lgan yuridik shaxsiar uni boshqa 
turaijoy mulkdori yoki uy-joy qurish yoxud uy-joy kooperativi 
a'zosi bilan almashtirishga haqlidirlar.
Oila qonunchiligida belgilanishicha, ota-onalar va voyaga 
yetmagan bolalar o'rtasida mulkiy chegaralar o'rnatilgan. Shu bilan 
birgalikda, bola ota-onasi tirikligi vaqtida uning mulkiga nisbatan 
mulkdor bo‘la olmasligi va c ‘z navbatida ota-ona bolaning mulkiga 
msbatan ham mulkdor bo'la olmasliklari belgilab qo‘yilgan. Lekin 
oilaning boshqa a'zolari (aka-ukalar, opa-singillar va boshqalar) 
bilan munosabatlari belgilanmagan Ota-onalar va bolalar o'rtasida 
bir-birlarining mulkiga egalik qilishi va foydalanishi ularning o'zaro 
roziligi bilan amalga oshiriladi.
Bunda oilaning voyaga yetmagan a'zolari roziligi ota-onalar 
lom onidan, ular bo im ag an laqdirda esa vasiylik va homiylik 
organlari tomonidan tasdiqlanadi. Vasiylik va homiylik oiganlari 
— xalq taMimi. ijlimoiy tn'm inot, sogiiqni saqlash boiim lari va 
fuqarolarning o ‘zini o ‘zi boshqarish organlaridir.

Download 10,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish