Uy-joy huquqi


Shirkatdagi umumiy mol-mulkka



Download 10,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/65
Sana01.04.2022
Hajmi10,37 Mb.
#523213
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65
Bog'liq
Uy-joy huquqi (N.Imomov) (1)

10.2. Shirkatdagi umumiy mol-mulkka
egalik huquqi

Ko‘p kvartirali uyning umumiy joylari, fayanch va to ‘siq 
konstruksiyalar, kvartiralar oralig'idagi ihotalarigan (o‘ralma) pilla- 
poyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari va hoshqa shaxtalar, 
daxlizlar, texnik qavatlar, yerto'lalar, cherdaklar va tomlar, uy 
ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari. joylar 
tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat 
ko'rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va 
qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalar umumiy mol- 
mulk hisoblanadi.
Umumiy mol-mulk joy mulkdorlariga umumiy ulushli mulk 
huquqi asosida tegishli bo‘ladi.
Umumiy mol-mulkdan foydalanish huquqi joy mulkdorining 
umumiy mol-mulkka bo'lgan mulk huquqidagi ulushiga bog‘liq 
emas.
Umumiy mol-mulkning ayrim qismlari shirkat a'zolarining 
umumiy yig‘ilishi belgilagan tarlibda shirkat a'zolariga yoki boshqa 
shaxslarga foydalanishga berilishi mumkin.
Umumiy mol-mulkhing ayrim qismlaridan faqat o‘z manfaatlari 
uchun foydalanuvchi shirkat a'zosi shirkat a’zolarining umumiy 
yig‘ilishi belgilagan miqdorda shirkatga haq to ‘Iashi shart.
Joy mulkdorining umumiy mol-mulkdngi ulushi asl holida 
ajratib berilishi mumkin emas.
Joy mulkdorlari umumiy mol-mulkni saqlash bo'yicha umumiy 
xarajatlami birgalikda zimmalariga olishlari shart.
Umumiy xarajatlar shirkat a'zolarining umumiy mol-mulkni, 
shirkatning'yer uchastkasini va mol-mulkini saqlash bilan bog‘liq 
xarajatlaridir.
Joy mulkdorining umumiy xarajatlardagi ishtiroki ulushi uyning 
umumiy maydonidagi mulkdorga qarashli joy maydoniga muta- 
' nosib ravishda belgilanadi.
Shirkat a’zolari umumiy xarajatlarni qoplash uchun har oyda, 
qoida tariqasida, pul shaklida majburiy badallar to'laydilar
Shirkat a'zolarining majburiy badallari miqdori shirkat a'zola- 
rining umumiy yig‘i1ishi qarori bilan belgilanadi.
2 5 4
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ayrim hollarda shirkat a ’zolarining umumiy yig'ilishi joy 
mulkdori tom o n id an majburiy badallam ing bir qismini t o 1- 
lashning pul shaklini uning umumiy xarajatlardagi ishtiroki- 
ning boshqa turlariga almashtirish to ‘g‘risida qaror qabul qilishi 
mumkin.
Mulkdorning o‘ziga qarashli joydan foydalanmasligi yoxud 
umumiy mol-mulkdan foydalanishdan voz kechishi uni umumiy 
xarajatlarda to‘liq yoki qisman ishtirok etishdan ozod qilmaydi.
Joy m ulkdori o 'z in in g u m um iy xarajatlardagi ishtiroki 
bo‘yicha majburiyatini ijara (arenda) shartnomasi asosida joyni 
ijara (arenda)ga oluvchiga o'tkazishi mumkin. Joy mulkdori 
majburiy badallar va to'lovlarni to ‘lash bo‘yicha majburiyatlar 
ijara (arenda)ga oluvchiga o'tkazilganligi to‘g‘risida shirkatni 
xabardor qilishi shart.
Shirkat va uning a'zolari o'rtasidagi umumiy mol-mulkni 
saqlash bilan bog'liq o'zaro munosabatlar ushbu Qonun hamda 
shirkat a'zolari umumiy yig‘ilishining qarorlari bilan tartibga 
solinadi.
Shirkat a ’zolari o'zlariga ko'rsatilayotgan kommunal xizmatlar 
uchun toMaydigan har oylik to'lovlar majburiy to'lovlar hisob- 
lanadi.
Majburiy to‘lov]arni to ‘Iash muddati va ularning miqdori qonun 
hujjatlarida hamda kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalar 
(ijrochilar) bilan tuzilgan shartnomalar asosida belgilanadi.
Umumiy mol-mulkni saqlash umumiy mol-mulkning lozim 
darajadagi texnik va sanitariya holatini ta ’minlashga qaratilgandir.
Umumiy mol-mulkni saqlash uni boshqarishni. texnik va 
sanitariya holatini saqlab turishni (xizmat ko‘rsatishni), ta'mirlashni 
'
hamda bu mol-mulkni asrashga va undan foydalanish bo'yicha 
zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan boshqa faoliyatni qamrab 
oladi.
Umumiy mol-mulkni boshqarish:
— shirkatning boshqarish organlari;
— boshqaruvchi (ijrochi direktor) — jismoniy shaxs, shu 
jumladan, yakka tartibdagi tadbirkor;
— boshqaruvchi tashkilot — har qanday tashkiliy-huquqiy 
shakldagi yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
25.5
www.ziyouz.com kutubxonasi


Boshqaruvchi (ijrochi direktor) voki boshqaruvchi tashkilot 
umumiy mol-mulkni shirkat bilan tuzilgan shartnoma asosida 
berilgan vakolatlar doirasida boshqaradi.
Umumiy mol-mulkka xizmat ko'rsatish va uni ta'mirlash 
bo‘yicha faoliyat:
— shirkat,
— joy mulkdorlari;
— pudratchilar (yuridik yoki jismoniy shaxslar) lomonidan 
amalga oshirilishi mumkin
Pudratchilar umumiy mol-mulkka xizmat ko‘rsatishni va uni 
ta'miriashni shirkat, boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqa- 
ruvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomalarasosida amalga oshiradi.
Ver uchastkalari shirkatga belgilangan tartibda doimiy foyda- 
lanish huquqi asosida bcriladi.
Shirkatlar qayta tashki! etilganda, shuningdek, joy mulkdorlari 
shirkat a'zoligidan chiqqanda (shirkatga a ’zo bo'lib kirganda), 
shirkatlarning yer uchastkalari chegaralari (o‘lchamlari) belgilangan 
tartibda 
0
‘zgaradi.
Shirkat tarkibidan uning a'zolari — joy mulkdorlarining bir 
qismi chiqishi bilan bog‘1iq bo“)magan holda yer uchastkasining 
bir qismi olib qo'yilishi shirkatga yetkazilgan zararning o'rni tegishli 
ravishda qoplangan holda mahalliy davlat hokimiyati organlari 
tomonidan shirkatning roziligi bilan amalga oshiriiadi
Shirkatga taalluqli boMmagan obyektlarni shirkaining yer 
uchastkasida joylashtirish shirkat a'zolari umumiy yig'ilishining 
roziligi bilan mahalliy davlat hokimiyati otganlari tomonidan amalga 
oshiriladi
Shirkatning yangi quriladigan obyektlari uchun ajratiladigan 
yer uchastkalarining o ‘lchamlari mahalliy davlat hokimiyati 
organlari tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga 
muvofiq belgilanadi
Shirkatning shirkat yer uchastkalarida joylashgan, alohida 
turgan obyektlar mulkdorlari bilan munosabatlari qonun huj^atlari 
asosida va mazkur mulkdorlar o'rtasidagi kelishuv bilan tartibga 
solinadi.
Shirkatning mol-mulki pul mablagMari. binolar, inshootlar. 
uskunalar, asbob-anjomlar, transport vositalari hamda shirkat
2 5 6
www.ziyouz.com kutubxonasi


mablag'lari hisobiga va qonun huijatlarida taqiqlanmagan boshqa 
usullarda olingan o ‘zga m ol-m ulkdan, shuningdek, shirkatning 
yer uchastkasidagi ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ele- 
mentlaridan iborat bo‘1adi.
Shirkatning pul mablag‘lari quyidagilardan tarkib topadi:
— shirkat a’zolarining majburiy badallari;
— shirkat a'zolarining ixtiyoriy badallari;
— yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy hayriyalari;
— tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar (foyda);
— qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar va 
tushum lar.
Alohida ko‘p kvartirali uydagi joy mulkdorlari shirkat a'zoli- 
gidan chiqqan taqdirda, bu ko‘p kvartirali uyni kapital ta'mirlash 
u ch u n jo y m u lk d o rlari to m o n id a n m ab lag 'larn i m aqsadli 
jamg‘arish hisobiga to ‘plangan shirkat pul mablaglarining bir qismi 
yangi tuzilayotgan shirkatga belgilangan tartihda o‘tkazilishi kerak.

Download 10,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish