1
FKning 1132-moddasi 7-bandida vasiyat qiluvchi meros sifatida
uy-joy, kvartira yoki boshqa turarjoyni oladigan merosxo‘r
zimmasiga turatjoyni yoki uning bir qismini boshqa shaxsga
umrbod foydalanish uchun berib qo‘yish majburiyatini yuklashga
haqli deyiladi.
Umrbod ta'minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa
shaxsga berish shartnomasi FK 33-bobining qoidalari bilan
tartibga solinadi. Shartnoma yozma shaklda tuzilishi va notarial
tasdiqlanishi lozim. Shartnom a taraflari yoshi yoki sog‘lig‘i
tufayli mehnatga layoqatsiz bo ‘lgan,
uy-joyni mulk qilib berish
majburiyatini olgan beruvchi va beruvchiga moddiy ta’minlash
majburiyalini (uy-joy berish, ovqatlaniirish, parvarishlash va
zarur yordam ko‘rsatish tarzida) oladigan oluvchidan ihorat.
Qonun umrbod ta'minlash bo'yicha hisob-kitobning lamoyili
va to‘lov muddallarini har kalendar oyning oxirida belgilaydi.
Shartnomaning amal qilish muddati — beruvchining hayot vaqti.
Garchi oluvchi olingan uyning (kvartira) mulkdori hisoblansa ham,
qonun shartnoma amal qilib turgan davrda bu uyni (kvarlirani)
sotish.
hadya qilish, garovga qo'yishga va mulk huquqini
og'irlashtiradigan boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqini
bermaydi.
FKning 175-moddasiga asosan uy (kvartira)ning
tasodifan
nobud bo'lish (zilzila, suv toshqini) yoki buzilish xavfi mulk egasi
sifatida oluvchi zimmasidadir. 532-moddaning 2-qismi oluvchini
shartnoma bo'yicha qabul qilingan majburiyatlardan ozod etmaydi,
ya'ni uy (kvartira)ning tasodifan nobud bo ‘lish xavfi uning
zimmasida bo‘ladi.
Shartnom ada turarjoydan foydalanish, boshqa shaxslarga
foydalanish uchun berish tartibi ko‘zda tutilishi mumkin
Agar uy (kvartira) oluvchi shartnoma bo‘yicha o ‘z
majbu-
riyatlarini bajarmasa yoki tegishli darajada bajarmasa, oldingi muik
egasi — beruvchi ta'minotni vaqti-vaqti bilan haq tarzida to‘lab
turishga almashtirishni yoki shartnomani bekor qilishni talab qilishi
mumkin, Umrbod ta'm inlash sharti bilan uy-joy (kvanira)ni
boshqa shaxsga berish shartnomasi oluvchining talabiga ko‘ra bekor
qilinishi mumkin, agar oluvchining moddiy ahvoli (davolanish
xarajatlari, nogironlik) o'ziga bogiiq boim agan sabablarga ko‘ra
2 4 1
www.ziyouz.com kutubxonasi
boshqa shaxsga beruvchiga shartlashilgan ta 'm in o tn i bera
olmaydigan darajada o ‘zgarsa yoki boshqa shaxsga benivchi mehnal
qobiliyatini tiklasa. Ko'rsatilgan asoslar bo‘yicha shartnoma bekor
qilinganda uy (kvartira) boshqa shaxsga beruvchiga qaytarilishi
lozim.
Uy (kvartira) oluvchining mulki bo‘Iganligi uchun, u meros
mulk hisoblanadi. Bu degani, oluvchi vafot eigandan keyin uy
(kvartira) uning vorislariga o ‘tadi. Qonun (FKning 534-moddasi)
shartnoma bo'yicha majburiyatlarni vorislarga yuklaydi. Oluv-
chining vorislari bo‘lmaganida yoki ular
merosni qabul qilishdan
voz kechganlarida,. uy (kvartira) boshqa shaxsga beruvchiga
qaytariladi.
UJKning 123-moddasiga asosan vasiyat majburiyati bo'yicha
meros tarkibiga kiruvchi lurarjoydan foydalanish imkoniyati
ko‘zda tutilgan. FKning 1132-moddasi 7-qismiga asosan vasiyat
qiluvchi meros sifatida uy-joy, kvartira yoki boshqa turaijoyni
oladigan merosxo'r zimmasiga turarjoyni yoki uning bir qismini
boshqa shaxsga u m rbod foydalanish u chun berib qo 'y ish
m ajb u riy atin i yiiklashga haqli. G a p tu ra rjo y n i vasiyatda
ko‘rsatilgan shaxsga faqat umrbod
foydalanish uchun berib
qo‘yish haqida ketmoqda.
Turarjoydan umrbod foydalanish huquqi boshqa shaxsga
o ‘tkazilmaydi, o ‘zgaga berilmaydi va vasiyat majburiyati yuzasidan
huquq oluvchining merosxo‘rlariga o'tmaydi. Vasiyat majburiyati
yuzasidan huquq oluvchining huquqi shaxsiy huquq hisoblanadi,
u boshqa shaxslarga hech qanday asoslar bo‘yicha o'lmaydi (na
talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish tartibida — FKning
314-moddasi, na meros tartibida).
Qonun vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchini himoya
qilgan holda turaijoyga bo‘lgan mulk huquqi keyinchalik boshqa
shaxsga o‘tganida (sotish, hadya qilish, ayirboshlash natijasida)
yoki foydalanishga berilganda (ijara shartnomasi. lekin foydalanish
va boshqa shartnomalar bo'yicha) ham umrbod foydalanish huquqi
o ‘z kuchida qolishini ta'minlaydi, chunki vasiyat majburiyati
yuzasidan huquq oluvchining huquqlari hajmi meros qoldiruvchi
tomonidan vasiyatni tuzishda belgilanadi va uni merosxo‘r!ar
o'zgartira olmaydi. Merosxo‘r va vasiyat majburiyati yuzasidan
242
www.ziyouz.com kutubxonasi
huquq oluvchi o‘rtasidagi turarjoydan foydalanish tartibi yuzasidan
kelib cniqadigan nizolar sud tartibida hal qilinadi.
Nazorat savotlari
Do'stlaringiz bilan baham: