XI BOB
TURARJOYLAR HAQINI, UY-JOYNI SAQLASH
XARAJATLARINI VA KOM M UNAL XIZMATLAR
HAQINI T O ‘LASH
11.1. Turaiioylar haqini toia sh
M unitsipal, idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turarjoyga
toianadigan haq miqdori turarjoyni ijaraga beruvchi va ijaraga
oluvchi o'rtasida luziiadigan ijaraga berish shartnomasida belgilab
qo‘yiladi. FKning 6 1 1-moddasiga ko‘ra, uy-joy ijarasi shartnomasi
b o 'y ich a ijaraga oluvchi tom o n id an to ‘lanadigan
ijara haqi
shartnom aning m uhim shartlaridan hisoblanadi. M unitsipal,
idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turarjoyga to‘lanadigan ijara haqi
miqdori turarjoyni ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o‘rtasida
tuziladigan ijaraga berish sh artn o m asid a belgilab qo'yiladi.
Binobarin, ijaraga beruvchi ijara haqini shartnomaviy munosabatlar
doirasidan tashqari bir tomonlama ravishda belgilashga haqli emas.
ljara haqi miqdori to'g'risidagi shart ijara shartnomasida albatta
helgilab qo'yilishi shan.
Ijara haqi miqdori muayyan mezonlar asosida belgilanishi lozim.
Shu sababli ham qonunda m unitsipal, idoraviy uy-joy fondi
uylaridagi turarjoyni ijaraga berish shartnomasi bo‘yichft to ‘lana-
digan haq miqdori uyni saqlash, saqlash harakallarini umumiy
foydalanishdagi m ol-m ulkni (lift, podyezdlar, tom, shaxtalar.
y erto ‘lalar, cherdak va h.k.)
saqlash xarajatlarining
0
‘rnini
qoplashni ta'm inlaydigan, ijaraga beruvchi tom onidan turarjoy
umumiy maydonining bir kvadrat metri hisobida belgilangan
stavkalardan kelib chiqib belgilanadi.
M a'lumki, uy-joylar vaqt o ‘tishi bilan foydalanish jarayonida
eskiradi, nuraydi. Shu sababli ham mulkdor uni tiklash (amorti-
zatsiya) xarajatlarini qilishga majbur Aks holda, uy-joy, bino
muayyan vaqt o ‘tgach m utlaqo yaroqsiz holga kelib qolishi
mumkin Tiklash xarajatlari doimiy ravishda ajratilib va to'planib
borishi bunga yo‘l qo'ymaydi. ushbu mab]ag‘lar
hisobidan uy-
joylar kapital ta'mirlanadi.
2 6 7
www.ziyouz.com kutubxonasi
Munitsipa! va idoraviy uy-joy fondining mulkdorlari o‘zlariga
qarashli turaijoylami ijaraga herishdan muayyan foydalanisnni
ham nazarda tuladiiar.
B ozor m u n o sab atlari sh a ro tid a u y -jo y fo n d in i tiklash
(amortizatsiya) ajratmalari ham da ijaraga beruvchining normativ
foydasi zaruriy qism lar sifatida turarjoy ijara haqi tarkibiga
kiradi.
Davlatga qarashli uy-joy fondining xizmat turaijoyini ijaraga
oluvchi undan xizmat turarjoyining
maqsadiga va shartnom a
sh artlarig a muvofiq foydalanishi, turarjoyga va kom m unal
xizmatlarga to'lovlarni har oyda, o ‘tgan oydan keyingi oyning
o ‘ninchi kunidan kechiktirmay to'lashi lozim. ToMov muddati
kechiktirilgan har bir kun uchun 0,1
foiz m iqdorda, biroq,
to'Iovning kechiktirilgan summasidan 50 foizdan oniq bo'lmagan
penya undiriladi.
Turaijoy va kommunal xizmatlar uchun to'lovlar tijorat banki
muassasalari yoki to'lov qabul qilish kassalari orqali amalga
oshiriladi. (O'zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkamasining
27.01.2000-yildagi 24-sonli qaroriga 1-ilova «Xizmat joylari berish
tartibi to ‘g‘risidagi nizomning 15-bandi»).
Aniq maqsadli kommunal uy-joy turarjoylari uchun tashlana-
digan haq miqdorining tarkibiga quyidagi xarajatlar kiradi:
a)
uyga qarash xarajatlari;
b) uyga xizmat ko‘rsatish xarajatlari;
d) uyni ta ’mirlash xarajatlari.
M unitsipal, idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turarjoyni ijara
berish shartnom asi ho 'y ich a t o ‘lanadigan haq m iqdoriarini
tashkil etuvchi tarkibiy qismlardan farqli ravishda bunda ijaraga
beruvchi ijara shartnom asidan foyda (darom ad) olish nazarda
lutilm agan
Turarjoyni ijaraga oluvchi turarjoy
ijara haqini har oyda
yashalgan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay to ‘lash
sh art (m asalan, ijarachi yanvar oyi u c h u n ijara haqini 10
fevralgacha to ‘lashi lozim). ljara haqini lo‘lash muddatlariga rioya
qilmaslik (kechiktirish) uchun kechiktirilgan m uddat bo'yicha
penya to'lanadi. Penya miqdori tegishli qonun hujjatlarida belgilab
qo'yildi.
2 6 8
www.ziyouz.com kutubxonasi
Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining turarjoyi uchun
haq O 'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tom onidan
belgilangan tartibda olinaui. Binobi-rin, ijaraga beruvclii
ljara haqini
olish tartibini belgilashga haqli emas.
Yotoqxonalarda yashaganlik uchun haq 0 ‘zbekiston Res-
publikasi Vazirlar Mahkamasi tom onidan belgilangan tartibda
olinadi.
Yotoqxonalarda yashaganlik uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan
haqning miqdori 0 ‘zbekiston Repsublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanaai.
Do'stlaringiz bilan baham: