11.2. Uy-joyni saqlash xarajatlarini
■
to ia sh tartibi
Ko‘p kvartirali uylar mol-mulkning o ‘ziga xos shakli bo iib
um um iy mulk hisoblanadi. O datda. ko ‘p kvartirali uylarda
yashovchi fuqarolar o‘zlariga tegish'i turarjoyga nisbatan xususiy
mulk huquqini n o to ‘g‘ri tuslum adilar va faqatgina o'zinm g
kvartirasiga tegishli masalalar uchun javob berishlarini ta'kid-
laydilar.
Biroq. ko‘p kvartirali uylardagi kvaitiralaming har biri umumiy
va yagona kontmksiya asosida qurilishi jihatidan bir-biri bilan
bog‘liq bo‘lib, kvartira egalari mol-mulkining mayjud bo‘lishini
undagi umumiy to'sinlar, yoMaklar, zinapoyalar. devorlar, ko‘p
kvartirali uyning fundamenti va tomisiz tasaw ur qilish qiyin. Shu
m a'n o d a ko ‘p kvariirali uydagi turarjoy m ulkdori mana shu
turarjoyni va qolaversa, ko‘p kvartirali uyni saqlash majburiyatini
o‘z zimmasiga olishi lozim.
Odatda, saqlash majburiyati deganda muayyan mol-mulkning
normal eskirish holatini ta'minlaydigari. uni tayinlangan maqsadi
uchun foydalanish imkoniyatini yaratadigan o ‘ziga xos ta'm irlash,
tuzatish, tozalash ishlari tushuriladi:
Ko‘p kvnrtirali turaijoy mulkdorining o‘zi yashayotgan kvar-
tirani tegishli texnik va sanitariya holatida saqlash uchun o ‘z
hisobidan xarajat qilishi lozim. Ya’ni, bunda ko‘p kvartirali turaijoy
mulkdori o‘zining kvartirasidagi barcha texnik asbob-uskunnlar,
elektr hisoblagich va elektr simlari, gaz. issiq suv quvurlari va
2 fi9
www.ziyouz.com kutubxonasi
liisoblagichlarning tloimo ishlashi va xavfsizlik talablariga javoh
herishi tegishli texnik holat hisoblanadi.
Tegishli sanitariya holatida saqlash deganda esa kvartirani toza
lutishi, uni ifloslantirib yubormasligi lozim bo‘ladi. Zero, umumiy
qolip, devor. to ‘sin bo‘lgan bitta yaxlit im oratning bir qismi
ifloslanishi nntijasida ko‘p kvartirali uydagi barcha turarjoylarda
turli zararkunandalar (tarakanlar, chivinlar va boshqa hasharotlar)
ko‘payib ketishi va natijada turli yuqumli kasalliklar vujudga kelishi
mumkin. Shu munosabat bilan ko‘p kvartirali turarjoy mulkdori
o'ziga tegishli kvartirani tegishli sanitar holatida saqlashni o‘z
hisobidan ta'minlashi lozim bo'ladi.
Ko‘p kvartiralfturaijoy mulkdori o ‘ziga tegishli kvartira bilan
birga timumiy mulk (umiimiy devorlar, yoMaklar, zinapoyalar,
t o ‘sin la r, podval va 1om )ni va shu uyga tu ta s h b o ‘lgan
obdonlashtirish elementlari bo'Igan yer uchastkasini saqlashning
umumiy xarajatlarini o ‘z zimmasiga oladi. Ya'ni, bunda umumiy
mulk va obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasini
saqlash majburiyati ko‘p kvartirali uy-joyda yashovchi barcha
m ulkdorlarning umumiy mulkdagi ulushi bo‘yicha taqsim lanadi.
Ko‘p kvartirali uy turarjoy mulkdorlarining umumiy mulkni
saqlash xarajatlari stixiyali tarzda, muayyan ishni bajarish kerak
bo'lganda borini berish shaklida emas, qoida tariqasida majburiyat
badal shaklida to ‘lanishi va to'plab borilishi lozim. Bu badalllar
xususiy turaijoy mulkdorlari shirkatlarining hisob raqamida yoki
davlat uy-joy fondi uylarini boshqarish organlarining hisob
raqamida saqlanishi lozim.
Umumiy mulkni saqlash xarajatlari sifatida kodeks quyidagilami
nazarda tutadi:
— ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni boshqarish:
— unga xizmat ko‘rsatish, uni joriy va kapital ta'm irlash;
— ko'p kvartirali uyga tutash, obodonlashtirish elementlari
bo‘lgan yer uchastkasini saqlash.
Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni boshqarish de-
ganda, odatda, uyning tegishli texnik, sanitariya holatini nazorat
qilib turish, xususiy turarjoy mulkdorlari shirkati bo'lgan uy
joyning umumiy ta ’m inoti (masalan, yo‘lak va zinapoyalam i
yoritish, yo‘laklarga kirish eshiklari sozligini ta'm inlash, uy atrofi
2 7 0
www.ziyouz.com kutubxonasi
tozaligini ta’minlash) va shirkat bilan boshqa tashkilotlaro'rtasidagi
huquqiy (shartnom aviy) aloqalarni vujudga kelitirish va ko'p
kvartirali uy m anfaatlarini hinioya qilish kabi keng qamrovli
masalalar tushuniladi. Albatta mazkur holatiarning barchasi tekinga
yoki jnmoatchilik asosidn amalga oshirilishi mumkin emas. Shu
sababli boshqaruvni amalga oshirish uchun to'langan badallar
h iso b id an boshqaruvchiga (hozirgi kunda xususiy tu rarjo y
mulkdorlari shirkati raisi yoki davlat uy-joy fondida boshqarish
tashkiloti) muayyan haq to ‘lanishi va u qilgan xarajatlar qoplanishi
lozim.
Ta’kid)ash lozimki, luraijoy munosabatlari tizimida fuqarolarga
qulaylik tug£dirish uchun zarur bo‘lgan kom m unal xizmatlar.
turaijoylarni tabiiy gaz, elektr va issiqlik energiyasi, sovuq va issiq
suv bilan tn ’m inlash, suvni chiqarib tashlash (kanalizatsiya),
q a ttiq va suyuq m aish iy c h iq in d ila rn i o lib ch iq ish kabi
m unosabatlar mavjudki, m azkur ijtim oiy, iqtisodiy, huquqiy
m un o sab atlar xususiy uy-joy m ulkdorlari shirkatlari uchun
muhim aham iyatga ega.
Zern, aynan mazkur turdagi xizmatlarning sifatli va o'z vaqtida
bajarilishi, ko‘p kvartirali uylardagi mulkdorlarning ehtiyoji uchun
eng zamriy omillar sanaladi.
Mazkur xizmatlar nafaqat alohida holda bitta kvartiraga balki.
umumiy mulk bo‘Igan ko‘p kvartirali uydagi umumiy mulkka
ham qaratilishi mumkin.
M asalan, k o 'ch a va yo‘lak chiroqlari yoritish uchun haq
aynan kvartira egalari lom onidan to'lanadigan badal hisobidan
qoplanadi.
Joriy va kapital ta'm irlash esa yo'laklar (podyezd) va zinalari.
umumiy devorlar va to ‘sinlar, uyning tashqi bezagi, um um iy
quvurlar va elektr tarmnqlarining sozligini ta'minlash uchun amalga
oshiriladi.
K o'p kvartirali uy atrofidagi yer uchastkasini tozalash,
li
yerni
ko‘kalamzorlashtirish va saqlab turish xarajatlari ham turarjoy
egalari badallari hisobidan qoplanadi
Ko‘p kvartirali turarjoyni saqlashning umumiy xarajatlari va
shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchast-
kasini saqlash xarajatlari lurarjoy egalarining umumiy yig'ilishida
271
www.ziyouz.com kutubxonasi
• ko'pchilik ovoz bilan belgilanndi. Bu holat esa umumiy yig'ilish
bayonnomasida qayd etiladi.
Shirkat tashkil etilmagan ko‘p kvartirali uylarda noturaijoy
mulkdorlari ham faoliyat yuritishadi va ular uyning um umiy
xarajatlarni qoplash bo'yicha umumiy yig'ilish bilan majburiy
shartnoma tuzadilar. Shartnomada yashash uchun mo‘ljallanmagan
joylar mulkdorlari ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni va
shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo'lgan yer uchast-
kasini saqlash bo'yicha umumiy xarajatlarning turlari, yashash
uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdorlarining xarajatlami qop-
lashdagi ulushi, badallarni to ‘lash muddatlari, umumiy hashar va
nbodonlashtirish ishlarida ishtirok etish majburiyati kabi masalalar
o ‘z ifodasini topishi lozim.
Ko‘p kvartirali uydagi turarjoy mulkdori o‘ziga tegishli kvar-
liradan foydalanmasligi ham mumkin Shu bilan birga u uydagi
um umiy m ulkdan foydalanishdan voz kechishi m um kin. Bu
holatlar turaijoy mulkdorini ko‘p kvanirali uydagi umumiy mol-
mulkni va shu uyga tutash. obodonlashtirish elementlari bo'lgan
yer uchastkasini saqlash bo'yicha um um iy xarajatlar uchun
badallarni to‘lashdan ozod qilmaydi.
Z ero , y u q o rid a ta 'k id la n g a n id e k . ko ‘p k v artirali uyda
joylashgan turarjoylarning mavjudligi va xavfsizligi ularning har
biriga va qolaversa. umumiy konstruksiya. devorlar, to'sinlarga
bog‘liqdir.
Turatjoy mulkdori o ‘ziga tegishli tumrjoyni arendaga, ijaraga
bergan bo‘lsa, umumiy mulkdagi umumiy xarajatlarni qoplash
majburiyatini ijaraga oluvchiga yoki arcndaga oluvchiga o'tkazishi
mumkin. Albatta umumiy mol-mulkni saqlash xarajatlarini ijaraga
oluvchiga o'tkazish yoki o'tkazmaslik turarjoy mulkdori va ijaraga
oluvchi o ‘rtasidagi o zaro kelishuvga ko‘ra amalga oshiriladi va
bunda umumiy xarajatlarni qoplash majburiyati turarjoy ijaraga
berilganda turarjoy mulkdorining o'zida ham saqlanib qolishi
mumkin.
Ko‘p kvartirali uydagi turarjoyni saqlashning umumiy xara-
jatlarini qoplash majburiyati ijaraga oluvchiga o'tkazilganda ham
turarjoy mulkdori ijaraga oluvchining umumiy xarajatlarni o‘z
vaqtida to'lm asligi uchun m as'ul hisoblanadi. Y a'ni, turarjoy
272
www.ziyouz.com kutubxonasi
mulkdori ijaraga oluvchi umumiy xarajatlarni to'lam asa yoki
toMashni kechiktirsa buning uchun javobgar bo'ladi.
Umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish
elementlari boMgan yer uchastkasini saqlash bo‘yicha umumiy
xarajatlarni toMashga doir majburiyatlar joyni ijaraga, arendaga
oluvchiga o'tkazilganligini xabardor qilish tartibi va xabardor
qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar ro‘yxati qonunchilikda belgilangan.
Unga ko‘ra umumiy mol-mulkni saqlash majburiyatlari ijaraga,
arendaga oluvchiga o ‘tkazilganda ko‘p kvartirali uydagi turaijoy
mulkdori quyidagi shaxslar xabardor qilishini kerak:
— shirkat;
— boshqaruvchi (ijrochi direktor);
— boshqaruvchi tashkilot;
— turaijoylar mulkdorlari tomonidan vakil qilingan shaxs.
Umumiy mol-mulkni saqlash majburiyatlari ijaraga, arendaga
oluvchiga o‘tkazilganligini o ‘z vaqtida ogohlantirilmaslik, turaijoy
mulkdorini ushbu xarajatlami to'lashdan ozod qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |