1. Turarjoyni almashtirishni turarjoydan foydalanish huquqi sifatida izohlang.
2. Turarjoyni almashtirishning o ‘ziga xos xususiyatlari nimalardan ihorat?
3 Turarjoylar almashtirilishini rasmiylashtiradigan organlar, almashtirishni
rasmiylashtirish tartibi qanday?
4. Turarjoyni ayirboshlash tushunchasi va uning mazmuni qanday?
5. Saqlash gu voh n om asi (bron)ning tushunchasi va uni berish ta rtib i
nimalardan iborat?
6. Turarjoylardan umrbod foydalanish huquqining vujudgu kelish asoslarini
ko ‘rsating.
.
www.ziyouz.com kutubxonasi
IX BOB
KO‘P KVARTIRALI BINOLARDAGI KO‘CHM AS VA
BOSHQA MOL-MULKKA UM UM IY MULK HUQUQI
9.1. Uy-joy hinosi muikdorlarining umumiy
foydalanishdagi obycktga bo‘lgan huquqi
Turarjoy mulkdorlarining ko ‘p kvartirali uydagi umumiy
mol-mulkka bo ‘lgan ulushli mulk huquqining vujudga kelish
asoslari FKning 21 l-moddasida belgilanadi. Unga ko‘ra, uyning
bir necha kvartiralarga xizmat qiladigan umiimiy xonalari,
xususan, ustun va to ‘sinlar, mexanik, elektr, sanitariya-texnika
va kvartira tashqarisidagi yoki ichkarisidagi o ‘zga qurilmalari
ko'p kvartirali uydagi kvartira egalariga ulushli mulk huquqi
tarzida tegishlidir.
Uyning umumiy mol-mulkiga egalik huquqidagi kvartira egalari
ulushining miqdori hamda mazkur mol-mulkni saqlash va asrash
bo'yicha xarajatlarni mulkdorlar o ‘rtasida taqsimlash tartibi uy-
joy lo‘gTisidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Kvartira egasi uy-joy umumiy mol-mulkiga egalik huquqidagi
o ‘z ulushini lasarrufdan chiqarishga, shuningdek, bu ulushning
kvartiraga bo‘lgan mulk huquqidan alohida tarzda boshqa shaxsga
o'tishiga olib keluvchi o ‘zga harakatlarni amalga oshirishga haqli
emas.
Turaijoy mulkdorlarining ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-
mulkka bo'lgan ulushli mulk huquqining vujudga kelish asoslari
Uy-joy kodeksi va «Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari
to‘g‘risida»gi qonunida ham belgilangan. Sanab o ‘tilgan qonunlar
turaijoylar va yashash uchun moMjallanmagan joylar, shaklidan
qat’i nazar, shaxsiy mulk boMa olishini, umumiy mulk esa faqal
ko'rsatilgan subyektlarning umumiy ulushli mulki boMishini
belgilaydi.
UJKning 124-moddasi umumiy mulk obyektlari batafsil sanab
o'tilgan boMib, «joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan»
obyektlar va «bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan» obyektlar
deb belgilanadi. Umumiy mulk obyektlarining ro'yxatidan kelih
244
www.ziyouz.com kutubxonasi
chiqib. shaxsiy mulk obyekti b o ‘lmagan va yordamchi, xizmat
ko‘rsatishga mo‘ljallangan uyning shunday qismlari ko‘p kvartirali
uydagi turaijoy mulkdorlarining umumiy mulki hisoblanadi degan
xulosaga kelish mumkin. Uyning bunday qismlari jumlasiga
quyidagilar kiradi:
— turarjoylar va yashash u c h u n moMjallanmagan joylar
mulkdorlariga shu uyning umumiy joylari;
— tayanch va to ‘siq konstruksiyalar;
— kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o'ralma) pillapoyalar,
zinapoyalar;
— liftlar, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalar;
— dahlizlar, texnik qavatlar, y e rto ‘lalar, cherdaklar va
tomlar;
— uy ichidagi m uhandislik tarm oqlari va kom m unikat-
siyalari;
— joylar ta^hqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq
joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika
uskunalari va qurilmalari;
— boshqa uskunalar va qurilmalar.
Ko‘p kvartirali uydagi turarjoy va yashash uchun m o ‘ijal-
lanmagan joy mulkdorining umumiy mol-mulkdagi ulushi asl
holida ajratib berilishi mumkin emas.
Ko'p kvanirali uydagi turarjoylar va yashash uchun rnoMjal-
lanmagan joylar mulkdorlari umumiy mol-mulkdan hamda shu
uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastka-
sidan foydalanishda teng huquqqa egadir.
Turarjoy va yashash uchun mo'Ijallanmagan joy mulkdorining
ulushi asl holida ajratib bcrilishi mumkin emas.
Umumiy mulkka bo'lgan ulushli mulk huquqi kvartiraga
bo'lgan mulk huquqi bilan chambarchas bogMiq. Ko‘p kvartirali
uydagi umumiy moi-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisi
o ‘z ulushini boshqa shaxsga berishga, undan fuqarolar yoki
yuridik shaxslar foydasiga voz kechishga, shuningdek, uni o'ziga
qarashli turarjoyga yoki yashash uchun moMjallanmagan joyga
boMgan mulk huquqidan alohida tarzda boshqa shaxsga o ‘tishiga
sabab boMuvchi o ‘zga xatti-harakatlar sodir etishga haqli emas
(FK 211-m ).
2 4 5
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ko‘p kvnrtirali uydagi umumiy mol-muikka nisbatan ulushli
mulk ishtirokchilari tayanch va to'siq konstruksiyalarni, kvartiralar
oralig'idagi ihotalangan (o'ralma) pillapoyalami, zinapoyalarni.
liftlami. liftning shaxlalari va boshqa shaxtalarni, daxlizlarni, texnik
qavatlarni, yerto'lalarni, cherdaklar va tom lam i, uy ichidagi
muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarini. joyiartashqarisida
yoki ichida joylashgan va bittadaii ortiq joyga xizmal ko'rsatadigan
mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari
hamda boshqa uskunalar va qurilmalami boshqa shaxsga herishi
mumkin emas.
K o ‘p kvartirali uydagi tu ra rjo y l a r va yashash u c h u n
mo'ljallanmagan joylar mulkdorlarining ulushli mulkida turgan
um um iy m o l-m ulkning ayrim qismlari qon u n hujjatlariga
muvofiq umumiy ulushli mulkning barcha ishtirokchilari tomo-
nidan bir ovozdan qabul qilingan qaror asosida hoshqa shaxslarga
berilishi mumkin.
Ko'p kvartirali uydagi umumiy mulkka bo'lgan huquqning
ulush miqdori, moddada belgilanishicha, shu uyning umumiy
maydonidagi mulkdorga qarashli joy maydoni ulushiga mos
boladi.
Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mulk taqsimlanishi mumkin
emas va mulkdorning ulushi asl holida ajralib berilmaydi. Ko‘p
kvartirali uydagi umumiy mulkka bo'lgan mulk huquqidagi ulushlar
tegishli subyektning shaxsiy mulkidagi lurarjoy va yashash uchun
mo'ljallanmagan joylarni boshqa shaxsga o ‘tkazishdan alohida
boshqa shaxsga berilishi mumkin emas (sotilishi, hadya qilinishi.
almashtirilishi va h.k.).
Modda turarjoyga yoki yashash uchun m o ‘Ijallanmagan
joyga bo'lgan mulk huquqi ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-
mulkka bo'lgan ulushli mulk huquqidan ajralmasdir, degan
qoidani o ‘matgan.
Bu shuni anglatadiki, agar kvarlira egasi uni sotsa, unda
sotib oluvchiga nafaqat kvartiraga bo‘lgan mulk huquqi, balki
ko'p kvartirali uydagi sotuvchiga tegishli bo'lgan umumiy mulkka
bo‘lgan mulk huquqidagi ulushlar ham o'tadi.
U m um iy mulkni saqlab turishga xarajatlarni qoplashda
tomonlaming mulkiy munosabatlarini aniqlash uchun (umumiy
2 4 6
www.ziyouz.com kutubxonasi
mulkdan foydalanishdm olingan foydalar ham taqsimlanishi
mumkin) muJkdorlarning uiushiari hajmi ustun ahamiyatga ega.
U m um iy mulkni saqlab turishga barcha xarajatlar um um iy
mulkdagi ishtirokchilarning ulushi, um um iy mulk b o 'yicha
to'lovlar yig imi, uni saqlab turish va asrash bo'yicha xarajatlar va
chiqimlarga proporeional ravishda taqsimianadi.
Mulkchilik ulushi xarajatlarining ishtirokchilar o ‘rtasida taqsim-
lanishi qoidasi imperativ xususiyatga ega. ya'ni u tomonlaming
roziligi bilan o'zgartirilishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |