Fyodor Dostayevskiyning millionlab kitobxonlarning diqqatini tortgan asari



Download 15,82 Kb.
Sana01.06.2022
Hajmi15,82 Kb.
#629023
Bog'liq
Hujjat


Fyodor Dostayevskiyning millionlab kitobxonlarning diqqatini tortgan asari
“Jinoyat va jazo” o’zining mashhurligi bilan jahon adabiyotida katta o’rin egalaydi. Asarda o’sha davrdagi insonlarning og’ir hayoti haqida, dolzabr bo’lib kelayotgan muammolar haqida so’z boradi. Adib o’z asarida kitobxonlarga yetarlicha bilim bera olgan. Asarning bosh qahramoni Rodion Ramonovich Raskolnikov o’zining daxshatli qashshoqligi tufayli o’gir hayot kechirgan sobiq talab obrazida gavdalantirilgan. Romanda bosh qahramonning qotilga aylanishiga uning moliyaviy muammolar sabab bo’ladi. Raskolnikov sudxo’r kampir Alyona Ivanovnani o’ldirishi hamda beixtiyor kampirning singlisi Livazetta Ivanovnaning ham qotiliga aylanib qolishiga shu tashqi ta’sirlar tufayidir. Asardagi vaziyatlarni kuzatib borar ekanmiz Paskolnikovning jinoyat ishlari bilan Porfiriy Petrovich obrazidagi inson shug’ullanishini bilishimiz mumkin. Porfiriy Petrovich asarda sudxo’r kampir va uning singlisi o’ldiridlishi bo’yicha tergov ishlarini olib borgan sud ijroschisi sifatida gavdalantirilgan. Ramonda Porfiriy Petrovich o’ttiz besh yoshlardagi, aqlli hamda o’ta sinchkov odam sifatida tasvirlanadi. Asarni o’qish davomida uning tergov ishlarida qo’llagan taktikasiga qoyil qolmasligimizning iloji yo’q deb o’ylayman. Porfiriy Petrovich Raskolnikov bilan birinchi uchrashuvida o’ta mantiqiylik, ayyorlik hamda ehtiyotkoronalik bilan suhbat qurishida ham biz uni o’z ishining ustasi sifatida bilishimiz mumkin. Asarda Tergovchi Porfiriy Petrovich qotilni psixologik jihatdan taxmin qiladi, buni biz har safar Raskolnikov bilan uchrashganidagi suhbatlarida uni psixologik tomondan ta’qib etishidan, qotilning o’zini fosh qilguncha tajriba o’tazishidan bilib olishimiz mumkin. Roman murakkab janrlarga bo’y hisoblanadi. Agarda kitobxon “Jinoayat va jazo” asarini yaxshi tahlil qilib o’qisa, romanning bosh mazmunini, qahramonlarning o’ziga xos hakatkeri hamda xatti – harakatlarini, ularning o’sha darvdagi qiyin hayotlarining azobini his qilib, asarning asl g’oyasini bilishi mumkin. Porfiriy Petrovich o’z ishining ustasi ekanligini, asarning yana bitta qahramoni bo’lgan Razumixinning “zo’r hamda tajribali tergovchi” deb aytgan gapi ham isbotlaydi. Tergovchi Porfiriy Petrovich opa – singil Ivanovnalarning qotillik ishini olishdan avval, ochilishi umidsiz bo’lgan jinoyat ishining hal qilganligi Razumixning tilidan romanda aytib o’tilgan. Asarda Porfiriy Petrovich aqlli odam, birinchi qarashdayoq insonning harakteriga kirib boradi. Lekin u ham tergov jarayonlarida dastlab shunchaki Raskolnikovdan shubha qila boshlaydi xolos. Raskolnikovning o’zi tergovga kelishi unga bo’lgan shubhalarni aritadi. Asar davomida Porfiriy Petrovichning jinoyatchini ayblamay shunchaki kuzatuv ostiga olib qo’ygani ham uning o’ziga xos tergovcchi sifatidagi taktikasidan dalolatdir. Pofiriy Petrovich Raskolnikovga uni qotil deb bilishini aytib qisqa hukmni olishi uchun o’zi taslim bo’lishini taklif qiladi va uni hibsga olishini aytadi. Ammo Raskolnikov tergovchida uni fosh qiladigan darajada rasmiy dalillari yo’qligini biladi, shuning uchun u bilan kurashishni davom etiradi. Romanda bosh qahramon bo’lgan Raskolnikov vijdonli inson sifatida gavdalantirilgan shu vijdonnining azobi tufayli ham o’zining jinoyatiga iqror bo’ladi. Shu ma’naviy azob Raskonikovning tinch yashashiga yo’l qo’ymaydi. Romanni o’qish davomida uni tahlil qilish hamda sharhlash oson, chunki voqealar shunday aniq tasvirlanganki, ular ko’z oldimizda rivojlanib, kengayib boradi. Roman haqiqatdan ham kitobxonga keng dunyoqarash hadya qiladi oladi. Asardagi har bir obraz yozuvchining mahorati bilan mukkamal yaratilgan.
1-savol
Jinoyat kodeksining 195-moddasini sharxlaydigan bo’lsam ushbu jinoyatning ijtimoiy xavfliligi shundan iboratki, unda atrof muhitning ifloslanishi oqibatlari chorasini ko’rmaslik natijasida atrof muhit, suv resurslari, o’simliklar ifloslanadi, hayvonot olami zaharlanadi, bu esa, o’z navbatida, inson salomatligiga ta’sir solidi. Ushbu jinoiy jazoning belgilanishidan maqsad yurtimizdagi ekologik vaziyat ustidan doimiy nazorat o’rnatish hisoblanadi. Atrof tabiiy muhit ifloslanishining oqibatlarini bartaraf etishga mas’ul shaxslar ularga yuklatilgan vazifalarni o’z vaqtida bajarishlari kerak.
Ushbu jinoyatning asosiy obyekti yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash sohasida vujudga keladigan munosabatlardir. Insonlar sog’ligi, hayoti xavfsizligini ta’minlovchi munosabatlar, O’zbekistonning iqtisodiy manfaatlari qo’shimcha obyekt bo’lishi mumkin.
Bu jinoyatning obyektiv tomoniga to’xtaladigan bo’lsak, odamlarning ommaviy kasallanishi, hayvonlar, qushlar, parrandalar qirilib ketishi yoki boshqa og’ir oqibatlarga olib kelgan ekologiyasi ifloslangan joylarni dizaktivatsiya qilish choralarini ko’rishdan bo’yin tovlashda yoki bu kabi ishlarni yetarli darajada bajarmaslikda ko’rinadi. Ushbu jinoyat harakat yoki harakatsizlik orqali sodir bo’lishi mumkin.
Harakatsizlik bu mansabdor shaxs tomonidan ifloslanishga ucragan joylarni dizaktivatsiya qilishdan bo’yin tovlashda ifodalanadi.
Faol harakat bo’lsa, dizaktivatsiya qilish va boshqa tiklash choralarining to’la bajarilmaganligida yoki tiklash choralari ko’rish zaruriyati bo’lmagan joylarda qayta tiklashning o’tkizilishida korinadi.
Dizaktivatsiya qilish va boshqa tarzda tiklashdan bo’yin tovlash yoki bunday ishlarni yetarli darajada bajarmaslik jinoyatining oqibati odamlarning kasallanishi va atrof muhitga salbiy ta’sir ko’rsatilishi bilan bog’liqdir.
Harakat bilan oqibat o’rtasida bog’lanish belgilangan bo’lishi kerak. Jinoyat odamlarning kasallanishi, hayvonlar, qushlar yoki baliqlarning yo’q bo’lib ketishi yoki boshqa salbiy oqibatlar yuzaga kelgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
Subyektiv tomondan jinoyat qasddan yoki extiyotsizlikdan sodir etilishi mumkin. Masalan, xizmatdan bo’yin tovlash, o’zining majbutiyatiga nisbatan beparvo munosabatda bo’lish, yuzaga kelgan oqibatga nisbatan extiyotsiz munosabatda bo’lish.
Ushbu jinoytning subyektlari maxsus bo’ladi. Bular 18 yoshga to’lgan, ekologiyasi buzilgan joylarni dizaktivatsiya qilish yoki boshqa usulda tiklash uchun tayinlangan mansabdor shaxs bo’lishi mumkin. Bunday shaxslar sirasiga xo’jalik tarmoqlari, korxona, muassasa rahbarlari, muhandislar kiradi deb hisoblayman.
Xulosa qilib aytganda ushbu moddada mansabdor shaxslarning o’z vazifalarini amalga oshirmasliklari oqibatida odamlarning ommaviy kassallanishiga, hayvonot dunyosi va o’simliklar dunyosi qirilib ketishiga olib kelishi ifodalangan. Bunday xavflarni oldini olish maqsadida jinoyat kodeksining ushbu moddasi jinoiy – huquqiy vositalar bilan klafikatsiya qilingan.
2-savol
Jinoyat kodeksining 192 5-moddasiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, jinoyatning obyekti litsenziyalash to’g’risidagi qonunning va ruxsat berish tartibi to’g’risidagi qonununning ijrosini ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Ushbu jinoyat obyektiv tomondan litsenziya va ruxsat berish hususiyatiga ega xujjatlarni berishning belgilangan tartib-tamoili va muddatlarini buzish, shu bilan birga litsenziyaning va ruxsat berish tartibining yangi turlarini qonunga xilof joriy etishda namoyon bo’ladi.
Ushbu jinoyatning obyektiv tomonining asosiy belgisi vakolatga ga bo’lgan mansabdor shaxs tomonidan ruxsat berish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berishning belgilangan tartibi va muddatlarini buzish, shu bilan birga litsenziyalarning va ruxsat etish tartiblaeining qonunga xilof ravishda joriy etganlik uchun jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lishidir.
Litsenziya – jismoniy yoki yuridik shaxsga beriladigan, litsenziya talablari va shartlariga majburiy ravishda rioya etilgan taqdirda faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki uning kichik turini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat. (O’RQ-701
-sonli “Litsenziyalash, ruxsat berish va habardor qilish tartib taomillari to’g’risida” gi Qonuni, 3-modda)
Faoliyatnig litsenziyalanayotgan turi - yurtimiz hududida amalga oshirilishi uchun litsenziya olinishi majburiy bo’lgan faoliyat turi. Bu tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonunchilikka binoan bajariladigan, o’z mulkiy javobgarligi ostida foyda olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.
Litsenziyalash – litsenziya berish to’g’risidagi arizani topshirish, ko’rib chiqish, litsenziyani berish, muddatini uzaytirish, uni to’xtatib turish, qayta tiklash va tugatish, uni bekor qilish, qayta rasmiylashtirish va chaqirib olish jarayoni bilan bog’liq tadbirlar majmui (O’RQ-701 -sonli “Litsenziyalash, ruxsat berish va habardor qilish tartib taomillari to’g’risida” gi Qonuni, 3-modda)
Jinoyat subyektiv tomondan faqat qasddan sodir etiladi. Aybdor tomonidan litsenziya va ruxsat beruvchi boshqa hujjatlarni berishning belgilangan tartibi va muddatlarini buzish, shuningdek litsenziyalarning va ruxsat berish tartiblarining yangi turlarini qonunchilikka xilof ravishda joriy etish o’z irodasiga ko’ra sodir etiladi.
Bu jinoyatning subyekti vakolatli tashkilotning litsenziya va boshqa ruxsat etuvchi xujjatlarni berishga vakolatli mansabdor shaxsi hisoblanadi.
Xulosa qiladigan bo’lsam ushbu moddada litsenziya hamda ruxsat berish tartiblari buzilishi yoki yangi qonunga xilof tarzda talqin qilinishiga qarshi jinoiy – huquqiy vositalar bilab javobgarlikka tortilishini ifodalaydi. Har qanday jinoyat jazosiz qolmasligi kerak. Qonunchiligimizning ushbu holatlarni oldini olishni maqsad qilishi jamiyatdagi turli xil qabihliklar hamda jinoyatlarni sodir etilmasligini ta’minlaydi.
Download 15,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish