1 video Imperator va qirollik palatalari bilan tanishish Uffizi galereyasi, Florensiya, Italiya



Download 18,46 Kb.
Sana19.04.2022
Hajmi18,46 Kb.
#563329
Bog'liq
1-video (2) (2)


1 - video 
Imperator va qirollik palatalari bilan tanishish
Uffizi galereyasi, Florensiya, Italiya


Alessandra Griffo hikoya qiladi:

Saroyning bu qismi - imperatorning Pitti nomli saroyining ikkinchi qavatida joylashgan qirollar va imperatorlar xonalaridan tashkil topgan.


Hikoyamizni mana shu yerdan boshlaymiz. Chunki 1765-yilning 13-sentabr kuni tong saharda Venada istiqomat qilgan imperatorlar sulolasiga mansub yosh Pietro Leopoldo Gabsburg lotaringiyalik aynan shu darvozadan kirib kelgan edi. U o‘sha vaqtda 18 yoshda bo‘lib, yaqinda Buyuk Gersog unvoniga ega bo‘lgandi. 
U ispaniyalik Infanta, yosh rafiqasi Mariya Luisa di Borbone bilan shohlar aravasida keldi va deyarli butun saroyni egallab oldi.
O‘sha davrga oid saroy kundaliklarida yozilishicha, o‘zi hukmron bo‘lgan yerlarga bunday kamtarona kirib kelish ertalab soat 8:00 da sodir bo‘lgan. Bu voqea bir qarashda unchalik muhim emasdek ko‘rinsa-da, o‘z illatlari va tartibsiz hayoti qurboniga aylangan hamda hayoti va hukmronligining so‘nggi yillarini to‘shakka mixlangan holda o‘tkazgan oxirgi Buyuk Gersog Medici Jangastone hayoti bilan solishtirganda katta ahamiyatga ega.
Ular kirib kelgandan so‘ng an’anaga ko‘ra saroyning gersog xonalari joylashgan shimoliy qismi tomon borishmadi. Aksincha, saroyning janubiy tarafiga qarab yo‘l olishdi. Odatda saroyning bu qismida imperatorlarning ikkinchi darajali oila a’zolari va mehmonlar joylashtirilardi, Va bu hodisa, Medichilar hayotida sodir bo‘lgan boshqa bir muhim hodisa, Kozimo III-chining o‘g‘li, uning merosxo‘ri bo‘lmish, o‘sha mashxur shaxzoda Ferdinando kutilmaganda 1713 yilda hayotdan ko‘z yumganida sodir bo‘lgandi.
Bu tanlov gersogning onasi Mariya Tereza tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, Vena shahridan turib, boshqaruv Regensiyasi bilan kelishgan holda, oʻgʻli Pietro Leopoldoning kelishiga xonalarni tayyorlatib qo‘ygan va shu munosabat bilan hatto qo‘shimcha binolar qurilgan edi. O‘ng tomondagi bir nechta kichik uychalar va shiyponlar buzilib, o‘rniga me’mor Ruggeri loyihasi bo‘yicha saroy maydoniga ko‘rk beruvchi, gallereya va ayvonlardan iborat ikki yon binolar (rondo)ning birinchisi barpo etildi. Bu “Qanot”, “Rim Darvozasi” yoki “Sharqiy Qanot” deb nomlanadi. 
Shunday qilib, 1765-yilda, Buyuk Gersog kelganida, bu tashqi bino allaqachon qurib bitkazilgan va unda Buyuk Gersogning yangi xonalaridan biri joylashgan edi.
Saroyning shimoliy qismida joylashgan xonalar 17-asr uslubida bezatilgan bo‘lib, ularda o‘sha davr talabiga ko‘ra zamonaviy qulayliklar yaratish imkoni mavjud emas edi. Bularga pechlarni va termal hammomlarni misol qilishimiz mumkin. Bu haqda, videolarning boshqa bir lavhasida, hamkasbim Gabriela Brindani ham aytib o‘tgan.
Bunga yana bir misol oshxonalardir. Ular saroyning o‘ng tomonida joylashgan bo‘lib, ancha kengaytirilgan edi. Kiyimxonalar ham keng va qo‘llashga qulay qilib qurildi. Hatto, old binoning yuqori qavatlarining birida kichik kutubxona joylashgan bo‘lib, unga zinapoyalar orqali ko‘tarilinardi. 
XVII-asrning bunday purviqor bezakli xonalaridan kechish, aslo qirollarga monand ulug‘vor muhitdan kechishni anglatmasdi. Buni saroyda yashagan oxirgi hukmdorlar, xususan Umberto I va qirolicha Margeritaga davrigacha meʼmoriy jihatdan o‘zgarmay qolgan va saroyning eng chekka qismigacha cho‘zilgan bu ajoyib xonalarning ketma-ketligi tasdiqlaydi. Mazkur xonalarda mavjud bir necha davrlarga oid uy jihozlari ularning ulkan tarixini tarannum etadi.
Download 18,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish