285
XX BOB.
TASHKILIY REJA VA MENEJMENT.
Reja:
20.1. Tashkiliy rejaning mazmuni, maqsadi va vazifalari. Korxonaning kadrlar
siyosati va personalni boshqarish.
20.2. Ish haqi to`lash shakllari: vaqtbay va ishbay. Tarif tizimi elementlari. Paxta
tozalash korxonalarida ish haqi fondini hisoblash.
20.3. Mehnat unumdorligi ko`rsatkichi va uni hisoblash.
Tayanch iboralari:
tashkiliy reja, kadrlar siyosati, personalni boshqarish, ish
haqi fondi, soatlik ish haqi fondi, kunlik ish haqi fondi, oylik ish haqi fondi, yillik
ish haqi fondi, mehnat unumdorligi.
20.1. Tashkiliy rejaning mazmuni, maqsadi va vazifalari.Korxonaning
kadrlar siyosati va personalni boshqarish.
Mehnat va ish haqi rejasi korxona yillik rejasining asosiy bo`limlaridan biri
bo`lib, bunda asosiy maqsad – korxonani to`g`ri va to`liq ishchi kuchi bilan
ta`minlash, hamda bu ishchilarga yil mobaynida ish haqi to`lash
fondlarini
belgilashga qaratilgan.
Mehnat va ish haqi rejasi yengil sanoat sexi dasturi bilan uzluksiz
bog`langan. Bu reja bir necha qismdan iborat:
Engil sanoat korxonasida ishlayotgan ishchilar
sonini rejalashtirish va
aniqlash (asosiy, yordamchi ishchilar, xizmatchilar va rahbariyat);
Kategoriyalar bo`yicha ish haqi fondlarini hisoblash;
Ish kuchi balansini tuzish, mehnat samaradorligini
aniqlash va asosiy
mehnatga tegishli texnik iqtisodiy ko`rsatkichlarni aniqlash.
Hozirgi kunda shu mehnat rejasini tuzishda korxonalar juda katta huquq va
mustaqillikka ega. Korxonaning o`zi ishchi xizmatchilar va muxandislarga bo`lgan
talabni o`zining ichki tuzilishi va ehtiyojiga qarab aniqlashi mumkin.
Korxonada ishlayotgan ishchilarni 2 ta asosiy guruxga ajratish mumkin:
286
Ishlab chiqarishda band bo`lganlar (ishchilar, xizmatchilar,
shogirdlar,
muxandislar, rahbariyat);
Ishlab chiqarishda band bo`lmaganlar (oshpazlar, bog`cha tarbiyachilari, o`t
o`chiruvchilar).
Bu rejani tuzishda eng muhim vazifa – ishlayotgan ishchilar sonini
belgilash.
Bu vazifa 2 yo`l bilan aniqlanadi:
1-usul. Ishchilar soni xizmat ko`rsatish me`yori
yoki mahsulot ishlab
chiqarish me`yoriga asosan aniqlanadi.
2-usul. Ishchilar soni ma`lum bir belgilangan ko`rsatkichga asoslanib
topiladi (bitta slesar` 120 ta kengligi 100 sm bo`lgan
dastgohlarga xizmat qilishi
mumkin, bitta farrosh 150 m2 ga xizmat qilishi kerak).
Ishchilar sonini aniqlaganda yengil sanoat korxonalarida ishchilarni soni
ro`yxat bo`yicha va ish joyiga kelishi bilan belgilanadi.
Xizmat ko`rsatish me`yoriga asosan ishchilar
soni quyidagi formula bilan
aniqlanadi:
Ch = M/No
bu yerda:
M
– o`rnatilgan dastgohlar soni;
No
– ishchining xizmat ko`rsatish normasi.
Mahsulot ishlab chiqarish me`yoriga asosan ishchilar soni quyidagi formula
bilan aniqlanadi:
Ch = V/T
N
K
bu yerda:
V
– rejalashtirilgan mahsulot hajmi;
T
– belgilangan ish vaqti;
N
– belgilangan mahsulot ishlab chiqarish me`yori (1 ishchiga);
K
– me`yorni oshirib bajarish koeffitsienti.
Korxonalarda ro`yxat bo`yicha ishchilar sonini aniqlash uchun ishchilarning
turli sabablar bo`yicha ishga kelmasligini aniqlash kerak. Ishga kelmaslikning
asosiy sabablari quyidagilar:
▪
Mehnat ta`tili;
287
▪
Sirtqi o`qiydigan ishchi talabalarning o`quv ta`tili;
▪
Kasallik tufayli;
▪
Sababsiz ishga chiqmaslik.
Korxonalarda ro`yxatdagi ishchilar soni
quyidagi formula yordamida
aniqlanadi:
Chr = Ch/(1-(%N/100))
Ch
– ishga kelgan ishchilar soni;
%N
– ishga kelmagan ishchilar foizi.
Do'stlaringiz bilan baham: