Usmanova N. Yu. Iqtisodiyot va moliyaviy menejment


 Asosiy texnologik asbob-uskunalar ish faoliyatini rejalashtirish



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/208
Sana16.03.2022
Hajmi2,57 Mb.
#497037
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   208
Bog'liq
fayl 1668 20210827

19.2. Asosiy texnologik asbob-uskunalar ish faoliyatini rejalashtirish 
Taqvimiy yil mobaynida ikki hosil yilida yetishtirilgan paxta qayta 
ishlanishi munosabati bilan paxta tozalash korxonasining bir yillik ish davri ikkita 
ekspluatatsiya davriga bo`linadi. Ana shu ikki davr orasidagi vaqt ekspluatatsiya 
qilinmaydigan davr bo`ladi. 
Ekspluatatsiya davrining uzunligi asosan, paxta tozalash korxonasi hududida 
yetishtiriladigan paxtaning hajmiga va uskunaning ish rejimiga bog`liq. 
Birinchi ekspluatatsiya davri
uchun mahsulot ishlab chiqarish hajmi o`tgan 
yildan qolgan paxtaning miqdoriga belgilanadi, paxta zavodidagi mavjud 
uskunalardan foydalanish darajasi ham aynan shunga qarab belgilanadi. 
Yangi paxta hosili tayyorlanadigan 
ikkinchi ekspluatatsiya
davrida esa, 
aksincha, uskunalardan foydalanish darajasiga qarab ishlanadigan paxta hajmi 
belgilanadi. 
Uskunalardan foydalanish rejasini tuzishda jinlarning texnik jihatdan 
asoslangan 
ish unumi me`yori
asosiy ko`rsatkich bo`lib xizmat qiladi. 
Asosiy ishlab chiqarish bo`limi sanalgan jin bo`limida o`rnatilgan asbob-us-
kunalar ishi rejasini tuzishda quyidagi boshlang`ich ma`lumotlardan foydalaniladi: 

K
m
 
– o`rnatilgan jinlar soni; 

T
ch
– tola me`yoriy chiqishi (ushbu ko`rsatkich paxtaning selektsion navi, 
paxta yetishtiriladigan hududni hisobga olgan holda tarmoq bo`yicha o`rnatilgan 
me`yoriy ko`rsatkichdan kam bo`lmagan holda qabul qilinadi; 

P
r
– o`rnatilgan jin uskunasi o`rtacha ish unumi (ko`p xollarda bu 
ko`rsatkich ilg`or korxonalar erishgan ko`rsatkich doirasida olinadi); 

K
a
– o`rnatilgan jin uskunasidagi arralar soni (masalan 3XDDM rusumli 
jin uchun – 80 ta arra, DP-130 rusumidagi jinlar uchun 130 ta arra va hokazo); 

T
– ish vaqti yillik fondi; 

U
fk
– ushbu korxona uchun foydali ish koeffitsienti. 
Ushbu ma`lumotlar asosida ishlab chiqariladigan tola miqdori yuqorida 
keltirilgan formula orqali aniqlanadi. Bunda shunga e`tibor qaratiladiki, ya`ni jin 
uskunasi ish unumiga tayanib foydali ish vaqti paxta navlari bo`yicha aniqlanadi 


276 
va navlar bo`yicha aniqlangan miqdorlar yig`indisi korxona yillik umumiy ish 
vaqti fondiga teng bo`lishi zarur bo`ladi. 
Ishlangan ming arra/soat miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi: 
ri
Ti
i
P
Q
Т
1000

=
bu yerda, 
Q
Ti
– i-navdagi paxta qayta ishlanganda olinadigan tola miqdori, tonna 
P
ri
– i-navdagi paxta qayta ishlanishidagi jin uskunasi ish unumi, kg. 
arra/soat. 
Linter va press bo`limlaridagi o`rnatilgan asbob-uskunalardan foydalanish 
rejasini tuzish uchun jinlar ishlab chiqaradigan mahsulot hajmi, ularning ish rejimi, 
shuningdek, smena va yillik unumli ish vaqti balanslari boshlang`ich manba bo`lib 
xizmat qiladi. 
Jin va linter uskunalarining ishini shunday tashkil etish kerakki, bunda 
jinlarning ish unumi yuqori bo`lishi bilan bir qatorda, chigitdan ajratib olinadigan 
momiqni ham maksimal ko`paytirish ta`minlanadigan bo`lsin. 
Linterlardan foydalanish rejasi chigitdan har gal olinadigan momiq bo`yicha 
alohida-alohida qilib tuziladi. Olinadigan momiqning texnik tavsiflari va unga 
qo`yiladigan talablar O`zRST 645-95 «Paxta momig`i. Texnik shartlar» 
Respublika standartida belgilab berilgan (XV bobga qarang). 
Linter uskunalaridan foydalanish rejasini tuzish uchun quyidagi 
boshlang`ich ma`lumotlardan foydalaniladi: 

K
ml
– o`rnatilgan linter uskunasi soni, dona,; 



UFK
– linter uskunasining chorak vaqt fondiga taqsimlangandagi 
foydali ish vaqti (paxta navlari bo`yicha jin bo`limidan olinadi), soat; 

T
mash.
– ishlangan mashina – soatlar; 

Q
zg
 –
jin bo`limidan keyingi chigit miqdori, tonna; 

P
rch
– linter uskunasining chigitni o`tkazish qobiliyati, kg mash/soat; 

S
– chigitning momiqdan tozalanguncha bo`lgan og`irligiga nisbatan 
olinadigan momiq foizi, %. 


277 
Mashina – soat hisobida linterdan o`tkaziladigan chigit (
P
rch
) umumiy chigit 
miqdorini (
Q
zg
) mashinalar unumli ishlab turgan vaqt (
T
mash
) bo`lish yo`li bilan 
topiladi: 
.
m ash
zg
PZ
T
Q
П
=
Olinadigan momiq miqdori quyidagicha topiladi: 
100
i
zg
i
S
Q
J

=
bu yerda,
Q
zg
– jin bo`limidan keyingi chigit miqdori, tonna; 
S
i
– i-navli paxta chigitidan momiq olish miqdori, foizda. 
Press uskunalaridan foydalanish rejasi ularning quvvatiga, ya`ni necha tonna 
mahsulot ishlab chiqarish qobiliyatiga ega ekanligiga qarab tola ishlab chiqarish va 
qo`shimcha mahsulot ish uchun ajratiladigan press uskunalari bo`yicha alohida-
alohida tuziladi. 

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish