21.1-chizma. Aylanma mablag`lar (sanoat ishlab chiqarishi bo`yicha).
Korxonaning aylanma mablag`lari kengaytirilgan takror ishlab chiqarish
jarayonida muhim rol o`ynaydi. Chunki ular ishlab chiqarish jarayonining
uzluksizligiga sharoit yaratib beradilar. Aylanma mablag`lari kamayib ketgan
korxona (firma)lar bankrotlikka yuz tutadilar.
Tashkil etilish usuliga qarab aylanma mablag`lar normallash-tiriladigan va
normallashtirilmaydigan mablag`larga bo`linadi.
Normallashtiriladigan aylanma mablag`lar korxonaning uzluksiz ishlashini
ta`minlash uchun kerak bo`lgan mablag`larning minimal miqdoridir.
Aylanma mablag`larning aylanish davri 3 qismdan iborat bo`ladi:
1.
Mablag`larning ishlab chiqarishdagi jamg`arma shakli;
2.
Ishlab chiqarish jarayonidagi shakli;
3.
Tayyor mahsulot yoki hisob-kitob schyotidagi shakli.
AYLANMA MABLAG’LAR
Aylanma fondlar
Muomala fondlari
Ishlab
chiqarish
jamg’ar-
masi
Tugallan
magan
ishlab
chiqarish
Kelgusi
davr
xarajat-
lari
Ombor-
dagi
tayyor
mahsulot
Jo’natish
ga yuk-
langan
mahsulot
Raschot-
dagi mab-
lag’lar va
pul mab-
lag‘lari
Normallashtiriladigan
aylanma mablag’lar
Normallashtirilmaydigan
aylanma mablag’lar
297
Normallashtirishning asosiy vazifasi ishlab chiqarish jamg`armalarini,
tugullanmagan ishlab chiqarish hajmini, tayyor mahsulot oldigini aniqlashdan
iborat.
Normalarga binoan, ishlab chiqarish jamg`armalari rejalashtiriladi. Ularning
miqdori korxonalarda kamroq, Lekin ishlab chiqarish jarayoniga yetarli bo`lishi
kerak.
Aylanma mablag`larni normalashtirish
Shakllanish manbaiga ko`ra, aylanma mablag`lar xususiy va qarzga olingan
turlarga bo`linadi.
Xususiy aylanma mablag`lar doimo korxona ixtiyorida bo`lib, xususiy
resurslar, asosan foyda hisobiga shakllanadi. Korxonaning xususiy aylanma
mablag`lari qatoriga ish haqi bo`yicha qarzlar, ta`minotchilar yoki hamkorlar
qarzlari, buyurtmachilarning tayyorlangan mahsulot uchun to`lagan pullari
kabilarni kiritish mumkin. Bu mablag`lar xususiy mablag`larga tenglashtirilgan
mablag`lar yoki korxonaning barqaror passivlari deb ataladi.
Qarzga olingan aylanma mablag`lar doimo harakatda bo`lmaydi hamda
korxonaning mahsulotlarni sotishdagi qiyinchiliklar, moddiy-tovar boyliklar bilan
ta`minlash, mahsulot ishlab chiqarish dasturini oshirib bajarish va boshqa vaqtin-
chalik ehtiyojlarni qoplash uchun foydalaniladi. Ular qatoriga bank kreditlari,
kreditorlik qarzlari (tijorat kreditlari) va boshqa passivlarni kiritish mumkin.
Aylanma mablag`larni boshqarish mahsulot ishlab chiqarish va sotish
jarayonining uzluksizligini ta`minlashda aylanma mablag`lardan iloji boricha
kamroq foydalanishda ifodalanadi. Bu esa korxona aylanma mablag`lari aylanishi-
ning barcha bosqichlarida mos ravishda minimal, lekin yetarli tarzda ratsional taq-
simlanishi zarurligini anglatadi. Bu vazifa o`z navbatida moddiy resurslar zahira-
lari va xarajatlarini normalashtirish tufayli muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Aylanma mablag`larni normalashtirish korxonaning uzluksiz ishlashi
ta`minlaydigan moddiy boylik va boshqa resurslarning minimal, lekin yetarli
zahiralarini shakllantirish uchun zarur bo`lgan pul mablag`larini aniqlashda
298
ifodalanadi. U ichki zahiralarni aniqlash, ishlab chiqarish tsikli davomiyligini
qisqartirish va tayyor mahsulotni tezroq sotish imkon yaratadi.
Biroq amaliyotda korxonalarning barcha aylanma mablag`lari ham
normalashtirilmaydi. Shu sababli aylanma mablag`lar normalashtiriluvchi va
normalashtirilmaydigan turlarga taqsimlanadi va ular hozirgi bozor munosabatlari
sharoitlarida ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan.
Normalashtiriluvchi aylanma mablag`lar qatoriga korxona omborlaridagi
ishlab chiqarish zahiralari (xom ashyo, materiallar, yoqilg`i, unchalik qimmat
bo`lmagan predmetlar va jihozlar), tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr
xarajatlari va ombordagi tayyor mahsulotlar kiritiladi.
Normalashtirilmaydigan aylanma mablag`lar, bu – xaridorlarga berib
yuborilgan tayyor mahsulot yoki tovarlar, hisob raqamidagi pul mablag`laridir.
Korxonalar faoliyatida barcha aylanma mablag`lar salmog`ida 70-80%ni
tashkil qiluvchi normalashtiriluvchi aylanma mablag`lar asosiy o`rin tutadi.
Aylanma mablag`larni normalashtirish tejamkorlik rejimiga rioya qilish va
resurslardan oqilona foydalanish imkonini yaratadi.
Resurslarni normalashtirish jarayonida aylanma mablag`larning norma va
normativlari belgilanadi.
Aylanma mablag`larning normasi, korxona moddiy-tovar boyliklarining
minimal zahiralarini tavsiflaydi hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga
to`g`ri keluvchi pul o`lchovida, zahira kunlari va zahira normalarida hisoblanadi.
Aylanma mablag`larning normativi aylanma mablag`lar normasini, normasi
aniqlangan ko`rsatkichga ko`paytirishni ifodalaydi hamda qoidaga ko`ra, pul
ko`rinishida o`lchanadi. U quyidagi formula asosida hisoblanishi mumkin:
N
ay.m
= N
ich.z
+ N
t.ich
+ N
t.m
bu yerda:
N
ich.z
– ishlab chiqarilgan zahiralar normasi;
N
t.ich
– tugallanmagan ishlab chiqarish normasi;
N
t.m
– tayyor mahsulot normasi.
Aylanma mablag`larni normalashtirish va ayniqsa, moddiy resurslarni
sarflash normalarini belgilashda quyidagi tamoyillarga amal qilish lozim:
299
*
normalarning progressivligi va dinamikligi;
*
normalarning iqtisodiy va ishlab chiqarish
−
texnikaviy jihatdan
asoslanganligi;
*
xom ashyo, material, yoqilg`i, elektr energiyasi va boshqa resurslar
o`lchamini to`g`ri tanlash;
*
chiqit va yo`qotishlarning oldini olish;
*
eskirgan normalarni qayta ko`rib chiqish hamda ularni fan-texnika
taraqqiyoti yutuqlariga mos holga keltirish.
Moddiy va boshqa resurslarni normalashtirishda bir nechta usullar
qo`llaniladi. Amaliyotda quyidagi usullar ko`proq uchraydi:
1. O`tgan yillar davomida amalda sarflangan resurslar to`g`risidagi hisobot
ma`lumotlarini o`rganish hamda bir necha yillar davomida ro`y bergan
pasayishlarni hisoblashga asoslanuvchi statistika-tajriba usuli.
2. Laboratoriya tajribalariga asosan yaratilgan hamda instrumentlar va
yordamchi materiallar sarflanishi normasini aniqlashda qo`llaniluvchi -
laboratoriya
−
texnikaviy usuli.
3. Yuzaga kelgan ishlab chiqarish sharoitlaridan tashqari boshqa
korxonalarning ilg`or tajribalari va yutuqlarini ham hisobga olish imkonini
beruvchi, moddiy resurslardan foydalanishni normalashtirishning mukammalroq
usuli hisoblanuvchi – hisob-tahliliy usuli.
Alohida elementlar bo`yicha aylanma mablag`lar xarajatlari normalari
aniqlangandan so`ng, aylanma mablag`larga bo`lgan umumiy ehtiyojlar (normativ)
miqdori hisoblanadi. Korxona aylanma mablag`lariga bo`lgan umumiy ehtiyoj,
ishlab chiqarish zahiralari (xom ashyo va asosiy materiallar, yordamchi materiallar,
yarim tayyor mahsulotlar, xarid qilinuvchi mahsulotlar, qadoqlash va o`rov
materiallari, yoqilg`i va hokazolar), tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor
mahsulot va kelgusi davr xarajatlaridan iborat bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |