Usmanova N. Yu. Iqtisodiyot va moliyaviy menejment



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/208
Sana16.03.2022
Hajmi2,57 Mb.
#497037
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   208
Bog'liq
fayl 1668 20210827

 
Nazorat savollari: 
1.
Aylanma fondlarning mohiyati, ahamiyati va mazmuni nimalardan iborat? 
2.
Moddiy resurslardan foydalanishning asosiy yo`nalishlari nimalardan iborat? 
3.
Aylanma fondlardan samarali foydalanish mexanizmi nimalarni o`z ichiga 
oladi? 
4.
Aylanma mablag`lar deganda nimalarni tushunasiz? Ularninng turlarini izohlab 
bering? 
5.
Aylanma mablag`larning aylanish tezligini oshirishning ahamiyati nimalardan 
iborat? 
 
 


304 
XXII BOB.
MARKETING REJASI. 
 
Reja: 
22.1. Marketing rejasi- biznes rejaning muhim bo`limi va uning ahamiyati 
22.2. Bozoni baholash va iste`molchilar talabining tub maqsadlarini aniqlash 
22.3. Korxonaning ojiz va ustunliklarini, imkoniyat va xavf-xatarlarini aniqlash 
22.4. Marketing strategiyasini ishlab chiqish.Korxonada marketing xizmati
Tayanch iboralar:
marketing, marketing strategiyasi, marketing turlari, 
bozorning potentsial hajmi, marketing bosqichlari, marketing xizmati, korxona, 
marketing tadqiqotlari, marketing xizmati.
22.1. Marketing rejasi- biznes rejaning muhim bo`limi va uning ahamiyati 
Marketing – bozor holatini asosli o`rganish va oldindan baholash bilan 
tovarlarni ishlab chiqarish va sotishni tashkil o`tish hamda shu yo`sinda bozor 
iqtisodiyotining muhim unsuri, marketing ishi maxsus marketing dasturlari orqali 
amalga oshiriladi, ularda xaridorlarni va raqobatchilarni o`rganish asosida tovarlar 
sifatini yaxshilash, tovar narxini o`zgartirish, reklama o`tkazish, tovarga talabni 
yaxshilash, tovarga talab chiqarish, tovarlarni o`z vaqtida yetkazib turish, 
xaridorlarga ma`qul tushadigan xizmat ko`rsatish kabi chora-tadbirlari nazarda 
tutiladi. Ishlab chiqarish marketing vositasida g`oyat tez o`zgarib turadigan bozor 
talabiga moslashadi va samaraga erishadi. Tovar ishlab chiqaruvchilar marketing 
tufayli bozor bilan uzviy bog`lanadilar. Ishlab chiqarish manbalarini bozor talab 
tovarlar yaratishga qaratadilar, sohibkorlik va tijorat ishlarini rejalashtiradi. 
Marketing bir qancha muhim qoidalarga asoslanadi, tovar ishlab chiqarish talabi va 
korxona imkoniyatlarini hisobga olish, xaridorning talab-ehtiyoji to`la qondirilishi, 
bo`lg`usi talabni nazarda tutilishi; mo`ljallangan bozorda tovarlar aytilgan vaqtda 
va belgilangan miqdorda otilish, yangi tovarlarni o`zlashtira borib korxonaning 
uzoq davr mobaynida samarali ishlashga erishish, korxonaning ishlab chiqarish 
yo`nalishlari, tutgan yo`li bozor sharoitiga, xaridor talabiga moslashish bilan 


305 
cheklanmay, balki ishlab chiqarish samarasi ham yuqori bo`lishiga qaratilgan. Shu 
sababli bozor iqtisodiyotini boshqarib turishda katta ahamiyatga ega. Marketing-
ning yuqoridagi qoidalariga asosan iqtisodiy reja, texnik, texnologik hamda ta`mi-
not, sotish bo`limlari funktsiyalari o`zgaradi. Garchand, korxonaning texnologik-
muhandislari resurslardan qanday foydalanish, bozorda erkin harakatlanish qonun-
qoidalarini bilsalarda, korxonada maxsus marketing xizmatini tuzish hojati 
tug`iladi. Bu xizmat bozor iqtisodiyotiga oid nafaqat axborot markazi, balki 
korxonaning ishlab chiqarish ilmiy-texnik axborot markazi, balki korxonaning 
ishlab chiqarish, ilmiy-texnik moliya siyosati uchun maslahat beruvchi bo`limdir.
 
Marketing bo`limi – yuqoridagi barcha qoidalarini amalga oshirish yo`lida 
hormay-tolmay xizmat qiladigan korxona yuragidir. 
Marketing bo`yicha korxonani boshqarish birmuncha murakkab, chunki bu 
ish katta hamda rejali hisoblarni, oldindan tayyorlangan kadrlarni, boshqaruv 
funktsiya va uslublarni tubdan o`zgarishini talab etadi. Marketing kontseptsiyasi 
faqat korxona xo`jalik mexanizmni tubdan qayta ko`rilgandagina amalga oshadi. 
Aks holda korxona tez o`zgaruvchan bozor iqlimiga mos kela olmay, ko`p 
masalada yutqazib qo`yishi mumkin va raqobatchilarga o`rnini berib qo`yishga 
to`g`ri keladi. Bu foydaning katta qismini bekorga yo`qotishga olib keladi. Faqat 
kimda-kim ilmiy-texnika taraqqiyotiga basma-bas, xaridor talabiga mos tovarlar 
ishlab chiqarsa foyda ko`radi. 
Shu o`rinda mashhur amerikalik millioner Fordning quyidagi javoblari 
o`rinli. Undan «Siz qanday qilib millioner bo`ldingiz?», deb so`raganlarida, u 
shunday dedi: «Juda oddiy. Men avtomobillarimni bozorda boshqalarga nisbatan 
arzon sotdim, ishchilarimga esa boshqalarga qaraganda ko`proq haq to`ladim». 
Aftidan, u xonavayron bo`lishi kerak edi. Biroq, shu tariqa bozorni egalladi, 
raqobatchilarni tislantirdi. 
Tovar-pul munosabatlari shunday bebaho xususiyatga egaki, u jamiyatni o`z 
ishi – boshqarish mexanizmi bilan qurollantiradi. Boshqariladigan bozor xo`jalik 
faoliyatini xaridor tomon burish, tashkiliy tuzilmalarni qayta qurish, korxona 
maqsad va vazifalari, boshqaruv uslublarini o`zgartirishni taqozo etadi. 


306 
Amerikalik iqtisodchi Filipp Kotler o`zining ommaviy «Firmaning 
marketing bo`yicha ichki boshqaruvi» darsligida marketingning quyidagi 
bosqichlari orqali amalga oshirilishini yozadi:

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish