311
Korxona bozorining uch turi mavjud: sanoatga mo`ljallangan tovarlar bozori
va davlat muassasalari bozori. Sanoatga mo`ljallangan tovarlar bozori –
boshqa
tovarlarni ishlab chiqarish yoki boshqa iste`molchilarga sotish uchun tovar xizmat-
larni xarid qiluvchi shaxs va tashkilotlar yig`indisidir. Masalan; avtomobilni tay-
yorlash va sotish uchun metall, oyna, rezina tayyorlovchilar o`z mahsulotini mashi-
nasozlarga sotadi, ular o`z navbatida keng iste`mol moli sifatida aholiga sotadi.
Sanoatga mo`ljallangan tovarlar bozori keng iste`mol bozoridan keskin farq
qiladi, masalan:
1. Sanoatga mo`ljallangan tovarlar sotuvchisi, keng iste`mol tovarlari
sotuvchisiga qaraganda kamroq iste`molchilar bilan muomalada bo`ladi.
2. Hatto keng tarmoqli ishlab chiqarishda ham asosiy
xarid bir necha yirik
iste`molchi zimmasiga tushadi.
3. Xaridorlar neft`, rezina, po`lat quyishga qarab jo`g`rofiy bir joyda
jamlangan.
4. Keng iste`mol tovarlariga bo`lgan talabga qarab, sanoat asosidagi tovarlar
talabi aniqlanadi. Axir tufli, etik, kamzulga bo`lgan talab ham teriga bo`lgan
talabni oshiradi.
5. Keng iste`mol tovarlari va xizmatlarga ko`ra sanoat asosidagi tovarlarga
bo`lgan talab tez o`zgaradi. Ayniqsa, bu yangi ishlab
chiqarish qurilishlariga
bo`lgan talabda namoyon bo`ladi. Ko`p hollarda 10 foiz iste`mol talabini oshishi,
tez orada 20 foiz sanoat asosidagi tovarlarga talabni oshiradi.
6. Sanoat ehtiyojlari uchun tovarni asosan doimiy izlanishdagi, ehtiyotkor
agentlar xarid qiladilar. Keng iste`molchi bu borada tajribasizlik qilishi mumkin.
Sanoat uchun kerakli mol nechog`li noziktabiat bo`lsa,
qaror qabul qilish
jarayonida shunchalik ko`p shaxs ishtirok etish ehtimoli bor. O`ta muhim
tovarlarni sotib olishda hatto maxsus xarid komissiyalari ishlashi mumkin. Bu
komissiyalar tarkibida turli texnik ekspertlar, korxona rahbarlari bo`lishi mumkin.
Sanoatga mo`ljallangan tovarlarni xarid qilish chog`ida xaridor bir necha
qarorlarni qabul qilishiga to`g`ri keladi. Qarorlar soni xarid chog`idagi turli
holatiga bog`liq. Xarid chog`ida quyidagi uch asosiy holat bo`lishi mumkin:
312
1. O`zgarishlarsiz qayta xarid qilish. Bu holatda xaridor o`zgarishsiz
buyurtma beradi.
2. O`zgarishlar bilan qayta xarid qilish. Bu holatda xaridor tovarlarni texnik
tavsifnomasi va ko`rinishga o`zgartirishlar kiritadi. Narxga, tovar o`tkazib
berish
shartlariga o`zgarishlar kiritadi. Avvalgi mijozlarni saqlashga, yangi mijozlarni
orttirishga harakat qilinadi.
3. Yangi vazifalarni hal etish uchun xarid qilish, Masalan:
firma birinchi
yangi komp`yuter sistemasini o`rnatishga qaror qabul qiladi. Bunda eng ko`p
qarorlar qabul qilish xaridor zimmasiga tushadi. Birinchi marta tovarlarni xarid
qilish chog`ida uning texnik tavsiflari, narx chegarasi,
yetkazib berish sharti va
vaqti, texnik xizmat shartlari, buyurtma hajmi hisobga olinadi. Oraliq tovarlar
bozorida o`z korxonasining uzluksiz ishini ta`minlash yoki qayta sotish,
ijaraga
berish maqsadida foydani ko`zlab harakat qiluvchi tashkilot va shaxslar harakat
qiladi. Oraliq tovarlar sotuvchilari katta miqdordagi tovarlar bilan ish qiladilar.
Bundan tashqari, oraliq sotuvchi kimdan qanday narxda tovar xarid qilish mumkin
va kimga qanday sotish mumkinligini bilishi kerak.
Oraliq tovarlar bozoriga tovar birjalari, ko`tara savdo firmalari va chakana
savdo firmalari kiradi.
Davlat muassasalari bozori – respublika
hukumati tashkilotlari, avtonom
respublika hukumati va mahalliy organlar, o`z asosiy funksiyalarni bajarish uchun
tovarlarni xarid qilish va ijaraga berishdan iborat. Hukumat respublika miqyosida
eng yirik iste`molchi hisoblanadi. Davlat muassasalari nomidan turli xil tovarlar va
xizmatlar respublika ravnaqi uchun amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: