292
XXI BOB.
AYLANMA FONDLAR VA MODDIY XARAJATLARNI
REJALASHTIRISH
Reja:
21.1. Paxta tozalash korxonalari aylanma fondlari tarkibi.
21.2. Xom-ashyo va materiallarni me`yorlashtirish asoslari.
21.3. Paxta xom-ashyosi sarfini rejalashtirish. Paxta tolasi chiqishini rejalashtirish.
Tayanch iboralari:
Aylanma fondlar,
moddiy resurslar, muomala fondlari,
ishlab chiqarish jarayoni,
normallashtiriladigan aylanma mablag`lar.
21.1. Paxta tozalash korxonalari aylanma fondlari tarkibi.
Sanoat sohasida turli mahsulotlarni tayyorlash jarayonida moddiy va
moliyaviy mablag`larga bo`lgan ehtiyojlar doimo oshib boradi.
Sanoat
korxonalarida asosiy fondlar bilan bir vaqtda mehnat buyumlari ham harakatda
bo`ladi. Shu sababli ularni aylanma fondlar deb aytiladi.
Aylanma fondlar –
bu ishlab chiqarish jarayonida bir marta qatnashib, o`z
kiymatini tayyor mahsulotga yetkazib, o`z shaklini ham o`zgartiradigan, butunlay
yo`qotib yuboradigan mehnat buyumlaridir.
Aylanma fondlarga ishlab chiqarish jamg`armalari
va ishlab chiqarishdagi
mablag`lar, shug`ullanmagan ishlab chiqarish va kelgusi davr xarajatlari kiradi.
Ishlab chiqarish jamg`armalari aylanma fondlarning asosiy qismini tashkil
etadi. Bu korxonalarga keltirilgan lekin ishlab chiqarish jarayonida hali
foydalanilmagan
mehnat buyumlari, xususan, xomashyo, yarim tayyor
mahsulotlar, yoqilg`i, asosiy va yordamchi materiallar, energiya, ta`mirlash uchun
ehtiyot qismlar, xo`jalik jihozlari va tez yemiriluvchi buyumlardan iborat.
Aylanma fondlarning yana bir qismini tugallanmagan
ishlab chiqarish
tashkil etadi. Ular ishlab chiqarish jarayoniga allaqachon tushgan lekin ishlov
berish tugamagan mehnat buyumlaridir. Bularga korxona o`zi yaratgan lekin chala
tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishlar kiradi.
293
Aylanma fondlarning yana bir qismi kelgusi davr xarajatlari hisoblanadi.
Ularga yangi turdagi mahsulotlarni loyihalash, tayyorlash va o`zlashtirish,
mutaxassislarni o`qitish
va qayta tayyorlash, xonalarni ijaraga olish, tog` sanoat
korxonalariga taalluqli xarajatlardan iboratdir. Bu xarajatlarning
hammasi tayyor
mahsulotning tannarxiga kiritish evaziga qoplanadi.
Aylanma fondlarning tarkibi turli tarmoqlarda turlicha bo`ladi. Masalan,
umuman sanoat bo`yicha ishlab chiqarish jamg`armasi 64% ga yaqin bo`lsa, elekt-
roenergetika va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish sohasida 56% ni,
mashinasozlikda 54%, ko`mir sanoatida 33% ni tashkil etadi. Aylanma fondlarning
tarkibi faqat tarmoqlarda emas, korxonalarda ham bir biridan farq qilishi mumkin.
Bu ishlab chiqarishning texnikaviy darajasiga, joriy etilayotgan texnologiyaning
usuliga, yuliga, korxonani ixtisoslashtirish darajasiga, ishlab chiqarish jarayonining
davomiyligiga, ishlatiladigan materiallarning tarkibiga bog`likdir.
Aylanma
fondlarning tarkibini iqtisodiy tahlil etish va ularning tarkibiga ta`sir etuvchi
omillarni aniqlash hamda ularning ta`sir kuchi natijalarini topish,
tarmoqlar va
korxona taraqqiyotini belgilashga katta yordam beradi. Aylanma fondlarning
tarkibini aniqlash, foydalanishni yaxshilash yullarini
belgilash uchun moddiy
balanslar tuziladi. Bu balanslar har bir tarmoq ikkinchi tarmoqqa qanday buyumlar
yetkazib berishini tavsiflaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: