Usmanova N. Yu. Iqtisodiyot va moliyaviy menejment


Asbob-uskunalar ish rejimini aniqlash



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/208
Sana16.03.2022
Hajmi2,57 Mb.
#497037
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   208
Bog'liq
fayl 1668 20210827

Asbob-uskunalar ish rejimini aniqlash 
Korxonalar ishlab chiqarish dasturi hajmiga binoan bir, ikki yoki uch 
smenada ishlaydi. Smenalar rejimini belgilash uchun vaqt balansi tuziladi, bu 
balansda uskunalarning 
nominal
va 
unumli ish vaqti
hisoblab chiqiladi (XIV bobga 
qarang). Korxonaga keltiriladigan xom-ashyo hajmi, mashinalarini ish unumi va 
ularning foydali ish vaqtiga qarab korxonalarning 
smena koeffitsienti
aniqlanadi. 
Paxta tozalash korxonasi ishining bir maromda ishlashini ta`minlash uchun 
barcha umumiy ish vaqti fondini yil davomida bir tekis taqsimlash, ya`ni barcha 
choraklarda smenalar sonining bir xil bo`lishiga erishish talab etiladi. Smenalar 
soni o`zgargan sharoitda ishchi kuchining qo`nimsizligi paydo bo`ladi, uskunalar-
dan oqilona foydalanish imkoniyati kamayadi, ortiqcha xarajatlarga yo`l qo`yiladi. 
Ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun zarur bo`lgan vaqtni hisoblashda 
(ayrim hollarda hisobga olmaganda) paxtaning birinchi va ikkinchi qayta ishlash 
davrlari uchun smenalar soni bir xil bo`lishi kerak. 


278 
Paxta xom-ashyosi y
etishmasligi
sharoitida esa yil davomida zavod ish 
faoliyatini ikki smenali qilib tashkil etish lozim bo`ladi. 
Ekspluatatsiya qilinmaydigan davrga quyidagilar kiradi: 

zavod uskunalari, bino va inshoatlarini kapital ta`mir qilish uchun 
to`xtatib qo`yilgan kunlar; 

o`tgan yilgi paxta hosili tamom bo`lishi munosabati bilan yangi yil 
paxtasini kutish vaqtida uskunalarning majburiy turib qolgan vaqt kiradi. 
Shunday qilib, paxta tozalash korxonasining ish rejimini belgilashda uning 
ishlab chiqarish-xo`jalik faoliyatining o`zgarishiga bog`liq bir qator sharoitlar 
hisobga olinadi. 
19.3. Paxta tolasi assortimenti va sifatini rejalashtirish. 
Paxta tozalash zavodlari rejasida jinlash, linterlash va chiqindilarni 
regeneratsiyalashda olingan mahsulotlar natural
 
ko`rsatkichlarda miqdor jihatdan 
ifodalanadi. 
Choraklar va yili bo`yicha butunligicha reja alohida holda o`rta va uzun 
tolali paxtalar, shuningdek har bir sanoat navi uchun tuziladi. 
Mahsulot navi
biznes-rejaning asosiy ko`rsatkichlaridan biri sanalib, unga 
korxonaning iqtisodiy natijalari to`g`ridan-to`g`ri bog`liq bo`ladi. Paxta tolasini 
sotish assortiment rejasi va uni etkazib berish yuzasidan, ya`ni to`qimachilik 
sanoatini xom-ashyo bilan ta`minlash yuzasidan tuziladigan shartnomalar paxta 
tolasi ishlab chiqarish assortiment rejasiga asoslanadi. Shuning uchun ham ishlab 
chiqariladigan mahsulotlarning sifati va assortimentini rejalashtirish alohida e`tibor 
berishni talab qiladi. 
Agar 
birinchi davr uchun
biznes-rejani tuzishda mavjud xom-ashyo 
zahiralarining sifatiga texnik nazorat bo`limining bergan bahosi mavjud bo`lsa, u 
holda paxta tolasining navlari ana shu baho natijalariga qarab rejalashtiriladi, lekin 
qayta ishlangan paxta partiyasini tahlil qilib olingan natijalarga qarab keyinchalik 
bu rejaga tegishli o`zgartirishlar kiritiladi. 


279 

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish