Muzey fondlarini hisobga olishning maqsad va vazifalari.
Fondlarni hisobga olish va hisob hujjatlari.
Muzey fondlarini ilmiy kataloglashtirish.
Muzey ashyolarini hisobga olish
Muzey fondlarini hisobga olishning maqsad va vazifalari. Fondlarni hisobga olish va hisob hujjatlari. Muzey fondlarini ilmiy katologlashtirish. Muzey fondlari-davlat mulki. Muzeylarning fondlarini yuridik himoyalash. Ashyolarni qat`iy joylashtirish va qonuniy kafolatlari. Muzey ashyolarini yuridik holatini rasmiylashtirish. Ashyolarni tegishli ilmiy xodimlarga biriktirish.
Muzey fondlarida mavjud bo’lgan vaqtinchalik saqlanayotgan ashyolarni ro’yxatga olish. Ashyolarni dastlabki va keyingi holatlarini nazoratga olish Ashyolar turar joylari to’g`risida ma`lumotlar topish imkoniyatlari. Fond hujjatlashtirilishida informatsion tizim. Ashyolar to’g`risida monografiya maqolalar chop ettirish. Fond ashyolarining elektron informatsion tizimini yaratish. Ashyolarning bayonnomasini yozish.
Muzey fondini xisobga olish yuridik jixatdan juda katta axamiyatga ega.
U asosan kuydagilarda namoyon buladi:
1.Muzey predmetini muzeyga biriktirish va uni xukukini xolatini kafolatlash.
3.Predmetning yuridik jixatini xolatini rasmiylashtirish va uni muzey predmeti yoki ilmiy kumakchi material ekanligini aniklash.
4.Predmetni, agar u biror-bir fondga biriktirilmasa, vaktincha saklash bulimiga rasmiylashtirish.
5.Barcha predmetlarning joylashgan joyini topish va boshkaлар.
Muzey fondini yuridik ximoya qilish
Muzey fondini yuridik ximoya qilish maqsadini namoyon qiladigan fond ishi yunalishiga vа urnatilgan predmetdan olingan ilmiy ma`lumotlar natijasiga bulgan muzey xuquqini muzey fondini xisobga olish deyiladi. Bu jarayonda amalga oshadigan xujjatlashtirishga xisobga olish xujjatlashtirish deyiladi. Fondni xisobga olish rasmiy shaklda, unda xar bir predmet xakida ma`lumotlar, fond bulimlari (predmetning qabul qilinish akti, qabul qilingan kitoblar, ilmiy invertarlar, xisobga olish kartotekalari, ilmiy tavsifli kartochkalar) va predmetlarning qabul kilinish tartiblari, predmetlarning guruxlari, kelib chikishdagi umumiyligi, ashyolarning urni uz aksini topadi. Predmetlarni ruyxatga olish va fondning anik bulimlariga biriktirish fond sistemasining boshlangich boskichidir. Fond xujjatlari sistemasi - bu muzeyning ijtimoiy vazifasini bajarish uchun lozim bulgan fondni xisobga olish jarayoni, tasniflash, sistemalash va ularni fizik kuriklashdir.