Fondlarni hisobga olish. - Ashyolarni muzeyga qabul qilish mas`ul ishdir. Muzey yig`imining sifati talabga javob berishi kerak. Bu ishni maxsus komissiya hal qilib, qaror chiqaradi.
- Ashyo hali muzey fondiga o`tkazilmay mutaxassislar uni o`rganadi va xulosalarini komissiyaga taqdim qiladi. Muzeyga kelgan ashyolarni rasmiylashtirish uchun avvalo bu ashyoni topshirgan va qabul qilib olgan shaxs akt yoki kvitansiyalarni hujjatlashtirib imzo chekadi. Akt yoki kvitansiyaga rivoyat yoziladi. (qayerda ishlangan, qachon foydalanilgan, memorial ahamiyati va b.)
- Ko`plab ashyolarni qabul qilishda kolleksion opis yoziladi.O`zbekiston muzeylarida ekspeditsiyada to`plangan, sotib olishgan va sovg`a qilingan ashyolar komissiya ko`rguniga qadar alohida joyda vaqtinchalik hisobda turadi.
Muzeyga qabul qilish - Bayonnomaga komissiyaning ashyoni muzeyga qabul qilish va uni umrbod saqlash to`g`risidagi qarori yoziladi. Bular eng kamida uch nusxada bo`ladi. Ashyoning umrbod qabul qilinishi katta ahamiyatga ega. Bundan ashyoning muzeyga tegishli ekanligi, yuridik mohiyati boshlanadi. Ashyoning qabul qilinish akti, imzolanadi, saqlashga ma`sullar imzo chekadilar. Akt direktor tomonidan tasdiqlanadi va muhrlanadi. Ashyolar dastlab ro`yxatga o`tgandan boshlab toki davlat mulki bo`lgunicha hisobga olinadi.
- Har bir ashyoga tartib nomeri muzey shifri bilan qo`shib qo`yiladi. Masalan: Davlat tarixiy muzeyi (DTM) - A.T.105809.Ashyolar soni tartib raqami bilan belgilanadi. MasalanD.T.M. A.T. - 1865-2020. Kirim (kniga postupleniy) kitobi - katta ahamiyatga ega bo`lgan yuridik aktdir. To`ldirilguncha har bir varag`i raqamlanadi, tikiladi, imzo chekiladi, muhr qo`yiladi.
Katta ahamiyatga ega bo`lgan hisob hujjatlari - Katta ahamiyatga ega bo`lgan hisob hujjatlari yuridik kuchga ega bo`lib maxsus kitob va opislarga yoziladi.Umrbod, vaqtincha saqlashga berilgan ashyolarning aktlari va umrbod, vaqtincha saqlashga qabul qilingan ashyolarning aktlari 4 ta maxsus deloda saqlanib, yil oxirida raqamlanadi, tikiladi, muhrlanadi.
- 1 yanvargacha har yili opis qo`yildi.Muzey fondlarida ilmiy asoslangan katalog tuzish uning o`z funksiyasini to`g`ri bajarilishiga xizmat qiladi.Muzey kataloglari - muzey ashyolarini xarakterlab beradi. Kataloglar tizimli va alfavitli bo`ladi. Masalan «fan va madaniyat» bo`limi T dan E harfigacha qo`yiladi (T-E) Masalan «xalq ta`limi» shohobchasi «Fan va madaniyat» bo`limiga kiradi, indeksi - T, Fan bo`limi - U -8 qo`yiladi, ijtimoiy fanlarga 25-39 raqamgacha indeks qo`yiladi. U 8 - 25-39. EHM muzey ishini yengillashtirishda va zamon talabiga javob berishda katta ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |