2- o‘quv savoli: Respublika ta’lim tizimiga pedagogik texnologiyalarni samarali joriy etishda mavjud muammolar.35-daq.
Respublika ta’lim tizimiga pedagogik texnologiyalarni samarali joriy etishda mavjud muammolar quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
– ta’lim texnolo-giyasi g‘oyalarining ta’lim jarayoniga to‘la-qonli tatbiq etilishi uchun mintaqaviy ichki imkoniyatlarni puxta o‘rganish;
– xususiy fanlarning o‘qitilishi jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish choralarini belgilash, zarur shart-sharoitlarni yaratish;
– barcha turdagi ta’lim muassasalarining pedagog xodimlarini qayta tayyorlash, ularning ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish malakalarini oshirish;
– nazariyaning yagona nomi bilan nomlanishiga erishish (pedagoglar o‘rtasida muayyan tushunmovchiliklar paydo bo‘lmoqda);
– ta’lim sub’ektlarining texnikaviy savodxonligiga erishish;
– tezkor axborot xizmatini yo‘lga qo‘yish;
– pedagogik jarayonning demokratlashuv va insonparvarlashuviga erishish;
– tahsil oluvchining individuallashuviga alohida ahamiyat berish;
– tadqiqotlar natijalarini tahlil etish, umumlashtirsh, tavsiyalarni ishlab chiquvchi Markazni tashkil etish.
Mazkur muammolarning ijobiy hal etilishi ta’lim-tarbiya jarayonlarida muayyan samaradorlikka erishish bilan bir qatorda barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalashga imkon beradi.
Mavzu № 3 Pedagogik jarayonni loyihalash texnologiyasi.
Loyihalash pedagogik jarayonni tashkil etish va uning muvaffaqiyatli kechishini ta’minlovchi muhim shartlaridan biridir. Pedagogik jarayonni loyihalashda:
pedagogik faoliyat mazmunini tahlil qilish;
natijalarni oldindan ko‘ra bilish;
rejalashtirilgan faoliyatni amalga oshirish loyihasini yaratish kabi vazifalar bajariladi.
Bu bosqichda o‘qituvchining mustaqil, shu bilan birga tahsil oluvchi bilan hamkorlikda o‘quv jarayonining mazmuni, vositalarini belgilash asosida loyihalashtirilgan faoliyati etakchi o‘rin tutadi. Demak,
Pedagogik jarayonni loyihalash – loyiha mazmun faoliyat uchligi asosida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyatning umumiy mohiyatini yaxlit ifodalashga xizmat qiluvchi loyihani yaratishdir.
Loyihalar predmet va uning yo‘nalishiga ko‘ra birbiridan farqlanadi. Loyihalarda pedagog tomonidan ketmaket amalga oshiriluvchi va tashxisning qo‘yilishi bilan yakunlanuvchi tahliliy faoliyat; oldindan ko‘ra bilish va loyihalash kabi ijodiy faoliyatlar namoyon bo‘ladi. Tashxis, oldindan ko‘ra bilish va loyihalash har qanday pedagogik vazifani hal etishning ajralmas uchligi hisoblanadi. Loyihaning maqsadi oldindan qog‘ozda taqvimreja, qisqacha yozma bayon sifatida aks ettiriladi. Strategik, taktik va operativ vazifalarning samarali hal etilishi loyihalash texnologiyasining sifatiga bog‘liq.
Pedagogik jarayonni loyihalashda pedagogning faoliyati, pedagogik vositalarni qo‘llash mazmuni va imkoniyatigina hisobga olinmasligi kerak. U asosan alohida tahsil oluvchi va tahsil oluvchilar guruhi tomonidan tashkil etiluvchi faoliyat mazmunini yoritishi zarur.
Loyihalash ta’limning ijtimoiy, pedagogik maqsadlarga tayangan holda, pedagogik jarayonni aks ettiruvchi umumiy strategiya hisoblanadi. Loyihalashda o‘quv rejasi, dasturlari, darslik, metodik tavsiyalar va boshqa o‘quv qo‘llanmalar muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Pedagogik vaziyatni to‘laqonli anglash hamda vazifalarning aniq va to‘g‘ri belgilanishi pedagogik jarayonni samarali hal etishning muhim shartidir.
Pedagogik maqsad pedagogik jarayonni tashkil etishga tayyorlanish bosqichida pedagogik vazifa sifatida qabul qilinadi. Pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati turli vazifalar mohiyatining bir yo‘la yoki birinketin anglanishiga bog‘liq. Pedagogik faoliyat uchun umumiy bo‘lgan vazifalarni belgilab olish muhimdir. So‘ngra pedagogik jarayonning ma’lum bosqichi mohiyatini aniq ifodalaydigan bosqichli vazifalar (alohida olingan bosqich vazifalari)ni, nihoyat xususiy (vaziyatli) pedagogik vazifalarni aniq belgilab olish maqsadga muvofiq (18-shakl):
Pedagogik vazifani anglash mavjud ma’lumotlarni tahlil qilish va tashxis qo‘yish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ma’lumotlarning tahlili vaziyat o‘rnini aniqlashdan tashqari, butun pedagogik jarayonda tarbiyachi, tarbiyalanuvchi va ular o‘rtasidagi munosabat hamda ta’lim mazmuni, samarali vosita va pedagogik shartsharoitlar kabi asosiy tarkibiy qismlarni aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
Ma’lumotlarning tahlili pedagogik jarayon mohiyati, jamoa va alohida tahsil oluvchilar harakatlari holatini aniq vaziyatlarda rejali o‘rganish kabi ilmiy dalillarga ega bo‘lishga yordam beradi. Ushbu dalillar amaliy faoliyat asosini tashkil etadi. Mavjud dalillar pedagog faoliyat jarayonining kechishi va kutilgan natijaning kafolatlanishini tashxislashga imkon beradi. Bizning nazarimizda mazkur o‘rinda «tashxis» tushunchasining mohiyatini yoritib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Tashxis (grekcha diagnostikos – tez anglab olish) dastlab tibbiyotda qo‘llanilgan tushuncha hisoblanib, kasallik mohiyati va bemor holati, uning har tomonlama izchil o‘rganilishini anglatuvchi vrach xulosasi sifatida e’tirof etib kelingan.
So‘nggi yillarda «tashxis» tushunchasi amaliy pedagogikada ham keng qo‘llanilmoqda.
Pedagogik tashxis – pedagogik jarayonni uning umumiy holati, shuningdek, tarkibiy qismlarini har tomonlama, yaxlit tekshirish orqali baholashdir.
Pedagogik tashxis odatda pedagogik jarayonning psixologik, sub’ektiv xususiyatlarini inobatga olish (psixodiagnostik tekshiruv) asosida qo‘yiladi. Psixodiagnostik tekshiruv tahsil oluvchi shaxsi hamda uning faoliyatini yaxlit yoki ma’lum jihatlarini alohida qamrab olishga asoslanadi. Psixodiagnostik tekshiruv davomiyligiga ko‘ra tezkor yoki davomli bo‘lishi mumkin (19-shakl):
Pedagogik oldindan ko‘ra bilish ob’ekt haqidagi ma’lumotlarni oldindan o‘rganish jarayoni sanaladi. Bunda ob’ekt sifatida sinf, tahsil oluvchi, bilim, munosabat va hokazolar tanlanadi.
Oldindan ko‘ra bilish metodlari turlituman bo‘lib, o‘qituvchi ularni mukammal o‘zlashtira olishi kerak. Oldindan ko‘ra bilish metodlari sirasiga modellashtirish, faraz qilish, sintezlash, dalillash, fikriy tajriba va boshqalar kiradi (20-shakl).
Ushbu metodlar birbirlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Oldindan ko‘ra bilish pedagogning u tomonidan pedagogik vazifalarni fikran bajarishda qo‘llaniladigan samarali usullarini faraz qilishida namoyon bo‘ladi.
Oldindan ko‘ra bilish qobiliyati o‘qituvchiga xos bo‘lgan muhim kasbiy fazilat hisoblanadi. Garchi erishish yo‘llari murakkab bo‘lsada, pedagogik faoliyat maqsadi hali amalga oshmagan faoliyatning modellashtirilgan natijasi va pedagogik jarayon miqdor va sifat o‘zgarishlarining loyihasi sifatida aks etadi.
Pedagogik oldindan ko‘ra bilish maqsadga intiluvchanlik bilan bog‘liq holda pedagogik vazifalarni aniqlashtirishning va ularni pedagogik vazifalar tizimiga yo‘naltirishning so‘nggi natijasi hisoblanadi. Bunda pedagogik tashxisda ifoda etiluvchi ma’lumotlar, ya’ni, shaxs va jamoaning qo‘shimcha imkoniyatlari va tayyorgarligi hisobga olinishi kerak. Ilmiy jihatdan asoslangan oldindan ko‘ra bilish natija sifatida pedagogik vazifani, pedagog va tahsil oluvchi faoliyatining mazmunini, motivatsiya va qisqa muddatda hal etilishi zarur bo‘lgan jihatlarni sintez qiladi. Pedagogik vazifa pedagog tomonidan, avvalo, o‘zi uchun shakllantiriladi, so‘ngra e’tibor tahsil oluvchilarning imkoniyatlariga tayangan holda pedagogik vazifaning hal etilishiga qaratiladi.
Malakali pedagogning vaziyatni oldindan ko‘ra bilishi va maqsadga intilishi ta’lim jarayonini pedagogik loyihalashning asosini tashkil etadi.
Pedagogik loyihalashda pedagogik vazifaning yaxlit holda mazmunan, tashkiliymetodik, moddiytexnik hamda ijtimoiypsixologik (hissiy, kommunikativ va h.k.) jihatdan hal etilishini ta’minlash talab etiladi.
Pedagogik jarayonni loyihalash bosqichida pedagog duch keladigan birinchi muammo - bu pedagogik faoliyat mazmunini loyihalash sanaladi.
O‘quv dasturi yoki tahsil oluvchi shaxsi ta’lim mazmunini loyihalashning asosi bo‘lib, bu vaziyatda o‘qituvchi pedagogik faoliyat, maqsad va sharoitlarga muvofiq holda tahsil oluvchilarga nimani taqdim etish xususida mustaqil qaror qabul qiladi. Qaror qabul qilish jarayonida quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir:
tahsil oluvchilar tavsiya etilayotgan ma’lumotdan nimani va qanday hajmda o‘zlashtirishlari zarurligi;
tahsil oluvchilarning dastlabki tayyorgarlik darajasi, ularning o‘quv ma’lumotlarini qabul qilish imkoniyatlari;
o‘qituvchining shaxsiy, shuningdek, ta’lim muassasasining moddiytexnik bazasi.
Bu o‘rinda o‘quv ma’lumotlarini loyihalash texnologiyasi muhim o‘rin tutadi. Unda:
1) tahsil oluvchilarga taqdim etiladigan materiallar;
2) tahsil oluvchilarga mustaqil bajarish uchun beriladigan vazifalar;
3) tahsil oluvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan ma’lumot (bilim) turlari (N.V.Kuzmina) o‘z aksini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |