4-мавзу: Меҳнат интизоми



Download 44,5 Kb.
Sana21.02.2022
Hajmi44,5 Kb.
#50705
TuriКодекс
Bog'liq
4ғмавзу.Меҳнат интизоми мавзусидан топшириқлар


4-мавзу: Меҳнат интизоми
1-масала
Ўз меҳнат вазифаларини ҳалол, виждонан бажаргани учун ЖИДУ профессорига буйруқ асосида ё“Фахрий ёрлиқ” берилди ва қимматбаҳо совға ҳадя қилинди.
Бир вақтнинг ўзида икки ёки ундан ортиқ рағбатлантириш чораларини қўллаш мумкинми?
Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодекси ва қонун ости ҳужжатлари билан рағбатлантиришнинг қандай чоралари белгиланган?
Сизнинг фикрингизча рағбатлантиришнинг қандай тури (лари) самарали ҳисобланади?
Javob: 1. O`zbekiston Respublikasining amaldagi Mehnat kodeksiga ko`ra, xodimga uning o`z mehnat vazifalarini halol,vijdonan bajargani uchun bir vaqtda birdan ortiq rag`batlantirish choralari qo`llanilishiga tegishli hech qanday cheklov yoki ta`qiq mavjud emas. Rag`batlantirish bu xodimning qilgan mehnatlarining omma oldida tan olinishidir. Odatda,rag`batlantirish xodimning mehnat unumdorligini,ishchanlik sifatlarini oshirish maqsadida qo`llaniladi. Rag`batlantirish moddiy yoki boshqa ko`rinishda ham bo`lishi mumkin. Rag`batlantirishni shartli ravishda ishdagi muvaffaqiyatlari uchun beriladigan va alohida xizmatlari uchun beriladigan turlarga ajratish mumkin.
2. MK 180-moddasiga asosan, ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkinligi belgilangan bo`lib, rag‘batlantirish tizimi jamoa shartnomalari, ichki mehnat tartibi qoidalari va boshqa lokal hujjatlarda, jamoa kelishuvlarida, intizom to‘g‘risidagi ustav va nizomlarda belgilab qo‘yiladi. : Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibiga asosan, tashakkurnoma, pul ko`rinishidagi rag`batlantirish, qimmatbaho sovg`a ko`rinishidagi rag`batlantirish turlari belgilangan. Shuningdek, xodimlar mehnat sohasida davlat va jamiyat oldidagi alohida xizmatlari uchun davlat mukofotlariga loyiq ko`rilishi mumkin(29.03.2018 dagi ``Davlat mukofotlari to`grisidagi qonunga asosan). Shunisi e`tiborga molik-ki, ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnat haqi tizimidagi boshqa to‘lovlar rag‘batlantirish turlariga kirmaydi. MKning 183-moddasiga asosan, xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida qo‘llanilmaydi .
3. Avvalo, rag`batlantirishning har bir turi maqsadga muvofiq xizmat qiladi. U xoh moddiy ,xoh ma`naviy bo`lsin xodimning kelgusidagi mehnat faoliyati rivoji uchun ulkan turtki bo`ladi. Lekin, shuni e`tiborga olish kerakki, rag`batlantirish oldidan xodimning o`zi bilan maslahatlashish muhim ahamiyatga ega. Ko`pincha faxriy yorliq yoki shunga o`xshash esdalik o`rniga o`tadigan rag`batlantirish shakllari uchrab turadi. To`gri rag`batlantirishning bu turi ham yomon emas lekin, buning o`rniga xodimning ish sharoiti va lavozimidan kelib chiqib kelgusi mehnat faoliyatida foydalanadigan mehnat buyumi(masalan,noutbuk) yoki oilaviy buyum berilsa ancha foydali bo`lardi deb o`ylayman.

2-масала
Давлат унитар корхонасининг “Мижозлар билан ишлаш бўлими” бошлиғи Шахидовга ножўя хатти-ҳаракатлари учун хайфсан эълон қилинди ва бир ойлик иш ҳақининг тенг ярими ушлаб қолинди. Буйруқда Шахидов иш вақтида ўз иш столида доим кофе ва чой ичиши, ширинликлар ейиши сабабли унинг олдига келган мижозларнинг кутиб қолиши ёки ўзларини ноқулай хис қлишига сабаб бўлиши ножўя хатти-ҳаракатлар деб белгиланган. Шунингдек, Шахидов директор ўтказадиган мажлисларда доим ўз фикрини билдирар, дректорнинг фикрига қўшилмаслигини айтар эди. Директор Шахидовнинг ушбу хати-ҳаракатларини ҳам ножўя хатти-ҳаракат деб топди. Директорнинг фикрича Шахидовнинг доим ўз фикрини билдириши ва директорнинг фикрига қарши чиқиши корхонада берилган топшириқларни ўз вақтида тўлиқ бажарилишига салбий таъсир қилиб келган.


“Мижозлар билан ишлаш бўлими” бошлиғи Шахидов эса чиқарилган буйруққа ўз эътирозини билдириб, унинг иш вақтида ўз иш столида ичимлик ичиб, ширинлик ейиши ножўя хатти-ҳаракат ҳисобланмаслигини, чунки корхонада кўпчилик ходимлар, ҳатто директор ҳам баъзам шундай қилишини айтди. Шунингдек, Шахидов директорнинг фикрига эътироз билдириши ва ўз фикрини айтиши унинг сўз ва фикр эркинлигини ва бундай ҳуқуқи борлигини таъкидлади.

1. Масалани ҳуқуқий тахлил қилинг.


2. Амалдаги меҳнат қонунчилигига асосан ушбу низода ким ҳақ эканлигини белгиланг.
3. Ножўя хатти-ҳаракат нима дегани ва қандай хатти-ҳаракат “ножўя” ҳисобланиши бўйича амалдаги қонунчиликда мезонлар мавжудми? Бирор хатти-ҳаракатни “ножўя” деб топиш учун Сиз қандай мезонлар белгилаган бўлар эдингиз?
4. Ўзбекистон Республикаси меҳат қонунчилигига мувофиқ қандай интизомий жазо чоралари мавжуд ва Сизнинг фикрингизча улардан қайси бири (лари) самарали қайси бири (лари) эса аксинча самарасиз ҳисобланади?
Javob:1. Avvalo, ish beruvching xodimning ayni bir harakati uchun bir paytni o`zida ikkita jazo qo`llamoqda(xayfsan va jarima). Bu esa MK 182-moddasining talablari buzilishi hisoblanadi. Unga ko`ra, Har bir nojo‘ya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qo‘llanishi mumkin.
2.Shuningdek, ushbu vaziyatda xodim Shaxidovning xatti-harakatlarida bu harakatlarning nojo`ya deb baholanishi uchun hech qanday asoslar yo`q. Chunki uning harakatlarida texnologiya intizomiga, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga , ish beruvchining mol-mulkiga zarar yetkazishi mumkin bo`lgan harakatlar yo`q. Oziq-ovqat mahsulotlarini ish vaqtida iste`mol qilishi uning ish faoliyati samaradorligiga salbiy ta`sir qilayotgani yo`q. Uning bu harakati aksincha ishchanlik qobiliyati oshishiga sabab bo`lishi mumkinligi yoki uning sog`ligiga bog`liq holat bo`lishi mumkinligi hisobga olgan holda ish beruvchining harakatlari qonuniy asosga ega emas deb hisoblayman.
3. Topshiriqni bajarish davomida amaldagi qonunchilik asosida aynan qanday harakatlar ``nojo`ya`` harakatlar deb atalishi haqida normative -huquqiy hujjatlarda bironta ma`lumotni topa olmadim. Menimcha, xodimning nojo`ya harakati bu uning mehnat faoliyati , mehnat jamoasi va mijozlar bilan munosabatlari shuningdek mehnat unumdorligi, texnika va moddiy buyumlar xavfsizligi qoidalariga zarar yetkazadigan harakatlari hisoblanadi. MK ga ko`ra, Xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli:
1) hayfsan;
2) o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima.
Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish haqidan jarima ushlab qolish ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi;
3) mehnat shartnomasini bekor qilish.
Menimcha ularning barchasi samarali ta`sirga ega.
Download 44,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish