Uslubiy tayyorgarlik siklining


- o‘quv savoli: Ta’lim tizimiga pedagogik texnologiyalarni samarali joriy etish yo‘lidagi muammolar. 35-daq



Download 91,08 Kb.
bet5/9
Sana25.06.2022
Hajmi91,08 Kb.
#701740
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MA\'RUZA MATIN AKT - копия

1- o‘quv savoli: Ta’lim tizimiga pedagogik texnologiyalarni samarali joriy etish yo‘lidagi muammolar. 35-daq.
60-yillarning oxirlarida Pedagogik texnologiya muammosining o‘ta dolzarbligini hisobga olib, uning ilmiy asoslarini tadqiq qilish maqsadida rivojlangan mamlakatlarda maxsus korxonalar faoliyat boshladi.
Misol uchun, 1967 yilda Angliyada "Pedagogik texnologiya" Milliy kengashi (National Councli for Education Technology) tashkil etildi va 1970 yildan ushbu kengash o‘zining «Pedagogik texnologiya» nomli jurnalini nashr ettiri.
1971 yilda AQSHda "Kommunikatsiya va texnologiya Assotsiatsiyasi" (Associotion for Educational Communicatijns an Technology) o‘z faoliyatini boshladi. Hozirgi kunda bu tashkilotning shtatlarda va Kanadada 50dan ziyod filiallari ishdab turibdi. YAponiyada esa "Umumyapon pedagogik texnologiya Markaziy kengashi" (The Japonese Council of Technolofy Centers) tuzilib, bu sohada xalqaro aloqalarni o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
G‘arb davlatlari misolida bunday ma’lumotlarni yana davom ettirish mumkin, biroq yuqoridagilarning o‘ziyoq Pedagogik texnologiya pedagogika nazariyasi tarmog‘i sifatida alohida fenomen, dolzarb yo‘nalish ekanligini tasdiqlab turibdi.
Endi muddaoga ko‘chsak: "Pedagogik texnologiya Davlat Markazi"ni bizda ham tashkil etish mumkinmi? Agar shunday Markaz tashkil etilsa, u qanday vazifalarni amalga oshiradi?
U, birinchi navbatda, "Portlash effekti"ni tezlashtirgan bo‘lar edi. Uchinchi ming yillikda ta’lim taraqqiyotining haqqoniy dvigateli – o‘qituvchi faoliyatini tubdan yangilashga, ya’ni, oddiy uslubiyatchi darajasidan pedagog-texnolog darajasiga ko‘tarilishiga hissa qo‘shgan, tahsil oluvchi yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatar edi. Markazning tarkibiy tuzilishi "O‘quv jarayonini ilmiy asosda loyihalash", "O‘quv jihozlari va o‘qitishning texnik vositalarini loyihalash va ishlab chiqish", "Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va targ‘ib qilish", "Xalqaro aloqalar" bo‘limlari, shuningdek, "Pedagogik texnologiya" jurnalidan iborat bo‘lishi mumkin.
Misol tariqasida "Xalqaro hamkorlik" bo‘limi bajarishi zarur bo‘lgan vazifalarni chamalasak:
1. Maorif sohasidagi xalqaro tashkilotlar faoliyatini o‘rganish. Birinchi navbatda YUNESKOning va «Xalqaro Maorif byurosi», shuningdek, Parijda joylashgan "Ta’limni rivojlantirish xalqaro instituti" faoliyatlarini kuzatish va ular bilan hamkorlik o‘rnatish.
2. Ta’lim to‘g‘risidagi mavjud xalqaro me’yoriy hujjatlar (Inson huquqlari Demokratsiyasi, Bola huquqlari to‘g‘risida Demokratsiya, Ta’lim sohasidagi diskriminatsiya bilan kurashish haqidagi Konvensiya va shu kabi 30 dan ortiq xalqaro hujjatlar) mazmunini o‘rganish asosida ta’limni rivojlantirishning global va mintaqaviy yo‘nalishlarini belgilab olish.
3. Jahon ta’lim tizimi yangiliklarini va Xalqaro konferensiyalar materiallarini o‘rganish va yirik mutaxassislar ishtirokida ishchi yig‘ilishlari o‘tkazib, ta’limni bashoratlash va rejalashtirish nazariyasi hamda amaliyotining dolzarb muammolari xususida fikr almashish. Ushbu yo‘nalishlarning «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»da belgilangan "Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlik" talablariga to‘liq mos kelishini alohida ta’kidlash joiz.
Eng asosiysi, Pedagogik texnologiya Davlat markazi hozirgi kunda bir-biridan "izolyasiya"langan pedagogik tizimlar-maktabgacha tarbiya, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, hamda oliy ta’lim faoliyatlarini tashkil etishda foydalanish mumkin bo‘lgan yaxlit texnologiyalarni loyihalash, ularni amaliyotga joriy etishni takomillashtirish kabi ulug‘vor vazifalarni bajargan bo‘lardi. O‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lidan dadil qadam tashlayotgan O‘zbekiston Respublikasida kelajakda ana shunday Markazlar faoliyat ko‘rsatishiga ishonchimiz komil



Download 91,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish