Mavzu: Sharq taronalari



Download 1,17 Mb.
Sana16.12.2019
Hajmi1,17 Mb.
#30425
Bog'liq
NAZIRA SLAYD

Mavzu: Sharq taronalari.

  • Darsning maqsadi:
  • Tarbiyaviy maqsad. O`quvchilarni vatanga muhabbat, san`atga ishtiyoq va nafosat ruhida tarbiyalash. O`quvchilarda vatanga mehr muhabbat tushunchalarini o`stirish. Milliy musiqa merosimizni qadriyatlarimizni asrab avaylashga o`rgatish.
  • Ta`limiy maqsadi: “Sharq taronalari” festivalini mumtoz musiqasidagi ahamiyatini tushuntirish orqali o`quvchilarning musiqali bilmlarini rivojlantirish. O`quvchilarga turli millat va elatlar mumtoz musiqasi madaniyati haqida tushuncha berish turli san`at yo`nalishdagi kasblarga yo`llash.
  • Rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning ijodiy fikrlashi, mustaqil bilim olishi ko`nikmalarini rivojlantirish, nutq va muloqot madaniyatini oshirish.
  • Dars jihozi: “Sharq taronalari” festivali madhiyasi yozilgan plakat, test savollari, ko`k yashil, sariq, rag`batkartochkalari rasmli ko`rgazmalar,radio eshittirishlar.
  • Darsning turi: noan`anaviy.
  • Dars uslubi: interfaol-kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, aqliy hujum, bingo.

Darsning borishi:

  • Tashkiliy qism. (2 minut)
  • Guruhlar bilan ishlash orqali o`tilgan mavzuni takrorlash.
  • Rasmlarni ajratib yozish. (3 minut)
  • Rebus so`zlarini tuzish. (3 minut)
  • Lotoreya o`yini. (3 minut)
  • Yangi mavzuning bayoni (15 minut)
  • Guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum” asosida yangi mavzuni tahlil qilish. (5 minut)
  • Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol-javob. (5 minut)
  • O`quvchilarning bilim monitoringini chiqarish. (3 minut)
  • Uyga vazifa berish. (1 minut)

Dars avvalida o`quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tushuntirib, ularning faoliyati, o`quv topshiriqlar qanday bajarishlari lozimligi tushuntiriladi.

  • Dars avvalida o`quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tushuntirib, ularning faoliyati, o`quv topshiriqlar qanday bajarishlari lozimligi tushuntiriladi.
  • So`ng sinfdagi o`quvchilar 3-4 guruhga bo`linadi va har bir guruhdan bittadan o`quvchi chiqib, magnit taxtadagi musiqaga oid bo`lgan musiqa, rubob, doira, dutor so`zlarini tuzishadi. O`quvchilar shu so`zlarni tanlab olib, unga ta`rif beradilar. Ularni guruhning boshqa a`zolari ham to`ldirib boradilar. Ana endi guruhlar ham 3 taga bo`linib olindi endi yangi topshiriqni bajarishga o`tamiz. Bu topshiriq shunday deb nomlanadi. “baho kerakmi muammosiz” bingo o`yini o`ynaladi. Har bir guruhga bittadan bingo lotoreyasi tarqatiladi unda o`yin davomida beriladigan savollarning javobi mavjud. O`quvchilar savol berilganida o`sha bingo lotoreyasi biletidagi javoblarni “X” bilan belgilab to`ldirishi lozim bo`ladi (yani billet shaklini to`rt burchak qilib qirqib olinadi va unga raqamlar joylashtiriladi, har bir raqam uchun “Sharikchalar tayyorlanib ularda savollar yashiringan bo`ladi)
  • Qaysi guruh birinchi to`ldirsa, o`sha guruh yutgan hisoblanadi va o`yin to`xtatiladi, o`yin shartlarini bajarganligiga qarab guruhlarga har xil rangdagi rag`bat kartochkalari tarqatilib boriladi.
  • Havo rang -5 ball, yashil rang -4 ball, sariq rang -3 ballni bildiradi.

Yangi mavzu bayoni.

  • 1. O`qituvchi: Reja bo`yicha qisqa tezkor savol-javoblar. “Sharq taronalari festivalining asosiy maqsadi?
  • O`quvchi: Samarqand shahrida an`anaviy tarzda o`tkazilayotgan “Sharq taronalari”, - Xalqaro musiqa festivalining mohiyati ham millatlararo ma`naviy rishtalarni uzviy bog`lashdir.
  • 2. O`qituvchi: “Sharq taronalari festivali qaysi kengash va tashkilot tomonidan tasdiqlangan?
  • O`quvchi: Bu festival Yunesko va musiqa bo`yicha xalqaro kengash tomonidan tasdiqlangan
  • 3. O`qituvchi: Sharq taronalari festivalida qanday xalqlar ishtirok etadi.
  • O`quvchi: Bu festivalda, o`zbek, tojik, turkman qirg`iz, qozoq, ozarbayjon, avg`on, eron, turk, arab, xitoy, yapon va boshqa barcha millat vakillari.
  • 4. O`qituvchi: “Sharq taronasi” festivali madhiyasini bastakori kim.
  • O`quvchi: D.Omonullayeva.

5. O`qituvchi: Musiqa savodida nimalar o`rganiladi?

  • 5. O`qituvchi: Musiqa savodida nimalar o`rganiladi?
  • O`quvchi: Musiqa savodida sol`fedjidlar dirijorlik va barcha musiqaga oid bo`lgan nota belgilari va boshqalar o`rganiladi.
  • 6. O`qituvchi: Musiqada qanday notalar bor.
  • O`quvchi: Musiqada 7 ta nota bor ular: do, re, mi, fa, sol`, lya, si notalaridir.
  • O`qituvchi: Notalarni biz nimalarga joylashtirib kuylaymiz?
  • O`quvchi: Notalarni biz musiqadagi 5 ta chiziqqa joylashtirib o`rganamiz?
  • O`qituvchi: Usmon Azim kim?
  • O`quvchi: Usmon Azim shoir savol-javob o`yinini shu yerda to`xtatamiz va yangi mavzuni tushuntirishda davom etamiz avvalo “Sharq taronasi” festivalini qo`shig`ini o`rganamiz.
  • Bunda qo`shiq o`qituvchi tomonidan kuylab beriladi. Qo`shiq so`zlarini daftarimizga yozib olamiz.

Sharq taronasi. (Festival madhiyasi)

  • Usmon Azim she`ri. Dilorom Omonullayeva musiqasi.
  • Dunyoning ko`ngliga sen berding hayot,
  • Ruhingdan, Ona-Sharq, yaraldi bayot
  • Kuylamoq shavqida mohir o`zingsan,
  • Hofiz o`zingdirsan, shoir o`zingsan.
  • Naqorat:
  • Salom, Samarqand-Sharq darvozasi,
  • Taral jahonga-Sharq taronasi!
  • Jo`r bo`lgin, insonga musiqa-qanot,
  • Qo`shiqdan ko`ngillar bo`lg`usi bunyod.
  • Qo`shiqda o`rtangan tilaksan, o sharq!
  • Jumlai jahonga yuraksan, o sharq!
  • Salom, Samarqand-Sharq darvozasi,
  • Taral jahonga-Sharq taronasi!

Qo`shiqni kuylab o`rganib oldik endi mavzuni tushuntirishda darsni suhbat asosida olib boriladi va o`quvchilar mavzuni “Aqliy hujum” asosida o`qituvchi bilan birgalikda tahlil qiladilar.

  • Qo`shiqni kuylab o`rganib oldik endi mavzuni tushuntirishda darsni suhbat asosida olib boriladi va o`quvchilar mavzuni “Aqliy hujum” asosida o`qituvchi bilan birgalikda tahlil qiladilar.
  • Endi topishmoqlarga javob izlanadi.
  • O`qituvchi: O`zi uzun tut cho`pdan
  • Qulog`i bor naq beshta
  • Uni olib chalsang gar,
  • Tilga kirar bulbulday.
  • O`quvchi: Rubob.
  • O`qituvchi: Torlari bor ikkita
  • Nolalari yoqimli
  • Uni ko`rsangiz agar
  • O`xshatasiz cho`michga
  • O`quvchi: Bunisimi opajon dutor.
  • O`qituvchi: Usti dumboq, o`xshar qavoqqa
  • O`zi qurqar qiltiriq cho`pdan
  • Yig`laganda dupur-dupurlab
  • O`xshab ketar doiraga ham.
  • O`quvchi: Bunisi esa domilajon deyiladi qo`sh nog`ora.
  • Topishmoqlar guruhda qo`shiq tariqasida aytiladi.

Dars davomida fanlar bilan o`zaro bog`lanish bo`ladi bunda asosan adabiyot, tabiiat va boshqa fanlarga ham bog`lash kerak. Chunki bahor fasliga bag`ishlab she`rlar aytish mumkin: Sharq xalqlari mumtoz musiqasi qadimdan bir-biri bilan o`zaro bog`liq holda rivojlanib kelganligi izohlanib beriladi (Shu yerda magnitafonda sharq xalqlari tomonidan ijro etilgan musiqalardan eshittiriladi) shundan so`ng o`quvchilarga “nima sababdan sharq taronalari festivali, mohiyati haqida va qaysi paytlarda yani necha yilda bu festival Samarqand shahrida o`tkazilishi haqidagi savollar bilan murojat qilinadi doskada Samarqand shahrini surati ilinadi.

  • Dars davomida fanlar bilan o`zaro bog`lanish bo`ladi bunda asosan adabiyot, tabiiat va boshqa fanlarga ham bog`lash kerak. Chunki bahor fasliga bag`ishlab she`rlar aytish mumkin: Sharq xalqlari mumtoz musiqasi qadimdan bir-biri bilan o`zaro bog`liq holda rivojlanib kelganligi izohlanib beriladi (Shu yerda magnitafonda sharq xalqlari tomonidan ijro etilgan musiqalardan eshittiriladi) shundan so`ng o`quvchilarga “nima sababdan sharq taronalari festivali, mohiyati haqida va qaysi paytlarda yani necha yilda bu festival Samarqand shahrida o`tkazilishi haqidagi savollar bilan murojat qilinadi doskada Samarqand shahrini surati ilinadi.

Mavzuni mustahkamlash uchun “Aqliy hujum” asosida tarqatma savollar beriladi. Bular 3 daqiqadan oshmasligi kerak har bir guruhga 1 daqiqadan.

  • Mavzuni mustahkamlash uchun “Aqliy hujum” asosida tarqatma savollar beriladi. Bular 3 daqiqadan oshmasligi kerak har bir guruhga 1 daqiqadan.
  • 1- guruh “Prima” guruhiga savol.
  • “Sharq taronasi” festivali haqida gapiring?
  • O`quvchi mavzuni bayon qilib beradi.
  • 2- guruh “Sekunda”guruhiga savol .
  • “Sharq taronalari” festivalining vazifasi va mohiyati haqida so`zlab bering.
  • 2-guruh o`quvchilari 1daqiqa ichida javob berishadi.
  • 3-guruh “Kventa”guruhiga savol
  • “Sharq taronasi” festivalida qaysi millat musiqachilari o`z san`atini namoyish etadi?
  • Ular ham bir daqiqada savolga javob berishadi qaysi guruh 1 daqiqa ichida javob berishsa rag`bat kartochkasi oladilar.

Mavzuni mustahkamlagach darsni jonlantirish uchun rebus so`zlar tuzamiz har bir guruh 3 tadan 2 sekund 1 guruh do notasiga 2-guruh mi notasiga, 3 guruh fa notasiga guruhlarni fikrlash doirasini kengaytirish uchun barcha o`quvchilar ishtirokida klaster to`ldiriladi bunda quyidagicha so`zlar bo`lishi mumkin.

  • Mavzuni mustahkamlagach darsni jonlantirish uchun rebus so`zlar tuzamiz har bir guruh 3 tadan 2 sekund 1 guruh do notasiga 2-guruh mi notasiga, 3 guruh fa notasiga guruhlarni fikrlash doirasini kengaytirish uchun barcha o`quvchilar ishtirokida klaster to`ldiriladi bunda quyidagicha so`zlar bo`lishi mumkin.
  • Musiqa
  • Adabiyot

Dars yakuni o`quvchilarga uyga vazifa berish:

  • 1. Mavzu yuzasidan 5 tadan test savol
  • tuzish.
  • 2. Krassvord tuzib kelish.
  • 3. 43-45 betlarni kitobdan o`qib kelish.
  • 4. Qo`shiqni yod olib kelish.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish