Ii. Asosiy qism «Sharq Taronalari» Festivalining Tashkil Etilishi



Download 46,56 Kb.
Sana16.03.2022
Hajmi46,56 Kb.
#495500
Bog'liq
madaniyat



REJA

I.KIRISH
II.ASOSIY QISM



  1. «Sharq Taronalari» Festivalining Tashkil Etilishi

  2. Festivalning O’tkazilishi Tartibi

  3. «Sharq Taronalari» Festivalining Madaniyat Va San’at Tarixidagi Ahamiyati

III.XULOSA

KIRISH


O’zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi milliy musiqa san'atining eng yaxshi na'munalarini keng targ'ib qilish, milliy musiqa an'analarini saqlash va rivojlantirish, yosh avlodda san'atga muhabbat tuyg'usini uyg'otish hamda xalqaro ijodiy aloqalarni kengaytirish, tinchlik, do'stlik, o'zaro hamjihatlik, madaniy- ma'naviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish maqsadida "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalini tashkil etgan.
"Sharq taronalari" – turli sivilizatsiyalar, xalqlar va millatlar oʻrtasida oʻziga xos madaniy hamkorlik hamda muloqot maydoni hisoblanadi.
hayotga munosabati, milliy urf-odat va umumbashariy qadriyatlarga hurmati baland boʻladi.
Ko`hna va hamisha navqiron Samarqandning Registon maydonida har ikki yilda bir dunyoning besh qit`asidan san`at ixlosmandlarini bir “til”da so`zlatadigan, tinchlik, do`stlik, hamjihatlik g`oyalarini tarannum qiladigan, qisqa muddat ichida katta nufuzga ega bo`lgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o’tkazish uchun har mavsumda katta tayyorgarlik ishlari olib boriladi.
Musiqa sanʼati madaniy fenomen sifatida yangi avlodni tarbiyalash va kamolga yetkazish borasida cheksiz imkoniyatlarga egadir. Sanʼat bilan oshno boʻlgan yoshlarning
Sharq taronalari — xalqaro festival. Har 2 yilda Samarqand shahrida o'tkaziladi. Festivalga dunyoning Osiyo, Afrika, Yevropa, qit'alarining ko'p mamlakatlaridan vakillar keladilar, o'z xalqlarining mumtoz kuy va qo'shiqlarini kuylaydilar. Festival ochiq osmon ostida, aynan Registon maydonida o'tkaziladi.
Ushbu anjuman turli sivilizatsiyalar, xalqlar va millatlar oʻrtasida oʻziga xos madaniy hamkorlik hamda muloqot maydoniga aylanib ulgurgan, Registon maydoniga qadam qoʻygan har bir sanʼatkor, millati, tili va dinidan qatʼi nazar, bashariyat farzandi sifatida dillarni dillarga, ellarni ellarga bogʻlaydi.
“Sharq taronalari” – Xalqaro musiqa festivali mustaqil Vatanimizning jahon
uzra taratayotgan erk va ozodlik navolaridir. Erkin va farovon hayot, fayz-tarovat
va go’zal navolar og’ushida boshlanib, bir hafta davomida mavj urajak anjuman,
mamlakatimiz – qadim Samarqandimiz hayotida o’chmas iz qoldiradi.
Festival jarayonida xalqimizning turmushi, urf-odatlari, an’ana va
marosimlari namoyish etiladi. Eng muhim mehmonlar mustaqil O’zbekistonimizda
amalga oshirilayotgan buyuk o’zgarishlar bilan tanishadilar. Xalqimizning
o’tmishi, yuksak madaniyati, boy ma’naviyati, urf-odatlari, an’ana va
marosimlaridan voqif bo’ladilar.
Sharq xalqlarining betakror milliy musiqasi va qo’shiqlarini keng miqyosda
targ’ib etish, milliy an’analarni saqlash, yosh avlodda san’atga bo’lgan muhabbatni
tarbiyalash, xalqlar o’rtasidagi do’stlikni mustahkamlash hamda ijodiy hamkorlik
va madaniy-ma’naviy aloqalar doirasini kengaytirish - “Sharq taronalari”
festivalining asosiy maqsadidir.
Go’zal Samarqandimizda har ikki yilda o’tkazilib kelinayotgan bu anjuman
dunyo xalqlarining san’atlarini, turli millat vakillarini musiqiy ohanglar vositalari
bilan birlashtirdi. Chunki bu festivalda jahonning ko’plab mamlakatlaridan san’at
namoyondalari, mashhur xonanda va sozandalar qatnashadilar. Bu kabi tadbirlarda
san’atkorlarning o’zaro tajriba almashuvlari uchun keng imkoniyatlar tug’iladi.
«Sharq Taronalari» Festivalining Tashkil Etilishi
O’zbek xalqi qadimdan o’zining boy musiqiy merosi, ma’naviy
qadriyatlariga ega bo’lib kelgan. Bu bisot turli yo’nalish va janrlarda allomalarimiz
yaratgan musiqiy risolalar, qo’lyozmalar, yaratilgan cholg’u asboblari, qo’shiq,
kuy, baxshichilik, usta shogirdlik an’analari, to’y marosimlari, turli an’anaviy
yig’inlar, bayramlar, sayillar va boshqa elning yaxshi-yomon kunlarida
kuylanadigan ashulalari chalinadigan cholg’u kuylari tarzida o’z ifodasini topagan.
Bu qadriyatlarni xalqimizning hozirgi kundagi avlodiga yetkazish, uning ongiga
singdirish, uning ma’naviy ehtiyojiga aylantirish, ularni bu yo’nalishda ma’naviy
kamolotga erishtirish uchun bir qancha festivallar, anjumanlar, simpoziumlar,
konferensiyalar, tanlovlar o’tkazilib kelinmoqda. Shunday festivallardan biri
“Sharq taronalari” musiqa festivalidir.
“Sharq taronalari” nafaqat o’zbek milliy musiqa madaniyatimizni, balki
butun dunyo musiqa madaniyatini rivojlantirish yo’lida xizmat qiladi. Chunki
“Sharq taronalari” festivalida butun dunyo musiqa merosining durdona asarlari
kuylanadi.
Musiqa ming yillar mobaynida insonlar qalbini ezgulikka chorlab kelmoqda.
“Sharq taronalari” festivali ilk bor 1997 yilda islom Karimov tashabbusi bilan oʻtkazilgan edi. Festivalning asosiy maqsadi – oʻzbek milliy musiqa sanʼatini ommaviylashtirish va saqlab qolishdir.
“Sharq taronalari” festivali har ikki yilda bir marotaba Samarqand markazida Registon maydonida boʻlib oʻtadi.
Festival faoliyati davomida 90dan ortiq mamlakat vakillari unda ishtirok etgan. Tadbirda eng koʻp avstriyalik, britaniyalik, misrlik, frantsiyalik, germaniyalik, hindistonlik, eronlik, rossiyalik va janubiy koreyalik musiqachilar ishtirok etgan. Qoʻshni Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻizistondan ham doimiy ravishda musiqachilar kelib turishadi.
U jahon madaniyatini boyitib, umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga munosib hissa
qo’shadi. “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festival ajoyib qo’shiq namunalarini
namoyish etib, yosh avlodga xalq musiqasiga bo’lgan muhabbatni tarbiyalashga
xalqlar o’rtasidagi madaniy va ma’rifiy aloqalarni, mushtaraklikni mustahkamlash
va kengayishiga olib keladi. Musiqa eng ta’sirli va eng ommaviy ozuqa vositasidir.
Musiqa ayniqsa, o’smir yoshlarda vatanparvarlik hissini, mardlik, qat’iylik,
mehribonlik, insonparvarlik singari ma’naviy sifatlarni shakllantirishda ta’sirchan
vosita bo’lib xizmat qiladi. Yorqin jozibador hamda chuqur mazmunga ega bo’lgan
kuy va qo’shiqlar yoshlarda ona-Vatanga muhabbat, mehr-oqibat va mehnatni
sevish kabi ajoyib fazilatlarni tarbiyalashda yordam beradi.
Xalqaro musiqiy anjumanlarni tashkil etish va o’tkazish yoshlar tarbiyasida
alohida ahamiyatga ega. Chunki, ko’pgina o’smir-yoshlar jahon xalqlari
musiqalariga qiziqishadi. Ushbu “Sharq taronalari” musiqiy anjumanida esa faqat
milliy musiqalar ijro etiladi. Festivalning musiqalarini tinglagan o’smir-yoshlar
jahon xalqlarining milliy musiqalari bilan tanishadilar. Festivalda rang-barang
yo’llarda ijro etilgan kuy-qo’shiqlar yangraydi. Xitoy, Hindiston, Eron,
Indoneziya, Turkiya, Isroil, Bangladesh, Malayziya, Pokiston, Misr, Koreya
Respublikasi, Mongoliya, Vetnam hamda yaqin qo’shnilarimiz Qozog’iston,
Qirg’iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Ozarbayjon va boshqa xalqlarning
qo’shiqlari, ular bilan bir qatorda turli xalqlarning ajoyib milliy liboslari va milliy
cholg’u asboblari namoyish etiladi.
“Sharq taronalari” festivali bizga shuning uchun ham qadrliki, unda faqat
milliy qo’shiqlar jonli ovozda ijro etiladi. O’smir-yoshlar esa jahon xalqlarining
milliy madaniyatidan voqif bo’ladilar. Shu bilan birga o’z milliy madaniyatimizni
e’zozlashni, qadrlashni o’rganadilar. “Sharq taronalari” kabi xalqaro festivallar
o’smir-yoshlarimiz qalbida Vatanga bo’lgan muhabbat, sadoqat, vatanparvarlik
kabi his-tuyg’ularni milliy ma’naviyatimizga bo’lgan hurmatni oshiradi. Chunki
biz dunyo xalqlariga o’zbek milliy madaniyatimiz, urf-odatlarimiz,
mehmondo’stligimiz, o’zligimizni namoyish etamiz.
Zero, Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “Yangi asr, yangi ming
yillikka asrab-avaylab olib o’tilgan noyob boylik – insoniyat tafakkurining buyuk
mo’jizasi bo’lgan “Sharq musiqiy merosi odamlar qalbida ezgulik, birodarlik,
mehr-shavqat tuyg’ularini kamol toptirishga xizmat qilishi shubhasiz”.
Yurtboshimiz asos solgan har ikki yilda bir marta bo’lib o’tayotgan mashhur
festival ulkan ulug’ bir maqsad yo’lida xizmat qilayotir. Birinchidan, o’zbek
mumtoz musiqa madaniyatini jahonga tanitmoqda. Ayni paytda ega dunyo musiqa
madaniyati bilan xalqimizni oshno etmoqda. Shuning uchun ham Yunesko bu
anjumanni o’z rahnamoligiga olgan. Bugun xalqaro hamjamiyatga festivalning o’z
o’rni bor. U xalqaro munosabatlarda birodarlik va do’stlikni targ’ib etuvchi
vositadir. Yosh musiqashunos Iroda G’aniyeva: “Musiqa, avvalo, xalqlarni
birlashtiradi. Qolaversa, mana shunday ajoyib anjumanlar tufayli yoshlarning
milliy san’atimizga bo’lgan mehru-e’tibori yanada oshadi”, deya musiqa
san’atining inson kamolotiga tutgan roli haqida fikr bildirgan edi. Darhaqiqat,
musiqa o’smir-yoshlar tarbiyasida muhim o’rin tutadi.
Musiqaning milliyligi millatning ruhi ichki dunyosining aks etganligi nur
ustiga a’lo nurdir.
2003 yilda bo’lib o’tgan “Sharq taronalari” IV xalqaro musiqa anjumanida
sahnaga Olmoniyalik mehmonlar chiqib kelishdi. Dastlab o’zbek xalq kuyi
yangradi. Daniel Mitxen rubobda bu kuyni shunday qiyomiga yetkazib chaldiki,
beixtiyor o’ylanib qoladi kishi: xorijliklar bizning milliy qo’shiqlarimizni,
kuylarimizni o’rganib, uni katta zavq bilan ijro etayotgan, milliy qo’shiqchilik
san’atimizga dunyoda e’tibor nihoyatda oshayotgan bir paytda bizning ayrim yosh
xonandalarimiz she’ri sayoz, mujmal ifodalar bilan to’lib-toshgan narsalarni
qo’shiq qilib kuylayotgani kishini ajablantiradi. Yengil-yelpi qo’shiqlar o’smir-
yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Yoshlarimiz milliy
madaniyatimizdan uzoqlashib, chet el qo’shiqchilik yo’nalishi bilan aralashib
ketgan allaqanday faqat shovqin, taraqa-turuqdan iborat qo’shiqlarni tinglashi,
milliy o’zligini unutish, ma’naviyatimiz urf-odatlari, an’analarimizdan yiroqlashish
kabi salbiy oqibatlarga olib keladi. Millat kelajagi yoshlar qo’lida ekan, demak, biz
o’zligimizni, buyuk bobokalonlarning avlodlari ekanligimizni anglab, milliylikni
qalbimizga jo etib harakat qilmog’imiz lozim.
Davlatimiz rahbari I.A.Karimov tashabbusi bilan o’tkazib kelinayotgan
“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festival madaniyatimizni yanada chuqur
o’rganish va yuksaltirishga, milliy san’atimizni jahon miqyosida keng targ’ib
etishga, yoshlarimizga, ularning tarbiyasiga ta’sir etuvchi yana bir ulkan e’tibor
namunasidir.
Mustaqil O’zbekistonimizda xususan Samarqand shahrimizda ro’y
berayotgan mana shunday ijobiy o’zgarishlardan kelib chiqib yoshlarimizning
ta’lim-tarbiyasini yanada takomillashtirish maqsadida biz o’zimizning ilmiy-
tadqiqot ishlarimizni dolzarbligini yana bir marta guvohi bo’ldik.

Festivalning O’tkazilishi Tartibi


Festival 1997 yildan buyon har ikki yilda bir marotaba Samarqand shahridagi ko’hna “Registon” maydonida avgust oyining 2-yarmi oxirida o’tkazilib kelinadi. Festivalda ishtirokchi davlatlar soni yildan yilga ko’paymoqda. Jumladan, I festivalda 34 ta davlat, II festivalda 36ta davlatdan 250 dan ortiq vakillar o’z san’atlarini namoyish etdilar. Festivalga har yili katta tayyorgalik ko’riladi va rang-barang namoyishlarga boy ochilish marosimi dasturi bilan festival boshlanadi. Ochilish marosimida faxriy mehmonlar ,jumladan UNESCO prezidenti, O’zbekiston Prezidenti va hokimiyat vakillari o’z nutqlari bilan chiqishadi. Ochilish marosimidan keyin bir hafta mobaynida saralash bosqichlari1. Xalq musiqiy ijodiyoti; 2. Milliy mumtoz musiqa; 3. Zamonaviy musiqa, shu jumladan estrada asarlari.
Barcha yo’nalishdagi ijrolar jonli tarzda bo’lishi shart.
Ko`rik tanlovi g`oliblari xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanadi va ularga quyidagi mukofotlar ta`sis etilgan: Gran - Pri - 10000 ming AQSH dollari. 1 - mukofot (2) har bittasi 7000 AQSH dollaridan. 2 - mukofot (2) har bittasi 5000 AQSH dollaridan. 3 - mukofot (2) har bittasi 3000 AQSH dollaridan. Maxsus mukofotlar tashkilotchilar, ijodiy uyushmalar, jamg`armalar va boshqa tashkilotlar tomonidan belgilanishi mumkin. Tanlov go`liblari ijro etgan qo`shiqlar yozilgan lazer disklar tayyorlanadi. Shuningdek tanlovning har bir ishtirokchisi uchun maxsus diplomlar beriladi.
1997 yil 11-martda Birinchi president I.A.Karimov tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “SHARQ TARONALARI” XALQARO MUSIQA FESTIVALINI O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDAgi qarori qabul qilindi.








O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
“SHARQ TARONALARI” XALQARO MUSIQA FESTIVALINI O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA
Sharq mamlakatlari xalqlari milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, milliy musiqa an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish, yosh avlod qalbida san’atga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirish, go‘zallikni, chin insoniy qadriyatlarni tarannum etish, shuningdek, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma’naviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi va Bastakorlar uyushmasi hamda Samarqand viloyati hokimligining “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Belgilab qo‘yilsinki:
festival har ikki yilda bir marta Samarqand shahrida, birinchisi 1997-yilning 25-avgustidan 2-sentabriga qadar o‘tkaziladi;
festivallar oralig‘idagi tayyorgarlik ishlarini muvofiqlashtirishni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi amalga oshiradi.
2. “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish tashkiliy qo‘mitasi tarkibi 1-ilovaga, festivalni o‘tkazish tartibi haqidagi nizom 2-ilovaga, festivalning sarf-xarajatlari smetasi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-3-ilovalar berilmaydi.
3. Tashkiliy qo‘mita tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tadbirlari rejasini;
festival bosh direksiyasi tuzilmasi va shtatlar jadvalini;
festival dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda homiylar ro‘yxatini aniqlasin.
4 O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Madaniyat ishlari vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi va YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi bilan birgalikda “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini YUNESKOning xalqaro madaniyat tadbirlari rejasiga kiritish masalasini belgilangan tartibda hal qilsin.
5. Toshkent shahar hokimligiga poytaxtda to‘xtab o‘tadigan festival qatnashchilarini kutib olish, joylashtirish va jo‘natishni tashkil etish topshirilsin.
6. Samarqand viloyati hokimligi:
festival bosh direksiyasining faoliyatini ta’minlash tadbirlarini ko‘rsin;
1997-yil 1-avgustgacha festival tadbirlari o‘tkaziladigan sahna maydonlari va zallarni tayyorlasin;
shaharda tegishli obodonchilik ishlarini amalga oshirsin.
7. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi:
festival qatnashchilari va mehmonlari uchun bosh direksiya buyurtmasiga muvofiq, mehmonxonalardan joy ajratsin;
xorijiy qatnashchilar va mehmonlardan yashash haqini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan narxlarda summalarda qabul qilsin.
8. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi festival qatnashchilari va mehmonlarini bosh direksiya buyurtmasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tarif asosida so‘m hisobida avia va temir yo‘l chiptalari bilan ta’minlasinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi xorijiy ishtirokchilar va ularning yuklarini bojxona, viza va aeroport to‘lovlaridan ozod etsinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi festival o‘tadigan joylarda xavfsizlikni ta’minlasin.
11. “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi va “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi festivalga bag‘ishlangan sovg‘a buyumlari chiqarishni yo‘lga qo‘ysinlar, festivalda ishtirok etuvchi mamlakatlarning davlat bayroqlarini tayyorlab bersinlar.
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarning respublika budjetidan va homiylar hisobidan 70:30 nisbatda qoplanishini nazarda tutgan holda mablag‘ ajratsin hamda tegishli mablag‘larni festival bosh direksiyasi hisobiga o‘tkazib bersin.
Belgilab qo‘yilsinki, festival ishtirokchilarining kelib-ketishi bilan bog‘liq transport xarajatlari 50 foizdan 100 foizgacha qoplanadi.
Homiylarning foydadan to‘laydigan soliq bo‘yicha bazasi ularning festival hisobiga o‘tkazadigan mablag‘i miqdoriga monand qisqartirilishi nazarda tutilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xalqaro festival ehtiyojlari uchun zarur so‘mlarni erkin muomaladagi valyutaga ayirboshlashni ta’minlasin.
14. “O‘zavtotrans” korporatsiyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” uyushmasi va “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi festival bosh direksiyasi buyurtmasiga muvofiq transport xizmati ko‘rsatsin
15. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xalqaro festival ishtirokchilariga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi festivalga bag‘ishlangan reklama nashrlarini o‘z vaqtida chop etsin.
17. “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zA va boshqa ommaviy axborot vositalariga festivalga tayyorgalikning borishini va o‘tkazilishini muntazam yoritib borish tavsiya etilsin.
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 11-mart,
132-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 132-son qaroriga
2-ILOVA
“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish tartibi haqida
NIZOM
“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali Sharq mamlakatlari milliy musiqa san’atining eng yaxshi namunalarini keng targ‘ib qilish, sharqona nafosatli, milliy musiqiy an’analarni asrab-avaylash va rivojlantirish, yoshlarda san’atga bo‘lgan muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirish, ijodiy aloqalar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish, tinchlik, do‘stlik, hamjihatlik g‘oyalarini ulug‘lash, o‘zaro madaniy-ma’naviy hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida ta’sis etilgan.
Festival har ikki yilda bir marta Samarqand shahrida o‘tkaziladi.
I. FESTIVAL TUZILMASI
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, bastakorlar uyushmasi va Samarqand viloyati hokimligi “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining asosiy muassislaridir.
II. FESTIVAL TADBIRLARI
Festival doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:
“Eng yaxshi milliy qo‘shiq ijrosi” uchun tanlov;
ilmiy-ijodiy konferensiya;
gala konsert.
III. FESTIVAL ShARTLARI
Festival tadbirlarida har bir mamlakatdan jami 9 nafargacha, ijodiy delegatsiya (7 kishigacha badiiy jamoa, 1 musiqashunos, 1 faxriy mehmon) qatnashishi mumkin.
Ijodkorlarning o‘z hisoblaridan festivalda ishtirok etishlari cheklanmaydi.
Ishtirok etuvchilar tashkiliy qo‘mitaga belgilangan muddatda musiqiy dasturlarini taqdim etadilar. Dastur 30 daqiqadan oshmasligi va quyidagi yo‘nalishlardan iborat bo‘lishi lozim:
1. Xalq musiqa ijodiyoti namunalari;
2. Mumtoz milliy musiqiy asarlar;
3. Zamonaviy milliy musiqiy asarlar.
IV. FESTIVALNI O‘TKAZUVChI TOMONNING MAJBURIYATLARI
Hay’at a’zolari va ularning bir nafar hamrohining festivalda ishtirok etishi bilan bog‘liq barcha sarf-xarajatlarini, shu jumladan, festivalga kelib-ketish transport xarajatlarini 50 foizdan 100 foizgacha qoplash;
Har bir mamlakat uchun belgilangan kvota doirasida (III-band) festival ishtirokchilarining mehmonxonada yashash, ovqatlanish, O‘zbekiston hududida transportda yurish xarajatlarini to‘lash.
Zarur hollarda tibbiy xizmat ko‘rsatish.
V. “ENG YaXShI MILLIY QO‘ShIQ IJROSI UChUN” TANLOV ShARTLARI
Tanlovda professional va havaskor badiiy jamoalar hamda yakkaxon xonandalar qatnashishlari mumkin.
Tanlov uch bosqichdan iborat bo‘ladi.
Birinchi bosqich saralovchi sifatida oldindan o‘tkaziladi va unda tanlovda qatnashishga istak bildirgan ijrochilarning audio-videokassetalarga yoki lazer disklariga yozilgan uchta qo‘shig‘i tinglanadi. Qo‘shiqlar ijrosi 15 daqiqadan oshmasligi va ilgari boshqa xalqaro tanlovlarda ijro etilmagan bo‘lishi shart. Audio-videokassetalar ijodkorlar tomonidan tashkiliy qo‘mitaga belgilangan muddatda yuborilishi lozim.
Ikkinchi va uchinchi bosqichlarda qo‘shiqlar “jonli” holda tarkibi 7 kishidan oshmagan sozandalar jo‘rligida yoki — 1 (minus 1) fonogramma yordamida ijro etilishi mumkin.
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar ko‘rsatilgan namuna bo‘yicha 1997-yil 30-iyungacha quyidagi manzilga yuborilishi shart:
O‘zbekiston, Toshkent shahri, 700011, Navoiy ko‘chasi, 30, Madaniyat ishlari vazirligi.
VI. XALQARO HAY’AT
Tanlovni baholash uchun 11 kishidan iborat xalqaro hay’at tuziladi.
Qo‘shiqlarning yorqin milliy xususiyatlari, mazmundorligi, xonandalarning yuksak ijro mahorati, ko‘rkam sharqona libosi va sahna xatti-harakatlari baholashda asosiy mezon bo‘lib hisoblanadi.
VII. MUKOFOTLAR
Tanlov g‘oliblari uchun quyidagi mukofot ta’sis etiladi:
Gran Pri 10000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti;
1-mukofot (2 ta) har biri 5000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti;
2-mukofot (2 ta) har biri 3500 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti;
3-mukofot (3 ta) har biri 2000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti.
Muassislar, ijodiy uyushmalar, jamg‘armalar va boshqa tashkilotlar maxsus mukofot ta’sis etishlari mumkin.
Tanlov g‘oliblari ijrosidagi asarlardan iborat lazer disklari tayyorlanadi.
Shuningdeq, har bir qatnashchiga maxsus diplom beriladi.
VIII. KONFERENSIYA
Festival doirasida “Sharq xalqlari musiqa san’atining mushtarakligi” mavzuida xalqaro ilmiy-ijodiy konferensiya o‘tkaziladi.
Ma’ruzalarning to‘la matni yoki tezislari belgilangan muddatda yarim bosma taboqqacha bo‘lgan hajmda festival tashkiliy qo‘mitasiga yuboriladi.
Ma’ruzachilar matni maxsus to‘plam holida nashr qilinadi. O‘zbek, arab, ingliz va rus tillari konferensiyaning ishchi tillari hisoblanadi.

«Sharq Taronalari» Festivalining Madaniyat Va San’at Tarixidagi Ahamiyati


O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan
Samarqand yuragida – Registon maydonida olamshumul musiqa bayramini
o’tkazish xalqaro hamkorlik masalalarida zarur madaniy voqelikka aylandi.
Festival doirasida turli xalqlar ijrochilari, musiqa sohasi ijodkorlari, shuningdek
olimlar o’rtasida ijodiy aloqalar o’rnatish imkonini bergani diqqatga sazovordir.
Qolaversa, bu tadbir turli qit’alarda bir vaqtda bo’lib o’tayotgan musiqiy
jarayonlarni muvofiqlashtirish imkonini ham berdi. Jahonning 60-ga yaqin
mamlakatlari, jumladan, Amerika, Yevropa, Osiyo va Afrika davlatlari
musiqashunoslari va qo’shiqchilarining ishtiroki festivalning ahamiyatini yanada
oshirishga shubha yo’q.
“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali kunlarida o’tkazilayotgan
konsertlar, ijodiy uchrashuvlar, anjumanlar va tanlovlar turli davlatlardan kelgan
musiqashunoslar uchun boy va samarali muloqotlarga aylanmoqda.
“Sharq taronalari” musiqiy festivalining O’zbekistonda, aynan Samarqandda
o’tkazilishiga asos bor deyiladi Prezidentimizning tabrik so’zida, - chunki, Samarqand jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri hisoblanadi. Turli davrlarda
Amir Temur, Imom Buxoriy, Mirzo Ulug’bek, Xo’ja Axrori – Vali, Qozizoda Rumiy, Sharofiddin Ali Yazdiy, Davlatshoh Samarqandiy, Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy, Abdurazzoq Samarqandiy va boshqa o’nlab,
yuzlab ulug’ insonlar bu yerda yashaganlar, bo’lganlar, davlatni boshqarganlar va
ijod qilganlar. Samarqand asrlar osha turli xalq va madaniyat vakillarini
tutashtiruvchi qo’rg’on vazifasini o’tagan.
“Sharq taronalari” festivalini o’tkazishdan maqsad Sharq xalqlarining
takrorlanmas milliy kuy va qo’shiqlarini keng ommaga yetkazish, yosh avlodni
san’atga, ayniqsa musiqaga mehr qo’yib tarbiyalashdek ezgu an’analarni asrash,
do’stlikni va xalqlar o’rtasidagi ijodiy hamkorlikni mustahkamlash, ularni madaniy
aloqalar doirasida kengaytirishdir.
Songgi yillar davomida Respublikamizda madaniy aloqalar doirasida
hamkorlikka katta ahamiyat berilmoqda. Zero, musiqiy madaniyat boshqa davlat
va xalqlarning madaniy merosi aralashuvisiz rivojlana olmaydi. “Sharq taronalari”
festivalining ikki yilda bir marta – avgust oyi oxirida o’tkazilishi, musiqiy ijodiyot
doirasidagi erishilgan yutuqlarning keng almashuviga hamda o’zbek (Sharq)
an’anaviy musiqasi bilan tanushuviga ko’mak beradi. Shu bilan birga, u zamonaviy
jahon musiqa madaniyatining yangi yutuqlarini namoyish etadi.
Festival ish tartibi uch yo’nalishdagi ijro tanlovi va konsertlarni ichiga oladi.
Jumladan, xalq, an’anaviy qo’shiqchilik (milliy qo’shiqlarni eng yaxshi ijrosi
tanlovi): an’anaviy milliy musiqa (milliy Sharq an’analarini badiiy
mujassamlashtirish) kabi tanlovlar o’tkaziladi.
Sharq musiqa ijrochilari festivali sifatida tashkil etilgan ushbu anjuman
endilikda barcha qit’a musiqa san’ati ustalarini birlashtiradi.
Darvoqea, festival doirasida “Milliy qo’shiqlarning eng yaxshi ijrochisi”
tanlovi ham o’tkazilmoqda. Qatnashchilar o’z milliy musiqa san’ati ijodiyotidan
eng saralarini namoyish etishadi. Tanlov qatnashchilari ijrosini xalqaro hakamlar
baholaydi. Birinchi va ikkinchi bor o’tkazilgan festivalga Tokio universiteti
professori Xoruma Koshiba (Yaponiya), uchinchi festivalga Seul universiteti professori yangisida Koreya musiqa akademiyasi prezidenti va shunga o’xshash
chet davlatlar vakillari, hakamlar hay’ati a’zoligiga Yevropa, Osiyo va Amerika
musiqa madaniyati vakillari ham taklif etilmoqda.
Hozirgi qo’shiqchilik san’ati o’zida turli ijodiy yo’nalishlar va uslublarni,
jumladan, xalq qo’shiqlari, an’anaviy vocal janri, bastakorlik va kompozitorlik
usulida qo’shiq yaratish, zamonaviy Estrada qo’shiqlari (jaz, pop va rok) ni o’zi
ichiga olgan. Bular barchasi dunyo xalqlari o’rtasida o’zaro madaniy
almashinuvlarni vujudga keltiradi.
Festival yakuniga ko’ra tashkilotchilar sahnada ijro etilgan eng yaxshi
asarlarni o’zida mujassam etgan SD disk chiqarishi ko’zda tutilgan.
Olti asr burun buyuk Amir Temur Samarqandni dunyoning eng go’zal
shaharlaridan biriga aylantirib, poytaxt qilgandi, uzoq safarlardan u nafaqat
moddiy boylik, balki bebaho boyliklar-kitoblar, san’at asarlari hamda me’moru
muhandislarni olib kelgan. Binobarin, ustalar mahalliy hunarmandlar bilan
hamkorlikda betakror me’morchilik maktabini yaratgan.
Amir Temur o’z davlatida yaratuvchilik bilan dong taratdi. U rassomlar va
shoirlar, olimlar hamda donishmandlarga alohida e’tibor qaratdi. Bu an’anani
uning nabirasi Mirzo Ulug’bek ham davom ettiradi.
Bugungi Samarqand zamonaviy bir maromda rivojlanib Respublikamizning
ikkinchi shahriga aylandi.
1997 yil Registon maydonida O’zbekistonning taniqli san’atkorlari ijrosida
madhiya jarangladi – bu “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining
ochilishidan darak bergandi. Madhiya musiqasining muallifi, asli Samarqandlik
bo’lgan kompozitor Dilorom Omonullayevadir.
Mustaqillikka erishgach, O’zbekiston o’z kuch va imkoniyatlari bilan
ma’naviy boyliklarni yanada rivojlantirish uchun harakat qilmoqda. O’tmish buyuk
keljakni ko’rinmas rishtalar bilan bog’ladi. Unutilgan madaniyatimiz
sarchashmalari – ulug’ olimlar, faylasuflar, donishmandlar nomlarini
abadiylashtirish natijasida tarixiy ildizlar qayta tug’iladi. Ma’rifiy, madaniy
an’analar qaror topadi.

Musiqa va qo’shiq – dunyoda tarjimasiz yagona san’at. Turli millat vakillari


unnig vositasida bir-birlariga qalb izhorini ifoda etishadi. Samarqandga tashrif
buyurgan san’atkorlar, festival mehmonlari bu aqidaning hayotiy ekanligiga yana
bir bor ishonch hosil qilindi. O’tgan davr mobaynida festival xalqaro
hamjamiyatda katta obro’, nufuzga ega bo’ldi. Zero, u orqali har bir millat va
mamlakat o’z san’atini namoyish etmoqda. Festival xalqlar o’rtasida milliy san’at
durdonalarini targ’ib etish vositasiga aylandi.
Musiqa san’atining necha ming yillar davomida odamlar qalbiga yuksak va
beg’ubor tuyg’ularni jo etib kelayotgani, bu yorug’ olamni yanada munavvar etib
ko’rsatuvchi ilohiy mo’jizaliligini barchamiz anglaganmiz. Milliy musiqamizni
targ’ib qilish sohasida erishgan yutuqlarni namoyish etish, san’at olami
yangiliklaridan jahon musiqa ixlosmandlarini bohabar qilish maqsadida o’tkazilib
kelayotgan ushbu festivalning nufuzi yil sayin ortib borayotir.
Xalqaro madaniyat olamida katta yangilik bo’ladigan bu tadbirning
Samarqandda o’tkazilayotgani tilaklar va maqsadlar mushtarakligidan dalolatdir.
San’atsevar Sharq xalqlari azal-azaldan eng ezgu umidlar bilan shu ko’hna
zaminga intilib kelganlar. Samarqand tuprog’i ko’plab xalqaro simpozium,
konferensiya va festivallarning guvohi bo’lgan.
“Sharq taronalari”dek go’zal va nufuzli anjumanning dunyoda muqaddas
sanalgan 5ta shaharlaridan biri bo’lgan qadim Samarqandimizda o’tkazilishi bejis
emas. Chunki o’zining rang-barang o’tmishi va madaniyatiga ega bo’lgan
Samarqand musiqa san’atining teran ildizlari uzoq asrlar qa’riga borib tutashadi.
Qadimiy Sug’diyonaning musiqa san’ati chuqur ildizlarga ega ekanligini
o’sha davrlarda bu yerga tashrif buyurgan sayyohlar, elchilar ham ta’kidlab
o’tdilar.
Masalan, VII asrlarda Samarqandga tashrif buyukrgan budda monaxi o’z
xotiralarida “Bu shaharning xalqi kuy-qo’shiq va sayillarni sevadi, ularning har xil
musiqa asboblari bordir” deb yozgan edi.
Sug’diyonaning yuksak musiqa san’ati VII-VIII asrlarda bu yerga kelgan
arablarga ham yoqib qolgan. Arablar Sug’dlarning ko’pgina musiqa asboblarini
o’zlashtirib olganlar. O’rta asrlarda Yevropa xalqlari orasida juda mashhur bo’lgan
Lyutnya nomli musiqa asbobining vatani ham aynan Sug’diyona – Samarqand
ekanligini dunyo olimlari tan olgan. Sug’diyonada mashhur bo’lgan cholg’u
asboblarining shohind dastlab arab mamlakatlariga o’tdi, so’ngra arablar orqali
Yevropaga tarqalib Lyutnya nomi bilan mashhur bo’lib ketdi.
Xitoylik olimlarning fikrlaricha hozirgi Xitoydagi ayrim musiqa asboblari
Sug’diyonadan borib qolgan va Xitoyliklar tomonidan shu darajada qabul
qilinganki, bu asboblari Xitoyliklar uchun keltirilganligiga ko’plchilik ishonmaydi
ham.
O’tmishni unutgan xalqning kelajagi bo’lmaydi. O’zbek xalqining esa
o’tmish madaniyati boy. Mustaqillik sharofati bilan bu umrboqiy qo’shiqlar,
qadriyatlarimiz xalqimizga qaytdi. Yanada e’zozlanib, sayqallanib borayotir.
Folklor qo’shiqlarimiz ham ana shunday ardoqli qadim san’atlarimizdan biridir.
“Sharq taronalari” IV Xalqaro musiqa festivali munosabati bilan Akmal
Ikromov nomidagi O’zbekiston xalqlari madaniyati tarixi muzeyida o’zbek musiqa
san’ati ko’rgazmasi tashkil etildi.
O’zbek musiqa san’ati va cholg’u asboblari o’zining boy o’tmishi va tarixiga
ega – deydi muzey direktori No’mon Mahmudov – ko’rgazmani tashkil etishdan
ko’zlangan asosiy maqsad ham san’atimiz tarixi bilan festival mehmonlarini
tanishtirishdan iborat. Ko’rgazmada O’zbekistonlik ustalar tomonidan yasalgan
nay, rubob, dutor, g’ijjak, qo’biz singari musiqa asboblari namoyish etiladi.
Bundan tashqari ko’rgazmadi XX asrning 30-40 yillarida mashhur hofizlar domla
Halim Ibodov, Gabriel Mullaqandov tomonidan mahorat bilan ijro etilgan o’zbek
mumtoz qo’shiqlarining magnit tasmasi qo’yiladi. Shuningdek, Samarqandda
bo’lib o’tgan barcha musiqa festivallari tarixi aks etgan fotosuratlar, dasturlar
namoyish etildi.
Qisqacha aytganda ko’rgazmada o’zbek xalqi ma’naviy merosining barcha
qirralari aks etgan. Bu ko’rgazma vaqtida bu yerga tashrif buyurgan barcha dunyo
vakillari bizning ma’naviy merosimizdan bahramand bo’ldilar. Kundan-kunga
rivojlanib, gurkirab borayotgan mustaqil O’zbekistonimiz qadim Samarqandimizda
bo’lib o’tadigan ushbu “Sharq taronalari” Xalqaro musiqiy festivali o’zbek
madaniyati, milliy urf-odatlari, ma’naviy qadriyatlarini dunyo xalqlariga namoyish
etishda keng imkoniyatlar yaratadi. Bir necha ming yillik tarixga ega bo’lgan
musiqa san’atimizni yanada yuksak cho’qqilarga ko’tarilishiga yangicha
zamonaviy ohanglar bilan boyitishga xizmat qiladi. Shunday musiqiy anjumanning
boshqa mamlakatda emas, faqatgina bizning mamlakatimizda go’zal va hamisha
navqiron Samarqandimizda bo’lib o’tishi g’urur bilan ta’kidlamog’imiz joizdir.
“Sharq taronalari” IV Xalqaro musiqa festivaliga tashrif buyurgan
Avstriyalik Norimon Hujjati o’zining Samarqand to’g’risidagi taassurotlarida
shunday degan edi:
- Men Eronda tug’ilib o’sganim uchun Markaziy Osiyo, xususan, Samarqand
qalbimga nihoyatda yaqindir. Mening nazarimda, bugungi O’zbekiston bokira va
butunlay yangi bir dunyo. Samarqandning havosi toza, odamlari samimiy,
to’g’riso’z. Tabiati esa nihoyatda so’lim. Bu menga yaxshi ta’sir qildi, ko’nglim
yayradi. Menga qolsa, jon deb Samarqandda yashagan bo’lardim. Meni umuman
olganda, O’zbekistonda yashayotgan turfa xalqlarning totuvligi, o’zaro inoqligi
hayratga soldi. Bundan dunyoning turli burchaklaridagi boshqa xalqlar ibrat olsa
arziydi. Men bu jihatlarning festival kunlari yaqqol namoyon bo’layotganini ko’rib
quvondi.
“Sharq taronalari” IV Xalqaro musiqa festivali hakamlar hay’ati a’zosi
Oqoyi Murtazo Varinshoh ham Samarqand to’g’risida shunday fikrlar bildirgan edi
– “Ushbu festivalning qadim va navqiron Samarqand shahrida o’tkazilayotganidan
mamnunman. Men ko’plab xalqaro festivallarda ishtirok etganman, yer yuzining
gavhari bo’lgan Samarqandning yuragida joylashgan Registon maydonida
o’tkazilayotgan ushbu festival juda jozibalidir”.
Do’stlikni, inoqlikni, millatlararo totuvlikni behad qadrlaydigan jojajon
O’zbekistonimizning har bir fuqarosi qalbida o’zga millat vakillari aytgan ushbu
fikrlar g’ururlanish, faxrlanish tuyg’ularini vujudga keltiradi. Darhaqiqat, biz
yoshlar ayniqsa shunday go’zal, maqtovga arzigulik serquyosh Vatanda
yashayotganimizdan, shunday mamlakatning farzandi ekanligimizni yuksak iroda,
faxr bilan ta’kidlamog’imiz, xalqimizning urf-odatlari, ma’naviy merosini asrab-
avaylamog’imiz lozim.
“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali ana shu baynalmilal ruhiyatning
yorqin namoyishidir va mamlakatimizning ulkan salohiyati, xalqimizning boy
ma’naviyati va san’atga dunyo xalqlarining, xususan, san’at ahlida yuksak ehtirom
ifodasidir.
Janubiy Koreya Respublikasi musiqa akademiyasi prezidenti jano Kim Shin
Van: “Samarqand – dunyoning yulduzsifat shaharlaridan biri, ta’bir joiz bo’lsa,
ularning eng yorqini va nurafshonidir. Tarixdan yaxshi bilamiz, bu shahar ma’rifat,
madaniyat va ezgulik beshigi sifatida ham ma’lum va mashhurdir.
Mumtoz san’at bayrami aynan shu maskan, Registon majmuasida
o’tkazilmoqda. Ezgulik qo’shiqchilik mahorati tanloviga bu qadar katta e’tibor
berayotgan O’zbekiston xalqi va uning yurtboshisi I.A.Karimov janobi oliylariga
cheksiz hurmatimni bildiraman” – deb Samarqand to’g’risida o’z fikrlarini
bildirgan edi.
Ushbu “Sharq taronalari” festivalining o’tkazilishi musiqiy madaniyatimizni
rivojlantirishda juda muhim o’rin tutadi. Ushbu festivalni Samarqand shahrida
o’tkazilishi nur ustiga a’lo nurdir.
“Sharq taronalari” musiqiy festivalining aynan Samarqandda bo’lib
o’tayotgani har bir tinglovchi ishtirokida har bir tomoshabin uchun taqdirning
sovg’asidir. Mazkur qadimiy shaharning betakror ko’rinishi uning arxitektura
yodgorliklari buyuk bir tarixning guvog’i o’laroq – musiqani nozik qabul qilish,
uning manbalarini chuqur anglab yetish, inson qalbini yashovchanlik bilan boyitish
kabi hislarni uyg’otuvchi o’ziga xos ruh bag’ishlaydi.
Ko’hna tariximizdagi ne-ne buyuk va unutilmas voqealarning guvohi
bo’lmish bu muazzam shaharda bo’lib o’tadigan ushbu san’at anjumani millatlar
va insonlar qalbiga azaldan yashab kelayotgan ezgulik va nafosatga intilish
tuyg’usini, bugungi kunda turli xalqlar sivilizatsiyalari o’rtasida o’zaro muloqot,

hamkorlikka bo’lgan ehtiyojning nechog’lik katta ekanini yaqqol namoyon etib


turadi.
Samarqandning musaffo osmoni, moviy gumbazlari ostida o’tadigan ushbu
nafosat bayram san’atni teran tushunadigan, san’atkorni yuksak qadrlaydigan
xalqimiz vakillari bilan bo’ladigan muloqotlar, uchrashuv va suhbatlar insonlarda
o’chmas taassurot qoldiradi.
Darhaqiqat, Samarqand shahri – O’zbekiston yuragi deya e’tirof etilishi bejiz
emas. Shuningdek, Samarqand shahonshumul musiqiy anjumanlar markazi deb
ham ta’kidlanadi. Hammamizga ma’lumki, Samarqand azaldan ilm, fan, madaniyat
markazi sifatida butun dunyoga shuhrat qozongan va bugungi kunda ham shuhrati
keng qanot yechib kelmoqda. Hurmatli Prezidentimiz Islom Karimov tashabbuslari
bilan 1997, 1999, 2001, 2003, 2005, 2007, 2009,2011,2013, va 2015-yillarda 10 marotaba o’tkazildi.
“Sharq taronalari” musiqiy festivali, 1978, 1981, 1984, 1987-yillar davomida “Uzoq va Yaqin Sharq xalq og’zaki ijodiyoti va zamonaviylik” mavzularida xalqaro simpoziumlar Samarqandimizni yana ham butun dunyoga dog’ini taratgan va bu an’analar hozirgacha davom etib kelmoqda. Xalqimiz tomonidan yaratilgan xalq musiqiy ijodiyotini Samarqandliklar
XX asr II-yarmisida laparchi Qurbonxon va undan keyin Hoji Abdul Aziz Abdurasulov, Gavriyel Mullaqandov, Hoji Tamtam, Tolmasovlar avlodlari, Sharifjon Akramovlar davom ettirib bu tabarruk ustozlarning musiqiy san’atlarini hozirda ko’zga ko’ringan san’atkorlar ijro etib butun dunyo tinglovchilariga va xalqimiz e’tiboriga havola etmoqdalar. Jahon shumul anjumanlarda ubu ustozlarimizning ijodini yuqori saviyada anjuman ishtirokchilariga ijro etadilar.
Bularning musiqiy ijodiyotini namoyish etibgina qolmasdan ma’naviy merosimizni rivojlantirishda ham hissa qo’shadilar va ma’naviy merosimiz durdonalari bilan butun dunyo ahlini tanitadilar.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda, bizning musiqa san’atimiz o’zining boy va rang-barang o’tmishiga egadir. Ammo XX asrlarda musiqa san’atimiz ham milliy madaniyatimizning boshqa sohalari kabi og’ir davrlarni boshidan kechirdi. Milliy musiqa san’atimizning rivojiga unchalik rag’bat ko’rsatilmadi.


Tanbur, dutor kabi musiqa asboblaridan nafis ohanglari baxshilarimiz ijro etadigan dostonlarni anglashdan biroz mahrum bo’ldik. Ular estetik sarqitlari sifatida qaradi.
Bir umidki, har ikki yilda qadimiy Samarqandda bo’lib o’tadigan “Sharq taronalari” xalqimizning bir necha ming yillik tarixiga ega bo’lgan musiqa san’atimizni yanada yuksak cho’qqilarga ko’tarilishiga yangicha, zamonaviy ohang bilan boyitishga xizmat qiladi.
“Sharq taronalari” festivalining qatnashchilari ijro etadigan barcha kuy-qo’shiqlarda Sharq musiqasining asl ijodiy yo’nalishga qaytish ko’zga tashlanadi. Musiqa san’atining naqadar yuksakligini, insonga emotsional ta’sirini Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov O’zbekiston davlat Konservatoriyasining ochilishi marosimida so’zlagan nutqida ham ko’ra olishimiz mumkin:
“Odamzod yozishni, chizishni, o’qishni bilmasligi mumkin, lekin shubha yo’qki, go’zal kuy, ohang va taronalarni hayotbaxsh ta’sirini sezadi” – degan edilar. Musiqa til, millat farqlamaganidek, jahon xalqlarining ma’naviyat manbai
hisoblanadi. Zero, musiqa jahon madaniyati, ma’naviyatini boyitib, umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga munosib hissa qo’shadi. Xalqlar o’rtasidagi madaniy va ma’rifiy aloqalarni, mushtaraklikni mustahkamlash va kengayishiga olib keladi. Zero, san’at sohasidagi hamkorlik xalqlar o’rtasidagi o’zaro do’stlik, hurmat va birodarlik rishtalarini mustahkamlashga hissa qo’shadi.
O’tgan festivallarga nazar tashlab shunday fikrga kelish mumkin, “Sharq taronalari” festivalining o’tkazilishini katta tarixiy ahamiyatga ega. Bu xalqaro musiqa festivalining o’tkazilishdan maqsad va davlatlarni yaqinlashtirish, do’stlik ko’priklarini mustahkamlash, Sharq mumtoz musiqasini avaylab-asrash, targ’ib qilish va rivojlantirish, balki, birinchi navbatda xalqimizda milliy g’ururni kuchaytirish, ma’naviyatimizni yanada yuqori ko’tarish, milliy o’zlikni anglash, millatning ma’naviy ildizlari naqadar chuqur, naqadar mustahkam ekanligini jahonga yana bir karra ko’rsatishdan iboratdir. Aminmanki, festival kunlari Registon maydonida hayratomuz darajada yangraydigan betakror Sharq ohanglari A.Temur, M.Ulug’bek, Bobur kabi buyuk bobokalonlarimizning pok ruhlarini shod etgay.
Chin do’stga lang ochiq qalb darvozasi,
Samarqand ushshog’i - “Sharq taronasi”.
Istiqlol nuridan baxt koshonasi,
Muhabbat Vatani – chek ostonasi.
Musiqa – tinchlik elchisi. Dunyo xalqlari o’rtasidagi aloqalarni kuchaytirishda uning roli beqiyosdir. “Sharq taronalari” juda go’zal va o’xshashi yo’q anjumandir. Bu musiqa anjumani turli-tuman madaniyatlarni mujassamlashtiradigan betakror xalqaro madaniy tadbirdir. Sharq xalqlari musiqasi qalbdan chiqadi, unda ilohiy kuch bor. “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali
milliy qo’shiqchilik san’atimizni, qolaversa, butun jahon musiqa san’atini yanada yuqori pog’onalarga ko’tarilishida naqadar nufuzli anjuman ekanligini namoyon etdi. Festival jahon ahlining o’zaro madaniy muloqotda bo’lgan hayoti ehtiyojini, har bir xalq, har bir millat ruhida azaldan yashab kelayotgan yaxshilik, go’zallik va nafosatga intilish hissini ro’yobga chiqarishda beqiyos vosita bo’lib xizmat qiladi.
“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali – bashariyat tafakkurining buyuk xazinasi, insoniy va ma’naviy kamolot ramzi bo’lgan musiqa san’atini butun dunyoda targ’ib qilish, odamlarni nafosat va go’zallikka oshno etishdek oliyjanob faoliyatdir. Mazkur festival Sharq musiqasining nafaqat qadimiyligi, betakrorligi, ayni paytda nihoyatda dilga yaqin, qalb ummonlari bilanchambarchas bog’liq ekani, ta’sir kuchini ham namoyon etdi. Bir so’z bilan aytganda ushbu festival musiqaning jahon xalqlarini birlashtiruvchi vosita ekanini yana bir bor isbotladi.
Kuy-qo’shiqlar turli tillarda yangrasa ham, dildan chiqarib ijro etildi. Demak, xalqlar turli tillarda so’zlashsalar ham dillar mushtarakdir. Faqatgina milliy musiqalar kuylanadigan bu festivalning o’tkazilishi musiqiy madaniyatimizni rivojlantirishda juda muhim o’rin tutadi. “Sharq taronalari” festivalida musiqiy merosimizning eng nodir asarlari kuylanadi. Ushbu festival Samarqandning Registon maydonida o’tkazilishi nur ustida a’lo nurdir. “Sharq taronalari” festivali bizga yana shuning uchun ham qadrliki, unda faqat milliy qo’shiq ijro etiladi. Bu yerda faqat millatning qadimiy ohanglari yangrab qolmay, qadimiy, milliy liboslar ham namoyish etiladi. Bunday festivallar jahnning boshqa mamlakatlarida yo’q.
Odamlarni siyosat emas, ko’proq san’at birlashtiradi. Shuning uchun ham “Sharq taronalari” butun dunyoda katta dovrug’ qozonayotir.
Kelajakda ushbu festival doirasiga teatr, kino va shunga o’xshash Sharq xalqlarining mislsiz san’ati va madaniyatini jahon uzra ko’z-ko’z qiladigan sohalari ham qo’shiladi, deb umid qilaman.
Download 46,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish