Respublikamizning ba’zi banklarida daromadlilik va likvidlilikning holati va tahlili
Daromadlilikvalikvidliliko‘rtasidagimutanosibliknita’minlashyo‘llari Xulosa
Foydalanilganadabiyotlarro‘yxati «..bugungi kunda bank tizimini isloh qilish, ularga yanada ko‘proq mustaqillik berish, banklarning o‘z aktivlarini va ustav fondini ko‘paytirish, sarmoyalash imkoniyatlarini oshirishmuammolarigakattae’tiborberayotganimizbejiz emas, albatta. Nega deganda, bank kapitali orqasida o‘z aktivlarining ko‘payishidan, banklarning samarali ishlashidan,foydako‘rishidanmanfaatdorbo‘lganhaqiqiy mulkdorlar turishi, ayniqsa, ulkan ahamiyatga ega»1. I.A.Karimov Kirish. Bozor munosabatlarining muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish, iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqaro bank tizimi talablariga mos keluvchi mahalliy banklar faoliyatini tashkil qilish va ular faoliyatini yanada takomillashtirish shu kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. YAxshi taraqqiy etgan bank tizimi va banklar faoliyatiga ega bo‘lmagan jamiyat rivojlana olmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 16 yanvarda o‘tkazilgan yig‘ilishida belgilab berilgan 2014 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida respublikamizda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotning mutanosibligi hamda yuqori iqtisodiy o‘sish ta’minlandi2. Iqtisodiyotni samarali boshqarish uning muhim sub’ekti bo‘lgan tijorat banklar faoliyatini o‘rganishni, ularning ishlash mexanizmi, funksiya va operatsiyalarini bilishni taqozo qiladi.
2014 yilda respublika bank tizimidagi islohotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar” Dasturi hamda respublika
1 Karimov I.A. Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investisiya va moliyaviy barqarorlik to‘g‘risida.-T.: O‘zbekiston.2005.-528 b.
2 I.A.Karimovning 2014 yilning asosiy yakunlari va 2015 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasidagi nutqidan, 2015
moliya-bank tizimini rivojlantirishga oid boshqa hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarishga qaratildi, jumladan:
bank nazorati tizimini yanada takomillashtirish, bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining yangi tavsiyalarini tatbiq etish bilan bog‘lik tadbirlarni davom ettirish;
mamlakat bank tizimi va tijorat banklari faoliyatini etakchi xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladigan me’yor, andoza va ko‘rsatkichlar asosida baholash amaliyotini kengaytirish;
tijorat banklarining resurs bazasini ularning kapitallashuv darajasi hamda aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bo‘sh pul mablag‘larini depozitlarga jalb qilish orqali yanada oshirish;
tijorat banklari aktivlarini, shu jumladan, ularning investitsion faolligini hamda ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha loyihalarni kreditlash hajmlarini oshirish;
tijorat banklari balansiga olingan iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatini tiklash, ular bazasida tashkil etilgan yangi korxonalarni strategik investorlarga sotish ishlarini yanada faollashtirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, birinchi navbatda, investitsiya maqsadlari, boshlang‘ich kapitalni shakllantirish uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish hajmini kengaytirish;
xalqaro andozalar va tamoyillar hamda mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlanishining hozirgi real holatidan kelib chiqqan holda moliya-bank sohasining qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish ishlari amalga oshirildi.
Ayni paytda banklarimizning umumiy aktivlari hajmi aholi va yuridik shaxslarning hisob raqamlaridagi mablag‘lardan ikki barobardan ham ko‘pdir. Bu esa ushbu mablag‘larni ishonchli himoya qilish hamda ularga o‘z vaqtida va to‘la hajmda xizmat ko‘rsatishni kafolatlaydi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan fuqarolarning banklar depozitlaridagi omonatlari, ularning miqdoridan qat’iy nazar, davlat tomonidan to‘la kafolatlanadi. Bu esa o‘z novbatida tijorat banklarini
resrus bazasini mustahkamlanishiga va buning natijasida bank aktiv operatsiyalarini hajmini oshishiga olib keladi.
Aktivlarning strukturasi va sifati sezilarli darajada bankning likvidliligi va tulov kobiliyatini ya’ni, uning ishonchliligini belgilaydi. Kapitalning etarliligi va kabul kilingan kredit risklari darajasiga bank aktivlarining sifati, aktiv va passivlarning xajm va muddat buyicha kelishuviga – kabul kilinadigan valyuta va foiz risklari darajasiga bog‘liq.
Tijorat banklari faoliyatining pirovard maqsadi olinayotgan foydani maksimallashtirishdan iborat bo‘lib, ushbu maqsadga erishish bank aktivlarining daromadligini barqaror tarzda oshirib borishni taqozo qiladi. Ayni vaqtda respublikamiz tijorat banklari daromadligini oshirish borasida bir qator muammolarning mavjudligi kuzatilmoqda. Xususan, bank aktivlari tarkibida daromad keltirmaydigan aktivlarni yirik miqdorda to‘planib qolishiga yo‘l qo‘yilmoqda. Bundan tashqari, respublikamiz tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalari ham rivojlanmay qo‘ydi.