O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“BANK ISHI” KAFEDRASI
“BANK ISHI”
FANIDAN
KURS ISHI
(sirtqi ta’lim uchun)
MAVZU: Tijorat banklari aktivlari va ularning tarkibi
|
“BANK ISHI” kafedrasi mudiri
_______________
“__” ______________ 2022 yil
|
|
|
|
Kurs ishi ilmiy rahbari: katta o’qituvchi
|
BAJARDI: SBI-55 GURUH TALABASI :
TOSHKENT-2022
MAVZU: Tijorat banklari aktivlari va ularning tarkibi Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism:
1. Bank aktivlari va ularning tarkibi, ularning balansda joylashishi.
2. Bank aktivlarining tasniflanishi:
3. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tijorat banklari aktivlarini boshqarish strategiyasi.
4. Tijorat banklarida majburiy zahiralarni tashkil etish tartibi va uning zaruriyati.
III.Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
KIRISH
Respublikamiz bank-moliya tizimini isloh qilish va mustahkamlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar banklarning kapitallashuv darajasini oshirish, iqtisodiyotni kreditlash koʻlamini kengaytirish, koʻrsatilayotgan bank xizmatlari turlarini koʻpaytirish va shu bilan birga, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank tizimining rolini oshirishini koʻzda tutilmoqda. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2021-yil uchun moʻljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida «...Bugungi kunda bank tizimidagi eng asosiy muammo – ular kapitalining asosiy qismi, yaʻni, 83 foizi davlatga tegishli ekanidir. Bu, oʻz navbatida, bank sektorida sogʻlom raqobatga toʻsiq boʻlib, xizmat koʻrsatish sifatiga salbiy taʻsir qilmoqda. Hukumat va Markaziy bank xalqaro moliya institutlari koʻmagida bank-moliya tizimini rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqishi lozim. Bunda bank tizimiga xususiy va xorijiy kapital kirib kelishi hisobidan biz davlat banklari ulushini bosqichma-bosqich kamaytirib boramiz. Bu esa sohada raqobat muhitini yaxshilashga, tijorat banklari faoliyatini, kreditlash sifati va madaniyatini har tomonlama oshirishga xizmat qiladi...» - degan dolzarb masalalarni qoʻydi. Bu, oʻz navbatida, tijorat banklari faoliyatidagi holat, ularning aktiv va passivlarini qay darajada samarali boshqarilayotganligini oʻrganish, tahlil qilish va boshqarish usullarini takomillashtirishni taqozo etadi. Soha mutaxassisi tijorat banklarining aktiv va passivlarini boshqarish usullarini mukammal bilagandagina bank faoliyatini samarali boshqara oladi. Bu borada «Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish» fani soha mutaxassislari uchun dasturulamal vazifasini bajaradi. ―Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish‖ fanining asosiy maqsadi – tijorat banklari aktiv va passivlarini shakllantirish, samarali boshqarishni tashkil etish, tijorat banklarining aktiv va passivlari monandligini (adekvatligini) taʻminlash, likvidlilik va rentabellikni boshqarish usullarini tadbiq qilish, tijorat banklari aktiv va passivlarini operativ va strategik rejalashtirish, innovatsion xizmatlarni tadbiq qilish masalalarini oʻrgatish boʻlib hisoblanadi. ―Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish‖ fanining vazifasi – tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarishda depozit siyosati va uni takomillashtirish, tijorat banklari aktiv va passivlarini strategik boshqarish va tijorat banklari resurslari va ulardan samarali foydalanish yoʻllari, tijorat banklari kapitalini boshqarish, qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarish, banklararo kredit resurslari bozori va passivlarini jalb qilish mexanizmi, tijorat banklari oʻz mablagʻlari va ularning tarkibi, jalb qilingan mablagʻlar va ulardan samarali foydalanish, bank aktiv va passivlarini boshqarish metodlari, bank aktivlari va passivlarini boshqarishning direvativ qurollari, tijorat banklari resurslari bilan bogʻliq risklarni boshqarish haqida nazariy-amaliy bilimlarni oʻrgatishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |