Mavzu № 4 Ta’limning zamonaviy texnologiyalari
«Fikriy hujum» metodi.
Mazkur metod tahsil oluvchilarning mashg‘ulotlar jarayonidagi faolliklarini ta’minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag‘batlantirish hamda bir xil fikrlash inersiyasidan ozod etish, muayyan mavzu yuzasidan rang-barang g‘oyalarni to‘plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo‘lgan fikrlarni engishga o‘rgatish uchun xizmat qiladi.
«Fikriy hujum» metodi A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo‘lib, uning asosiy tamoyili va sharti mashg‘ulot (bahs)ning har bir ishtirokchisi tomonidan o‘rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash, har qanday luqma va hazil mutoyibalarni rag‘batlantirishdan iboratdir. Bundan ko‘zlangan maqsad tahsil oluvchilarning mashg‘ulot (bahs) jarayonidagi erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida ushbu metoddan samarali va muvaffaqiyatli foydalanish o‘qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur ko‘lamining kengligiga bog‘liq bo‘ladi.
«Fikriy hujum» metodidan foydalanish chog‘ida tahsil oluvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodga asoslangan mashg‘ulot bir soatga qadar tashkil etilishi mumkin.
«YAlpi fikriy hujum» metodi.
Ushbu metod J.Donald Filips tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uni bir necha o‘n (2060) nafar tahsil oluvchilardan iborat sinflarda qo‘llash mumkin.
Metod tahsil oluvchilar tomonidan yangi g‘oyalarning o‘rtaga tashlanishi uchun sharoit yaratib berishga xizmat qiladi. Har biri 5 yoki 6 nafar tahsil oluvchilarni o‘z ichiga olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo‘lgan turli xil topshiriq yoki ijodiy vazifalar beriladi. Topshiriq va ijodiy vazifalar belgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, bu haqida guruh a’zolaridan biri axborot beradi.
Guruh tomonidan berilgan axborot (topshiriq yoki ijodiy vazifaning echimi) o‘qituvchi va boshqa guruhlar a’zolari tomonidan muhokama qilinadi va unga baho beriladi. Mashg‘ulot yakunida o‘qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning echimlari orasida eng yaxshi va o‘ziga xos deb topilgan javoblarni e’lon qiladi. Mashg‘ulot jarayonida guruh a’zolarining faoliyatlari ularning ishtiroklari darajasiga ko‘ra baholab boriladi.
Mavzu № 5 Ta’limni tashkil qilish texnologiyasi
Ta’lim jarayoni ta’lim texnologiyasining asosini, yadrosini tashkil etadi hamda ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, tahsil oluvchi, ta’lim shakli, metod, vositalari va ta’lim beruvchi kabi elimentlardan iborat tizim sifatida namoyon bo‘ladi. Tarkibiy elimentlar o‘zaro birlik va aloqadorlikda ta’lim jarayonining umumiy mohiyatini yoritishga xizmat qiladi.
Ta’lim jarayoni bir nechta shartlarga muvofiq tashkil etiladi. Ular quyidagilardir:
1) ta’lim olish, muayyan nazariy hamda amaliy bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan ijtimoiy (yoki shaxsiy) ehtiyojlarning yuzaga kelishi (TE);
2) ta’lim olish, muayyan nazariy hamda amaliy bilimlarni o‘zlashtirishga nisbatan rag‘batning uyg‘onishi (TR);
3) tahsil oluvchining o‘quvbilish faoliyati mazmuni (TOF)ni belgilash;
4) tahsil oluvchining o‘quvbilish faoliyatini boshqarish (TOFB)ni yo‘lga qo‘yish omillarining mavjudligi:
Asosiy shartlar:
ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyoj (ijtimoiy yoki shaxsiy TE);
ta’lim olishga bo‘lgan rag‘bat (motiv) (TR);
tahsil oluvchi faoliyatining mazmunini belgilash (O‘F);
tahsil oluvchi faoliyatini boshqarish (O‘FB);
– ta’lim jarayoni.
Ta’lim texnologiyasining funksional tuzilmasi bevosita ta’lim jarayonining mohiyatini to‘laqonli yoritishga xizmat qiladi. YA’ni, ushbu tuzilma o‘zida ta’lim jarayonining umumiy ko‘rinishi (tashkiliy shakli va ichki mohiyati), obrazini ifoda etadi. Ta’lim texnologiyasining funksional tuzilmasini tasvir orqali quyidagicha aks ettirishga harakat qilindi (47shakl).
Bozor munosabatlariga asoslangan ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlaridan biri-ijtimoiy raqobatning paydo bo‘lishidir. Ijtimoiy raqobat mavjud bo‘lgan sharoitda mo‘‘tadil faoliyat yuritish, raqobatga nisbatan ishchanlik immunitetini hosil qilish manfaatlar to‘qnashuvida «omon» qolish, yuqori mavqega ega bo‘lish uchun imkoniyat yaratadi. SHu bois fuqarolarda ta’lim olish, nazariy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirishga nisbatan ongli yondashuv hissi qaror topmadi.
Bu esa ularda ta’lim olishga bo‘lgan rag‘batni hosil qilmadi. Endilikda ta’lim olish, muayyan kasbhunar yoki mutaxassislik ma’lumotlarini egallash, bu borada ma’lum ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hayotiy ehtiyojga aylanmoqda. Ta’lim olishga bo‘lgan rag‘bat va uning mazmuni ta’lim jarayonining muvaffaqiyatining garovi, kafolati bo‘la oladi.
Ta’lim olishga bo‘lgan rag‘bat tahsil oluvchi hamda o‘qituvchi ishtirokidagi o‘quvbilish faoliyati asosining shakllanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. YAqin o‘tmishda tahsil oluvchining ta’lim jarayonidagi ishtiroki nazariy bilimlarni qabul qilib oluvchi va o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalarni namoyish etuvchi sub’ekt sifatidagi roli bilan kifoyalangan bo‘lsa, ta’lim texnologiyasi talablariga ko‘ra tahsil oluvchi ta’lim jarayonining etakchi sub’ekti, asosiy ijrochisi sifatida ko‘rinadi. Endilikda tahsil oluvchi o‘qituvchi tomonidan uzatilayotgan axborot (bilim)larni qabul qilmaydi. Balki ta’lim beruvchining yo‘llanmasi, ko‘rsatmasiga muvofiq tavsiya etilgan o‘quv manbalari bilan mustaqil ravishda tanishish orqali nazariy bilimlarni o‘zlashtiradi, o‘qituvchining nazorati ostida amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qiladi. Tahsil oluvchi mustaqil faoliyat yuritish, nazariy bilimlarni o‘zlashtirish asosida o‘zida fikrni ilgari surish, dalillar keltirish, o‘z fikrini himoya qilish layoqatini tarbiyalay olishi, o‘zo‘zini tanqid qilish, o‘zo‘zini baholash sifatlarini qaror toptira olishi talab etiladi. Davr talabi tahsil oluvchini ta’lim jarayonining sust tinglovchisi bo‘lishdan faol ishtirokchisiga aylantirishni taqozo etmoqda.
Ta’lim jarayonining maqsadi DTS, o‘quv rejasi dasturi, shuningdek, darslik, qo‘llanmalarda belgilab berilgan muayyan mavzu hamda fan (yoki kurs)ning o‘ziga xos jihatlari, mavjud pedagogik shartsharoitlar, tahsil oluvchilarning yosh, psixologik xususiyatlari, ularning hayotiy ehtiyoji va qiziqishlari, ta’lim beruvchining bilim va malaka darajasi, dunyoqarashi, ijodkorligi, vaziyatni baholay hamda unga muvofiq tezkor harakat qila olish layoqati va hokazo omillarni inobatga olish asosida belgilanadi.
O‘quv jarayonining maqsadi tashxisli ravishda aniq va ravshan belgilanmog‘i lozim. Ta’lim maqsadining bunday belgilanishi ma’lum va amal qilingan vaqtda didaktik jarayonni tashkil qilish va amalga oshirilish darajasi yuzasidan xulosa chiqarish imkoniyatini yaratadi.
Maqsadning tashxisli belgilanishi quyidagi holatlar bilan tavsiflanadi:
shaxsda shakllantirilgan ma’naviyaxloqiy sifatlar hamda aqliy salohiyat shu darajada aniq va ravshan tavsiflanadiki, natijada ularni shaxsning har qanday istalgan, mazkur vaziyatgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida shakllantirilgan sifatlaridan osonlik bilan farqlash mumkin bo‘ladi;
shaxsning tashxislangan ma’naviyaxloqiy hamda aqliy sifatlarining shakllanganlik darajasini haqqoniy nazorat qilishga yo‘naltirilgan aniq usul mavjud bo‘ladi;
shaxsning tashxislangan sifatlarini aniqlash yuzasidan olib borilgan nazorat natijalari asosida uning samaradorligini aniqlash mumkin bo‘ladi;
o‘lchov mezonlari asosida muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarning sifatini baholash ko‘rsatkichlari mavjud bo‘ladi.
Ta’lim jarayonining maqsadi ijtimoiy buyurtma mazmuni hamda tahsil oluvchi shaxsi modellarining o‘zaro muvofiqligi asosida kechadi.
Bosqichli darajada ta’lim maqsadini shakllantirish dolzarb darajadagi maqsad muayyan ta’limiy tayyorgarlik bosqichlari bo‘yicha taqsimlab chiqiladi. Ta’lim tizimining yaxlit holda kasbga yo‘naltirilganligi sababli tahsil oluvchi shaxsining modeli uning ob’ekti bo‘lib qoladi. Ta’lim jarayonida shaxsning yosh ko‘rsatkichlari tabiiy uning shakllanish bosqichlariga mos ravishda asosiy maqsaddan kelib chiqib darajalanadi.
Tezkor daraja ta’lim maqsadini shakllantirish mazmuni, ta’lim jarayonini tashkil etuvchi alohida fanlarni o‘rganishdan iboratdir.
Ta’lim jarayonining mazmuni ta’limning umumiy maqsadini amalga oshirish, xususiy maqsadlarga bosqichmabosqich erishish imkoniyatini yaratadi.
Ta’lim mazmuni ta’limiyme’yoriy hujjatlar talablari, o‘quv manbalari (DTS o‘quv rejasi, dastur, darslik va qo‘llanmalar)ning mazmuni, ularda ilgari surilgan g‘oyalar asosida ishlab chiqiladi.
Ta’lim jarayonining mazmuni shaxsga ta’lim berish, uni tarbiyalash va rivojlantirish kabi vazifalarning ijobiy hal etilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ta’limning shakl, metod va vositalari ta’lim jarayonining mazmuni asosida belgilanadi.
Ta’lim muassasalari oldida turgan vazifalarni hal etish mashg‘ulot (ta’lim jarayoni) mazmuni, ta’lim shakli, metodlari hamda vositalarining samaradorligiga bog‘liq bo‘ladi. Ta’lim shakli, metodlari va vositalari tahsil oluvchilarni ma’naviyaxloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda chuqur bilim va dunyoqarashni hosil qilishga xizmat qiladi.
Ta’lim shakli o‘qituvchi va tahsil oluvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan faoliyatlarining tashqi ifodasidir.
Qadim zamonlardanoq jamiyatning etuk kishilari o‘qitish ishini tashkil qilishning ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlariga javob beradigan shakllarini topishga uringanlar. Hozirgi vaqtda Respublika ta’lim muassasalarida o‘qitishning quyidagi shakllaridan foydalanilmoqda (48shakl).
An’naviy ta’lim o‘zida XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida yashab ijod etgan buyuk chex pedagogi YAn Amos Komenskiy (1592-1670 yillar) tomonidan asoslangan sinfdars tizimi mohiyatini aks ettiradi. Mazkur tizimning mohiyati quyidagilardan iborat:
a) tahsil oluvchilar yoshi va tayyorgarlik darajalariga ko‘ra sinflar tarzida guruhlanadilar va umumiy ishni bajaradilar;
b) o‘quv predmetining mazmuni bir qator bo‘lim va mavzularga, bo‘lim va mavzular esa bir qator baravar va izchil joylashtirilgan qismlarga ajratilib, ular birinketin ma’lum jadval bo‘yicha keladilar (darslar).
Sinf yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo‘lgan muayyan tahsil oluvchilar guruhini;
dars esa bevosita o‘qituvchining rahbarligi hamda nazorati ostida muayyan tahsil oluvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonini anglatuvchi tushunchalardir.
Dars-o‘quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli hisoblanadi. Sinfdars tizimi quyidagi mazmunga egadir:
1. Har qaysi sinf yoshi va bilim darajasiga ko‘ra bir xil bo‘lgan tahsil oluvchilarning doimiy guruhiga ega bo‘ladi.
2. Dars jarayoni asosan 45 daqiqa (yoki bir akademik soat 80 daqiqa) davom etib, qat’iy jadval asosida olib boriladi.
3. Dars o‘qituvchi va tahsil oluvchilarning faoliyat birligiga asoslangan bo‘lib, bevosita o‘qituvchi rahbarligida jamoa, guruhli va yakka tartibda olib boriladi.
4. Dars mashg‘uloti o‘tilayotgan va o‘zlashtirilayotgan materialning mazmuniga qarab turli xil metodlar yordamida olib boriladi hamda umumiy ta’lim tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni o‘zlashtirish uchun zamin yaratishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda darslarni tashkil etishga nisbatan quyidagi didaktik talablar qo‘yilmoqda:
1. Darsning maqsadi va vazifalarining aniqligi hamda pedagogik jihatdan to‘g‘riligi.
2. Darsning ta’limiy, tarbiyaviy va shaxsni rivojlantiruvchanlik vazifalarining birligi va uzviyligi.
3. O‘qitishning yaxlit dars va uning ma’lum qismlari, vazifalari hamda mazmuniga muvofiq keladigan, tahsil oluvchilarning bilish faolliklari va mustaqil faoliyatlarini ta’minlashga xizmat qiluvchi maqbul metodlarini tanlash.
4. Mashg‘ulotlarning turli shakllari: jamoa, guruhli va yakka tartibdagi shakllarini maqbul ravishda qo‘shib olib borish.
5. O‘qituvchining rahbarlik roli bilan tahsil oluvchilar faol bilish faoliyatini birga olib borish.
6. Darslarning o‘zaro uzviy va dialektik xususiyatga ega bo‘lishiga erishish.
7. Tahsil oluvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish.
8. Darsda tahsil oluvchilarni o‘qitish va tarbiyalash uchun qulay shartsharoit yaratish.
9. Darslarni demokratik tamoyillar asosida tashkil etish.
10. Darsda tahsil oluvchi erkinligini ta’minlashga erishish.
Bugungi kunda ta’limni tashkil etish tizimida yakka tartibda ta’lim olish o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib bormoqda. YAkka tartibdagi ta’lim tahsil oluvchining qiziqishi, ehtiyoji, xohishiga ko‘ra muayyan fan, predmet yuzasidan chuqur bilim olish; ma’lum fan yoki predmet bo‘yicha yuzaga kelgan o‘zlashtirmovchilik holatini bartaraf etish, shuningdek, uzoq vaqt sog‘liqni saqlash muassasalarida davolangan yoki tibbiyot xodimlari nazoratida bo‘lgan tahsil oluvchilarning o‘quv dasturi talablarini bajarishlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etiladi. YAkka tartibda ta’lim olishning asosiy ko‘rinishlaridan biri sifatida repititorlik ta’limi keng ommalashib bormoqda.
Ayni vaqtda OTM faoliyatida o‘qitishning noan’anaviy shakllarining asosiysi sifatida ma’ruzadan keng foydalanilmoqda.
Ma’ruza tahsil oluvchilarga nazariy bilimlarni verbal (og‘zaki) etkazib berish shakllaridan biri bo‘lib, ma’ruza darslarini tashkil etish ancha murakkab va ko‘p mehnat talab qiladi.
Ma’ruza darsi tajribali, yuksak darajadagi pedagogik mahoratga ega o‘qituvchilar tomonidan tashkil etiladi. Ma’ruzada faqat fan, o‘quv predmeti asoslari borasida ma’lumotlar berib qolmasdan, balki tahsil oluvchilarni ijtimoiyg‘oyaviy jihatdan tarbiyalab borish talab etiladi. Ma’ruza jarayonida asosiy e’tibor tahsil oluvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, bilim va faoliyat malakasini oshirishga qaratiladi.
OTM amaliyotida ma’ruzaning quyidagi turlaridan keng foydalanilmoqda:
ommaviy ma’ruza;
ma’ruzasuhbat;
ma’ruzamunozara.
Ma’ruzalar yozma tayyorlanadi. SHu bois ma’ruzachi o‘qituvchida ma’ruza mavzusi yuzasidan reja va konspekt bo‘lishi lozim.
Ma’ruzada o‘quv materialining tahsil oluvchilar tomonidan tushunilishi va qabul qilinishi quyidagi mezonlar bilan aniqlanadi:
Mavzu № 6 Ta’limda o‘qituvchi va tahsil oluvchi faoliyati
YAqin davrlarga qadar tahsil oluvchilar o‘zlashtirishning umumiy ko‘rsatkichi bo‘lgan imtihon bahosiga ko‘ra barcha ta’lim oluvchilar imkoniyati to‘g‘risida fikr yuritilardi. Bu tarzdagi yondoshuv ko‘plab noxush holatlar, jumladan, foizbozlikning avj olishiga olib kelganligi oqibatida ta’lim beruvchi va oluvchilar borasida haqqoniy fikr yuritish imkoni yo‘q edi.
Oliy o‘quv yurti bugungi kunda «tayyorlovchi» (pedagog) hamda «texnik nazorat bo‘limi» (imtihonchi) bitta shaxsni ifodalovchi yagona muassasa sanaladi. Mahsulotni sertifikatsiyalash tahsil oluvchining bilim hamda o‘rganganlik darajasini sanoatdagi kabi «tayyorlovchi»ga bog‘liq bo‘lmagan holatda, umiy «davlat standarti»ga mosligiga ko‘ra belgilanishi lozim.
SHunday qilib, tahsil oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalarining sifati mutaxassislik bo‘yicha Davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’limning barcha bosqichlarida uzluksiz nazorat qilib borilishi lozim.
Buning uchun test va test o‘tkazish kabi maxsus vositalar majmualari ishlanmalarini yaratish talab etiladi.
Tahlil etilayotgan muammo mohiyatini oydinlashtirish uchun quyidagi holatlarni aniqlab olish talab etiladi:
1.Tavsiya etilayotgan vositaning imkoniyatlari.
2.Uning vositasida o‘lchov ishlarini amalga oshirishdagi aniqlik darajasi.
3.Vosita ish sifatini ta’minlashning usullari .
Ushbu muammolarni batafsil qarab chiqamiz.
I Test va testni tashkil etish qanday xususiyatlarga ega? Bizning fikrimizga ko‘ra, bunga quyidagilarni misol keltirish mumkin:
1. Bilimlar hamda o‘rganganlik darajasini tezkor nazorat qilish.
2. Tahsil oluvchi bilimlarini baholashda yuqori darajadagi haqqoniylik.
Bu jarayondagi muvaffaqiyatga quyidagilar hisobiga erishiladi:
– bilim darajasiga qo‘yiladigan talablarning umumiyligi;
– o‘qituvchi vazifalarini kompyuter xizmati bilan almashtirish;
3. O‘qituvchining shaxsiy xislatlariga bog‘liq bo‘lmagan nazorat jarayonini kompyuterlashtirishning imkoniyatini aniqlash. Bu esa o‘z navbatida nazorat uchun sarflanadigan vaqtni qisqartiradi.
4. Javobni baholashda tahsil oluvchida o‘z imkoniyatlariga ishonch va o‘z-o‘zini hurmat qilish xislatlarini tarbiyalash.
5. Bilimlarni nazorat qilishni chetlab o‘tish yoki uning natijalarini asossiz ko‘tarib yuborish imkoniyatini cheklash.
6. Berilgan javoblarning noto‘g‘ri baholangan deya e’tiroz bildirgan tahsil oluvchining arz qilish imkoniyatining mavjudligi .
7. Oliy o‘quv yurtlari ta’limida test o‘tkazish asosan I-II kurslarda yuqori samara beradi. Nazorat qilishning boshqa usullari laboratoriya ishlari himoyasi, konspektlarni tekshirish, seminar mashg‘ulotlaridagi chiqishlar hamda kollokviumlardagi javoblarni baholash va hokazolardan iborat.
Test va test o‘tkazishning amalga oshirib borilishi tahsil oluvchilarning oliygohlar ta’lim tizimiga ko‘nikib borishi, Oliy maktab talablariga muvofiq tizimli ishlashga o‘rganish, o‘z harakatlarini doimiy baholab borish hamda shu asosda olg‘a intilishi kabi xislatlarni tarbiyalaydi.
8. Test o‘tkazish orqali ma’lum davrda ta’limda erishilgan tayyorgarlik darajasi tasdiqlanadi va «ortga» ketishining oldi olinadi.
9. Testlar mazmuni o‘rganilayotgan fan mazmuniga muvofiqligi bilan baholashga nisbatan tasodifiy omillar ta’sirini pasaytiradi.
10. Bir vaqtning o‘zida test ta’lim vositasi ham hisoblanadi, chunki so‘raluvchi bir vaqtning o‘zida o‘z javobini tahlil qiladi va xatolari to‘g‘risida tegishli xulosa chiqaradi.
11. Test bu nazorat xizmati, ta’lim oluchilar bilimlarini baholashning eng samarali usulidir.
Ta’lim vositalarining ijobiy yoki salbiy jihatlari aynan erishilgan darajani baholash va aniqlashdan kelib chiquvchi ta’lim mezoniga bevosita bog‘liqdir.
Mavzu № 7 Zamonaviy innovatsion texnologiyalar
O‘qitish texnologiyasi – bu tizimli kategoriya bo‘lib, ilmiy ta’limotning didaktik qo‘llanishiga, o‘qituvchining innovatsion emperik yondoshuvlari asosida ta’lim tizimini tashkil etish va tahlil qilishni ilmiy asoslashga, tahsil oluvchilar shaxsini rivojlantirishda yuqori natijalarga erishishga yo‘naltirilgan jarayondir.
Ta’limning bu ko‘rinishi quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan:
– ta’limning maqsadi; ta’limning mazmuni; o‘qitishning motivatsiyasi va vositalari; o‘qitish jarayonini tashkil etish; tahsil oluvchi; o‘qituvchi; faoliyat natijasi.
Ta’lim texnologiyasi o‘zaro uzviy bog‘langan ikki jarayonni o‘z ichiga oladi:
– o‘qitiladigan shaxsning faoliyatini tashkil etish; faoliyat ustidan nazoratni tashkil etish.
Ta’lim texnologiyasini o‘rganishda zamonaviy elektron vositalarga to‘xtalmay bo‘lmaydi. Ularni ta’lim innovatsiyasining strategik elementlari deb atash mumkin. Odatiy ta’limda o‘qitishning fanlararo modeli xos bo‘lib, unda fanlar keragidan ortiq ma’lumotlarga ega. Innovatsion o‘qitish strategiyasi ta’lim-tarbiya jarayonini shunday tashkil etishni ko‘zda tutadiki, unda avvalgiday o‘qituvchi shaxsi etakchi element hisoblanadi, faqat uning tahsil oluvchiga va o‘ziga bo‘lgan munosabati o‘zgaradi. SHu bilan bir qatorda tahsil oluvchining yondoshuvi ham o‘zgaradi.
Innovatsion strategiya bilan bog‘liq ustivor vazifalardan biri ta’lim jarayonini tashkil etadigan o‘qituvchilarni o‘qitishdan iborat. O‘qituvchilarni o‘qitish uchta asosiy maqsadga yo‘naltiriladi:
– yangicha boshqaruvni o‘zlashtirish; tahliliy mafkura yuritishning yangicha usulini o‘zlashtirish, bundan ko‘proq foyda olish kutiladi; dastur, loyihalarni hamkorlikda bajarishga qaratilgan yangicha ijtimoiy usullarni tashkil etish.
Agar bugun yangi texnologiya paydo bo‘lsa, uni baholash mezoni ham bo‘lishi shart. Ularga ko‘rsatkichlarni bloklar bo‘yicha texnologiyalarni taqqoslash natijalari kiradi:
– o‘quv-uslubiy; tashkiliy-texnologik; texnik vositalar.
Bundan tashqari texnologiyalarni uslubiy va dasturiy joriy etish bo‘yicha baholashga salohiyati etadigan ekspert – mutaxassislarni jalb etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Texnologiyalarni tuzish davomida har xil baholash mezonidan foydalanilishi (“a’lo”, “yaxshi”, “qoniqarli” va h.k)ni hisobga olgan holda, taqqoslash natijasini yaxshidan yomonga nisbatan qat’iy shkalada baholashga to‘g‘ri kelmaydi. Texnologiyani tanlash shaxsning malakasi, tajribasi va ayrim bloklarning muhimligiga qarab tashkil etiladi.
Zamonaviy innavatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tadbiq etishda ko‘p faktorlar salbiy ta’sir etadi, ularga:
– ta’lim muassasalarining komp’yuterlar va elektron vositalar bilan ta’minlanganlik darajasining etarli emasligi; ta’lim muassasalarining internet va boshqa axborot tarmoqlariga ulanmaganligi; ilmiy-uslubiy manbalarning etarli emasligi (elektron qo‘llanmalar, laboratoriya va kontrol ishlar, testlarning etarli emasligi); o‘qituvchilarning zamonaviy komp’ter texnikasi bo‘yicha malakasining etishmasligi; o‘qituvchilarning savodi etishmasligi sababli, tahsil oluvchi-tahsil oluvchilarning ham komp’yuterdan etarli foydalana olmasliklari, elektron kitoblar bilan ishlashni bilmasliklari; ta’lim muassasalari rahbariyatining ta’limni bu sohasiga jiddiy e’tibor bermasliklari va h.k.
Ta’limda yo‘l qo‘yilayotgan bunday kamchiliklarni bartaraf etish omillari quyidagicha:
– yangi innovatsion texnologiyalarni o‘rganish uchun o‘qituvchilarni qayta tayyorlashni tashkil etish; multimedia o‘quv qo‘llanmalari ishlab chiqqan o‘qituvchilarni rag‘batlantirishni; internet tarmog‘i orqali on-lain konferensiyalar, seminarlar va boshqa o‘qitish tadbirlarini tashkil etish; ta’lim muassasalarida multimedia sinflari, laboratoriyalar va kutubxonalar sonini ko‘paytirish; nternet va boshqa elektron o‘quv vositalari bo‘yicha o‘qitish akademik soatlari miqdorini ko‘paytirish; tahsil oluvchi-tahsil oluvchilar bilan zamonaviy axborot texnologyalari haqida ko‘proq ilmiy tanishtiruv ishlarini olib borish.
Zamonaviy innavatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tadbiq etishda ko‘p faktorlar salbiy ta’sir etadi, ularga:
– ta’lim muassasalarining komp’yuterlar va elektron vositalar bilan ta’minlanganlik darajasining etarli emasligi; ta’lim muassasalarining internet va boshqa axborot tarmoqlariga ulanmaganligi; ilmiy-uslubiy manbalarning etarli emasligi (elektron qo‘llanmalar, laboratoriya va kontrol ishlar, testlarning etarli emasligi); o‘qituvchilarning zamonaviy komp’ter texnikasi bo‘yicha malakasining etishmasligi; o‘qituvchilarning savodi etishmasligi sababli, tahsil oluvchi-tahsil oluvchilarning ham komp’yuterdan etarli foydalana olmasliklari, elektron kitoblar bilan ishlashni bilmasliklari; ta’lim muassasalari rahbariyatining ta’limni bu sohasiga jiddiy e’tibor bermasliklari va h.k.
Ta’limda yo‘l qo‘yilayotgan bunday kamchiliklarni bartaraf etish omillari quyidagicha:
– yangi innovatsion texnologiyalarni o‘rganish uchun o‘qituvchilarni qayta tayyorlashni tashkil etish; multimedia o‘quv qo‘llanmalari ishlab chiqqan o‘qituvchilarni rag‘batlantirishni; internet tarmog‘i orqali on-lain konferensiyalar, seminarlar va boshqa o‘qitish tadbirlarini tashkil etish; ta’lim muassasalarida multimedia sinflari, laboratoriyalar va kutubxonalar sonini ko‘paytirish; nternet va boshqa elektron o‘quv vositalari bo‘yicha o‘qitish akademik soatlari miqdorini ko‘paytirish; tahsil oluvchi-tahsil oluvchilar bilan zamonaviy axborot texnologyalari haqida ko‘proq ilmiy tanishtiruv ishlarini olib borish.
sifatini oshiradi, balki bilimning ommalashuviga erishiladi.
Ta’lim jarayoniga yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etilishida masofaviy ta’limni lokal tarmoqlar va global jahon tizimi orqali joriy etish samarali bo‘ladi. Afsuski, bunday misollar bugungi kun talabiga javob bermaydi, ammo ta’limning aynan shu turi orqali markazdan uzoqda joylashgan hududlarda yashaydigan aholi orasida, ish bilan doim band bo‘ladigan ishchilar, nogironlar ichida bilim olishga intilayotganlari o‘z bilimlarini joylarida olishlari mumkin bo‘ladi. SHunday qilib, masofaviy tarmoq orqali o‘qiyotgan tahsil oluvchilar sinovlarni, oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun kirish test sinovlarni topshirishlari uchun yo‘l ochiladi, bundan tashqari o‘qituvchilardan konsultatsiyalar olish, adabiyotlar bilan tanishish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.
SHaxsga mo‘ljallangan ta’lim modelidagi innovatsion texnologiyalar shaxsni takomillashtirishga qaratilgan ta’lim jarayoni didaktikaga asoslanib, u o‘qitish vaziyati bilan uzviy bog‘liq holda uch texnologik turga bo‘linadi:
Ta’lim ma’nosining elementlarini ko‘pqirrali shaxsga qaratilgan masalalar shaklida ko‘rish (muammoli yondoshuv texnologiyasi);
Didaktika-kommunofaol muhitda; sub’ekt-mazmunli muloqati, refleksni rivojlantirish, shaxsning o‘zini safarbar qilishni diolog shaklida mazmunli o‘zlashtirishiga qaratiladi (diologli o‘qitish texnologiyasi).
Ichki ziddiyatlarda shaxsiy funksiyalarni safarbar qiluvchi ijtimoiy-rolli va mavqeli-vaqtli sharoitlarni imitatsiyasini tashkil etish (imitatsiyali o‘yinlar texnologiyasi).
SHaxsga qaratilgan bazoviy texnologik yig‘indili o‘qitish “muammo+dialog+o‘yin” orqali tashkillashtiriladi.
SHunday qilib shaxsga qaratilgan ta’lim o‘qituvchining malakaviy madaniyatini va shaxsning ijodiy rivojlanishini ta’minlaydi.
Ta’lim - inson shaxsiga pedagogik sharoit yaratish orqali shaxsiy sifatlarni talabgirligiga, tahsil oluvchilarning sub’ektiv holatlarini tarkib topishiga qaratilgandir.
Tahsil oluvchilardagi sub’ektiv holatlarni uyg‘unlashuvida uzluksiz ta’lim qonuniyatlari asosida o‘z bilimini oshirish ustida ishlashi, malakaviy ko‘nikmalarni takomillashtirishi, o‘zini rivojlantirishi, individuallashishi, ijtimoiylashuvi va kamol topishi kabi shaxsning shaxsiy yo‘nalishlarini o‘zida mujassamlaydi.
Bu yo‘nalishdagi asosiy vazifa insonparvarlik mezonlariga binoan ta’lim sohasini rivojlantirish shu bilan bir vaqtning o‘zida uni noyobligini, o‘ziga xosligini, shaxsiy talablar asosidagi shaxsiyligini va ta’lim mezonlari tahsil oluvchilarni ko‘proq jalb qilishga qaratilgan bo‘lishini ta’minlashi kerak bo‘linadi va unga:
– ta’lim muhiti ta’sirini boyitish mezonini uning noyobligini, o‘ziga xosligini va individualligini shaxsiy talablar va qobiliyatidan kelib chiqib tashkil etish tamoillari;
– ta’limni “ichki shaxsiy” mazmunini ustivor mezonlarini, ta’limning individual traektoriyalari, respublika darajasida tashkil etish va reglamentlash usullarning tamoillari;
– ta’limning ustivor yo‘nalishlaridagi mahsulot komponentlari mezonlarini talabga rivojlanishi va ijodiy-qayta tashkil etuvchi faoliyat tamoillari;
– o‘zini faollashtirish va refleksiyalash, faoliyatni baholash va o‘zini-o‘zi baholash tamoillari.
Bu o‘rinda innovatsion ta’lim texnologyalariga xarakteristika shaxs-yo‘naltirilgan tamoil bo‘yicha olib boriladi.
SHunday qilib, innovatsion texnologiyalar faqat ta’limni ommaga etazish, uning sifatini oshirish, bilim olish, tezlashtiribgina qolmay, balki moddiy jihatdan unga erishish uchun sharoit ham yaratadi. Eng asosiysi, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifatini takomillashtirish uchun zamin yaratadi.
Mavzu № 8 Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni baholash metodlari
Do'stlaringiz bilan baham: |