O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNVERSITETI
HARBIY TA’LIM FAKULTETI
USLUBIY TAYYORGARLIK SIKLINING
“AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI HARBIY TA’LIM JARAYONIDA O’QITISH NAZARIYASI”
FANIDAN IV-KURS UCUN
MA’RUZALAR MATNI
Bilim sohasi: 100000 – ta’lim
Ta’lim sohasi: 14000 -
Bakalavriyat yo‘nalishi: 5141200 - CHXT
Buxoro – 2021
Tuzuvchi: BuxDU Harbiy ta’lim fakulteti Uslubiy tayyorgarlik sikli o’qituvchisi kapitan K.Q.Hamroyev
Taqrizchi: BuxDU Harbiy ta’lim fakulteti Maxsus tayyorgarlik sikli boshlig’ leytenant A.M.Uzoqov
20___ yil «___»__________
Fakultet “___” sonli yig’ilishida
Muxokama qilinib, tasdiqlangan
Mavzu № 1Ta’lim tizimini rivojlantirish istiqbollari
"Har qanday millatning ravnaqi,
umumbashariyat tarixida tutgan
o‘rni, mavqei va shuhrati bevosita o‘z farzandlarining aqliy va jismoniy etukligiga bog‘liqdir"
Islom Karimov
Ta’lim–inson faolligini belgilaydigan muhim bir tarmoqqa aylanmoqda. SHuning uchun ta’lim tizimida inson faoliyati bilan bog‘liq ko‘pgina muammolarni hal etish zarur. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, bu vazifalarni ilmiy-texnika jarayonining o‘zgarishi bilan bog‘liq ta’limning yangi nazariyasini yaratish, ya’ni fanni jamiyatning ishlab chiqarish kuchiga aylantirish va amaliy ko‘rsatkichlarini rivojlantirish natijasida amalga oshirish mumkin.
Respublikada ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq o‘zgarishlar ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni milliy ruh bilan sug‘orish, samarali an’anaviy uslublarni saqlab qolgan holda yangilarini yaratish va amaliyotda qo‘llash borasida olib borilayotgan ishlarga bog‘liq. Bu yo‘nalish keng qamrovli bo‘lib, mazmunan takomillashib bormoqda. Ta’limda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ta’limning butun jarayonini aniq reja asosida tashkil qilish hamda o‘quv jarayonini maqsadga ko‘ra individuallashtirishni nazarda tutadi.
Ta’lim tizimining fan, texnika va ishlab chiqarish sohalari bilan integratsiyalashuviga erishuvini ta’minlashni bugungi kunning dolzarb muammosi sifatida kun tartibiga qo‘yilishi bu borada muayyan vazifalarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Ta’lim mazmunini tubdan yangilash, uni ilg‘or qarashlar bilan boyitishga erishish, ta’lim-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligini ta’minlash ana shunday vazifalar sirasiga kiradi.
Rivojlangan mamlakatlar ilmiy-pedagogik tajribasi, mamlakatimizda ilmiy-metodik izlanishlar olib borgan va borayotgan pedagog-olimlar ilmiy-metodik xulosalarining ko‘rsatishicha, zamonaviy ta’lim mazmuni, metodlari va vositalarini o‘z ichiga qamrab olgan yangi pedagogik texnologiyalar qo‘yilgan maqsadga erishishga kafolat beradi.
Respublika Prezidenti Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda quyidagi fikrlarga alohida e’tibor berish lozimligini ta’kidladi: "YAngi darsliklarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘z vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni ta’minlashni alohida nazoratga olish zarur"[9].
Malakali kadrlarni tarbiyalash uzoq muddatli, murakkab jarayon bo‘lib, ushbu jarayonning muvaffaqiyatli yakunlanishi yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan o‘qitish texnologiyalarini ta’lim jarayoniga qo‘llashni va keng ko‘lamli axborotlardan foydalanishda tezkorlikka erishishni taqozo etadi. Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo‘lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilim asoslarini puxta o‘rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini hosil qilish, ma’naviyaxloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiytarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog‘liqdir. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug‘ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil Respublikamizning rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishini ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi (1997 yil 29 avgust)da qabul qilingan hamda bugungi kunda g‘oyalari amaliyotga keng ko‘lamda muvaffaqiyatli tatbiq etilayotgan O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga etkazish jarayonining mohiyati to‘laqonli ochib berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko‘tarish, shu bilan birga jahon ta’limi darajasiga etkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutishi lozim. CHunonchi, mazkur jarayonning uchinchi bosqichi (2005 va undan keyingi yillar)da «... ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o‘quvtarbiya jarayonini yangi o‘quvuslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash» kabi dolzarb vazifalar ijobiy hal etilmog‘i zarur.
Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishida yana bir omilning mavjudligi, ya’ni uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagogo‘qituvchilarning zamonaviy ta’lim texnologiyalari mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni ta’lim jarayonida samarali qo‘llay olishlari, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik texnologiya (PT) barkamol insonni shakllantirishni kafolatlovchi jarayonni tashkil qilishning ilmiy-uslubiy asosi bo‘lib xizmat qiladi. SHu nuqtai nazardan pedagogik texnologiya tahsil oluvchini mustaqil mutolaa qilish, bilim olish, erkin fikrlay olishga o‘rgatishni kafolatlaydigan jarayondir.
Ushbu metodologik aspekt yuqorida qayd etilgan vazifalarning ijobiy echimini topishga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatlidir.
Mavzu № 1/2 Ta’lim tizimini modernizatsiyalash va milliy innovatsion
tizimini tashkil etish.
Respublika ta’lim tizimi va undagi o‘qitish jarayonini takomillashtirish maqsadida rivojlangan davlatlarning ta’lim sohasidagi islohotlari tahlil qilinib, shunga ko‘ra ta’lim tizimini modernizatsiyalash uning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilib olib borildi.
Dunyo ta’limi oldida turgan global vazifalarning hal qilinishida echimini kutatayotgan muammolar: oliy ta’lim tizimining tahlili, vazifalari, maqsadlarini o‘rganish va kerakli tavsiyalar yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ta’lim sohasi bilan shug‘ullanuvchi barcha muassasalarning hozirgi kundagi asosiy qiyinchiliklari, ta’limni tashkil etish va uning sifatini yuqori darajaga ko‘tarish, boshqarish, moliyalashtirish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish kabi masalalarning hal qilinishiga qaratilgan. Aynan shu muammolar respublika ta’lim tizimida ham mavjuddir.
Tahliliy natijalarga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarining keyingi yillarda sezilarli darajada kengayib borayotganligi va so‘nggi 10 yil davomida tahsil oluvchilar sonining uzluksiz o‘sib borayotganligi sezilmoqda.
Izchillik bilan rivojlanib borayotgan fan-texnologiyalar uzluksiz va zamonaviy yangi fan-texnologiya yutuqlariga asoslangan bugungi jamiyatda bunday holat oddiy ijtimoiy ong, tafakkurning o‘sishi natijasi sifatida qaralishi kerak. Bu o‘rinda xulosalarni tahlil qiladigan bo‘lsak, oliy ta’lim etishtirib berayotgan “mahsulot”ga “xaridor”larning talabi o‘z yo‘nalishiga ega bo‘lib, quyidagicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda:
Do'stlaringiz bilan baham: |