Uslubiy tayyorgarlik siklining



Download 91,08 Kb.
bet3/9
Sana25.06.2022
Hajmi91,08 Kb.
#701740
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MA\'RUZA MATIN AKT - копия

birinchidan – o‘z mavqeini yaratish va mustahkamlash uchun ijtimoiy nufuzli toifaga ega bo‘lgan davlat diplomini olishga harakat qilayotgan shaxslarning salmog‘i;
ikkinchidan – ma’lum toifadagi diplomga ega bo‘la turib, nufuzli oliy o‘quv yurtlarining diplomlarini qo‘shimcha olishga harakat qiluvchilar ko‘lami;
uchinchidan - faqat ilm olishga intilayotgan va juda kamchilikni tashkil etadigan shaxslar salmog‘i;
to‘rtinchidan – kasb o‘rganishga intiluvchilar ko‘lami, bu guruhdagi shaxslar miqdori ko‘pchilikni tashkil etib, aynan bozor sharoitida tobora izchillik bilan ortib borayotgan shu guruh a’zolari ta’lim sifatini ko‘tarishga o‘z ta’sirlarini o‘tkazishlari mumkin.
SHuni qayd etish joizki, bugungi kunda “mehnat bozori”da oliy ta’lim muassasalarini bitirib chiqqan mutaxassislarga etarli miqdorda ish o‘rinlari yaratilmaganligi sababli nafaqat bugun, balki kelajakda ham ish topish muammoligicha qoladi. Natijada yangicha yashash tushunchalarini o‘zlarida singdirgan va nufuzga erishish maqsadida bilim olgan yoshlarning ijtimoiy mavqeiga putur etishi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Oliy ta’limni isloh qilish muammolarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, ta’lim tizimi alohida tarmoq sifatida e’tirof etilmoqda. Natijada turli konsepsiya va qarashlar kelib chiqmoqda, masalan yirik oliy ta’lim muassasalarining o‘rtacharoqlariga nisbatan munosabati, ta’limga bo‘lgan tarmoqlarning munosabatlari, hududiy ta’lim muassasalarining o‘zlari haqidagi yuqori fikrlari kabi ziddiyatlar mavjud.
Ta’lim tizimini modernizatsiyalash ijtimoiy, iqtisodiy muammolardan ajralgan holda, tarmoq muammo sifatida qaralmasligi lozim.
Ta’lim sohasida hozircha o‘z echimini topmagan muammolardan biri ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqaruv tizimi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining ba’zi mutaxassisliklar bo‘yicha etarli darajada kadrlar tayyorlab berayotganiga qaramay, hozirga qadar ushbu mutaxassislarga nisbatan ish beruvchilar tomonidan talabning yuqori ekanlidir. Ammo ushbu muammolar avvaldan mavjud bo‘lib, uning negizini mutaxassislik haqidagi tushuncha emas, balki mutaxassis tayyorlash texnikasi va sifati belgilaydi.
Birinchidan, har yili yangi mutaxassisliklar vujudga kelishining ortib borishi va ta’lim muassasalarining mazkur ko‘rsatkich darajasida faoliyat yurita olmasligiga oid ma’lumotlarning mavjudligi; ikkinchidan, hozirgi zamon va bozor iqtisodiyotining talabiga binoan, intellektual salohiyatli xodim har 5 yilda o‘z kasbini o‘zgartirishi jahon tajribasida ijobiy baholanmoqda. Uchinchidan, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, kasbiy nufuzning o‘sishida erishilgan yutuqlar diplom bo‘yicha egallangan mutaxassislikka aksariyat hollarda to‘g‘ri kelmasligi kuzatilmoqda, bundan xulosa qilish mumkinki, ta’lim muassasasi kadrni tayyor mutaxassis qilib etishtirib bera olmaydi, ular ish joylarida sinovdan, amaliyot tajribalaridan, o‘tganlaridan keyin shakllanadilar, demak shaxs o‘zligini namoyon qilishi hamda o‘zi yoqtirgan kasbda faoliyat yuritishi natijasida muayyan yutuqlarga erishishi ma’lum bo‘ldi.
Demak, ta’lim sohasidagi bugungi mavjud holatdan kelib chiqib izchil chora-tadbirlar qo‘llash va ta’lim tizimini mehnat bozori kon’yukturasi o‘zgarishini hisobga olgan holda o‘zgartirishni taqozo qiladi.
Tahliliy materiallarga tayanib shuni ta’kidlash joizki, zamonaviy oliy ta’lim tizimi yoshlarni mafkuraviy tarbiyalashga, ta’lim mazmunini va tashkiliy tuzilishiga qaratilgan bo‘lishi kerak. Etuk mutaxassisni ta’lim muassasalari tarbiyalab bera olmaydi, etuk mutaxassis darajasiga erishish uchun bitituvchi ma’lum amaliyot davrini, aprobatsiya bosqichlarini o‘tganidan so‘nggina erishadi. Bu o‘rinda oliy ta’lim muassasalarida o‘qish davridayoq mehnat faoliyatini boshlab yuborgan tahsil oluvchilarni alohida hisobga olish kerak, chunki ular har xil davlat va nodavlat tashkilotlarida ishlab, amaliyotdagi faoliyatini o‘quv dasturlari bilan solishtirish imkoniyatiga egadir, natijada tahsil oluvchi o‘qitilayotgan fanlar majmuasidan, fan dasturlaridan ayrim hollarda qoniqish hosil qilmaydi va dasturlarga o‘zgartirishlar kiritish kerak deb hisoblaydi. O‘z navbatida oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilariga noqulayliklar yaratishi ham mumkin, chunki erkin bozor munosabatlari davrida har xil mulkchilikka ega bo‘lgan korxonalarning o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib olib borayotgan faoliyat doirasini fan dasturlarida qamrab olish qiyin va maqsadga ham muvofiq emas. SHu bilan birgalikda ta’lim tizimini takomillashtirish ta’limning uzviyligiga ya’ni, maktab, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasasi, umumiy axborot vositalari, masofaviy ta’lim olishni ham qo‘shib qaragan holda bir butun shaklda taraqqiy ettirilishi kerak. YOshlarning bugungi olgan bilimlari ularga 10-15 yildan keyin mehnat faoliyatini aktiv holda olib borishlari uchun xizmat qilishi kerak bo‘ladi. CHunki ular o‘sha davrga xos bo‘lgan texnik jihozlarni ishlatish, boshqaruv muammolarini hal qilish va yangiliklar ishlab chiqishlari ko‘zda tutiladi.
Hozirgi davrdagi geoiqtisodiy va geosiyosiy tuzilmasining tarkib topayotgan davrida ctrategik raqobatbardoshligini ta’minlash uchun quyidagi to‘rt vazifani bajarish kerak:

  • Birinchidan – mavjud xom-ashyo kompleksining strategik qayta tuzulmasini ta’minlash. Bu erda barcha tabiiy resurslardan tortib, iqtisodiy strategik ahamiyatga ega bo‘lgan manbalar ham qayd etilishi kerak, hamda bu resurslardan qanday foydalanish, qancha miqdorda va qaerlarda ishlab chiqarish kerak degan savollarga javobni o‘z ichiga olishi ko‘zda tutiladi.

  • Ikkinchidan – yangicha iqtisodiyot negizida xo‘jalik tuzilmalarini qayta o‘zlashtirish. Buning uchun kerakli kommunikatsion infrastrukturani yaratish, hamda uzoq muddatga mo‘ljallangan davlatning rivojlanish siyosatini demografik holatlari hisobga olinib “tayanch xududlar”ni ishlab chiqish va ulardan optimal foydalanish uchun sharoitlar yaratish.

  • Uchunchidan – ijtimoiy tuzilmaning innovatsion rivojlanishini ta’minlash. Bu nafaqat tijoratlashtirish va sobiq ittifoq davridagi ilmiy loyiha ishlanmalarini hayotga tadbiq etish, balki uzilishlarga ega bo‘lgan fanni ta’lim va kadrlar tayyorlashdagi sintezini ta’minlovchi milliy innovatsion infrastrukturani qayta tiklash uslublarini yaratish.

● To‘rtinchidan – kishilarning o‘z madaniyatini saqlashi va u bilan hamjihatlili maqsadini amalga oshirish. Buning uchun tarbiya bilan ta’limning yakdilligini ta’minlash.
Keltirilgan vazifalarning o‘zaro uzviyligi shundaki, birinchi va ikkinchi ko‘rsatkichlarni bajarilishi to‘rtinchi ko‘rsatkich bilan bog‘liq. Bir tomondan fan sohasini, ikkinchi tomondan ta’lim sohasini qayta qurish yaratilayotgan innovatsion jarayonning qudratini ta’minlaydi. Natijada respublikaning global jipslashuv va raqobatbardoshli strategiyasiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Boshqacha qilib aytiladigan bo‘lsa, ta’lim sohasi va kadrlar tayyorlashni kelajak milliy innovatsion tizimning belgilovchi elementi sifatida rejalashtirish va qayta qurish kerak. YAna boshqa diqqatga sazovor ko‘rsatkichlardan bo‘lib, ta’lim tizimining yuqori bosqichi (magistratura, aspirantura, doktorantura) hisoblanadi va uning zimmasiga “ishlab chiqaruvchilar” sinfini yaratish yuklatilgan. Ular yangi avlod “injener-texniklarini, boshqaruv va ijtimoiy madaniy” soha kadrlarini innovatsion yo‘l orqali tayyorlab berishga qaratilgan. O‘rta va pastki bosqich tizimi esa, umumiy “xaridorlar” va innovatsiyani “iste’mol qiluvchilar” sinfini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, bu muammoni ular barcha sohalar va yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash yo‘li orqali amalga oshiradilar.
SHuning uchun ta’lim sohasidagi har qanday islohotlarga juda extiyotkorlik bilan yondoshmoq lozim. Har qanday echimni qabul qilishga shoshilmay yondoshib, kelajakda o‘zimizni innovatsion qayta tiklanishdagi yo‘limizni berkitib qo‘ymaslikka harakat qilmoq darkor. Biz o‘zimizga kelajakda ta’limni isloh qilishga qaratilgan innovatsion oqimdan ta’lim tizimining ayrim sohalarini yoki butunlay uzib qo‘yadigan qarorlar qabul qilishga ehtiyotkorlik bilan yondoshishimiz kerak.
CHunki bugungi kundagi pasayish kelajakda spiral ko‘tarilishga olib kelishi muqarrar. Tahlil natijasi shundan dalolat beradiki, ta’lim tizimidagi qayta qurilish uni innovatsion rivojlanishning asosiy infrastrukturasi ekanligiga urg‘u berishdan chetda qolmoqda. Ta’limdagi qayta qurilishga qaratilgan tadbirlarda ta’lim sifati xaqidagi tushunchalar oddiy fikrlar yig‘indisidan iborat bo‘lib bir vaqtning o‘zida ertangi kun mutaxassisning mavqeini qamrab olish imkoniyatiga ega emas. Ta’lim sifati tushunchasi esa, faqat standartlar bilan bog‘lanib ta’limni isloh qilish va unga yangiliklarni tadbiq etish imkoniyatini birmuncha qiyinlashtiradi. Masalan, demografik jihatdan qaralganda, aholi sonini kelajak o‘n-yigirma yil mobaynida kamayishi asosida tahsil oluvchilar soni qisqartirilishi keyinchalik noqulayliklar tug‘dirishi mumkin. Taklif etilgan islohotlar paketida muammoning shu aspekti inobatga olinishi lozim. Agarda islohot qilinadigan bo‘lsa, amalda faoliyat yuritayotgan ta’lim tizimining mavjud tuzilmasini innovatsion rivojlanish infrastrukturasining asosiy kaliti shaklida qaralmasligi kerak. CHunki, amaliy islohot ta’lim mazmuniga hech qanday o‘zgartish kiritmaydi. Bizning oldimizda turgan kelajakda ishlatiladigan bilim, tajriba emas, balki standart paketlariga o‘ralgan “ma’lumot”lar yig‘indisi ta’lim standartlari deb qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda kadr tayyorlashga qaratilgan emas, balki, bugun ta’lim sohasi o‘zi taklif etadigan mutaxassisliklar aks ettirilgan. Tahsil oluvchilarning mustaqil bilim olishlari o‘rniga, ma’ruza soatlarining hali ham miqdorining ko‘pligi jahon ta’lim texnologiyalariga nisbatan mos kelmaydigan holdir.
YUqori darajada rivojlanib borayotgan jahondagi islohotlar ichida ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan islohotlar ham beqiyosdir. Uning bajarayotgan missiyasi barcha davlatlarda bir xil mavqega ega hamda barcha davlatlar uchun oshkorlik ruhi bilan boyitilgan. Uning bajarayotgan vazifalari quyidagi ko‘rsatrichlarda o‘z aksini topgan:

  • Bilishga o‘rgatish, ya’ni bilish qobiliyatini shakllantirish;

  • Hamjixatlik asoslarini o‘rgatish, ya’ni hamkorlik va birgalikda faoliyat yuritish qonunchiligini o‘zlashtirish;

  • Harakat qilishga o‘rgatish, ya’ni harakat qilish sabog‘iga o‘rgatish;

  • O‘zligini idrok qilishga o‘rgatish, ya’ni dunyoviy tafakkurni shakllantirish usullariga o‘rgatish.

Ta’limning oilaviy strukturasida ta’lim darajasi muhim rol o‘ynaydi, masalan: oliy ma’lumotli ota-ona albatta o‘z farzandiga ham oliy ta’lim berishga harakat qiladi. Ma’lumoti yo‘q yoki o‘rta hol, kam ta’minlangan oilalarda farzdandlariga ta’lim berish uchun har xil egri yo‘llar izlanadi yoki avval o‘rta maxsus ta’limida keyinchalik oliy ta’limda bilim olishini rejalashtiriladi. Birinchi katigoriyadagi ota-onalar uchun ta’lim olishga sarflanadigan xarajatning ahamiyati yo‘q, ikkinchisi esa bosqichma-bosqich to‘laydigan barcha xarajatlarini hisobga oladi.
Bugungi kunga kelib bitta tahsil oluvchiga sarflanadigan xarajat miqdorini 500 ming so‘mdan 760 ming so‘mgacha ko‘tarishga erishildi. O‘rtacha kommersiya usuli bilan ta’lim oladigan tahsil oluvchi oliy o‘quv yurtiga 650 ming so‘m olib kiradi yoki byudjetda o‘qiydigan tahsil oluvchiga nisbatan 30%gina o‘qishga ortiqcha xaq to‘laydi. Ammo oilalarning to‘losh imkoniyatidan kelib chiqqan holda bu miqdorni hozircha oshirishning iloji yo‘q hamda yuqori mavqega ega bo‘lgan boshqa oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun to‘lanadigan mablag‘ 3 ming doll.gacha etganini qayd etish o‘rinli.
80 yillarda yirik shaharlarda umumiy tahsil oluvchilarga nisbatan boshqa mingtaqalardan kelib o‘qiydigan tahsil oluvchilar soni to‘rtdan uch qismini tashkil etgan bo‘lsa, bugunga kelib ularning salmog‘i to‘rtdan birga teng bo‘lib qoldi. Bunga sabab bu shaharlardagi tahsil oluvchilar yashash joylari infrastrukturasining buzilganligi, ko‘pchilik institut va universitetlar yotoqxonalardagi o‘rinlarning soni qisqartirilganligi sabab bo‘lmoqda.
Buning natijasida ham yirik bilim maskanlari ham mingtaqaviy oliy o‘quv yurtlari o‘zlarini-o‘zlari qayta ishlab chiqarish yoki o‘z hududlari doirasida ta’lim berish bilan shug‘ullana boshladilar. Albatta bunday holat ta’lim sifatiga ham kadrlar sifatiga ham o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmay qo‘ymaydi.
Ta’lim tizimini bunday shaklda davom ettirish o‘z navbatida provensial elitani shakllantirib, ularni dunyo madaniyati va salohiyatiga nisbatan chetda qolishiga sabab bo‘ladi. Universitetlar o‘z filiallarini hududlarda ochdilar va joylarda ta’lim olishni ta’minlashga o‘z hissalarini qo‘shdilar, ammo bu o‘rinda raqobatning kuchli bo‘lmasligini ko‘rsatib o‘tish kerak bo‘ladi.
YAna tahlil natijasida yaqqol ko‘zga ko‘ringan kamchilik, bu nafaqat pedagogika balki boshqa oliy ta’lim muassasalarining tahsil oluvchilarining ham salmog‘ini asosan ayollar tashkil etayotganligi sabab, kelgusida albatta ijtimoiy ziddiyat kelib chiqishi mumkin.
Bugungi ta’lim uchun to‘lanadigan to‘lovlarda ham kamchiliklar bor. Masalan, OTMlar tomonida tahsil oluvchini o‘qitish uchun sarflanadigan harajatlarning faqatgina 50 % qoplanib, unda faqat professor-o‘qituvchilarga to‘lanadigan ish xaqi, kerakli adabiyotlarni sotib olish, amaliyot joylariga haq to‘lash kabi xarajatlar hisobga olingan. Joriy xarajatlar eng avvalo kommunal xarajatlari xech qaerda o‘z aksini topmaganligi natijasida to‘lov miqdorlari ham to‘g‘ri moliyalashtirilgan deb bo‘lmaydi.
Har qanday jamiyatda ta’lim tizimi uchta asosiy funksiyani bajaradi:

Download 91,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish