Dunyodagi eng uzun oynavand ko‘prik Xitoyda 24-dekabr kuni ochiladi
D unyodagi eng uzun oynavand ko‘prik Xitoy sharqidagi Xebey provinsiyasida 24-dekabr kuni ochiladi, deb yozadi “TASS”.
Piyodalar uchun mo‘ljallangan shisha ko‘prikning uzunligi 488 metr, kengligi ikki metrni tashkil etadi. U Pinshan uyezdidagi Xunyagu qishlog‘ida ikkita tog‘ cho‘qqisini tutashtiradi. Ko‘prik vodiy uzra 218 metr balandlikda joylashgan. U qalinligi qariyb 4 sm bo‘lgan 1077 ta shisha paneldan qurilgan bo‘lib, ularning umumiy og‘irligi 70 tonnaga yetadi.
Konstruksiya unga taxminan 2 ming kishining og‘irligini ko‘tarish imkonini beradi, ammo operator kompaniya vakillari aytishicha, bir vaqtning o‘zida ko‘prikka faqat 500 kishigina qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |