Oilani go‘zal bog‘u bo‘ston desak, farzandlarni uning qirmizi mevalariga qiyos etgulik. So‘lim bog‘ni, yetilib pishgan ne’matlarni ko‘rganda ko‘z quvonadi. Bahri dilingiz ochiladi



Download 16,41 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi16,41 Kb.
#287786
Bog'liq
Oilani go


Oilani go‘zal bog‘u bo‘ston desak, farzandlarni uning qirmizi mevalariga qiyos etgulik. So‘lim bog‘ni, yetilib pishgan ne’matlarni ko‘rganda ko‘z quvonadi. Bahri dilingiz ochiladi. Sog‘lom oila jamiyatning mustahkam poydevori. Ma’naviyat, salomatlik nuqtai nazaridan aytsak, oila insoniyat naslini pok saqlovchi, sha’ni va odamiyligini ta’minlovchi asosiy vositadir. Oila rishtasining asosida mehr- muhabbat turadi.

Zero, Qur’oni karimning Rum surasinig 21- oyatida quyidagicha xabar beriladi: Uning oyatlaridan (yana biri) U zot sizlar hamdam bo‘lishlaringiz uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratishi va o‘rtalaringizda oshnolik va mehr-muhabbat paydo qilishidir. Albatta bunda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir.

Oila qurish o‘ta noziklik bilan puxta o‘ylab bajariladigan vazifa! Zero, Amir Temur bobomiz kelin tanlash vazifasini davlat ishlari bilan teng qo‘yganligini ta’kidlab o‘tganlar. Kelajakda baxtni qo‘ldan boy bermaslik, atrofdagilarga va o‘ziga zahmat yetkazmaslik uchun oilain to‘g‘ri o‘zanga qo‘yish muhimdir. Zero, oila mustahkam bo‘lar ekan jamiyat mustahkam, oila tinch ekan jamiyat tinch bo‘ladi.

Hozirgi kunda ba’zilarni yaqin qarindoshlar bilan quda-anda bo‘lishga intilishi kuzatilmoqda. Buning sababi qarindosh-urug‘chilikni yanada mustahkamlash va mol-mulkni begonalar qo‘liga o‘tib ketishidan muhofazalash deb ko‘rsatilmoqda. Lekin, tibbiyot olami olimlari yaqin qarindoshlar bilan oila qurishning salbiy oqibatlari ko‘pligini ta’kidlashadi. Uning asosiy sababi turli irsiy kasalliklarning kuchayib ketishidir. Uning oldini olish katta ahamiyatga ega. Eng asosiysi qon yangilanadi.

Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda shaharlarda qarindoshlar o‘rtasida oila qurish hollari o‘n foyizga, qishloq joylarida yigirma-yigirma besh foyizga yetayotgan ekan.

Zero, olimlarning ta’kidlashicha, yaqin qarindoshlar nikohi tufayli saksonga yaqin kasalliklar kelib chiqishi mumkin ekan. Jumladan, yo‘ldosh gematomasi, temir moddasining oshib ketishi, vaznning keskin kamayib ketishi aqliy o‘sishda yoki jismoniy rivojlanishida salbiy holatlar yuzaga kelishi kuzatiladi. Amerika genetiklari yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohda irsiy kasalliklar va tug‘ma nuqsonlar qon bir bo‘lganligi uchun oila qurganda keskin darajada oshib ketishini ta’kidlashadi. Begonalar oila qurganida esa kuchli gen kuchsiz genni yengadi. Ya’ni immuniteti kuchli bo‘ladigan bo‘lsa, boshqa tomonni o‘sha kasalligiga qarshi tura oladi.

Shu vaqtgacha mingdan ortiq bemorlarning kasallik anketalari bilan tanishdim, yuzlab irsiy kasalliklarga chalingan odamlarning o‘zi bilan suhbatlashib, irsiy kasalliklarning tarqalishi bevosita qorindosh -urug‘chilikka daxldor ekanligini kuzatdim. Chunki, deyarli o‘ttiz yildan beri tashhis apparatida ishlayman, ilmiy tadqiqotlarim ham shu mavzuda. Huzurimga ko‘plab homiladorlar keladi. Homilasini skringda tekshirganida, nogironligini aytishganini yana bir marta qaytadan tekshiruvdan o‘tish niyati borligini ta’kidlashadi. Ular orasida uchinchi marta mutaxassisga qayta tekshiruvga kelayotganlari ham topiladi. Ular najot, umid istashadi. Ularga rahmim ham keladi. Surishtirsam, ko‘pincha yaqin qarindoshlar orasidagi nikoh rishtasi oqibati bo‘lib chiqadi. Ba’zi birlari baribir ishonishmaydi. Vaqti soati kelib farzandni dunyoga keltiradi. Ammo.. Uch farzandi voyaga yetmasdan irsiy kasallik tufayli vafot etganlarni bilaman. Lekin, ular baribir umid qilishadi. Yangi oila qurishga majbur bo‘lishadi. Shuni ham unutmaslik kerak, yaqin qarindoshlar orasidagi nikoh rishtasi tug‘ilajak farzandlarning bo‘y va vazn jihatidan pastlab ketishiga ham olib keladi.

Mutuxassislarning aytishicha, yaqin qarindoshlarning nikohi yetti avloddan keyin ham o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatishi mumkin ekan. Shuning uchun AQShning ayrim shtatlarida yaqin qarindoshlar o‘rtasdagi nikoh qonunan ta’qiqlangan.

Hozirgi kunda mamlakatimizdagi barcha oliy o‘quv yurtlarida va tibbiy maslahatxonalarda, mahallalarda bu borada olib borilayotgan tushuntirish ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilganligiga qaramay, salbiy holatlar hamon tez-tez uchrab turibdi.

Aziz yoshlar va ota-onalar, ogoh bo‘ling farzandlar salomatligini ko‘zlab ish qiling!



Shoira BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi

Maqola O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi ko‘magida tayyorlandi.
Download 16,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish