Psixologik fenomen sifatida



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana23.04.2022
Hajmi0,65 Mb.
#575764
  1   2
Bog'liq
vatan-tuyg-usi-va-vatanparvarlik-e-tiqodi-pedagogikpsixologik-fenomen-sifatida



VАTАN TUYGʼUSI VА VАTАNPАRVАRLIK E’TIQODI PEDАGOGIK-
PSIXOLOGIK FENOMEN SIFATIDA 
 
Sh.A.Do’stmuxamedova
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 
 
Annotatsiya
: Ushbu maqolada "Vatan tuyg’usi" va " vatanparvarlik e’tiqodi" 
tushunchalari mazmuni va mohiyatining pedagogik-psixologik taxlili bayon 
etilganbo’lib,vatanparvarlik tuyg'usining milliy o'ziga xoslik asosiy tarkibiy qismlari 
yoritilgan. Vatan tuyg’usi va vatanparvarlik e’tiqodi shaxsning eng muhim ma'naviy 
boyligi bo'lib, uning rivojlanishi eng yuqori pog'onasini tavsiflashi ko’rsatib 
berilgan.
 
SENSE OF PATRIOTISM AND PATRIOTIC FAITH AS A PEDAGOGICAL-
PSYCHOLOGICAL PHENOMENON 
 
Sh.A.Do’stmuxamedova 
Tashkent State Pedagogical University named after Nizami 
 
Abstract: 
The following article explains the pedagogic-psychological analysis of 
content and essence of understandings of “feeling of patriotism” and “ patriotic 
belief”and highlights the main components of national uniqueness of patriotic 
feeling. Feeling of patriotism and patriotic beliefs are described as the most 
important spiritual wealth of personality. 
 
Vatanparvarlik tushunchasi asrlar davomida shakllangan chuqur nazariy 
an’anaga ega. Aflotunning so'zlariga ko'ra, vatan ota va onadan qimmatroqdir. Sharq 
mutafakkirlarining asarlarida vatanga muhabbat, eng oliy qadriyat sifatida qaraladi. 
O'tmishning ko'plab mutafakkirlari va ma'rifatparvarlari shaxsni shaxs sifatida 
shakllantirish jarayonida vatanparvarlikning rolini ochib berib, ularning ko'p qirrali 
shakllantiruvchi ta'siriga ishora qildilar. Ular vatanparvarlik nafaqat tarbiyaning 
muhim vazifasi, balki kuchli ta'lim berish vositasi ekanligiga ishonishdi. Qudratli 
imperiya barpo etgan Zahiriddin Muhammad Bobur ham Vatan firoqida hayotdan 
koʼz yumib ketdi. Shu sababli vatan tuygʼusi hamma insonlarda boʼlsa ham, lekin bu 
tuygʼu oʼzbeklarda juda mustaxkam, barqaror, xatto milliy fazilat, qadriyat darajasiga 
koʼtarilganini ochiq aytish mubolagʼa boʼlmasa kerak. Vatan tuyg’usi bo’lgan 
kishidagina vatanparvarlik jo’shuradi. Respublikamiz Birinchi Prezidenti 
I.A.Karimov aytganidek: “Vatanga muhabbat hissi odamning qalbida tabiiy ravishda 
tug‘iladi. Ya'ni, inson o‘zligini anglagan, nasl-nasabini bilgani sari yuragida vatanga 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020
ISSN 2181-063X
89
http://oac.dsmi-qf.uz


bo‘lgan muhabbat tuyg‘usi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qanchalik chuqur 
bo‘lsa, tug‘ilib o‘sgan Vatanga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo‘ladi”. “Haqiqiy 
vatanparvarlik, -deb ku’rsatishgan edi amerikalik etnopsixologlar B.Ganniy va 
V.Jeromlar - faqat xalki va Vatanining jahon miqyosida tutgan mavkeidan faxrlanish 
bilangina namoyon bu’lmaydi. Millat hayotida shunday davrlar va holatlar ham 
bu’ladiki, bunda haqiqiy vatanparvarlik tuygusi uyalish va orlanish bilan tu’lib 
toshishi mumkin. Darxaqiqat, millatning o‘qimishli vakillari, ziyoli va olimlar, 
yozuvchilar millat hayotiga, milliy jarayonga teran ob'ektiv ku’z bilan qarab, millat 
hayotidagi ayrim kamchilik va nuqsonlarni ru’y-rost ayta olishgan, tanqid qilishgan. 
Taniqli u’zbek ma'rifatparvari Abdulla Avloniy “Guliston yoki axlok“ kitobida 
bunday yozadi: “... Bizlar na uchun harakat qilmaymiz, qimirlamaymiz? Boshqa 
millatlarning o‘gillari, qizlari kecha demay, kunduz demay, yoz demay, qish demay 
ilm yu’lida jonlarini fido qilib, qovushib, yugurishib, ko‘zlarimizni qamashtirib 
turgan bir zamonda, bizlar hamon uyqudan, jaholatdan boshimizni ku’tarmaymiz, 
ibrat olmaymiz” ... Muqaddas Vatan uchun jonini fido etishga tayyor turish kishining 
yuksak axlokiyligidan dalolatdir. Vatanparvarlik qadimiy tuygulardan hisoblanadi. 
Vatan inson uchun shu qadar aziz va muqaddaski, eng og’ir jinoyat qilganlarga jazo 
sifatida Vatandan badarga qilish hukm qilinadi.
Millatning ilgor vakillari doimo milliy tuygularni o‘zlarida mujassamlashtirgan 
va uni targ‘ibotchisi bo‘lib kelganlar. Vatanga mehr, sadoqat iymonlilikning belgisi 
sifatida qaralgan. Muhammad paygʼambarning hadisi muboraklarida aytgan, 
«Vatanni sevmoq iymondandir», degan tabarruk fikrlarida ham xuddi shu maʼno 
yotadi. Buyuk mutafakkir Аbdurauf Fitrat ham Vatan qiblagohdir, sajdagohdir, degan 
teran fikrlarni aytgan edi. Oʼzbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Elim 
deb, yurtim deb kuyib, yonib yashamoq kerak, bizdan ozod va obod Vatan qolsin”, 
degan teran fikrlarida xalqimiz eʼtiqodiga chuqur singib ketgan vatanparvarlik 
eʼtiqodi va qadriyatlari oʼz ifodasini topgan. So'nggi yillarda ushbu sohada nafaqat 
vatanparvarlik, balki ijtimoiy, balki ma'naviy, axloqiy, madaniy, tarixiy va boshqa 
tarkibiy qismlarni birlashtiruvchi muhim qadriyat sifatida qarash keng tarqalgan. 
Vatanparvarlik haqidagi barcha fikrlardan shunday xulosaga kelishimiz mumkin: 
vatanparvarlik jamiyat va davlat hayotining barcha sohalariga xos bo'lgan eng 
muhim, boqiy qadriyatlardan biri, shaxsning eng muhim ma'naviy boyligi bo'lib, 
uning rivojlanishi eng yuqori pog'onasini tavsiflaydi va o'zini Vatan manfaati yolida 
faol harakat etishida namoyon bo'ladi. Yuqoridagi ta'rif vatanparvarlik 
tushunchasining mazmunini aniqlashtirishga imkon beradi. Bunga quyidagilar kiradi: 
inson tug'ilib o'sgan joylarga mehr-muhabbat hissi; o'z xalqining tiliga hurmat; vatan 
manfaatlarini himoya qilish; Vatan oldidagi burchini anglash, uning sha'ni va qadr-
qimmatini, erkinligi va mustaqilligini himoya qilish (Vatanni himoya qilish); 
fuqarolik hissi va vatanga sadoqat namoyon bo'lishi; o'z mamlakatining ijtimoiy va 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020
ISSN 2181-063X
90
http://oac.dsmi-qf.uz


madaniy yutuqlari bilan faxrlanish; o'z Vatani, davlat ramzlari, o'z xalqi uchun 
g'ururlanish; Vatanning tarixiy o'tmishiga, xalqiga, urf-odatlari va an'analariga 
hurmat bilan munosabatda bo'lish; vatan va uning xalqi taqdiri, ularning kelajagi 
uchun javobgarlik, o'zishiga, Vatanning qudrati va farovonligini oshirishga 
bag'ishlanish istagida ifodaetilgan; gumanizm, rahm-shafqat, umuminsoniy 
qadriyatlar. Vatanparvarlik ta'limi ta'lim tashkilotlarining tarbiyaviy ishlarining 
ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylanib bormoqda. Vatanparvarlik tuyg'usi axloqiy 
tuyg'ular guruhiga tegishli. Axloqiy tuyg'ular insonning boshqa odamlarga, vataniga, 
oilasiga, o’ziga munosabatini namoyon etadi.
Hissiyot bizning tuyg‘ularimizning o‘ziga xos aks ettirish jarayoni bo‘lib, bunda 
narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug‘iladigan ichki kechinmalar va 
munosabatlar aks ettiriladi. Hissiyot hodisalarga jarayonlarga yo'naltirilgan doimiy 
motivatsion ahamiyatga ega va faoliyatning umumiy yo'nalishi uchun mas'uldir. 
K.K.Platonovning ta'kidlashicha, hissiyotlarning psixologik tuzilishi emotsiya va 
tushunchalarni o'z ichiga oladi. Odamda Vatanga muhabbat hissi paydo bo'lishi 
uchun unga Vatan tushunchasi yaqin bo'lishi kerak. Tushunchalar tyg'ularning 
kontseptual komponenti tarkibidagi hissiyotlarni o'zgartiradi,ularning tarkibi, 
munosabatlarda, xulq-atvorda namoyon bo'ladi. Tuyg'ular tarkibidavatanparvarlik 
axloqiy tuyg'ularning eng asosiysi xisoblanib,unda uchta tarkibiy qismni ajratish 
mumkin. Kognitiv tarkibiy qism 
-
Vatan, uning xalqi, madaniyati, fuqarolik burchi, 
vatanning ahamiyati, uning fuqarolari,inson haqidagi tushunchalarni o’z ichiga oladi. 
Emotsional tarkibiy qism insonning Vatanga, uning madaniyati, tili, tabiati, tarixiga 
bo'lgan muhabbatini aks ettiradigan kechinmalar to'plaminidan iborat.
Xulq-atvor komponenti inson faoliyati, ularning xulq-atvorga ta'sir etuvchi 
motivlarxarakteri, xatti-harakatlardagi ushbu holalarning namoyon bo'lishini 
anglatadi.
Ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida tuygʼu insonning faoliyati, manfaati, 
maqsadi, ehtiyojlari bilan bevosita bogʼliq boʼladi. Inson oʼzi yashab turgan Vatan 
manfaatlarini, ehtiyojlarini oʼzining ongli faoliyati davomida anglab boradi. Ushbu 
faoliyat davomida uning manfaatlari yoʼlida kuyunadi, achinadi, gʼam chekadi, 
xursand boʼladi, faxrlanadi va hokazo. Tuygʼu – bu inson faoliyati uchun ahamiyatli 
boʼlgan hodisalarni aks ettirish orqali uning manfaatlari, ehtiyojlari va maqsadlariga 
xizmat qiladigan ongning boʼlinmas atributidir. Bu esa xar bir insonga, jamiyatga 
tegishli hodisadir. Shuning uchun Vatan tuygʼusi insonlar faoliyati bilan bogʼliq 
holda oʼz zaminiga binoan muhabbat tuygʼusidir. Vatanga eʼtiqod –bu uning 
manfaatlari, ehtyojlari yoʼlida tinmay mehnat qilishdir. Eʼtiqod – umidli boʼlish, 
ishonish, maqsad sari bilimlar, gʼoyaviy qarashlar tizimiga asoslanib borish 
demakdir. Shaxsda vatan tuygʼusi va vatanparvarlik eʼtiqodi maʼlum bir xulq-
atvorlarga, yaʼni shu xulq-atvorni sababi boʼlgan motivlarga undaydi. Vatanni sevish, 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020
ISSN 2181-063X
91
http://oac.dsmi-qf.uz


vatanparvarlik eʼtiqodi maʼlum bir millatga tegishli boʼlgan shaxslarni vatan 
manfaatlari va maqsadlari yoʼlida, oʼz ehtiyojlarini hisobga olgan holda maʼlum bir 
xatti-xarakatlarini amalga oshirishga undaydi. Bunday xatti-xarakat milliy birlikda 
koʼzga tashlanadi.
Vatan tuygʼusi, vatanparvarlik eʼtiqodi hamma xalqlarda mavjud. Barcha xalqlar 
oʼz tarixiy taraqqiyoti davomida vatanparvarlik eʼtiqodining ajoyib namunalarini 
koʼrsatganlar. Oʼz vatanini boshqalar tomonidan istilo qilinishiga qadr-qimmati, 
obroʼ-eʼtibori, manfaatalari kamsitilishiga beparvo boʼlib turadigan inson jahonda 
yoʼq, desak ham boʼladi. Vatan tushunchasini muayyan aniq xudud bilan bogʼlab 
tushunishga oʼrganib qolgan oʼzbeklarda vatanparvarlik tushunchasi ham oʼziga xos 
xususiyatlarga ega. Oʼzbeklarni qoʼni-qoʼshnichilik, maxalla-koʼychilik, qarindosh-
urugʼchilik rishtalari nihoyatda maxkamdir. Ularni uzoq yurtlarga ketishi u yoqda 
tursin, bir maxalladan ikkinchi maxallaga koʼchirish ham katta muammo xisoblanadi. 
Oʼzbek tabiatdan millatchi emas. Lekin u qaerda boʼlmasin, oʼzini tushunadigan 
millatdoshlari ichida yashashni istaydi. Аgar biror joydan uy-joy sotib olishni istasa 
ham, birinchi navbatda qoʼni-qoʼshnilari ichida oʼzbeklar bor yoki yoʼqligini 
surishtiradi.
Vatan tuygʼusi avloddan-avlodga vatanparvarlik qadriyatlari orqali oʼtadi. Vatan 
tuygʼusi, bu boradagi insoniy fazilatlar esa taʼlim-tarbiya jarayonida shakllanadi, 
boyib, rivojlanib, avloddan-avlodga oʼtadi. Shu sababli ham kishilarni vatanparvarlik 
ruhida voyaga yetkazish masalasi barcha davrlarda ham katta ahamiyat kasb etgan. 
Vatanparvarlik ham maʼnaviyat, ham ichki ruhiy quvvatdir. Oʼzbekiston oʼz 
mustaqilligiga erishgandan keyin yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga katta 
eʼtibor berilayotganining sababi ham shundadir.
Vatanparvarlik tuygʼusi deb atalsa ham unda chuqur aqliy, odob, iymon, eʼtiqod 
mujassamlashadi. Bu eʼtiqod esa halollik, poklik, sadoqat, fidoyilik, mehr-
muruvatlilik, mehnatsevarlik, millatparvarlik, insonparvarlik, ijodiy tashabbuskorlik, 
ishbilarmonlik, tadbirkorlik, oilaparvarlik, adolatparvarlik singari fazilatlar yotadi.
Yaratilgan vatanparvarlik tuyg'usi milliy o'ziga xoslikning asosiy tarkibiy 
qismlaridan biridir. Bu o'z ona Vataniga, uning tarixi, madaniyati, urf-odatlari va 
kundalik hayotiga muhabbat, g'urur va sadoqat tuyg'usida, uni himoya qilishning 
axloqiy burchini anglashda, shuningdek, boshqa jamoalarning qadr-qimmatini 
anglashda, bir-biri bilan qarama-qarshilik qilmasdan ularning shaxsini va yashash 
huquqini tan olishda ifodalanadi. Аlbatta, vatanparvarlik hissi haqida uni 
shakllantirish omilisiz gaplashish mumkin emas, bu tarbiyadir. Ta'limning psixologik 
tomoni va milliy madaniyatning o'rnini psixolog olim I.A.Ilyin bolada vatanparvarlik 
tuyg'usini rivojlantirishda, shaxsini shakllantirishda, bolalar tarbiyasidamilliy- 
ma'naviy xususiyatlarni uyg'otish sifatida belgilaydi. Bolada hayratlanish, axloqiy va 
estetik tuyg'ular, qiziquvchanlik, yutuqqa chanqoqlik, milliy bo'lishga intilish juda 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020
ISSN 2181-063X
92
http://oac.dsmi-qf.uz


muhimdir. Vatanparvarlik xalqning teran tarixiy ildizlarini, milliy meros va 
qadriyatlarini anglash bilan ham bogʼliq boʼlishi darkor. Oʼz tarixini bilmagan, 
tarixiy xotiraga ega boʼlmagan xalq ertangi kunini ham toʼgʼri tasavvur qilish 
imkoniga ega boʼlmaydi. Vatanparvarlik oʼz vatanining tarixini, milliy meros va 
qadriyatlarini bilish bilangina cheklanmaydi. Bu oʼrinda jahon sivilizatsiyasining 
ilgʼor yutuqlarini bilish, ulardan oqilona foydalana olish ham zarurdir. Shu maʼnoda 
milliy vatanparvarlik umuminsoniy meros va qadriyatlarga tayanadi. Shu maʼnoda 
oʼz izzati va qadrini bilgan xalq millat ajratmaydi, uning bagʼri keng boʼladi. 
Eʼtiqodiy bagʼrikenglik ham vatanparvarlik va millatparvarlikning asosiy 
belgilaridandir. Xulosa qilish mumkinki: 
1) Insonlar urugʼ, qabila, elat, millat kabi ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy birliklarni 
boshidan kechirgan. Xar bir davrda ham inson oʼzini qaysidir guruxga mansub 
ekanligini anglab turgan. Birgalikda qilgan mehnatlari ularning ishlarini baroridan 
keltirgan. Hamkorlikda mehnat esa ularda urugʼga, qabilaga, elatga, millatga tegishli 
ijtimoiy-psixologik 
xolatlarning 
vujudga 
kelishiga, 
rivojlanishiga, 
mustaxkamlanishiga olib kelgan. Shu tarzda insonlarda birdamlik, birlik xissi paydo 
boʼlgan va shakllangan.
2) Millatga tegishli boʼlgan urf-odatlar, anʼanalar, madaniyat, til, sanʼat aynan 
shu millatga tegishli boʼlgan ijtimoiy-psixologik xarakterni paydo boʼlishiga olib 
kelgan. Milliy manfaatlarni, milliy oʼzini-oʼzi anglagan millatdagina milliy birdamlik 
va birlik mavjud boʼladi.
3) Milliy birlik tuygʼusi millat tarixi, vatanparvarlik tuygʼusi, milliy oʼzini-oʼzi 
anglash, shaxsning psixologik kechinmalari, shaxsning bilim darajasi, dunyoqarashi 
kabi tomonlar bilan chambarchas bogʼliqdir.
4) Vatanparvarlik tuygʼusi bu yoshlikdan inson xayoti faoliyati davomida 
shakllanadi. Insonning oʼz Vatanini sevishi avvalo oʼz oilasidan, yaqinlaridan 
boshlanadi.
5) Vatanparvarlik tuygʼusining shakllanishida insonlarning ijtimoiy-psixologik 
munosabatlari ham muximdir. Iroda, tafakkur, xotira, milliy xarakter kategoriyalari 
ham vatanparvarlik tuygʼusining shakllanishida asosiy omillar vazifasini bajaradi, 
xatto psixologik mexanizm rolini bajarishi mumkin.
6) Vatan tuygʼusi, vatanparvarlik eʼtiqodi va milliy birlik bu bir-biri bilan 
bogʼliq ijtimoiy-psixologik jarayon boʼlib, unda inson, jamiyat, muloqoti asosida 
shakllanib boradi.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish