O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
AGRONOMIYA VA BIOTEXNOLOGIYA FAKULTETI
TUPROQSHUNOSLIK KAFEDRASI
QISHLOQ XO’JALIK EKNLARINI ZARARKUNANDALARI VA KASALLIKLARIGA QARSHI KURASHISH CHORALARINI TASHKIL ETISH
AMALIY QO’LLANMA
BUXORO-2021
Sizga tavsiya etiladigan ushbu “Qishlq xo’jalik ekinlarini zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashni choralarini ashkil qilish” amaliy-uslubiy ko’rsatma:
5410500-Qishloq xo’jaligi maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyalar
5620100-Agrokimyo va tuproqshunoslik
5620200-Agronomlik
O’simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish ta’lim yo’nalishi talabalariga, hamda qishloq xo’jaligi mutaxassislariga shu jumladan Agronom-enmologlar va dala nazoratchilariga mo’ljallangan.
Tuzuvchilar: BuxDU tuproqshunoslik kafedrasi dotsenti Sh. To’xtayev, o‘qituvchi N. N. To’rayeva, BuxDU talabasi M. G’afforov.
Taqrizchilar: biologiya kafedrasi professori, biologiya fanlari doktori B. S. Bo’riyev, tupoqshunoslik kafedrasi dotsenti S. Xayriyev.
Amaliy qo’llanma BuxDU Agronomiya va biotexnologiya fakulteti bo’yicha ilmiy-uslubiy kengashi yig’ilishida muhokama qilingan va tasdiqlangan ( _____ 2021 yil __ bayonnoma).
KIRISH
O’zbekiston Respublikasida qishloq xo’jaligini rivojlantirib paxtachilik tarmog’ining tutgan o’rni juda kattadir. Bozor munosabatlarini shakllantirishidek murakkab jarayonni boshidan kechirayotgan Respublikamiz sanoatini paxta xomashyosiga bo’lgan o’sib borayotgan talabini qondirishda kuchli tarmoqni yanada rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqori sifatli, ya’ni tolasini ko’rsatgichlari dunyo bozori andozalariga javob beradigan navlarni yetishtirish va ularni hosilini saqlash sanoatni xomashyoga bo’lgan talabini ta’minlashning asosini tashkil etadi. Mana shu maqsadda paxtachilik tarmog’ida maxsulot yetishtirish madaniyatini oshirish, paxtachilik bilan shug’ullanuvchi qishloq xo’jalik mutaxassislari, klaster va fermerlar kasb maxoratlarini zamonning talablari doirasida yuksaltirish lozim bo’ladi. Buxoro viloyatining mehnatkashlari oxirgi yillarda 331 ming tonna paxta yetishtirishni vazifa qilib qo’ygan, ekin kasallik va zararkunandalar ta’sirida har yili g’o’za o’simligini hosili 15-25% gacha kamayirilmoqda. 2020-2021 yili bahor oylari ob-havosi chigt ekishni br necha kunga kechiktirish bilan bir qatrda g'o'za zararkunandalari, kasaiklari va begona o’tlarning ko’plab rivojlanishi uchun ham qulay sharoit btug’dirishga sababchi bo’lmoqda. Buning dalili sifatida tamak tripsi bilan g’o’za yosh ko’chatlari zararlanish holarining kuzatilishi va hozirgi kunda o’rgimchakkana manbalarining g’o’za maydonlarining chekkalarida va yo’l yoqalarida uchrashi yoki g’o’za tunlami qurtlarning g’o’za o’simligi yaxshi rivojlangan maydonarda uchratib qolish kifoyadir.
Shuning uchun ham qishloq xo’jalik zarakunandalarining kasalliklariga va begona o’tlariga qarshi kurash ishlari alohida e’tibor berish zarur.
G’o’za va boshqa qshloq xo’jalik ekinlar zararkunandalariga qarshi kurashni o’z muddatlarida, ya’ni ular keng arqalmasdan va hisob-kitob ishlarini to’g’ri olib borishda dala nazoratchilarni o’rni kattadir. Nazoratchilar tomonidan o’simliklarni o’stirish texnologiyasini mukammal o’zlashtirilishi va unga to’liq rioya qilishi yuqori iqtisodiy samaradorlik garovidir. Shuning uchun ham g’o’za va boshqa qishoq xo’jalik ekinlarini zararknandalardan, kasalliklardan va begona o’tlardan saqlashda dehqon-fermer va shirkat xo’jaliklarda dala nazoratchilarni ishiga barcha sharoitlar yaratish zarurdir.
Ushbu qo’llanma qishloq xo’jalik ekinlarini kasalliklar, zararkunandalar va begona o’tlarga qarshi kurashda kata mas’uliyatga ega b’lgan qishloq xo’jalik mutaxassisari, dala nazratchilari, agronom-entoologlar hamda 5410500- Qishloq xo’jaligi ahsulotlarini saqash va dastlabki ishlash texnologiyalari, 5620100-Agrokimyo va tuproqshunoslik, 5620301-O’simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish ta’lim yo’nalishari talabalarga o’ljallangan bo’lib, bildiriladigan barcha fikr va mulohazalar amnuniyat bilan qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |