Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 386 Kb.
bet14/17
Sana14.07.2022
Hajmi386 Kb.
#801253
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Diplom ish

Taxtako‘pir - Mazkur qishloqning bunday nomlanishiga ham ma’lum sabablar bor. Aytishlaricha, bu hududda kichik bir ariqning narigi tomonida joylashgan bir uyda qari ayol yashagan va mazkur ariqdan o‘tish va qaytish uchun yog‘ochdan ko‘prik yasaydi. Ko‘prik o‘zbek tilida “u qirg‘oqdan bu qirg‘oqqa o‘tish uchun suv va quruqlik ustiga qurilgan inshoot”46 ma’nosida ishlatiladi. Keyinchalik bu ko‘prik o‘rnida mustahkam ko‘prik barpo etiladi, ko‘prik esa hudud nomi uchun asos bo‘lib hizmat qiladi. Bu hudud Taxtako‘pir deb nomlanadi. Taxtako‘pir nomidagi “taxta” so‘zi ko‘prikning yog‘ochdan yasalganligini anglatadi. “Ko‘pir” so‘zi esa mazkur hudud shevasida ko‘prik ma’nosini beradi. Ko‘prik so‘zi nafaqat qipchoq shevasida balki o‘g‘uz shevasida ham “ko‘pir” tarzida ishlatiladi.
Ulbiy – Mehnat faxriysi Soatboy Abdullayevning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, katta boy inson o‘tgan. Ayni ma’lumot berilayotgan hudud uning tasarrufida bo‘lgan. Bu esa mazkur joy nomiga asos bo‘lib, Ulli+Biy tarzida atalgan. Xorazm shevasidagi Ulli so‘zi katta, ulug‘ kabi ma’nolarni anglatadi. Ulug‘ so‘zi Xorazm shevasida ulli tarzida talaffuz qilinadi. Biy so‘zi esa katta yer egalari va qishloq hukmdorlariga nisbatan ishlatilgan. Lekin vaqt o‘tishi bilan Ullibiy fonetik hodisaga uchrab Ulbiy holiga kelib qoladi. Ullibiy so‘zidagi bitta l harfi tovush tushish hodisasiga uchrab shu shaklga keladi.
Yangiobod – Bu qishloq dastlab barpo etilgan davrlarda Beshuy nomi bilan atalgan. Bunga sabab xalq tilidan aytilgan taxminlarga ko‘ra, mazkur qishloq paydo bo‘lgan ilk davrlarda faqatgina beshta xonadon mavjud bo‘lgan. Keyinchalik bu hududga Yangiobod nomi beriladi. Nomdagi “yangi” so‘zi barchamizga tushunarli hisoblanadi. “Obod” so‘ziga esa turlicha ta’riflar beriladi. Mahalliy xalq uni Yangiobod ya’ni obod qishloq tarzida ta’riflaydi. XIII asrda ijod qilgan Yoqut (Yoqut ibn Abdulloh ar-Rumi al-Hamaviy) o‘zining “Mujam al-buldon” asarida toponomikaga oid ma’lumotlar keltirib o‘tadi. Masalan, “obod” so‘ziga kelganda shuni aytish kerakki, -deydi, Yoqut, bu unsur shaharlar, qishloqlar va viloyatlar nomlari tarkibida ko‘p uchraydi. Bu so‘z forscha “aholi punkti” degan ma’noni anglatadi47. Bundan kelib chiqib mazkur hududga yangi paydo bo‘lgan aholi punkti deb tarif bersak bo‘ladi.



Xulosa
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash joizki, tilshunoslikning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lgan joy nomlarining kelib chiqishi tarixini o‘rganish asosida, mazkur hududda yashovchi aholining turmush tarzi, urf-odatlari, xo‘jaligi to‘g‘risida nihoyatda ahamiyatli ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin. O‘zbek xalqining kelib chiqishi, uning turli tuman qabila va urug‘lari qadimgi va hozirgi joy nomlarining etimologiyasi bilan o‘zaro uzviy bog‘liq hisoblanadi. Mazkur ma’lumotlar esa yoshlarda joy nomlarini o‘rganishga qiziqishni shakllantirishi, ushbu yo‘nalishda ilmiy izlanishlar olib borish ko‘nikmalarini hosil qilishi shubhasiz. Jumladan biz ham mazkur maqolani tayyorlash jarayonida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldik va bu boradagi ilmiy izlanishlarimizni izchillik bilan davom ettirishni maqsad qildik. Zero, kindik qonimiz to‘kilgan muqaddas tuproq, ona yurtimizning boy tarixini o‘rganish har birimizning ma’suliyatli vazifamiz hisoblanadi.
Geografik nomlar inson hayotida muhim o‘rin tutadi. Har bir fuqaro o‘zi yashab turgan joy, ko‘cha, mahalla, tuman, shahar nomi bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham joy nomlarini o‘zgartirganda, obyekt bilan bog‘liq belgi-xususiyatlar, tarix, til va boshqa jihatlar hisobga olinishi, nomning mahalliy aholi turmush tarzi bilan bog‘liq tomonlariga ham e’tibor berilishi kerak. Uzoqqa bormaylik, yaqin tariximizda geografik obyektlarga sobiq tuzum mafkurasi g‘oyalarini targ‘ib etadigan, o‘zbek tiliga zo‘rma-zo‘raki kiritilgan nomlar, necha yillar o‘tsa-da, baribir tilimizning lisoniy tabiatiga o‘zlashib, singib ketolmadi. Ularning o‘rnida milliy va ma’naviy qadriyatlarimiz, o‘sha hudud aholisining turmush tarzi, taklif va istaklari e’tiborga olinib berilgan yangi nomlar esa bugun har birimizning nafaqat tilimizda yangramoqda, balki dilimizga ham chuqur jo bo‘ldi. Bugun ularning deyarli barchasi har bir mahalla, ko‘chaning tarixi, joylashgan o‘rni hamda u yerda istiqomat qiluvchilarning kasb-kori, tabiati va tarkibiga qarab o‘zgartirildi.
Joylarga qo‘yilgan nomlar, ya’ni toponimlar bugungi kunda ham ma’naviy meros, ham madaniy boylik, ham tilimizning qadimiy xususiyatlarini o‘zida saqlab qolgan ko‘hna tarixiy yodgorliklardan biri sanaladi. Bugungi mustaqillik davrida yoshlarni ona-vatanga muhabbat, ilm-fanga qiziqish ruhida tarbiyalashda nomlarning, xususan, toponimlarning roli benihoya kattadir.
Mazkur ma’lumotlar esa yoshlarda joy nomlarini o‘rganishga qiziqishni shakllantirishi, ushbu yo‘nalishda ilmiy izlanishlar olib borish ko‘nikmalarini hosil qilishi shubhasiz. Jumladan biz ham mazkur bitiruv malakaviy ishini tayyorlash jarayonida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldik va bu boradagi ilmiy izlanishlarimizni izchillik bilan davom ettirishni maqsad qildik. Zero, kindik qonimiz to‘kilgan muqaddas tuproq, ona yurtimizning boy tarixini o‘rganish har birimizning ma’suliyatli vazifamiz hisoblanadi.



Download 386 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish