Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 386 Kb.
bet12/17
Sana14.07.2022
Hajmi386 Kb.
#801253
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Diplom ish

Qangli (qangni, qa’ni) — o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq va boshqa turkiy xalqlar tarkibiga kirgan qabila. Qanglilar tarixiy manbalarda qanguy, qangar, kengeres shakllarida tilga olingan. VII—VIII asrlarda qang‘lilarning asosiy qismi Sirdaryoning o‘rta oqrmlarida yashab, keyinchalik Xorazmga, Zarafshon vodiysiga, Toshkent vohasiga, Farg‘ona vodiysiga kelib o‘rnasha boshlagan. Bu qabilalar haqida Ibn al Asirning “Al Komil Fit-Tarix” asarida ham ba’zi ma’lumot uchraydi. Gurlan tumanida ham ushbu qabilalar nomi bilan ataluvchi hudud mavjud. Taxminlarga ko‘ra bu hududda ya’ni shu qabilalar istiqomat qilishgan.
Mamlakatimiz hududida mazkur nom bilan ataluvchi joy nomlari bir nechta. Jumladan Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida ushbu nom bilan ataluvchi bir necha tutash qishloqlar mavjud. Irg‘oli, Bolg‘ali, Qo‘g‘ali qang‘li urug‘i tarkibiga kiruvchi joy nomlari sanaladi.35
Qangʻlilar oʻzbeklarning 92 urugʻi tarkibida ham uchraydi. Chingizxon istilosiga qadar qangʻlilar  Ural togʻidan  gʻarbda,  Emba  va  Ural daryolari  oraligʻida joylashgan hududda yashaganlar. Mahmud Qoshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asari va X asrgacha yozilgan Xitoy manbalarida, jumladan, milodiy II—IX asrlarda mavjud boʻlgan turkiy qabilalar orasida qangʻli atamasi uchramaydi. Bu atamani ilk bor Yuan sulolasi tarixida (Yuan shida) uchratish mumkin (XIII asr). Unda qangʻlilar Xan davridagi (m. a. II asr — II asrlar) gavchelar deb qayd etilgan. Vey sulolasi tarixida ("Vey shu") milodiy III—V asrlarda gavchelar ("bosh qashkir" maʼnosida) 2 qismga boʻlingani aytilgan. Ulardan biri di (qadimgi oʻqilishda diyek, yaʼni turk), byaoxe (uygʻur), xolyu (xogursu), xopi (xipni, chibni), xugu (qirgʻiz), biqitszin (iltekin) kabi 6 qabiladan, 2 tasi chifuli (chipli), tulu (tur), ichjan (iljon, ilxon), dalyan (tarlon), kuxe (qugʻa), dabogan (tarbakan, davgan), alun (oyrun), moyen (muyen, bayon), sifen (irkin), fufulo (boʻrkli), chiyun (qiyun, kiyen) va yushupi (yusib, yushib) kabi 12 qabiladan iborat boʻlgan. Baʼzan gaochelar sharqiy turklar yoki uygʻur deb ham atalgan36.
Ayrim olimlar qangʻarlar Qangʻ davlati (Qangkiya) hududida yashagan xalq, X—XII asrlarda Markaziy Osiyoda paydo boʻlgan Qangʻlilar ana shu oʻtmishdagi qangkiyalarning avlodidir deb hisoblaydilar. Ammo Xitoy manbalarida Qangʻ davlati aholisi qangʻli yoki qangʻar deb atalgani haqida maʼlumot uchramaydi. Manbalarga koʻra, Uygʻur xoqonligi yemirilgach, gaochelarninh (uygʻurlarning) katta bir qismi Moʻgʻuliston va Sharqiy Turkiston hududidan hozirgi Markaziy Osiyo davlatlari va ularning gʻarbidagi yerlarga koʻchib kelgan.
XI asrda qangʻlilarning koʻpchiligi Kichik Osiyo, Bolgariya va Vengriya yerlariga oʻtib, mahalliy aholiga, ayrim guruhlari Volga boʻylarida qolib boshqird, tatar xalqlariga qoʻshilib ketgan. Qangʻlining boshqa bir qismi esa Talas va Chu daryolari vodiysiga hamda Balxash koʻlining janubi-gʻarbiy sohillariga oʻrnashganlar. XI—XII asrlarda qangʻlining katta guruhi Sirdaryo boʻylariga qaytib kelgan. Xorazmshohlar davlati harbiy qoʻshinida qangʻlilar katta nufuzga ega boʻlgan. Xorazmshohlar davlatining ichki siyosatida faol ishtirok etishgan. Qangʻli yarim oʻtroq holda yashab dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanishgan. Ular bir necha urugʻlarga boʻlingan: sari, qora, qizil, bobo, oltmish, boʻka qangʻlilar va boshqalar. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida qangʻlidan 23 ming kishi Oʻzbekiston hududida (hozirgi Jizzax va Zominda 15,7 ming kishi, Jomboy va Ishtixonda 10,5 ming kishi, Gʻallaorolda 8,6 ming kishi, Xatirchida 3,6 ming kishi, Fargʻona viloyatida 8,8 ming kishi, Namangan viloyatida 14,2 ming kishi, Andijonda 13,7 ming kishi, Dardoq shaharchasida esa 7 ming kishiga yetadi. 2013-yilgi malumotga koʻra, Toshkent vohasida 3 ming kishi, Qoraqalpogʻiston va Xorazmda 2,8 ming kishi yashagan. Qangʻli Markaziy Osiyo xalqlari tarkibiga singib ketgan37.
O‘zbek qang‘lilar yirik tarmoqlarga bo‘lingan: sari qangli, qora qangli, oq qangli (oq to‘nli), ko‘k qangli (ko‘k to‘nli). Bular ham o‘z navbatida ko‘pdan-ko‘p mayda shoxobchalarga ajralgan. Shovot, Bog‘ot, Gurlan, Bo‘stonliq, Ishtixon, Jomboy, Oqdaryo, Kitob, Parkent, Quyi Chirchiq, O‘rta Chirchiq, Jizzax, Chimboy, G‘allaorol, Nurota, Xatirchi, Yangiyo‘l tumanlarida Qangli qishloqlari qayd qilingan. Tutliqangli (Jomboy tumani), Jilkashqangli (Quyi Chirchiq tumani), Qizilqangli ( O‘rta Chirchiq tumani), Oltmishqangli etnotoponimlari ham uchraydi. Qangli so‘zi tarixiy manbalarda (masalan, «Devonu lug‘otit-turk»da) «aravali» (qanqli) deb izohlangan.38
Shirin — ko‘chmanchi o‘zbeklar urug‘lari tarkibidagi qavmlardan biri hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan urug‘larda biri istiqomat qiluvchi hududga nisbatan qo‘llanilgan bo‘lishi mumkin. Chunki ko‘pchilik urug‘, qabila nomlari bilan ataluvchi joy nomlariga shu urug‘ asos qilib olingan. Yana boshqa manbalarda esa Shirin etnotoponimiga quyidagicha izoh beriladi.
Shirinbuloq, Shirinquduq kabi toponimlar «suvi chuchuk» degan ma’noni anglatgan. Shuningdek, Shakarteri, Shakartepa, Shakarqishloq oykonimlari ham etnotoponimlar sanalgan. Masalan, Shakartepa asli Shakarto‘pi bo‘lgan. Biroq Shakarbuloq, Shakarjo‘y kabi gidronimlar obyektning suvi «shirin-shakar, chuchuk» ekanligiga ishoradir.39
Shirinqo‘ng‘irot etnotoponimi Xorazm viloyati hududida joylashgan bo‘lib mazkur nom Shirin va Qo‘ng‘irot urug‘lari istiqomat qilgan hududga nisbatan qo‘llanilgan bo‘lishi mumkin. Ya’ni yuqorida ta’kidlab o‘tilgan qabilalar yashagan hududga urug‘ nomi asos bo‘lib xizmat qilgan bo‘lishi mumkin.

Download 386 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish