Sana: 1-2 Dars: Kirish. Vatan – sajdagohday muqaddas Darsning maqsadi



Download 80,13 Kb.
bet1/4
Sana08.11.2019
Hajmi80,13 Kb.
#25345
  1   2   3   4
Bog'liq
02. Biz buyuk yurt farzandlarimiz

Sana:
1-2 Dars: Kirish. Vatan – sajdagohday muqaddas
Darsning maqsadi:

a) Ta’limiy – Vatan – inson tug’ilgan, kindik qoni to’kilgan joy. Vatan ajdodlarimiz yashab o’tgan muqaddas tuproq, bizlar yashaydigan tabarruk zamin ekanligi haqida bilim berish.

b) Tarbiyaviy – yosh avlod qalbi va ongida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg’ularini shakllantirish.

c) Rivojlantiruvchi –o’zi tug’ilib o’sgan shahar yoki qishlog’i haqida ma’lumotlarni bilishiga o’rgatish.

Tayanch kompentensiya elementlari:

Milliy va umummadaniy kompentensiyaVatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo`lish.

Fanga oid kompetensiya – Ma`naviy-axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi; A—2 Oila, jamiyat, Vatan oldidagi burch hamda ma`suliyatini anglaydi.

Darsning turi – Yangi bilim , ko’nikma va malaka hosil qilish.

Darsning usuli – Aralash.

Darsning jihozi –”Vatan tuyg’usi” darslik, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar

Vaqt taqsimoti:




Tashkiliy qism:

3 – daqiqa



O’tilgan mavzuni so’rab, baholash:

10 – daqiqa



Yangi mavzu bayoni:

17– daqiqa



Mustahkamlash:

10 – daqiqa



O’quvchilarni baholash

3 – daqiqa



Uyga vazifa berish

2 – daqiqa


Darsning borishi.


  1. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.

  2. Kirish. Savol-javoblar

  1. Vatan deganda nimani tushunasiz?

  2. Sizning Vataningiz qayer?

  3. Vatanni e’zozlash deganda nimani rushunasiz?

III. Yangi mavzu. Vatan – sajdagohday muqaddas

“O’zbekiston Respublikasi o’z davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan buyuk tarixiy sana – 1-sentabr xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotida beqiyos o’rin tutadigan, har yili eng ulug’, eng aziz bayram sifatida katta shod-u xurramlik bilan nishonlanadigan qutlug’ ayyomdir.”I. A. Karimov.

Vatan — inson uchun bebaho boylik. Vataning borligi odamga beqiyos kuch-qudrat, g'ayrat-shijoat baxsh etadi. Chunki insonning eng pokiza va muqaddas tuyg'ulari o'zi tug'ilgan, voyaga yetgan zamin — Vatani bag'rida uyg'onadi, kamolga yeladi. Kishi qadrdon yurtida o'zini ozod va erkin his qiladi.

Vatan tuyg'usi yoshlikda boshqacha bir go'zal, ulg'ayganda bosh qacha bir go'zal bo'ladi. Vatanning o'zi qanchalik bebaho bo'lsa, u bilan bog'Kq tuyg'ular ham shunchalik oebahodir. Shuning uchun ulari i yoshlikdan tai"biyalab borish, kamolga yetkazish katta ahamiyatga ega. Chunki Vatan tuyg'usi — insonning doimiy ehtiyoji, abadiy hamrohidir. Bu tuyg'u qanchalik mukammal bo'lsa, inson shunchalik barkamol bo'lib ulg'ayadi. Shuning uchun ham Prezident Islom Karimov:



«Vatan tuyg'usi, vatan tushunchasi biz uchun sajdagohday muqaddas, sajdagohday pok va ulug' bo'lmog'i kerak»

deb ta'kidlagan.




  1. Mustahkamlash. Topshiriqlar, savollar ustida ishlash.

  1. Abdulla Avloniy Vatan haqida qanday fikrlarni bildirgan edilar?

  2. Mahalla so’zining ma’nosi nima?

  3. Qishloq deb qayerni aytadilar?

  4. Shahar so’zining ma’nosi nima?




  1. Darsga yakun yasash va o`quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.

  2. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.

Sana:

3-4 Dars: Mustaqillik-eng aziz ne’mat.

Darsning maqsadi:

Ta’limiy – o’quvchilarga mustaqillik eng aziz ne’matimiz ekanligini, bu xalqimizning ushalgan eng ulug’ maqsadi ekanligini, mustaqillik va milliy g’oya haqida bilim tushunchalarini berish.

Tarbiyaviy – yosh avlodni milliy g’oya ruhida tarbiyalash, ma’naviy-ruhiy kamol toptirish.

Rivojlantiruvchi –o’quvchilarni mustaqil fikrlash qobilyatini shakllantirish, erkin va ravon nutq so’zlash malakalarini oshirish.

Tayanch kompentensiya elementlari:

Milliy va umummadaniy kompentensiyVatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo`lish.

Fanga oid kompetensiya. Manaviy—axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi.A-2 Vatan ravnaqi yo`lida jismoniy va intelertual imkoniyatlarni safarbar eta oladi.

Darsning turi – Yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.

Darsning usuli – Aralash.

Darsning jihozi –”Vatan tuyg’usi” darslik, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar

Vaqt taqsimoti



Tashkiliy qism:

3 – daqiqa



O’tilgan mavzuni so’rab, baholash:

10 – daqiqa



Yangi mavzu bayoni:

17– daqiqa



Mustahkamlash:

10 – daqiqa



O’quvchilarni baholash

3 – daqiqa



Uyga vazifa berish

2 – daqiqa


Darsning borishi.

  1. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.

  2. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)

  1. Vatan deganda nimani tushunsiz?

  2. Vatan tuyg’usi qanday tuyg’u?

  3. Qanday gunoh hech qachon kechirilmaydi?

  1. Yangi mavzu. Mustaqillik-eng aziz ne’mat

“O’zbekiston Respublikasi o’z davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan buyuk tarixiy sana – 1-sentabr xalqimixning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotida beqiyos o’rin tutadigan, har yili eng ulug’, eng aziz bayram sifatida katta shod-u xurramlik bilan nishonlanadigan qutlug’ ayyomdir.” – I. A. Karimov. “ Bizning eng ulug’ maqsadimiz, eng ulug’ g’oyamiz shuki, O’zbekistonning bitta yo’li bor: mustaqillikni mustahkamlab, mamlakatimizni har tomonlama yuksaltirib, yorqin va erkin hayot sari olg’a yurish.”

Vatan dunyodagi eng buyuk, eng muqaddas ne’mat bo’lgani uchun uning mustaqilligi ham shunchalik qadrlidir.

“Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro’ - e’tibori avvalombor farzandlarimizning unib-o’sib, ulg’ayib, qanday inson bo’lib hayotga kirib borishiga bog’liqdir. Biz bunday o’tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak”. “1991-yil 31-avgust sanasida qo’lga kiritilgan milliy mustaqillik – XX asrda xalqimiz tomonidan amalga oshirilgan buyuk ma’naviy jasorat namunasidir, desak, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz.”

“Ma’naviy yuksalishga erishish – bu bir yillik yoki besh-o’n yilik ish emas. Xalq, millat o’z milliy ma’naviyatini yillar, asrlar davomida yuksaltirib, boyitib boradi. Chunki ma’naviyat qotib qolgan aqidalar yig’indisi emas, aksincha, doimiy harakatdagi uzluksiz jarayon bo’lib, taraqqiyot davom etar ekan, uning shiddatli yurishi tufayli ma’naviy hayot oldiga qo’yiladigan talablar ham muttasil paydo bo’laveradi.”

O’zbekiston maktablari.

Mamlakatimizda 9700 ta zamonaviy umumta’lim maktablar bor. Ularda 4 million 521 mindan ortiq bola ta’lim olmoqda. Ilk bor maktab ostonasiga qadam qo’ygan 1-sinf o’quvchilari har yili davlat hisobidan “Alifbe” kitobi va boshqa darsliklar, zarur o’quv qurollari bilan bepul ta’minlanadi. Masalan, 2014 yilda 587 mingga yaqin 1-sinf o’quvchisi salkam 28 milliard so’mlik darslik va o’quv anjomlari bilan ta’minlandi. Bundan tashqari, maktab o’quvchilari uchun 34 million 500 ming nushadagi darsliklar, o’quv metodik qo’llanmalar yurtimizdagi ta’lim olib boriladigan 7 tilda nashr qilinib, barcha umumta’lim maktablarga yetkazib berildi. Har yili yangi o’quv yilidan oldin mamlakatimizdagi maktablar ta’mirlanib, sentabr oyida o’quvchilar ixtiyoriga topshiriladi.




  1. Mustahkamlash. Topshiriqlar, savollar ustida ishlash.

  1. Mustaqillik deganda nimani tushunasiz?

  2. O’zbekistonda qanday rivojlanishlar bo’lmoqda?

  3. Yoshlar uchun qanday mukofotlar joriy qilingan?




  1. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.

  2. Uyga vazifa. Mavzuni o’qish, savollarga javob yozib kelish.



Sana

5-6 Dars: Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin
Darsning maqsadi:

Ta’limiy – o’quvchilarga Vatanimizning bosh maydoni haqida bilim berish.

Tarbiyaviy– mustaqilligimiz osonlik bilan qo’lga kiritilmaganligini, uni avaylab – asrashimiz zarurligini ularning ongiga singdirish.

Rivojlantiruvchi –ularni mustaqil, erkin va ravon fikrlashga, chiroyli nutq so’zlashga o’rgatish.

Tayanch kompentensiya elementlari:

Milliy va umummadaniy kompentensiyaVatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo`lish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompentensiyasi - Jamiyatda bo`layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni xis etish va ularda faol ishtirok etish.

Fanga oid kompetensiyalar: A-2

Ma’naviy-ahloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi

milliy va umuminsoniy qadriyatlarni anglaydi va hurmat qiladi.



Darsning usuli – Aralash.

Darsning turi – Yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.

Darsning jihozi –”Vatan tuyg’usi” darslik, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar

Vaqt taqsimoti:




Tashkiliy qism:

3 – daqiqa



O’tilgan mavzuni so’rab, baholash:

10 – daqiqa



Yangi mavzu bayoni:

17– daqiqa



Mustahkamlash:

10 – daqiqa



O’quvchilarni baholash

3 – daqiqa



Uyga vazifa berish

2 – daqiqa


Darsning borishi.

  1. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.

  2. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)

  1. Mustaqillik deganda nimani tushunasiz?

  2. O’zbekistonda qanday rivojlanishlar bo’lmoqda?

  3. Yoshlar uchun qanday mukofotlar joriy qilingan?

  1. Yangi mavzu. Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin.


O‘zbekiston Respublikasi o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan buyuk tarixiy sana – 1-sentabr xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin tutadigan, har yili eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida katta shod-u xurramlik bilan nishonlanadigan qutlug‘ ayyomdir.

Siz ta’lim olayotgan maktabda, ustozlaringiz, sinfdosh do‘stlaringizning yuzida, ko‘zida, kayfiyatida ham ana shu bayram shukuhi har qadamda sezilib turibdi. Bunday quvonchli damlarda biz avvalo mustaqillikning xalqimiz, Vatanimiz hayotida, har birimizning taqdirimizda qanchalik katta ahamiyatga ega bo‘lgani haqida o‘ylaymiz. Bu xususda siz har yili yangi o‘quv yilining dastlabki darslarida ustozlaringiz, sinfdosh do‘stlaringiz bilan atroflicha suhbatlashasiz. Ana shu fikrlarning barchasini umumlashtirib aytadigan bo‘lsak, biz 1991-yilning 31-avgustidan – xalqimiz, mamlakatimiz o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan kundan boshlab qanday yutuq va natijalarga erishgan bo‘lsak, ularning barchasi istiqlol tufaylidir. Nafaqat erishgan, balki bugungi kunda orzu qilib, intilayotgan narsalarni qo‘lga kiritishimiz uchun ham avvalo mustaqillik, erkin va ozod hayot kerak. Shuning uchun qanchadan qancha ajdodlarimiz uchun armon bo‘lib qolgan istiqlolni biz eng buyuk ne’mat sifatida qadrlaymiz.

Bugungi kunda biz ota-bobolarimizning muqaddas xoki yotgan,o‘zimiz yashayotgan buyuk Vatanimizning mustaqilligini barcha orzu-intilishlarimizning markaziga qo‘yib, o‘rganadigan bilim va tajribamiz, kuch-g‘ayrat va iste’dodimizni faqat va faqat ana shu ezgu maqsadga safarbar etishni o‘ylab yashayapmiz. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, dunyodagi ne-ne ulug‘ va fidoyi insonlar butun hayotini aynan shu yo‘lga bag‘ishlagan. Chunki bunday katta maqsadlar bilan yashash inson hayotiga haqiqiy ma’no-mazmun beradi, uni yuksaltiradi. Inson o‘z orzu-intilishlari, qiziqish va ehtiyojlarini amalga oshirishda poydevor bolib xizmat qiladigan ana shunday maqsadga, g‘oyaga hamisha ehtiyoj sezib yashaydi



  1. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.

  1. Mustaqillik deganda nimani tushunasiz?

  2. Nima uchun mustaqillik bayrami katta tantana bilan nishonlanadi?

  3. Buyuk ajdodlarimizning qanday hikmatli so’zlarini bilasiz?




  1. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.

  2. Uyga vazifa. Mavzuni o’qish, savollarga javob yozib kelish.

Sana:

7-8 Dars: Mustaqillik yillarida Vatanimiz poytaxtida qad rostlagan muhtasham binolar va haykallar

Darsning maqsadi:

Ta’limiy – o’quvchilarga Vatanimizning bosh maydoni “Mustaqillik maydoni”, uning yaratilish tarixi, Mustaqillik va Ezgulik monumentini yaratilishi, ezgulik arkasi va Mustaqillik maydoni atrofida joylashgan muhtasham binolar haqida tushuncha va bilim berish.

Tarbiyaviy– mustaqilligimiz osonlik bilan qo’lga kiritilmaganligini, uni avaylab – asrashimiz zarurligini ularning ongiga singdirish.

Rivojlantiruvchi –ularni mustaqil, erkin va ravon fikrlashga, chiroyli nutq so’zlashga o’rgatish.

Tayanch kompentensiya elementlari:

Milliy va umummadaniy kompentensiyaVatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli boladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

Ma’naviy-ahloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi

milliy va umuminsoniy qadriyatlarni anglaydi va hurmat qiladi.



Darsning usuli – Aralash.

Darsning turi – Yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.

Darsning jihozi –”Vatan tuyg’usi” darslik, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar

Vaqt taqsimoti:




Tashkiliy qism:

3 – daqiqa



O’tilgan mavzuni so’rab, baholash:

10 – daqiqa



Yangi mavzu bayoni:

17– daqiqa



Mustahkamlash:

10 – daqiqa



O’quvchilarni baholash

3 – daqiqa



Uyga vazifa berish

2 – daqiqa

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.

II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)

  1. Abdulla Avloniy Vatan haqida qanday fikrlarni bildirgan edilar?

  2. Mahalla so’zining ma’nosi nima?

  3. Qishloq deb qayerni aytadilar?

  4. Shahar so’zining ma’nosi nima?

III.Yangi mavzu.

Toshkent metrosining “Mustaqillik maydoni” bekatidan g’arb tarafga qarab yursak, avvalo oppoq ustun va peshtoqlari quyosh nurlarida porlab turgan Ezgulik arkasiga ko’zimiz tushadi. “Arka” so’zi tepasi yarim doira shaklidagi darvoza yoki shu ko’rinishdagi hashamatli inshoot degan ma’noni anglatadi.

Arka buyuk tarixiy voqealar, zafarli yurish va g’alabalar sharafiga bunyod etiladi. Fransiya davlatining poytaxti Parij shahrida imperator Napoleon davrida qurilgan Zafar darvozasi – Triumfal arka dunyoga mashhur. Ezgulik arkasi Vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning ezgu intilishlari sharafiga barpo etilgan noyob obidadir.

Arka tepasidagi mo’jaz yer shari uzra ko’kka parvoz qilishga shaylangan turnalar tasvirlangan. Ular – tobora kuchga to’lib, rivojlanib borayotgan O’zbekiston timsoli. Bir oyoqda turgan laylaklar esa tinchlik-osoyishtalik, yurtimizdagi qut-baraka ramzidir.

Mustaqillik maydoninig to’rida mustaqillik va ezgulik monumenti qad rostlagan. Bu yodgorlik ikki qismdan – O’zbekiston tasviri tushirilgan yer shari va farzandiga mehr bilan termulib turgan Baxtiyor ona haykalidan iborat. Yer shari monumenti 1992 yil o’rnatilgan. Undagi O’zbekiston hududining tasviri yurtimizning mustaqil davlat sifatida dunyoda munosib o’rnini topganini, istiqlolimiz abadiy ekanini bildiradi.

Vatanimiz ramzi bo’lgan Baxtiyor ona haykali esa 2005 yil barpo etilgan. Ona o’z farzandiga umid va ishonch bilan termulib, uning mustaqil yurtimiz uchun munosib farzand bo’lishini tilab turibdi. Prezidentimiz 2006-yil 3-yanvardagi qaroriga binoan, Mustaqillik maydonidagi muazzam obidaga Mustaqillik va ezgulik monumenti deb nom berildi.

Ezgulik arkasi bilan Mustaqillik va ezgulik monumentini yagona g’oya birlashtirib turadi. Ya’ni ikkala obida ham xalqimizning ezgu maqsad-muddaolarini aks ettiradi. Xalqimiz ulug’ maqsadlarini aks ettirgani uchun Mustaqillik maydonini Vatanimizning bosh maydoni deb ataymiz. Uning betakror qiyofasiga qarab, butun mamlakatimizni, xalqimizning qalbini, yuragini ko’rgandek bo’lamiz.

Har yili mustaqillik bayrami arafasida mamlakatimiz Prezidenti Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo’yadi. Yurtimizga tashrif buyurgan chet el davlatlari, nufuzli xalqaro tashkilotlarning rahbarlari, mamlakatimiz jamoatchiligi vakillari ham Vatanimizga, xalqimizga yuksak hurmat ifodasi sifatida bu monument poyiga gul qo’yib, maydonni aylanib, uning go’zalligidan bahramand bo’ladilar.

Shimol tomondan Xotira maydoni, Motamsaro ona haykali, “Turkiston” saroyi kabi muazzam inshootlar qad rostlagan.

Janub tomondan esa Senat binosi va maydoni, Vazirlar Mahkamasi, Prezident devoni binolari, yam-yashil hiyobon ko’zni quvontiradi,



IV. Mustahkamlash. Topshiriqlar, savollar ustida ishlash.

  1. Mustaqillik maydoni nechanchi yil tashkil etilgan?

  2. “Arka” so’zi qanday ma’noni bildiradi?

  3. Ezgulik arkasini tasvirlab bering?

  4. Mustaqillik va ezgulik monumenti haqida nimalarni bilasiz? V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.

SANA:_______________

9-10 Dars: «Vatanga muhabbat»

Maqsad:

Talim beruvchi: Vatanni anglash haqidagi bilim va tushunchalarni sharhlab, o‘quvchilarning qalbi va ongiga nazariy va amaliy usullarda singdirib, ularda Vatanga muhabbat, ona zaminga sadoqat tuyg’usini shakllantirish.

Tarbiyalovchi: Vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirish, g‘urur-iftixor tuyg’usini tarbiyalash.


Download 80,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish