Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti


XULOSA…………………………………………………..……………………..54 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…



Download 386 Kb.
bet2/17
Sana14.07.2022
Hajmi386 Kb.
#801253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Diplom ish

XULOSA…………………………………………………..……………………..54
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…….…………..………56


KIRISH
Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi.
Mustaqillikka erishganimizdan buyon tilshunoslik sohasida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Tildagi barcha birliklar xalqimizning til boyligi, javohirlari hisoblanadi. Hozirgi kun talablari bilan hayotimiz mezoniga e’tibor beradigan bo‘lsak, xalq tili o‘zining ko‘zga ko‘rinmas kuchga egaligini namoyon qilmoqda. Yurtboshimiz bir nutqida: Ona tilining buyuk ahamiyati shundaki, u ma‘naviyat belgisi sifatida kishilarni yaqin qilib jipslashtiradi, deya ta’kidlaydilar. Tilga bo‘lgan bu kabi e‘tiroflar sabab ham tilshunoslikning barcha sohalari bo‘yicha yangi tadqiqotlar yaratildi va yaratilmoqda. Yurtimiz mustaqillikka erishgach, bunday holatlarga barham berilib, ko‘plab geografik obyektlar o‘sha hudud tarixi, aholi turmush tarzi, tarixiy-milliy qadriyatlariga mos tarzda qayta nomlandi va bu ish davom etmoqda. 2011-yil 12-oktabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi qonuni ushbu yo‘nalishdagi ishlarning huquqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ayni paytda viloyatdagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalar tomonidan mazkur qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrda tasdiqlangan “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi qaroridan kelib chiqib, bugungi kunda viloyat komissiyasi a’zolari hamda viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruhlar har bir tuman va shaharga biriktirilgan, – deydi mazkur komissiya kotibi Dilshod Musinov. – Ular oldiga joylardagi barcha geografik obyektlar nomlarining qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlari bo‘yicha to‘liq ro‘yxatini shakllantirish, tegishli mahalliy davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari tizimidagi obyektlar nomlanishining holati, bu boradagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ishlab chiqarish vositalari, arxitektura va kartografiya, geologiya va boshqa sohalardagi atamalarning amaldagi qonunchilik talablariga mos kelish va kelmasligini tahlil qilish, buning natijasida chiqarilgan xulosalarga asosan har bir hududda geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha ilmiy ekspertiza o‘tkazishning samarali mexanizmini shakllantirish kabi vazifalar qo‘yilgan. Bu borada har bir tuman, shahar bo‘yicha ma’lumotlar shakllantirilib, ishchi guruhlari hamda aholining takliflari jamlanmoqda. Joylarda komissiya a’zolari va mutaxassislar tomonidan mahalla oqsoqollari, korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuv, o‘quv- seminarlar o‘tkazilib, geografik obyektlarning nomlarini davlat tili talablari asosida yozish hamda zamonaviy shakl va dizaynga ega bo‘lgan lavhalar o‘rnatish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda. Nomshunoslikda, ya’ni tilshunoslik fanining atoqli otlarni o‘rganuvchi Onomastika (Nomshunoslik) bo‘limida antroponim hamda toponimlar to‘g‘risida fikr yuritilgan. Ushbu ikki termin onomastik terminlar bo‘yicha tuzilgan lug‘atlarda ham berilib, izohlangan va misollar keltirib o‘tilgan. Hozirgi kunda o‘zbek nomshunosligi ancha yutuqlarga erishdi. Respublikamizning viloyatlari, alohida olingan hududlarning toponimlari lingvistik jihatdan tahlilga tortilgan edi. Albatta, tilshunoslik sohasidagina bu ro‘y bermagan, balki tarix, geografiya fanlari sohalarida ham toponimlarga tegishli ilmiy tadqiqotlar ma’lum darajada amalga oshirilgan, chunki toponimlar mana shu uchta fanning tutashgan nuqtasida shakllanganligi kabi o‘rganiladi ham. Natijada, hozirgacha mamlakatimizning Qashqadaryo, Xorazm, Toshkent, Jizzax, Farg‘ona, Samarqand, Surxondaryo, Namangan viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi toponimlari tizimiga ma’lum darajada e’tibor berildi. Ular yuzasidan bir qancha nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi, maqola, monografiya, toponimik lug‘at kabi ilmiy ishlanmalar nashr etildi va bunday tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Shubhasiz, oldingi davrlarda yaratilgan tilshunoslikkka, geografiyaga va tarixga oid manbalarda shahar nomlari haqida ba'zi bir qaydlar bor bo‘lgani kabi XX asrning ilmiy hamda ommaviy matbuotida ham ayrim ma’lumotlar uchraydi. Ular qisman lingvistik jihatdan, asosan, geografik hamda tarixiy nuqtai nazardan bildirilgan bo‘lib, tavsifiy va tasnifiy xarakterdaligi bilan bahslidir. Hozirgacha mamlakatimiz toponimiyasi tizimi ma’lum darajada o‘rganilganligi ayon. Joylarga qo‘yilgan nomlar, ya’ni toponimlar bugungi kunda ham ma’naviy meros, ham madaniy boylik, ham tilimizning qadimiy xususiyatlarini o‘zida saqlab qolgan ko‘hna tarixiy yodgorliklardan biri sanaladi: “Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an'analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi1.
Bugun yoshlarimiz yurtimizning ko‘cha va xiyobonlari, avtobus bekatlari, katta-katta maydonlar, binolarni bezab turgan o‘zbekcha nomlar, shior va lavhalarni ko‘rib, bularning barchasini odatiy bir hol sifatida qabul qilishadi. Vaholanki, yaqin tariximizda bu manzara butunlay boshqacha ko‘rinishga ega edi.
Birgina shahrimizni olib qaraylik. O‘tmishda uning ko‘chalari nomlarini o‘qib, qaysi mamlakatda yurganingizni bilmay qolar edingiz: Titova, Marks, Krasnoarmeyskaya, Frunze va hokazo. Shunisi ajablanarliki, bolsheviklar va ularning partiyasiga aloqador bo‘lgan bu nomlarning birortasi Samarqandga aloqador emas va qadriyatlarimizga mutlaqo mos bo‘lmagan kimsa va narsalar edi. Yoki, shahardagi aksariyat turarjoy mavzelari Super, BAM, Partsyezd degan, insonda hech qanday his-tuyg‘u uyg‘otmaydigan mavhum nomlar bilan atab kelinganini eslaylik. Bularning barchasi zamirida xalqimizni tarixiy xotira, Vatan tuyg‘usidan mosuvo qilishga qaratilgan g‘arazli maqsadlar mujassam ekanini anglash qiyin emas. Holbuki, ajdodlarimiz azaldan o‘zlari yashaydigan mahalla, shahar va qishloqlar, xiyobonlarga nom tanlashga juda katta eʼtibor berishgan.
Tarixiy taraqqiyot qonuniyatiga ko‘ra, joy nomlari tarix va vaqtning kuzatuvchisi, voqea-xodisalarning ishtirokchisidir. Bu ilmiy terminda “toponimlar”, deb yuritiladi. Toponimika uning vujudga kelishi, taraqqiyoti, o‘zgarishi, etimologiyasi, yangi nomlarning qo‘yilishini tartibga soladi.
Joy nomlari, ya’ni toponimiya bir necha turga bo‘linadi. Bular. gidronomiya (yunoncha gidro - suv), ya’ni daryolar, ko‘llar, dengizlar, soylar, kanallar, qo‘ltiqlar, bo‘g‘ozlar, sharsharalar nomlari; oronimiya (yunoncha oros - tog‘, ya’ni yer yuzasining relef shakllar - tog‘lar, cho‘qqilar, qirlar, vodiylar, tekisliklar nomlari; oykonimiya (yunoncha oykos - uy), polinimiya (yunoncha polis - shahar) yoki urbanonomiya (lotincha urbos - shahar), ya’ni qishloq hamda shaharlaming nomlari, mikrotoponimiya (yunoncha mikros - kichik), ya’ni kichik obyektlar: buloqlar, quduqlar, dalalar, o‘tloqlar daraxtzorlar, jarlar, yo‘llar, ko‘priklar va hatto atoqli otga ega bo‘lgari ayrim daraxtlar nomlari. Bundan tashqari, turli xalq, urug‘-aymoq nomlari bilan atalgan toponimlar etnotoponimlar (yunoncha etnos - xalq) deyiladi. Kishi ismlari bilan yuritiladigan toponimlarni esa antropotoponimlar (yunoncha antropos - odam) deb atash mumkin. Toponimikani qaysi fanlar qatoriga kiritish kerak, degan munozara uzoq davom etdi. Toponimika shaharlar, qishloqlar, daryolar, ko‘llar, togiar kabi geografik nomlarni, ularning kelib chiqishini, tarixini o‘rganar ekan, bu fan tilshunoslarga ham, tarixchilarga ham boy ilmiy material beradi. Geografik nomlar, ya’ni toponimlar til lug‘at tarkibining bir qismi boiib, til qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Albatta, so‘zni tilshunoslik - lingvistika fani o‘rganishi kerak. Demak, toponimika atoqli otlarni o‘rganadigan onomastika fanining bir qismi bo‘lib, tilshunoslik fanlari qatoriga kiradi. Ikkinchi tomondan, geografik nomlar xaritaning eng muhim elementi sifatida biron mamlakat yoki oika tabiatining xususiyatlarini aks ettiradi. Ana shu nuqtai nazardan toponimikani geografik fanlar jumlasiga kiritish mumkin. Shu bilan birgalikda, joy nomlari jamiyat tarixi bilan chambarchas bogiiq. Joylarga qanday nom berish awalo jamiyatning muayyan bosqichdagi ehtiyojlari bilan belgilanadi. Joy nomlari tarixini bilmasdan turib toponimika bilan shug‘ullanish kutilgan natijani bermaydi. Ana shuning uchun ham toponimika tarix fanlari qatoridan o‘rin oladi. Demak, toponimika uchta katta soha: tilshunoslik, geografiya, tarix oralig‘idagi fandir. Shu bois toponimikaning talaygina faktlari xarakter jihatdan xilma-xil boigan lingvistik, tarixiy va geografik material jalb qilingandagina to‘g‘ri izohlab berilishi mumkin. Ko‘rinib turibdiki, biron-bir geografik yoki bir guruh nomning kelib chiqishi va tarixini mumkin qadar aniqroq tushuntirib berishni maqsad qilib olgan toponimik tadqiqot oson ish emas, balki talay vaqt hamda katta kuch talab qiladi2.
Toponimika prinsiplarini ishlab chiqish, uning meʼyorlarini belgilash esa bugunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Bu hozirgi kun o‘zbek toponimikasining ham oldiga qo‘yilayotgan muhim talablardan. Xususan, birgina Samarqand viloyatining tarixiy nomlarini tiklash, yangi nomlarga mustaqillik davri ruhini singdirish tadbirlari davomida sohada hali ko‘plab kamchiliklar borligi ko‘zga tashlanmoqda. Bu borada tabiiy-geografik, tarixiy obyekt, mahalla, ko‘cha, maydon va xiyobonlarga qo‘yiladigan nom quyidagi talablarga javob berishi maqsadga muvofiq. Jumladan, nom o‘zi ifodalayotgan joyning tarixini, tabiiy va geografik xususiyatlarini ifodalashi lozim. Shuningdek, u o‘sha joyda yashovchi aholi tili va tarixiga yot bo‘lmasligi, kishilarning manzilni oson topib olishlari uchun ko‘maklashishi, uni aniqlashda belgi, mo‘ljal rolini o‘ynashi kerak. Joy nomlari aniq, sodda va tushunarli bo‘lishi bilan bir qatorda, unda tarixiylik, milliylik, toponimik anʼanaviylik sezilib turmog‘i zarur. Shu bilan birga, joy nomlari davlat va jamiyat taraqqiyotida ham muhim rol o‘ynaydi. Ularning o‘zaro aloqalari, maʼrifiy, taʼlim-tarbiyaviy, iqtisodiy jarayonlarda o‘z aksini topadi. Misoluchun, tarixiy maʼnoga ega nomlar xalqda, ayniqsa yoshlarda milliy vatanparvarlik, g‘urur tuyg‘usini uyg‘otadi. Maʼno-mazmunsiz nomlar esa aksincha, ularda xalqimizga, mintalitetimizga yod g‘oya va qarashlarni shakllantiradi. Joriy yilning 9-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri
A.Aripov rahbarligida o‘tkazilgan “Geografik obyektlarning nomlarini, shuningdek, jamoat joylari, ko‘chalar, binolar peshtoqidagi turli lavha va reklamalarning qonun xujjatlariga muvofiqlashtirish hamda Davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil etish” masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ham bu alohida taʼkidlangan edi. Aytish joizki, ayni vaqtda birgina shahrimizdagi 210 ta mahallada 1 821 ta ko‘cha mavjud bo‘lib, o‘rganishlar natijasida, 28 ta ko‘cha nomlari Xalq deputatlari shahar Kengashi qarori bilan tasdiqlanmaganligi, 39 ta ko‘chada peshlavhalar o‘rnatilmaganligi, 14 ta nomi takrorlanadigan ko‘chalar borligi aniqlangan. Prezidentimizning tegishli farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Bu esa jarayonda har bir mahalla, ko‘cha, uy va xonadonning xaritasini yaratib, nom va raqamlarni aniq ko‘rsatishni talab etadi. Agarda ko‘chaning nomi bo‘lmasa yoki u tasdiqlanmagan bo‘lsa, undagi xonadonlarga raqam berib bo‘lmaydi. Takrorlanadigan ko‘cha nomlari esa chalkashlikni keltirib chiqaradi. Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, geografik obyektlarga nom berish va qayta nomlash ishlariga jiddiy yondoshish vaqti yetdi. Ishni ertaga qoldirish yoki jarayonda masʼuliyatsizlik qilish vaqti kelib albatta o‘zining salbiy taʼsirini ko‘rsatadi. Qolaversa, bu qonunchiligimizga zid hisoblanadi3.
Milliy istiqlolga erishganimizdan keyin o‘zbek  xalqining etnologiyasi va  etnik tarixini  o‘rganish,  haqqoniy  yoritish  tarix  fanining muhim  masalalaridan biriga aylandi. Negaki, mustaqillik  sharofati bilan  xalqimizning  o‘z yurti, tili,
madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o‘zligini   anglashga   qiziqish o‘sdi.
Aayniqsa yoshlarimiz tarix ijodkori bo‘lgan o‘z ajdodlari kimlar bo‘lganigini, 
o‘zbek xalqi qachon va qanday shakllanganligini anglashni, bilishni xohlaydi. 
Ko‘pgina etnonimlar4 juda qadimiy so‘zlar bo‘lganidan xalqlar etnogenezini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Odatda xalqlar, shuningdek qabilalar, yirik urug‘larning nomlari qadimiy bo‘ladi. Masalan, o‘zbek, qirg‘iz, qozoq kabi millat nomlari, qo‘ng‘irot, mitan, qangli, uyshun, qorluq, xalaj kabi urug‘qabila nomlari haqida bir qancha fikrlar bildirilgan, lekin bu etnonimlarning etimologiyalari uzil-kesil hal qilingan emas. Ba’zan adabiyotlarda uchraydigan o‘zbek – «o‘zi bek», qirg‘iz – «qirq qiz», qozoq – «qochoq», mitan – «mo‘ytan» (serjun), qangli – qanqli (aravali), qorluq – «qorliq» (qorda qolgan), xalaj – «qol och» (och qolgan), qalmoq – «chetda qolgan» (islom diniga kirmay qolgan) degan ma’noni bildiradi deyish g‘ayri ilmiy, soxta etimologiyadir.
Etnonimlar tarix taqozosi bilan vujudga kelgan bo‘lib, informatsiya tashiydi. Etnonimlarni o‘rganish juda muhim ilmiy ahamiyatga ega. Biron-bir hududda o‘tmishda qanday xalqlar yashagan? Muayyan etnonim qaysi xalq, elat, qabilani bildirgan? Masalan, X asrgacha tojik deganda O‘rta Osiyodagi o‘troq aholi bilan birga arab savdo ahlini ham tushunishgan. Ko‘pgina etnonimlar qadimda, sinfsiz jamiyatda va sinfiy jamiyatga o‘tish davrida paydo bo‘lgan. O‘zbekiston toponimiyasining xarakterli xususiyatlaridan yana biri unda etnotoponimlarning5, ya’ni turli millat, xalq, elat, qabila va urug‘-aymoq nomlari bilan atalgan toponimlaming nihoyatda keng tarqalganligidir.
Mulla Sayfiddin Axsikandiyning “Majmua at-Tavorix”, Mulla Avazmuhammad Attorning “Tuxfat at-tavorix-i xon”, Zakir Chormoshev “Urug‘lar to‘plami” kabi asarlardagi o‘zbek urug‘lari nomlari hozirgi kunda toponomika fanida muhim ahamiyatga ega. Ushbu manbalarni tahlil qilgan olimlar ulardagi o‘zbek urug‘lari nomlari, mazkur urug‘lar istiqomat qilgan joy nolariga asos bo‘lganligini ta’kidlaydilar.
Tarixiy manbalarda keltirilgan 92 oʻzbek urugʻlari butun Oʻrta Osiyo hududlarida tarqalgan. Bu 92 oʻzbek urugʻlariga moʻgʻullar istilosidan oldingi va istilo davrida hamda shayboniylar davrida kelgan etnik guruhlar ham kiradi . Shuningdek, Oʻrta Osiyoda qadimdan yashab kelayotgan chigʻil, yagʻmo, usun, tuxsi, xalach va boshqalar turkiy etnik guruhlar ham 92 oʻzbek elati tarkibiga kirgan. Bundan ko‘rinadiki o‘zbek urug‘lari deb atalgan etnik guruhlar butun Osiyo hududlariga yoyilib ketgan.
Bugungi kunda onomastika xususan toponomika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar salmog‘i yuqori hisoblanadi. Joy nomlari etimologiyasi, leksik xususiyatlari to‘g‘risida ko‘plab ishlar amalga oshirilgan. Bu borada tadqiqodchilar joy nomlarining o‘ziga xos xronologik ketma ketlikda o‘zgarib borganligini e’tirof etadilar. Bu hodisaga bir necha ijtimoiy-siyosiy omillar sabab bo‘lishi mumkin. Bizning tadqiqot maqsadimiz ushbu joy nomlarining kelib chiqishini va tarixiy taraqqiyotini chuqur o‘rganish hisoblanadi.
Bugungi mustaqillik davrida yoshlarni ona-vatanga muhabbat, ilm-fanga qiziqish ruhida tarbiyalashda nomlarning, xususan, toponimlarning roli benihoya kattadir. Sababi, ijtimoiy-siyosiy sohadagi har bir yangilik va o‘zgarish kishilarning, yoshlarning diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib turadi. Bu esa o‘z-o‘zidan nomlarga va yana ham aniqrog‘i, toponimlar masalasiga e’tibor qaratish zarur ekanligini eslatib turadi. Bu – yoshlarimizni vatanparvar hamda milliy qadriyat va urf-odatlarimizga sadoqat ruhida, shuningdek, ilm-fanga ishtiyoq va qiziqish tarbiyalashda toponimlarning ahamiyati katta ekanligini ko‘rsatib turibdi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev “Farzandlarimizni mustaqil fikrlaydigan zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hamisha dolzarb masala6, deb bekorga aytmagan.
O‘zbek nomshunosligiga tarixiy, fonetik, leksik (ma’noviy), morfologik, imloviy o‘zgarishlar singari alohida hududdagi shahar, qishloq, mahallalarning nomlariga xos bo‘lgan bir qancha individual o‘zgarishlarni ilmiy asoslarda tahlil etish dolzarb masalalardan biridir. Sababi, “...o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir7. O‘zlari yashayotgan hududdagi nomlarni bilish ham o‘zlikni anglashga, ajdodu avlodlarimiz qo‘ygan nomlarni tushunib, anglab, tahlil qilishga turtki beradi. Zero, nom qo‘yish ham o‘z o‘rnida san'at hisoblanadi. Xorazm viloyati toponimlari ham boshqa viloyati toponimlari kabi bugungi kunda ham ma’naviy meros, ham madaniy boylik, ham tilimizning qadimiy xususiyatlarini o‘zida saqlab qolgan ko‘hna tarixiy yodgorliklardan biri sanaladi. Shu sababli viloyat hududidagi shahar, shaharcha, qishloq, ko‘cha, mahalla kabilarning nomlarini ilmiy va amaliy jihatlardan o‘rganish va tadqiq etilishi zarurligi sezilmoqda. Ushbu hol esa mazkur bitiruv malakaviy ish mavzusining bugungi kun uchun ancha dolzarbligini ko‘rsatib turibdi. O‘zbek nomshunosligiga oid oldingi tadqiqotlar bilan tilshunosligimiz boyigani kabi bu mavzu bilan ham nisbatan tor mavzularga e’tibor qaratilgan bo‘ladi. Ulardagi tarixiy, fonetik, leksik (ma’noviy), morfologik, imloviy o‘zgarishlar singari alohida hududdagi shahar, shaharcha, qishloq, mahallalarning nomlariga xos bo‘lgan bir qancha individual o‘zgarishlarni ilmiy asoslarda tahlil etish o‘zbek tilshunosligining dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi. Ushbu viloyat tumanlar toponimlari boshqa viloyatlarning toponimlari kabi bugungi kunda ham ma’naviy meros, ham madaniy boylik, ham tilimizning qadimiy xususiyatlarini o‘zida saqlab qolgan ko‘hna tarixiy yodgorliklardan biri sanaladi. Shu sababli Xorazm hududidagi shahar, shaharcha, qishloq, mahalla nomlarining ilmiy va amaliy jihatlardan o‘rganish va tadqiq etilishi zarurligi sezilmoqda. Ushbu hol esa mazkur bitiruv malakaviy ish mavzusining bugungi kun uchun ancha dolzarbligini ko‘rsatadi.

Download 386 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish