Qang‘li- Qangli, Qani kabi qabilalar o‘zbek, qozoq, qoraqalpoq, qirg‘iz va boshqa turkiy xalqlar tarkibidagi qabilalardir. Ular manbalarda qayg‘yuy, qang‘ar shakllarida tilga olinadi. VII-VIII asrlarda qang‘lar Sirdaryo bo‘ylarida yashab Xorazm va Zarafshon hududlariga ko‘chib ketishadi. Bu qabilalar haqida Ibn al Asirning “Al Komil Fit-Tarix” asarida ham ba’zi ma’lumot uchraydi. Gurlan tumanida ham ushbu qabilalar nomi bilan ataluvchi hudud mavjud. Taxminlarga ko‘ra bu hududda ya’ni shu qabilalar istiqomat qilishgan.
Bog‘olon - Gurlan tumanidagi bu qishloq qadimiy hisoblanib Xorazmning qadimgi davrlardagi tarixini o‘z ichiga oladi. Manbaalarda bu joy nomini olon qabilalari bilan bogliq deyiladi, ya’ni, “olonlar bog‘i, bog‘i oloniy” tarzida, ba’zi manbalarda esa “bog‘i ko‘p joy, bog‘zor” tarzida aytib o‘tiladi. “Nomdagi bog‘ so‘zining mevazor ma’nosidan tashqari bir qancha ma’nolari bor: bog‘, yer, to‘p, jamlik, atrofi o‘ralgan maydon, qabila kabidir”23. Olonlar Xorazmdagi eng qadimiy urug‘lardan hisoblanadi.
Demak, olon va os kabi Xorazmda yashagan xalqlar Amudaryoning o‘z oqimini o‘zgartirib suv bosish xavfi bo‘lib turganligi sabab, Kavkazga, hozirgi Osetiya hududlariga ko‘chgandilar. Olon va oslardan ilgari esa Xorazmda so‘g‘d, massaget, sak deya nomlangan urug‘lar yashashgan. Biroq, ularga qaraganda ham olon va oslar Xorazmdagi toponimik maskanlarga o‘z nomlarini muhrlab ketishganki, to hanuzgacha Bog‘olon, Cho‘bolonchi, Osqala qishloqlari yoxud olon, os bilan bog‘liq laqablar uchrab turadi.
Taniqli o‘zbek olimi T.Nafasov fikriga ko‘ra Bag‘anali Forish, G‘allaorol, Narpay, Kattaqo‘rg‘on, Pastdarg‘om tumanlaridagi qishloq nomlari bilan bog‘liq bo‘lib, o‘zbek xalqining bag‘anali (bag‘ana-qorako‘1 terining turi) urug‘ni tashkil qilgan qishloq24.
Saxtiyon- Qadimiy Xorazm tili eroniy tillar oilasiga mansub bo‘lib, “saxt” -qattiq degan ma’noni bildiradi-deydi sharqshunos olim, Urganch Davlat Universiteti dotsenti Abdulla Ahmedov-ya’ni odamning fe’l atvoriga nisbatan ishlatiladi.Bu esa ko‘pchilik yasovchi qo‘shimchadir.Saxtiyonning sof etimologiyasi “saxt”-qattiq, yon esa ko‘plik yasovchi qo‘shimchadir. Soddaroq qilib aytganda bu erda so‘z qattiq iborasi qattiqqo‘l ma’nosida emas, tejamkor, isrof qilmovchi ma’nosida ishlatilayotganini aytmoq lozim. “Navoiy asarlari lug‘ati” asarida “Saxtiyon-echki terisidan qilingan bayroq, echki terisi, Saxtier-qattiq ushlovchi Saxti-qattiq” deyilgan.
Shu o‘rinda professor Otanazar Madrahimov “O‘zbek tilining o‘g‘uz lahjasi” kitobida ( Toshkent, “Fan” 1973 yil, 170 bet) Saxtiyan-ishlangan echki terisi” deb qayd etib o‘tganini aytish kerak. Taniqli arxeolog olima L.S.Tolstova esa bu borada umuman boshqacha taxminni ilgari suradi. L.S.Tolstovaga ko‘ra, “Saxtiyon so‘zi qadimgi Sug‘diyona davlati nomining in’ikosidir” (“Onomastika Sredney Azii” M, 1978 g. L 11).
Endi yana bir narsaga e’tibor berish kerakki, Saxtiyon qishlog‘i Xivada, Xonqada va Qoraqalpog‘istonning Ellikqa’la tumanida ham mavjud.
Professor Z.Do‘simov fikricha, “Saxtiyon nomi forsiycha terini qayta ishlovchi kosiblar qishlog‘i “ degan ma’noni bildiradi.
Yormish-Xorazm viloyati Gurlan tumanida joylashgan mazkur joy nomi shaharcha maqomiga ega bo‘lib “kichik ariq” ma’nosini anglatadi. Ushbu shaharcha tarkibida Bo‘zyormish, Kichchiyormish, Ulliyormish kabi hududlar mavjud.25
Shirinlar – Xorazm viloyati Gurlan tumanida joylashgan qishloq. Shirin nomi o‘zbeklar tarkibidagi urug`nomidan kelib chiqqan bo‘lib urug‘ nomi sanaladi.26
Do'stlaringiz bilan baham: |