Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti


Xorazm toponomikasining o‘ziga xos jihatlari



Download 386 Kb.
bet5/17
Sana14.07.2022
Hajmi386 Kb.
#801253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Diplom ish

Xorazm toponomikasining o‘ziga xos jihatlari

Mustaqillik yillarida bebaho tariximiz, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz qayta tiklanib, bu borada chuqur o‘rganishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, hududlar, shahar va qishloqlar, mahallalarimizdagi joy nomlarini o‘rganish yuzasidan har tomonlama keng qamrovli ilmiy-tadqiqot ishlari samarali tarzda olib borilyapti. Bu esa yurtdoshlarimizning o‘zi tug‘ilib voyaga yetgan va umrguzoronlik qilayotgan qadrdon maskanlarning nomlarini yanada chuqur o‘rganishlarida yaqindan yordam bermoqda.
Xorazm o‘rta asrlar joy nomlarini o‘rganishda etno-antrotoponimlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Etnotoponimlar juda uzoq davr maxsuli bo‘lib juda uzoq davrlardan buyon saqlanib kelinmoqda. O‘zbekiston hududida hozirgi kunda qadar juda ko‘plab qabila va xalq nomlari saqlanib qolgan. Bundan tashqari qozoq va turkman urug‘lari nomlari bilan ataluvchi nomla ham saqlanib qolgan. Bu o‘zbek xalqining qozoq va turkman xalqlari bilan juda qadimdan boshlangan o‘zaro aloqalaridan darak beradi12.
Ma’lumki, joy nomlari yurtimizning qadimiy tarixi, geografik sharoiti, xalqimizning orzu-umidlari, milliy urf-odatlari, qadriyatlari, ona tilini o‘zida ifoda etgan ulkan xazinadir. Keyingi yillarda mamlakatimizning barcha sohalarida islohotlar izchil ravishda davom etmoqda. Ana shu jarayonda har bir hududda yaratuvchilik, bunyodkorlik ishlari amalga oshirilyapti. Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda ham keng qirrali faoliyat davom etmoqda. Ayniqsa, joy nomlarini yanada chuqur o‘rganish va o‘z navbatida ularni tartibga keltirish, ilmiy jihatdan chuqur tadqiq etish masalalari ham kundalik diqqat markazida bo‘lmoqda. Chunki joy nomlari, tarixiy toponimlar, milliy qadriyatlar tilimizning bebaho boyligidir. Keyingi yillarda tilshunos-olimlar tomonidan viloyatimiz shahar va qishloqlaridagi joy nomlarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tarixning uzoq o‘tmishlarida yaratilgan toponimlar, joy nomlari haqida xalq orasida turli xil izohlar, sharhlar, talqinlar, rivoyatlar mavjud. Ularning yaratilishi va tarqalishi yuzasidan talqinlar ham turlichadir. Masalan, ayrim kishilar ko‘pincha joy nomlariga xalq tomonidan berilgan izohlarni to‘g‘ri va ma’qul deb bilishadi. Aslida, nomlar ilmiy, nazariy, amaliy asoslangan bo‘lishi kerak. Mana shu xususiyatlarni inobatga olgan holda Xorazm viloyatidagi ayrim tarixiy toponimlar, joy nomlari to‘g‘risida to‘xtalsak.
Masalan, Hazorasp tumanidagi “Beshta” nomli aholi punkti bor. “Beshta” aholi punkti nomining ma’nosi, paydo bo‘lishi haqida ham turlicha qarashlar mavjud. Aslida “Beshta” toponimi besh soni bilan bog‘liq emas. U 2000 yillik tarixga egadir. Uni ilmiy jihatdan tahrir qiladigan bo‘lsak, “Beshta” so‘zi “pesh”, ya’ni “old tomon” degan ma’noni anglatadi va “ta” qismi esa “daha” so‘zining qisqartirilgan dialektal variantidir. Demak, “Beshta” aslida “Peshdaha”, ya’ni old qishloq deganidir.
Shuningdek, Qo‘shko‘pir tumanidagi qishloqlar va aholi punktlaridan ayrimlariga to‘xtalsak. Masalan, “Masit” qishlog‘i bor. “Masit” qishlog‘i aslida u etnonim bo‘lib, o‘zbek urug‘larining nomlaridan biri sanalgan va vaqt o‘tishi bilan etnotoponimga aylangan. U “Misit”“Mesit“Masit” ko‘rinishda o‘zgarishga uchragan.
Xosiyon” toponimiga to‘xtalsak. Tumanda “Xosiyon” qishlog‘i bor. “Xosiyon” – forscha – “Xistyon” so‘zidan olingan bo‘lib, tanlangan, saralangan degan ma’noni bildiradi. Vaqtlar o‘tishi bilan mahalliy sheva vakillarining nutqida “Xosyon” shaklida qo‘llanila boshlangan. Buni faqat dastlabki ma’lumot sifatida qarash lozim, chunki mazkur toponim bo‘yicha boshqacha yondashuvlar ham bor. Ular faqat hozircha o‘z tasdig‘ini topmagan.
Tegalak” – “o‘rtaliq” degan ma’noni anglatadi va bu mahalla “Xosyon” qishlog‘ining o‘rtalig‘ida joylashgani uchun shu nom bilan atala boshlangan.
Ilgaldi” – avvallari bu hududlarda hech kim yashamagan va 1910 yillarda odamlar kelib yashay boshlagan. Shundan keyin bu hudud “Elkeldi” “Elgaldi” deb nomlana boshlangan. Keyinchalik mahalliy aholi vakillari mazkur nomni o‘zlarining nutqiga moslashtirishi natijasida uning “Ilgaldi” dialektal shakli vujudga kelgan.
Qo‘shko‘pir tumanida “Kenagas” qishlog‘i ham bor. “Kenagas” – o‘zbek xalqi urug‘ining nomlaridan biri bo‘lib, ular, avval, Amudaryo bo‘ylarida yashaganlar. Keyinchalik esa ular Qo‘shko‘pir tumani hududiga ko‘chib kelishgan. Natijada ular kenagasliklar deya atalgan. Ular muqim joylashib qolganligi sababli mahalla ham shu nom bilan nomlangan. Aslida mazkur etnotoponimni boshqa viloyatlarning hududlarida ham uchratish mumkin. Demak, toponimlar tildan tilga o‘tib, davrlar osha uzoq qo‘llanilib kelinayotgan va turli lisoniy o‘zgarishlarga uchraydigan til birliklari hisoblanadi. Joy nomlari yurtimiz tarixini o‘rganishda muhim manbalardan biri bo‘lib hisoblanadi13.
Ayni paytda, Xorazm viloyati hokimligi huzurida “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari” bo‘yicha komissiya faoliyat yuritmoqda. Uning tarkibida tegishli mutasaddi rahbarlar, tilshunos-olimlar, o‘lkashunoslar, ilm-fan namoyandalari, ijodkorlar, yurtimiz tarixini chuqur biladigan mehnat faxriylari bo‘lib, ular bilan doimiy ravishda muloqotlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Komissiya a’zolari joy nomlaridagi tarixiylik, ulardagi milliy urf-odatlar, qadriyatlar, an’analarning o‘zida mujassam etgan xususiyatlarini o‘rganish va ochib berish maqsadida yanada mas’uliyat bilan faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Joriy yilning aprel oyidan boshlab, har oyning oxirgi o‘n kunligida viloyat hokimligi huzuridagi “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari” bo‘yicha komissiya tuman, shaharlardagi toponimik nomlar, ularni qaytadan ekspertiza qilish, tartibga keltirish hamda me’yorlashtirish yuzasidan ish olib borishi belgilandi. Bugungi kunda ham hamon ayrim ko‘chalarga nomlar qo‘yilmagan. Hatto, o‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ba’zi ko‘chalar nomlari bir necha hududda bir xil tarzda takrorlangan. Komissiya a’zolari ayni paytda bunday holatlarni ko‘rib chiqib, yanada chuqur o‘rganib, mavjud kamchilik va muammolarga barham berish uchun amaliy ishlarni sinchkovlik bilan olib borishyapti.14
Milliy istiqlolga erishganimizdan keyin o‘zbek xalqining etnologiyasi va etnik tarixini  o‘rganish, haqqoniy yoritish tarix fanining muhim masalalaridan biriga aylandi. Negaki, mustaqillik sharofati bilan xalqimizning o‘z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o‘zligini anglashga qiziqish o‘sdi. Ko‘pgina etnonimlar15 juda qadimiy so‘zlar bo‘lganidan xalqlar etnogenezini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Odatda xalqlar, shuningdek qabilalar, yirik urug‘larning nomlari qadimiy bo‘ladi. Masalan, o‘zbek, qirg‘iz, qozoq kabi millat nomlari, qo‘ng‘irot, mitan, qangli, uyshun, qorluq, xalaj kabi urug‘qabila nomlari haqida bir qancha fikrlar bildirilgan, lekin bu etnonimlarning etimologiyalari uzil-kesil hal qilingan emas. Ba’zan adabiyotlarda uchraydigan o‘zbek – «o‘zi bek», qirg‘iz – «qirq qiz», qozoq – «qochoq», mitan – «mo‘ytan» (serjun), qangli – qanqli (aravali), qorluq – «qorliq» (qorda qolgan), xalaj – «qol och» (och qolgan), qalmoq – «chetda qolgan» (islom diniga kirmay qolgan) degan ma’noni bildiradi deyish g‘ayri ilmiy, soxta etimologiyadir.
Etnonimlar tarix taqozosi bilan vujudga kelgan bo‘lib, informatsiya tashiydi. Etnonimlarni o‘rganish juda muhim ilmiy ahamiyatga ega. Biron-bir hududda o‘tmishda qanday xalqlar yashagan? Muayyan etnonim qaysi xalq, elat, qabilani bildirgan? Masalan, X asrgacha tojik deganda O‘rta Osiyodagi o‘troq aholi bilan birga arab savdo ahlini ham tushunishgan. Ko‘pgina etnonimlar qadimda, sinfsiz jamiyatda va sinfiy jamiyatga o‘tish davrida paydo bo‘lgan. O‘zbekiston toponimiyasining xarakterli xususiyatlaridan yana biri unda etnotoponimlarning16, ya’ni turli millat, xalq, elat, qabila va urug‘-aymoq nomlari bilan atalgan toponimlaming nihoyatda keng tarqalganligidir.
Mulla Sayfiddin Axsikandiyning “Majmua at-Tavorix”, Mulla Avazmuhammad Attorning “Tuxfat at-tavorix-i xon”, Zakir Chormoshev “Urug‘lar to‘plami” kabi asarlardagi o‘zbek urug‘lari nomlari hozirgi kunda toponomika fanida muhim ahamiyatga ega. Ushbu manbalarni tahlil qilgan olimlar ulardagi o‘zbek urug‘lari nomlari, mazkur urug‘lar istiqomat qilgan joy nolariga asos bo‘lganligini ta’kidlaydilar. Tarixiy manbalarda keltirilgan 92 oʻzbek urugʻlari butun Oʻrta Osiyo hududlarida tarqalgan. Bu 92 oʻzbek urugʻlariga moʻgʻullar istilosidan oldingi va istilo davrida hamda shayboniylar davrida kelgan etnik guruhlar ham kiradi . Shuningdek, Oʻrta Osiyoda qadimdan yashab kelayotgan chigʻil, yagʻmo, usun, tuxsi, xalach va boshqalar turkiy etnik guruhlar ham 92 oʻzbek elati tarkibiga kirgan. Bundan ko‘rinadiki o‘zbek urug‘lari deb atalgan etnik guruhlar butun Osiyo hududlariga yoyilib ketgan.
Bugungi kunda onomastika xususan toponomika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar salmog‘i yuqori hisoblanadi. Joy nomlari etimologiyasi, leksik xususiyatlari to‘g‘risida ko‘plab ishlar amalga oshirilgan. Bu borada tadqiqodchilar joy nomlarining o‘ziga xos xronologik ketma ketlikda o‘zgarib borganligini e’tirof etadilar. Bu hodisaga bir necha ijtimoiy-siyosiy omillar sabab bo‘lishi mumkin. Bizning tadqiqot maqsadimiz ushbu joy nomlarining kelib chiqishini va tarixiy taraqqiyotini chuqur o‘rganish hisoblanadi. Mazkur maqolada biz toponimlarning qadimgi o‘zbek urug‘(etnonim)lari bilan uzviy aloqadorligi, ularning kelib chiqishida ushbu urug‘lar istiqomat qilgan hududlar nomlariga urug‘ nomlari asos qilinib olinganligiga e’tibor qaratdik.
O‘tgan asrning 90-yillariga qadar yurtimizda geografik obyektlarga nom berish yoki ularning nomini o‘zgartirishda o‘sha davrdagi mafkura nuqtai nazaridan yondashilib, xalqimizning milliy ma’naviyati, tarixi, an’ana va qadriyatlari hisobga olinmadi. Buning oqibatida ko‘plab shahar va qishloqlarimiz, xo‘jaliklar, markaziy maydon va xiyobonlar, ko‘chalar, ta’lim va tibbiyot muassasalari, hatto madaniyat va ma’rifat maskanlari sobiq tuzum amaldorlari va xalqimizga, tariximizga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan “rahnamo”lar nomi bilan ataldi.
Yurtimiz mustaqillikka erishgach, bunday holatlarga barham berilib, ko‘plab geografik obyektlar o‘sha hudud tarixi, aholi turmush tarzi, tarixiy-milliy qadriyatlariga mos tarzda qayta nomlandi va bu ish davom etmoqda. 2011-yil 12-oktabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi qonuni ushbu yo‘nalishdagi ishlarning huquqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Ayni paytda viloyatdagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalar tomonidan mazkur qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrda tasdiqlangan “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi qaroridan kelib chiqib, bugungi kunda viloyat komissiyasi a’zolari hamda viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruhlar har bir tuman va shaharga biriktirilgan, – deydi mazkur komissiya kotibi Dilshod Musinov. – Ular oldiga joylardagi barcha geografik obyektlar nomlarining qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlari bo‘yicha to‘liq ro‘yxatini shakllantirish, tegishli mahalliy davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari tizimidagi obyektlar nomlanishining holati, bu boradagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ishlab chiqarish vositalari, arxitektura va kartografiya, geologiya va boshqa sohalardagi atamalarning amaldagi qonunchilik talablariga mos kelish va kelmasligini tahlil qilish, buning natijasida chiqarilgan xulosalarga asosan har bir hududda geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha ilmiy ekspertiza o‘tkazishning samarali mexanizmini shakllantirish kabi vazifalar qo‘yilgan. Bu borada har bir tuman, shahar bo‘yicha ma’lumotlar shakllantirilib, ishchi guruhlari hamda aholining takliflari jamlanmoqda. Joylarda komissiya a’zolari va mutaxassislar tomonidan mahalla oqsoqollari, korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuv, o‘quv- seminarlar o‘tkazilib, geografik obyektlarning nomlarini davlat tili talablari asosida yozish hamda zamonaviy shakl va dizaynga ega bo‘lgan lavhalar o‘rnatish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.
Dastlab, toponimika mustaqil fan sifatida o‘rganilmay, uning vazifasini tarixiy geografiya fani bajarib kelardi. Toponimika geografik nomlar, kishi ismlarini o‘rganadigan fan sifatida maydonga keldi. Toponimikani «zamin tili», ya`ni er tili deb ham atashadi. Toponimika atamasi lotin tilidan olingan bo‘lib, «topos» — joy, «onom» yoki «onima» — nom, umuman joy nomini o‘rganadigan fan degan ma`noni bildiradi. Geografik nomlar va zamin qa`rida o‘rganilmayotgan nomlar, insonlarga qo‘yilgan ismlar toponimikaning o‘rganish manbai hisoblanadi. Toponimika ikki ob`ektdan: mikro va makro toponimlardan iborat bo‘lib, mikrotoponimika — grammatik jihatdan mayda ob`ektlarni, ya`ni «turdosh otlarni», mikroob`ektlarning` nomlarini, makrotoponimika esa atoqli otlar, ya`n yirik ob`ektlarning nomlarini tadqiq qiladi. Hozirgi vaqtda toponimika faqat katta va yirik ob`ektlarning: tog`lar, o‘rmonlar, vodiylar, vohalar, shaharlarning nomlarinigina emas, balki kichik ob`ektlarning — mahallalar, daralar; jarliklar, anhorlar, daryo irmoqlari, ariqlar va ko‘llarning nomlarini Geografiyaga oid atamalar turdosh otlar toponimika tarkibiga to‘lig`icha kirmaydi, ammo ular toponimikani o‘rganishda katta ahamiyatga egadir. Nomsiz «ob`ekt» — toponim emas. Toponimika geografiyaga oid joylarni emas, balki ularning nomlarini o‘rganadi. Toponimikaning tilshunoslik, tarih geografiya, arxeologiya va boshqa fanlarga aloqadorligi uning muhim xususiyatlaridandir.

Download 386 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish