Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti


O‘zbek toponomikasining o‘rganilish tarixi



Download 386 Kb.
bet4/17
Sana14.07.2022
Hajmi386 Kb.
#801253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Diplom ish

1.1. O‘zbek toponomikasining o‘rganilish tarixi
Turkiston hududida o‘rta asrlarda yashab ijod qilgan olimlar (Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg`oriy, Bobur va boshqalar) asarlarida toponimikaning muhim muammolari tahlil qilingan. Masalan, Abu Rayxon Beruniy to‘qqizinchi asrdayoq biron hududni boshqa tilda so‘zlashuvchi xalq, qabila bosib olsa nomlar tez o‘zgaradi, ularning nutq a`zolari nomlarni noto‘g`ri talaffuz qiladi va shu holda o‘z tiliga o‘tkazadi. Bu yunonlarda ko‘proq kuzatilgan. Ular so‘zni dastlab ma`nosini olishadi, biroq nomlar o‘zgarishlarga duchor bo‘ladi. Shunday yo‘l bilan yunonlar va arablar turk tilidagi ko‘pgina geografik nomlarni buzib yozganlar. O‘rta asrlarda ijod qilgan Maxmud Koshg`ariy toponimika rivojiga katta hissa qo‘shgan. Hozirgi zamon ko‘p olimlarning fikricha bu asar joy nomlari lug`ati desak bo‘ladi. Mahmud Koshg`ariy o‘z asariga bir xarita ilova qilgan, unda 200 ga yaqin geografik nomlar (mamlakatlar, shaharlar, qishloqlar, tabiiy - geografik obyektlar) keltirilib, ularga geografik va etimologik izohlar bergan. U turk tili guruhiga kiruvchi deyarli hamma tillarni o‘rgangan. Zahiriddin Bobur o‘zining “Boburnoma” asarida geografik nomlarga katta e’tibor qaratgan. Bu asarda juda ko‘p geografik nomlar uchratiladi va ularga izohlar beriladi.
Xorazmning qadimiy poytaxti turli manbalarda va turli davrlarda Fil, Fir, Kas, Kat, Xorezm degan manodosh shakillar xam tilga olingan. Shuni aytish kerekki, qadim zamonlarda har qanday yirik aholi punkti, xususan, shaharlarning, ayniqsa shahar-davlatlarning atroflari istehkom devori bilan o‘ralgan. Shuning uchun eng yirik aholi punktini ifodalaydigan so‘z dunyodagi ko‘pgina tillarda “istehkom”, “qala”, “mustahkam devor bilan o‘ralgan” kabi ma’nolarni anglatadi (qala, ark, shahar, kat va b). Xorezm so‘zini ham shu jumlaga kiritish mumkin. Arab geograflaridan Ibn Xavqal Kasni Shahriston, yani “ichki shahar” ham derlar, deb yozgan bo‘lsa, Beruniy Xorazm 3 qismdan iborat bo‘lib, al-Fir shaharning eng mustahkam markaziy arq qismi ekanligini aytgan. O‘lka toponimiyasida eng ko‘p tarqalgan termin qala (qal`a) so‘zidir. Qal`a so‘zi jonli tilda, shevalarda, toponimlar tarkibida bazan qala shaklida ham uchraydi. Bu termin turli tilda va xilma-xil fonetik shakllarda hamda semantik tovlanishlarda Atlantika okeani sohillaridan Hindiston yarim oroligacha – Yevropa, Afrika, Osiyoning bepoyon hududlarida son sanoqsiz toponimlar hosil qilgan. E.M.Murzaev geografik nomlar tarkibidagi qal`a juda qadimiy element bo‘lib, antik davrdan ham oldin paydo bo‘lgan degan fikrni ta’kidlaydi. Xorazmda qal`a deganda ichki hovlisi bo‘lgan va qalin devor bilan o‘ralgan turar-joy tushunilgan. Keyinchalik shahar va qadimiy shaharlarning xarobalari ham qal`a deyilgan. Qoraqolpog`iston Respublikasi hududida ham qal`a elementli toponimlar ham kam emas: Ayozqala, Aydusqala, Arazqala, Oltinqala, Oqboshqala, Oqqala va boshqalar. Xorazm viloyatining o‘zida esa qal`a komponenti mavjud nomlardan quydagilarni aytib o‘tish mumkin: Bo‘zqala, Doshqala, Ko‘naqala, Shurqala, Qaramanqala, Katqala.
Qadimiy tarixga ega bo‘lgan ona tilimiz – o‘zbek tili Davlat tili huquqini olgach (1989 yil 21 oktyabr), shuningdek, “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida8 qonuni qabul qilingach, turli toponimik obyektlarga va umuman, nomlanishi kerak bo‘lgan obektlarga nom qo‘yish, nomlarini almashtirish tamoyillari, yangi nomlarni rasmiylashtirish qoidalari, ularni to‘plash, jamlab, kartotekasini tuzish va ilmiy tahlilga tortish kabi muammolarga e’tibor berish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Mavjud obyektlarni nomlash va nomlarni tahlil qilishga qaratilgan ilmiy-nazariy hamda ilmiy-amaliy xarakterdagi ishlarni bugungi mustaqillik davri talablariga mos ravishda tadqiq va tahlil qilish maqsadga muvofiq. Boshqa xalqlar kabi xalqimiz ham qadim-qadimdan madaniy, ma’rifiy, iqtisodiy va ijtimoiy, ijtimoiy–siyosiy faoliyatlarida jonli hamda jonsiz narsalarni nomlashga va umuman, narsa, hodisalarni, shuningdek, kishilarni nom(ism) bilan atab chaqirishda qo‘llanadigan nomlarga jiddiy e’tibor berib kelgan. Sababi, kishilar o‘zaro muloqotga kirishish uchun odamlarni ham, narsa-hodisalarni ham va butun borliqni ma’lum bir me’yordagi nomlar bilan atab, bir-biridan farqlashga harakat qilishgan. Natijada, ularda xalqimizning milliylik, milliy an'ana hamda milliy qadriyatlari o‘z izini betakror holda qoldira olgan. Mana shu nomlar milliy o‘zlikni anglashga, xalqimizning ruhiy ma’naviy sarchashmalari bo‘lgan milliy udum, urf-odat, an'ana va qadriyatlarimizga qayta-qayta e’tibor berishga hissa qo‘shadigan vositalardan biri sanaladi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev “Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat'iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustivor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga keltiramiz9, deb bekorga aytmagan. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimov “Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o‘zlikni anglashning o‘sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz”10, deb to‘g‘ri ta'kidlagan . O‘z nomini e’zozlay oladigan inson o‘zgalarning nomlarini ham to‘g‘ri va aniq aytish, xatosiz yozish bilan ardoqlashga imkon topadi. Xalqimiz nutqida qo‘llanayotgan nomlar nihoyatda rang-barang bo‘lib, ham tarixiy, ham serma’noligi bilan ajralib turadi. Umuman barcha obyektlarning nomlari to‘liq to‘plash ishlari boshlanganligi kabi mustaqillik tufayli mamlakatimizdagi ba'zi bir joy nomlarining tarixiy nomlari tiklanayotganligi, anchagina joylarga berilgan nomlar ayni vaqtda eskirib qolganligi sababli ham tuzatilayotganligi diqqat-e’tibor hamda e’tirofga loyiq ishlar sanaladi. Bu esa “O‘zbek nomshunosligi” sohasida hal qilinishi lozim bo‘lgan bir qancha dolzarb muammolari mavjudligini tasdiqlaydi.
Qishloq — aholisi, asosan, dehqonchilik, chorvachilik va Qishloq xoʻjaligining boshqa sohalarida band boʻlgan aholi manzil-gohi. Qishloq faqat aholisining mashgʻuloti bilan emas, balki ijtimoiyiqtisodiy, madaniy, tabiiy geografik va turmush tarzi bilan ham shahardan farq qiladi. Qishloq — Oʻzbekiston Resggublikasi maʼmuriy-hududiy tuzilishidagi eng quyi boʻgʻin. Qishloqning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyati aholini yerdan qay darajada foydalanishi, joyning tabiiy-geografik shart-sharoitlari bilan bogʻliQishloq Shu bois Qishloqlar tarixan katta-kichik boʻlgan, turar joylar ham shunga qarab joylashgan. Tekis, sersuv va tuprogʻi serunum, umuman, tabiiy sharoiti qulay joylarda yirik qishloqlar joylashib, aholi ancha gavjum yashagan, asosan, dehqonchilik, bogʻdorchilik bilan shugʻullangan. Tekis, lekin suvi kam boʻlgan joylarda (choʻl va dashtlarda) aholi koʻproq chorvachilik bilan mashgʻul boʻlgan. Bunday joylarda qishloqlar kichik, bir-biridan ancha uzokda, asosan, quduqlar yonida joylashgan. Togʻli hududlarda qishloqlar koʻproq soy, buloqlar boʻyida tarkib topgan.
Qishloqlar umumiy bir markazga — Qishloq fuqarolik yigʻinlariga ega boʻlgan, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan birbiriga uzviy bogʻlangan kichik aholi manzilgohlariga ham boʻlinishi mumkin. Ular Oʻzbekistonda mahallalarga ajraladi. Tarixda mahallalarning bir qishloqga birlashishi aholining dehqonchilikning muayyan turi bilan shugʻullanishi, bir qabilaga mansubligi, bir ariqdan suv ichishi, hashar, toʻy va maʼrakalarni birga oʻtkazishi va shahrik.ga bogʻliq boʻlgan.
Qishloq kishilarning ijtimoiy va tarixiy tarkib topgan birligidir. Ularning vujudga kelishi jamiyat taraqqiyoti va hududiy mehnat taqsimotidagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq boʻladi. Sanoatning rivojlanishi va urbani-zatsiya munosabati bilan dunyoda Qishloq aholisi salmogʻi kamaymoqda. Oʻzbekiston qishloqlaridagi aholi salmogʻi ortmoqda. Buning asosiy sababi qishloqlarda aholining takror barpo boʻlish jarayonining shaharlardagiga nisbatan bir qadar jadal kechishidadir. 1970—90 yillarda Oʻzbekiston aholisining 60% qishloqlarda yashagan. Respublikada tugʻilishning nisbatan yuqoriligi maʼlum darajada oilalarning koʻpchiligi qishloq sharoi-tida, qishloq turmush tarzida yashab kelayotganligi bilan bogʻliQishloq Mas, 1990-yilda qishloqlarda har 1000 kishiga 39 ta bola tugʻilgan boʻlsa, shaharlarda 26 ta bola tugʻilganligi qayd etilgan. Mustaqillik yillarida aholi turmush tarzida iqtisodiyijtimoiy oʻzgarishlar sodir boʻldi. 1995-yilda Oʻzbekiston qishloqlarida tugʻilishning yigʻindi koeffitsiyenti 4,12 ni tashkil etib, aholi takror barpo boʻlishining kengaygan turiga mansub boʻlsa, 2001-yilda bu koʻrsatkich 2,75 ga tushdi va aholi takror barpo boʻlishining oddiy (normal) turini taʼminlamoqsa. Bu holat Oʻzbekiston qishloq oilalarida koʻp bolalilikdan oʻrtacha bolalilikka oʻtish jarayoni roʻy berayotganini koʻrsatadi.
Qadimiy qishloqlar aholining mavsumiy manzilgohlaridan tashkil topgan. Oʻzbekiston hududidagi qishloqlar dastlab kishilarning qish faslida istiqomat qiladigan joyi sifatida vujudga kelgan ("Q" nomi ham shundan). Odamlar astasekin dehqonchilik bilan shugʻullanib, oʻtroqlik davriga oʻtgach, qishloqlar koʻpaydi va kengaydi. Ibtidoiy jamiyat davrida shakllangan urugʻ birlashmalari oʻtroqlik davrida ham saqlanib, bir urugʻ bir qishloqqa oʻrnashgan. Hozirgi ayrim qishloqlar oʻsha urugʻ nomi bilan yuritiladi. Keyinchalik urugʻlarning qabilalarga birlashishi natijasida yirik yoki bir-biriga yaqin joylashgan qishloqlar paydo boʻldi. Mas, Kenagas, Manaq, Mangʻit, Mingli, Nayman, Mitan va boshqa Quldorlik davrida koʻp mamlakatlarda quldorlarning yerlarida ishlaydigan kishilarning bir joyga oʻrnashishi bilan ham qishloq paydo boʻlgan. bu qishloqlar shu yer egasining nomi bilan yoki joyning geografik holatiga qarab atalgan. Hunarmandchilik va savdosotiqning rivojlanishi bilan ham yangi qishloqlar vujudga kelib, kengayib bordi. Karvon yoʻllarida, daryolarning kechuv joylarida ham qishloq yuzaga kelgan: Yettikechuv, Qizilkechuv, Qorakechuv, Langar va boshqa Hunarmandchilik va savdo rivojlanib, dehqonchilik ajralib chiqa boshlagach, shaharlar yuzaga keldi. Ilk ijtimoiy formatsiyalarda aholining koʻpchiligi qishloqlarda yashaganligi uchun jamiyatning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy xususiyatlari qishloq hayoti bilan belgilangan. dastlabki davrlarda qishloq jamoa boshligʻi, keyinchalik saylanadigan jamoa oqsoqoli yoki jamoa yigʻini tomonidan boshqarilgan. qishloqlarning tashqi koʻrinishi, qurilishi ham davrdan-davrga oʻzgarib borgan. mas, xorazm hududida, sugʻdda 6—7-asrlarda yangi tipdagi qishloqlar — katta-katta boy oilalar yashaydigan qasr-qoʻrgʻonlar boʻlgan, oddiy dehqonlar esa mayda qoʻrgʻonchalarda yashardilar. Har bir qasr-qoʻrgʻonning atrofi mudofaa devori bilan oʻralgan boʻlib, oʻrtasida koʻshki boʻlgan. Temuriylar davrida hozirgi Oʻrta Osiyo hududida qishloqlarni obodonlashtirishga, ariq va kanallar qazib, bogʻrogʻlar barpo qilishga ahamiyat berilgan. Yevropa mamlakatlarida sanoat, ishlab chiqarish ning rivojlanishi Qishloq hayotiga ham kuchli taʼsir koʻrsatdi. Qishloqlar 20-asrning 2-yarmida ancha rivojlandi. Qishloq aholisining turmush tarzi yaxshilandi. Qishloqlardagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayot tarzi tubdan oʻzgardi. Soʻnggi davrda qishloqlar kamayib, shaharlar salmogʻi ortib bordi. Hozirgida qishloq aholisi jahon aholisining qariyb 53%ni tashkil etadi. Yuridik maqomi. "Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy hududiy tuzilish, toponimik obʼyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgar-tirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisidagi" Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30 avg .dagi qonu-nida qishloqlar, ovullarni tuzish va tugatish, chegarasini oʻzgartirish, aholi punktlarini birlashtirish, maʼmuriy markazlarini belgilash va koʻchirish, nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish va boshqa vazifalar tegishli tuman hokimlarining ilti-mosnomasiga asosan, xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi deyilgan11.
Nomi yo‘q obyektlarni nomlash, turkiy tillardagi, xususan, o‘zbek tilidagi nomlanish qonunlarini o‘rganish asosida ularga alohida e’tibor berish va qo‘llanayotgan ba'zi bir nomlarni imkoniyat doirasida izohli tahlil vositasida talqin etish masalasiga diqqat-e’tibor qaratish lozim. Bunga islom dinigacha bo‘lgan davr, xususan, Urxun-Yenesey (Enasoy) tosh bitiklari; islom dini davri, aniqrog‘i, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asari, shuningdek, shu davr hamda undan keyingi davrdan to XX asrning 80-yillarigacha, mustaqillika erishganimizdan to bugungi kungacha yaratilgan turli lug‘atlardagi, badiiy va tarixiy asarlardagi turli nomlar majmuining jamlanishi, ma’lum bir tizim sifatida o‘rganilib, ilmiy-nazariy, amaliy asoslarda talqin etilishi misol bo‘ladi. Atoqli otlarning o‘rganilishi masalalarining dunyodagi turli soha olimlari tomonidan ilmiy-nazariy va amaliy asoslarda tadqiq etilishi ancha vaqtdan buyon davom etib kelmoqda. Bu soha materiallari ham yoshlarni vatanparvarlik, mardlik, milliy qadriyatlarga muhabbat ruhida tarbiyalaydi. Ernest Begmatovning tadqiqotlari asosan o‘zbek antroponimlariga bag‘ishlangan holda, qisman antroponimika hamda toponimikaning nazariy va amaliy masalalariga ham munosabat bildirilgan . A.Muhammadjonov esa XX asrning 50-yillari oxiridan mamlakatimiz toponimlarining amaliy masalalariga e’tibor qaratgan bo‘lsa, XX asrning 90 yillaridan esa toponimlarning etimologik tahliliga ham jiddiy e’tibor berib, bir qancha bahsli va qiziqarli maqolalarni e’lon qilib kelmoqda. Mamlakatimizda toponimlarni ham nazariy, ham amaliy jihatlardan jiddiy o‘rganish XX asrning 60-yillaridan boshlangan. T. Nafasov XX asrning 60- yillaridan to bugungi vaqtgacha toponimlarning izohli tahlili bo‘yicha ilmiy ishlar olib borgan. Bu olim Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi bir qancha joy nomlarining izohlining tahliliga kirishib, “O‘zbekiston toponimlarining izohli lug‘ati”, “O‘zbek nomnomasi”, “O‘zbek qishloqnomasi” singari bir qancha salmoqli ishlarni amalga oshirgan. Suyun Qorayev toponimlarga ham geografik, ham tilshunoslik nuqtai nazardan ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Bu olim XX asrning 60-yillarining ikkinchi
yarmidan ayni shu kunlargacha bo‘lgan davrda nomzodlik dissertatsiyasini filologiya fanlari yo‘nalishida, doktorlik ishini esa geografiya fanlari sohasida amalga oshirgan.
Zarifboy Do‘simovning ilmiy tadqiqotlari XX asrning 60-yillari oxiridan to bugungi kungacha toponimikaning nazariy va amaliy masalalarini Xorazm viloyati
toponimiyasi misolida tahlilga tortgan. Mazkur olimning tadqiqotlarida toponimlarning izohli tahlili asosiy o‘rinni egallaydi.
Farg‘ona viloyati toponimlarini Nosirjon Oxunov XX asrning 70-yillaridan ayni shu kunlargacha ilmiy asoslarda o‘rganib kelmoqda. Uning ishlarida Farg‘ona vodiysi toponimlari, xususan, oykonimlari ilmiy asoslarga tayanib, qiziqarli va ishonarli dalillar vositasida tasnif etilib, ularni qisman izohli tahlil qilib, ularga xos xarakterli o‘rinlarini bayon etgan.
N.Uluqov XX asrning oxiridan to bugungi kungacha Farg‘ona vodiysi gidronimlarini izohli va etimologik tahlilga tortib, ularning tarixi (diaxron) va bugungi kundagi (sinxron) holatlariga to‘xtalib, mukammal tasnifini va tahlilini amalga oshirishga harakat qilgan.
Mirali Mirakmalov XX asrning 90-yillarining ikkinchi yarmidan hozirgi vaqtgacha toponimlarni geografiya nuqtai nazaridan tahlil etgan. Bu olim xalq geografik terminlarini o‘rganib, geografik lingvistika to‘g‘risida nazariy va amaliy ishlarni olib bormoqda.
T.Nafasovning “Toponimika” nomli maxsus kurs uchun tuzgan dasturini hamda N.Oxunovning “O‘zbek tili o‘qitishda joy nomlarini o‘rganish”, “Joy nomlari va ta'lim”, “Joy nomlari – tilimiz lug‘at boyligi” nomli maqolalarida atroflicha to‘xtalingan. Shuningdek S.Qorayevning “Toponimika” nomli dasturi va o‘quv qo‘llanmasini ham ta'kidlab ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir.



    1. Download 386 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish