Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti


Xorazm toponimlarning tuzilishi va ma’no xususiyatlari



Download 386 Kb.
bet6/17
Sana14.07.2022
Hajmi386 Kb.
#801253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Diplom ish

1.3.Xorazm toponimlarning tuzilishi va ma’no xususiyatlari
Toponimikaga oid ma`lumotlar tadqiq qilinayotganda tarixiy ma`lumotlarga, ayniqsa arxeologiyaga oid tekshirish natijalariga suyangan holda ish ko‘rish zarur. Chunki toponimika ko‘pincha tarixiy dalillarga va isbotlarga muhtoj. Masalan, biror yodgorlmkning nomini o‘rganish uchun, albatta, uning qaysi davrda yaratilganligini va nima sababdan shu nom berilganligini tarixiy davr sharoiti muhiti nuqtai nazaridan tadqiq qilish talab etiladi. Tadqiqotning yozma manbalarga ko‘pincha arxeologiyaga oid ma`lumotlarga suyangan holda ish ko‘rish usuli nomlarning qo‘yilgan davrini aniqlashga va nomlarning paydo bo‘lishini o‘rganishga qo‘l keladi. Bir nomning o‘zgarishini kuzatmoq uchun birmuncha vaqt ketadi. Shuni unutmaslik kerakki, geografik nomlar ijtimoiy hodisa bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti bilan mustahkam bog`liqdir. Ma`lum bo‘lishicha, har bir tuman toponimikasi murakkab tarixiy jarayon bilan bog`liq bo‘lib, er ostida ko‘plab madaniy qatlamlar mavjudligi uni siichiklab tadqiq qilishni talab etadi. Toponimika mstodologiyasiga muvofiq uni fan sifatida o‘rganish uchun toponimlarning paydo bo‘lishiga doir ma`lumotlardan foydalanish, nomlarning mavjud bo‘lgan barcha formalarini aniqlash, nom va atamalarni o‘sha joy bilan bog`liq holda tanlash va eng muhimlarini o‘rganish zarur. Toponimik asoslarga vaqt, manbalar va yo‘nalishlar bo‘yicha joylarga aholining ko‘chishi, o‘rnashishi kiradi. Toponimlar aniq tarixiy jarayon bo‘lib, u aholining ko‘chishi, madaniy, iqtisodiy vatil munosabatlari bilan vujudga keldi, so‘ng tarqala boshlaydi. Toponimika jamiyatning muomala vositasi bo‘lgan tilni, uning iqtisodiyotini, madaniyatini va tarixiy taraqqiyotini o‘rganish jarayonida o‘sib, rivojlanib boradi. Toponimik nomlar manbai va ularni o‘rganishda qo‘llanilgan uslub va usullarning to‘g`riligini aniqlash maqsadida yozma va boshqa manbalar qo‘lyozmalar, akt materiallari, aholi joylashgan chegaralarni aks ettiruvchi bosh (asosiy) va maxsus xaritalar hamda ilmiy safar xaritalari bilan solishtirib chiqiladi. Toponomikada ham, moddiy va madaniy yodgorliklar o‘rganilganidek, oddiydan murakkabga, ya`ni bugungi kundan asrlar ichkarisiga kirib borish zarur. Bilish murakkab dialektik jarayondir, chunki bu usul bilan madaniy qatlamlarning eng qadimiysidan boshlab, to navqironigacha momlarning manbai asta-sekinlik bilan ochiladi nomlarning «yoshi» aniqlanadi. O‘z navbatida toponimik nomlar tarix uchun ham bebaho manbadir. Geografik nomlar uzoq muddatli bo‘lib, ma`lum hududdagi u yoki bu xalqning tili haqida guvohlik beradi. Nomlar ma`lum bir aholining hamjihatligi yoki tarqoqligiga ham bog`liqdir. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida nomlar juda kam bo‘lgan, keyinchalik aholi paydo bo‘lib, qo‘yilgan nomlar ham ko‘p vaqtlar o‘tishi bilan boshqa nomlarga o‘zgartirilib yuborilgan yoki butunlay yo‘q bo‘lib qyetgan. Ezma manbalardagi toponimikaga oid ma`lumotlar tahlil qilinganda buni yaqqol ko‘rish mumkin. Bu noqeani hozirgi vaqtda ham aniq ko‘rishimiz mumkin. Ayrim shahar va qishloqlarning eski nomlari o‘rniga yangi nomlar qo‘yiladi, bu eski nom nima uchun yo‘qotildi-yu, nima uchun yangi nom qo‘yildi, buning sabablarini ham aniqlash mumkin. O‘tmishda esa yangi zamindor (yer egasi) paydo bo‘lishi bilan ko‘pincha aholi eski geografik nomlar o‘rniga shu zamindorning nomini qo‘yishgan. Dialektologiyadan farqli o‘laroq toponimikaga oid ma`lumot to‘plashda, joylarning nomlarini o‘rganishda aholidan yoppasiga so‘rash uslubi qo‘llaniladi. Faqat shunday uslub bilangina turli daralar, kichik soy va anhorlar, jarliklar, ko‘llar va boshqa shunga aloqador bo‘lgan nomlarning miqdorini aniqlash mumkin, xolos. Shunday joylarning hammasi aholi yashaydigan joylarning kartasiga yoki aholi joylari ro‘yxatiga kiritilmagan, ehtimol kiritilmasa ham kerak. Toponimikaning eng katta xizmati shundaki, u hujjatxona hujjatlarini sinchiklab o‘rganish, xalq og`zaki ijodi asosidagi ayrim tomonlar va nihoyat hech qanday manbalarda aks ettirilgan noma`lum joylarni bizga ma`lum qiladi. Toponimikaga oid ma`lumotlar yig`ishda va joy nomlarining kelib chiqishini o‘rganishda etnografiya ham katta rol o‘ynaydi. Toponimikaning ayrim toifalari va tizimlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rganish yo‘li bilan toponimlarni tavsiflash toponimik tadqiqotlarning asosini tashkil etadi. Ko‘pgina mutaxassis toponimistlar mahalliy toponimlarni har tomonlama regional tadqiq qilishga katta e’tibor beradilar. Bunda, albatta, mikro va makro toponimikani o‘zaro taqqoslash zarur.
Munis Xorazmiy Xorazmda to‘xtovsiz urushlar natijasida el-yurt harob bo‘lganini tasvirlab, bunday deb yozgan edi: «Bu jihatdan Xorazm diyorida kaxat va gilo shoing` bo‘ldi... Xivakning (ya`ni Xivaning) oliy imoratlari munhadim (vayron) bo‘lib, o‘rniga so‘kso‘k va yulg`un ko‘kardi». Demak, bu o‘simlik nomi Buxoro viloyatning Qorako‘l tumanidagi So‘kso‘k degan qishloq nomiga ko‘chgan.
Ma’lumki, so‘nggi ming yillar davomida Xivaga tashrif buyurgan yoki uni sirtdan tadqiq etgan arab, fors, xitoy, uyg‘ur, rus, venger, nemis olim va sayyohlari: Ibn Xavkal, Yokut, Ibn Batuta, M. Qoshg‘ariy, V.H. Vamberi, S.P. Tolstov kabilar bu haqda fikr-mulohazalarini yozib qoldirganlar. Shuning uchun xam tarixiy manbalarda shaharning nomi “Qal’ai Ram-Ramul”, “Qal’ai Sardoba” yoxud “Xevaq qal’asi” ertaknamo shahar deb yuritiladi.
Masalan, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining H.Sulaymonov nomidagi qo‘lyozmalar institutida saqlanayotgan “Dili g‘aroyib”nomli kitobda quyidagi so‘zlar bitilgan, “Xevak- Xivaning qadimiy nomi Ramul, Muni bino qilg‘on Som bilan Nug‘kim, otasining kemasiga o‘xshatib solg‘on va kemaning andozasiga barobar va xollo Xevaqg‘a nisbat berurlar”. Yer kurrasining turli burchaklarida “Xe-be”, “Xevak”, Nuku-Xiva, Xitoyda “Xi-bo" degan orol, shimoliy Osetiyadagi “Xiavu” arig‘i, Eronda Xivakobod qishlog‘i borligi ma’lum. Xiva toponimining etimologiyasi to‘g‘risida turli manbalarda turlicha fikrlar bayon qilinadi. Ba’zi olimlar Xiva qal’asining nomi “Xevaq” qudug‘i nomi bilan bog‘liq, “Xey-vax” esa mamnuniyat, qoniqish, xitob belgisi degan fikrni bildiradilar. Yana birovlar uni “Xevak” xoli, quruq, bo‘sh yoki g‘ovak joy degan ma’noni bildiradi, deb taxmin qiladilar. Sharqshunos I.Beryozin Xeva toponimini “Hayva” va “Xavi” so‘zlari bilan bog‘laydi va quruq, bo‘shliq qo‘rg‘on deb izohlaydi.
Professor Z. Do‘simovning fikricha, Xeva toponimiga izohni qadimgi Xorazmiylar tilidan izlash kerak. Xorazm tili bilan qarindosh deb hisoblanayotgan osetin tilida ko‘pgina xorazmcha so‘zlar saqlangan. Muallif osetin olimi A.D. Tsigaev Xiauv qishloq so‘zini misol tariqasida keltiradi va “Pirno‘xos”, “Darxos”, “Sadrxos” toponimlari Osetiyada ham uchraydi. “Xevaq so‘zidagi” “aq” kichiklik ma’nosini bildiruvchi qo‘shimchadir. Qal’ajiq, kichik kal’a, Indavak, Pitnak kabi Xevak ham kichik qal’a ma’nosini bildirishi ehtimoldan xoli emas,- deb yozadi.17 Darhaqiqat, so‘nggi yillarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, Er yuzining 25 nuqtasida “Xi” yoki “Xe” o‘zagi bilan boshlanuvchi joy, daryo, orol, shaharcha, tog‘ va suv manbalarining nomlari qayd etilgan. “Xiv”, Xiva, Xiua, niku -Xiva, Xila Xibingork kabi o‘nlab nomlar Tinch okean havzalaridan to AQShgacha bo‘lgan xududlarga tarqalgani bunga misoldir. Ushbu geografik va tarixiy nomlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, “Xi”, “Xe”, “Xa” so‘z yasalish asosi o‘zakdan 12 tasining ma’nosi suv, 6 holatda tog‘-tosh, tepalik 4 tasi qal’a , qo‘rg‘on, qishloq yoki joy ma’nosini bildiradi. Atigi bir holatda baliq va yaka birida muqaddas juftlilik, mutanosiblik ma’nolarini anglatadi.
Qadimgi Xorazmiy tilidagi “Xa”, “Xi-suv”, “Kang”-daryo, anhor, xa-o‘z (suv saqlash joyi) -hovuz Xa, Xi, Xoy, Chu, Su, (suv) kabi lingivistik jarayonni bosib o‘tgan va asta-sekin turkiylashgan bo‘lishi ehtimoldan holi emasdir. Shuningdek, turkiy tillardagi qiya, hiya, xiv,(qoya, tepalik tog‘ cho‘qqisi) ma’nolaridagi so‘zning isboti sifatida "Xiv”atamasiga bir necha misol keltirish mumkin. Dog‘iston respublikasidagi yirik bir tog‘li rayon markazi “Xiv” deya ataladi. Boltiq dengizidagi tog‘li orol “Xiyuman”, Tinch okeanidagi 140-XIYu parallelda joylashgan orollar tizimiga Xiva Markiza oroli deb ataladi. Gruzin, mojar, (venger) osetin tillarida ham Xi-suv, quv-ovul, qishloq, qo‘rg‘on, qal’a ma’nolarini anglatadi.
Ko‘rinib turibdiki, Xiva atamasi Hind-Ovro‘po tillari oilasiga mansub xorazmiylar tili bilan ko‘chmanchi turkiy xalqlar tilining qorishmasidan paydo bo‘lgan va u qadimiy qum tepaligida joylashgan quduqli qo‘rg‘on, suvli maskan, odamlar yashaydigan obod qishloq- qal’a shaklida iste’molga kirgan. “Xeva” esa arabcha, forscha, talaffuz mahsulidir. Zero, qal’aning “Xeva” tarzida iste’molga kirishi siyosiy- ijtimoiy muhitning mahsuli, to‘g‘rirog‘i, XIX asrning so‘nggi choragidan keyin ruslar tomonidan kiritildi. Mahalliy xalq uni Xiyvo shaklida talaffuz etadi.
Agar ta’bir joiz bo‘lsa, shahar nomining asl ma’nosi Xiy-vo bo‘lib qadimgi xorazmiylar tilidagi Xi (Xiy) -suv, vo esa bo-bor (ya’ni suvi bor) kuduq, tepalikdagi ko‘rg‘on, qal’acha deganidir.
Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqadigan ilmiy xulosa shuki, -Xiyvo dunyoning eng qadimgi ko‘rg‘on-qal’alaridan biri bo‘lib, u “Qal’ai Ramul”, “Xevaq”, “Xiva”, “Xiyvo” shaklida atalib kelingan va ajdodlarimizning 2-3 ming yillik tarixidan guvohlik beruvchi tabarruk shaharlardan biridir.
Uning 1969 yilda xalqaro YuNESKO tashkiloti tomonidan dunyo xalqlari moddiy va madaniy merosi ro‘yxatiga olinganligi, har yili minglab xorijlik sayyoxlar tashrif buyurayotganligi, Markaziy Osiyodagi eng go‘zal va baland yodgorliklardan biri-bu Islom Xo‘ja minorasi, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Tosh hovli majmuasi, Xivoq qudug‘i kal’aning naqadar mo‘’jizakor shahar ekanligiga shubha qoldirmaydi.18
Mamlakatingizni yoki boshqa mamlakatlarni xatritadan qidirar ekansiz, ularning nomlanishi bilan hech qiziqib ko‘rganmisiz?  E’tiborli jihati shundaki yurtimizdagi joy nomlarinign ham boshqa davlatlardagi joy nomlarining ham etimologiyasi aychayin qiziqarli va o‘ziga xos murakkabdir. To‘g‘ri, ayrim hollarda nomlar mamlakatning hozirgi darajasini namoyon qilishi mumkin. Ammo, ko‘p hollarda ayrim davlatlarning nomi jismiga mos emasdek tuyuladi. Masalan quyidagi misollar ham firimizning tasdig‘i sanaladi.
Norvegiya “Siimoliy yo‘l mamlakati” deyiladi. Vetnam va Avstraliya esa “Janub mamlakati” deb ataladi. Yaponiyani “Kun chiqar yurt” deyishadi. Xitoyliklar o‘z yurtlarini “Osmon osti mamlakati” deyishadi. Koreya esa “Tong bokiraligi o‘lkasi” deyiladi. Avstriya esa nemischa “Osterrayx” deb yuritilib, bu “SHarqiy mamlakat” degan ma’noni anglatadi. Irlandiya atamasi “eyre” so‘zidan kelib chiqadi va “G‘arbiy orol” degan ma’noni beradi. Janubiy Amerikadagi Ekvador mamlakatining nomi “ekvator” atamasidan kelib chiqqan. Bir qator mamlakatlarning nomlanishiga, hayvonat va o‘simlik dunyosi sabab bo‘lgan. Braziliyaning nomi mazkur mamlakatda o‘sadigan qizil rangli paubrazil daraxtidan olingan. Afrikadagi Mali esa mahalliy malinka elati tilida “Begemotlar mamlakati” degan ma’noni anglatadi. Bu mamlakat poytaxti Bamako esa “Timsoh ortidagi qishloq” deganidir. Bu shaxar gerbida timsoh aks etgan. Afrikadagi yana bir davlat Uganda poytaxti Kampala esa “Ohu” degan ma’noni anglatadi.19
Toponomika sohasi shunisi bilan ham ancha qiziqarli va murakkab soha sanaladi. Bu borada yurtimizda salmoqli ishlar olib borilgan. Toponimlar haqida
Z. Do‘simov , E. Begmatov,­ S. Qoraev, Y. Xo‘jamberdiev kabi olimlar o‘z tadqiqotlari mobaynida qiziqarli ba muhim ilmiy maqolalar yozgan. 
Z. Do‘simov Xorazmdagi joy nomlarining yasalishi, nomlanishi hamda izohlanishiga, ba’zi toponimlarning etimologik tadqiqiga e’tibor qaratgan. Z. Do‘simovning «Xorazm toponimlari» (1985) nomli kitobida tarixiy toponimikaga xususan Xorazm toponimlari haqida qimmatli ma’lumotlarni keltirib o‘tadi. Bundan tashqari Z. Do‘simovning hammualliflikda yozgan “Toponomika asoslari” kitobida toponomikaga oid muammolar; toponimlar tasnifi; ularning semantik turlari; toponimlarning grammatik tarkibi va tarixiyligiga ko‘ra turlari; ularning yasalishi; toponimik indikatorlar va ularning tasnifi; toponimlarning atalish prinsiplari; toponimlarni o‘rganish metodlari; maktabda toponimika mavzulari tavsifiy-tasnifiy holatda yoritilgan.

Download 386 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish