5-mavzu. Birja savdosini tashkil qilish
5.1. Tovar birjasini tashkil qilish bosqichlari
5.2. Tovar bozorida birja tovari.
5.3. Birja faoliyatini tashkil qilish.
5.4. Birja funktsiyalari
5.5. Birjada operatsiyalar
5.1. Tovar birjasini tashkil qilish bosqichlari
Tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy o'zgarishlar ro'y bermoqda. Keyingi yillar mobaynida eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulot salmog'ining barqaror o'sish tendensiyasi va xom ashyo etkazib beruvchi tarmoqlar mahsulotlari ulushining kamayib borayotgani yaqqol ko'zga tashlanmoqda. 2008 yilda umumiy eksport hajmida xom ashyo bo'lmagan tovarlarning ulushi 71 foizdan ziyodni tashkil etdi. Ayni vaqtda O'zbekiston uchun an'anaviy eksport xom ashyosi bo'lgan paxta tolasining bu boradagi ulushi 2003 yildagi 20 foizdan 2008 yilda 12 foizga tushdi. Ta'kidlash kerakki, tashqi savdo munosabatlarimiz geografiyasi, avvalo, rivojlanib borayotgan Osiyo qit'asi bozorlari bilan savdo aylanmasining o'sishi hisobiga sifat jihatidan o'zgarmoqda.
Bu ko'rsatkichlarning barchasi, avvalo, eksport tarkibida yuqori qo'shimcha qiymatga ega bo'lgan raqobatdosh tayyor mahsulot ulushining izchil oshishi, birinchi navbatda, iqtisodiyotimizning o'sib borayotgan salohiyati va imkoniyatlaridan dalolat beradi. Shu bilan birga, bunday holat eksportimizning xom ashyo resurslari narxi tez-tez o'zgarib turadigan jahon bozori ta'siriga bog'liqligini kamaytirishda muhim yo'nalish bo'lib xizmat qiladi.
Tovar birjasi bozor iqtisodiyotining klassik instituti bo'lib, tashkiliy rasmiylashtirilgan, rasmiy narx kotirovkasi namunoalari va standartlar bo'yicha bitimlar tuzish vaqti va doimiy joyiga ega bo'lgan muntazam faoliyat ko'rsatuvchi tovarlar ulgurji bozori hisoblanadi.
Tovar-xomashyo birjasi - vositachilik faoliyatini tashkil qilish va oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish, ayirboshlash operatsiyalarida xizmatlar ko'rsatish, birja savdolarini muntazam o'tkazish vositasida tijorat maslahatlari berish, birja byulletenlari chiqarish, bozor haqida axborot to'plash, qayta ishlash va tahlil qilish va boshqa chora-tadbirlar bilan shug'ullanuvchi doimiy faoliyat ko'rsatadigan tovarlar ulgurji bozori.
«Barchamiz bir haqiqatni anglab etishimiz lozim – O'zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Buning tasdig'ini tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib borayotganida, taraqqiy topgan etakchi davlatlar ko'magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo'yicha dasturlarning amalga oshirilayotganida, O'zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvida, mahsulot va tovarlar importi va eksportining o'sib borishida va boshqa misollarda yaqqol ko'rishimiz mumkin».
Birja bozor mexanizmining tarkibiy qismi; u talab va taklif real nisbatini aniqlaydi, muvozanatli narxlarni shakllantiradi va ularga ulgurji bozorni yo'naltiradi, tovar massasini tovar muomlasi sohasiga jalb etishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, birja xedjlash orqali narxni barqarorlashtirish vositasi, narxlar farqida tijoray chayqovlari vositasi va shu asosda investitsiyalashning jalb etuvchan sohasi hisoblanadi.
Birja atamasi ostida birja jarayonining o'zim ham, birja bitimlarining amalga oshirilishi, ularning natijalari hisobga olinishi, sug'urta operatsiyalari, belgilangan qoidalarga rioya etilishi va hokazolarni ta'minlovchi mos keluvchi infratuzilma ham tushuniladi.
Alohida tovar birjasi doimiy joyi va ish vaqtiga ega bo'lgan belgilangan tovar yoki tovarlar majmui bilan savdo qiladigan muntazam faoliyat ko'rsatuvchi bozorni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |