A.Mets Musulmon Uyg‘onish davri muammosi bilan shug‘illangan sharqshunos olim
Barchamizga ma’lumki Uygʻonish davri (Renessans) — Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy (9-12 va 15-asrlar), Gʻarbiy Yevropada yuz bergan alohida madaniy taraqqiyot davri hisoblanadi. "Renessans" atamasi dastlab Italiyadagi madaniy-maʼnaviy yuksalish (14—16-asrlar) ga nisbatan qoʻllanilgan, uni oʻrta asrchilik turgʻunligidan yangi davrga oʻtish bosqichi deb baholaganlar. Ammo Renessans, yaʼni Uygʻonish faqat Yevropa hodisasi emas. Dunyo madaniyatini yaxlit olib oʻrgangan olimlarning ishlari shuni koʻrsatdiki, Osiyo markazida joylashgan Movarounnaxr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin (9— 12-asrlar) ulkan madaniy koʻtarilish yuz bergan.
Repessanizm oqimining yirik ko’zga ko’ringan vakillaridan biri Shveytsariyalik sharqshunos olim Xristian Adam Mets o`zining IX-X asrlarda musulmon Sharqida yuz bergan madaniy rivojlanish tarixini o’rganishga ko’p umrini bag’ishlagani hamda izlanishlariga tayanib yozgan “Musulmon Uyg’onish davri” asari bilan o’quvchilarga yaxshi tanish. Besh yuz sahifali ushbu asarda muallif ko`zlagan asosiy g`oya – IX-X asrlarning musulmon Sharqidagi uyg`onish (renessans) davri ekanini ko`rsatishga intilish deyish mumkin; Adam Metsning kitobi Sharq xalqlari ijtimoiy hayotining deyarli barcha qirralarini tarixiy manbalar asosida yoritib beruvchi muhim fundamental tadqiqot hisoblanadi. Kitob o'quvchini o'rta asrlar arab xalifaligining moddiy madaniyati, ijtimoiy va madaniy hayotining eng xilma-xil jihatlari hamda ilm-fan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilgʻor insonparvarlik gʻoyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan davr bilan tanishtiradi.
Adam Metsning bu asari haqida gapirar ekanmiz, uning nomi haqida ham to’xtalib o’tish joiz. Muallif asarni «Musulmon Uyg’onish davri», «Islom Uyg’onish davri» deb atagan, shu o’rinda bir savol tug’iladi, Islomdagi qanaqa Uyg’onish davri haqida gapirish mumkin? Muallif o’z asari qo’lyozmasini nashrga to’liq tayyorlashga ham nomlashga ham asari mazmunining bayonini tayyorlab tugatishga ham ulgurmagan. Adam Mets kitobining sarlavhasi yo’qligi uni hozirgacha Musulmon Uyg’onish davri tarixi sifatida qabul qilib kelishga sabab bo’ladi. Shu o’rinda diqqatimizni Renessans iborasi qo’llanilgan 18-bobga (230-bet) qaratsak, bu termin shu yerda qo’llanilgan, xolos. Bundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, asar nomning ochilmay qolgani Adam Metsning bu kitobi to’g’risida har kimning har xil yozishiga sabab bo’ldi. Lekin «G’arb Uyg’onishi» va «Musulmon madaniyati ravnaqi» tushunchalari asosan bir-biriga o’xshash, mone tushunchalardir. Shu bois ham kitobni «Islom dunyosidagi Uyg’onish» deb atash to’g’ri bo’ladi.
Tabiiyki, Adam Metsning ushbu asari bosilib chiqqach, olimlar, mutaxassislar va mutaxassis bo’lmaganlar, sharqshunoslar va boshqa soha vakillari o’rtasidagi turli bahs, tortishuvlarga sabab bo’ldi. Xususan, asar haqida Adam Metsning noshiri akademik I. YU. Krachkovskiy: «Uninchi asr (hijriy, IV asr), xalifalikning butunlay qulab tugashi, shu bilan bir vaqtda arab madaniyatining eng gullab yashnashi Adam Mets shogirdlaridan biri aytganidek, «Islomning Uyg’onish davridir» hamda Misr tarixchisi Ahmad Amin: “Bu kitobning qimmati unda juda ko’p manbalardan foydalangani-yu, juda kam muallif aralashuvidir” degan fikrlarni aytib o’tganlar.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, "Musulmon Uyg'onish davri" – Adam Metsning so'nggi asari bo'lib, unga butun hayotini bag'ishlagan. Mets o'z faoliyatini tugatmasdan 1917 yil dekabr oyida vafot etgan, kitob esa 1922 yilda nashr etilgan. Adam Mets ushbu kitobni yozish jarayonida shunchaki ma’lumotlar keltirib, o’z vazifasini ham hududiy ham xronologik jihatdan chegaralab olganligiga qaramay, biz uning asarlariga doimo murojaat qilamiz, chunki uning asarlari qimmatliligiga tarix guvohlik berib turibdi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Mets “Мусульманский ренессанс”, M., 1966;
M. Xayrullayev “Uyg’onish davri va Sharq mutafakkiri”, T., 1971;
Hayitmetov “Sharq adabiyotining ijodiy metodi tarixidan” [10—15-asrlar], T., 1970;
F. Sulaymonova “Sharqu Gʻarb”, T., 1997;
Do'stlaringiz bilan baham: |